СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Тема: I-закон термодинамики, его применение к изотопам.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Тема: I-закон термодинамики, его применение к изотопам.

Просмотр содержимого документа
«Тема: I-закон термодинамики, его применение к изотопам.»

MAVZU: Termodinamikaning I-qonuni, uning izojarayonlarga qo’llanilishi.


Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar

Mashg’ulot shakli

Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti;

Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish;

Mashg’ulot rejasi

1. Termodinamika asoslari.

2. Termodinamikaning I-qonuni.

3.Termodinamika I-qonunining izojarayonlarga

qo’llanilishi.

4. Ichki energiyaning o’zgarishi.

5. Adiabatik jarayon.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Termodinamika haqidagi bilimlarni shakllantirish; Termodinamika I-qonunini izojarayonlarga tadbiq etish malakalarini shakllantirish;

Pedagogik vazifalar:

  • Termodinamika asoslari haqida tushuncha berish;

  • Termodinamikaning 1-Qonunini tushuntirish;

  • Termodinamika 1-Qonunini izojarayonlarga qo’llanilishini ochib berish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Termodinamika asoslari haqida tushunchaga ega bo’ladilar;

  • Termodinamikaning 1-Qonuni haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;

  • Termodinamika 1-Qonunini izojarayonlarga qo’llanilishini ochib beradilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar;

O’qitish usullari

Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot, Ta’limiy o’yin: “Zinma-zina”, “Toifalash” , Aqliy hujum;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar;

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Kichik guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;

Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida







Termodinamikaning I-qonuni, uning izojarayonlarga qo’llanilishi”

Mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

1.1 Mavzuning nomi, maqsadi va rejasini e’lon qiladi. Mavzuga oid tayanch iboralar bilan tanishtiradi. (1-Ilova)

1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi;

Tinglaydilar;


Aniqlashtiradilar;

Savollar beradi;

Yozib oladilar

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)




2.1 O’quvchilarning (4 ta kichik guruh) o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Zinama-zina” usuli yordamida tekshiradi. Yo’riqnoma bradi, ekspert varag’ini tarqatadi (2-Ilova) Taqdimotini tashkillashtiradi; ( “Zinma-zina” usuli qoidasi 20-Mavzu, 2-Ilovada mavjud)

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.3 Mavzuni “Toifalash” usuli bilan mustahkamlaydi. Guruhlarga “Toifalash usuli” haqida yo’riqnoma beradi, ekspert varaqlarini tarqatadi. (4-Ilova) Guruhlarning ish faoliyatini nazorat qiladi va taqdimotini tshkillashtiradi; (“Toifalash” usuli qoidasi 3-Mavzu, 5-Ilovada mavjud)

Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar; Muhokama qiladilar.


Eshitadilar, yozib oladilar;








Guruhda ishlaydilar;

Taqdimot qiladilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi.

3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi.

Vazifa: Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni yozish, Masala ishlash. (5-Ilova)

Tinglaydilar




Vazifani yozadilar;



1-Ilova

Yaxshi xulq-yaxshilik alomatidir.

(Abu Rayhon Beruniy)








Taяnch tushunchalar:

Termodinamik sistema; ichki energiya; gaz hajmining o’zgarishida bajarilgan ish; issiqlik almashinuvi; issiqlik sig’imi; solishtirma issiqlik sig’imi; issiqlik balansi tenglamasi; termodinamikaning I-qonuni; izoxorik jarayon; izobarik jarayon; izotermik jarayon; adiabatik jarayon.



2-Ilova

Zinama-zina” texnologiyasi uchun ekspert varag’i.

Guruhlar

Mavzu

Nimalarni bilasiz?

1-Guruh

uchun

Qattiq jismlarning erishi.


2-Guruh uchun

Suyuq jismlarning qotishi.



3-Guruh uchun

Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi.



4-Guruh uchun

Qattiq jismlarning deformatsiyasi


3-Ilova

1-Slayd

Termodinamik sistema-o`zaro va tashqi jismlar bilan ta'sirlashadigan va energiya almashadigan makroskopik jismlar majmuasidir.






Termodinamik parametrlar deb, termodinamik sistema xossalarini xarakterlovchi fizik kattaliklar majmuasiga aytiladi. Bular, bosim (P), temperatura (T) va solishtirma hajm (V).












Termodinamik jarayon-sistemaning hech bo`lmaganda birorta parametrining o`rganilishidir.












Solishtirma issiqlik sig`imi deb, 1 kg massali jismning temperaturasini 1K ga o`zgartirish uchun kerak bo`ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.



2-Slayd







Hajm o'zgarmas bo'lganda qizdirish jarayoni izoxorik jarayon deyiladi.

Izoxorik jarayonda sistemaga berilgan issiqlik miqdorining hammasi sistema ichki energiyasining ortishiga ketadi.

Bosim o'zgarmas bo'lganda gazning bir holatdan boshqa holatga o'tish jarayoni izobarik jarayon de­yiladi.

Izobarik jarayonda gazga beriladigan issiqlik miqdorining bir qismi gaz ichki energiyasining ortishiga, bir qismi gazning ish bajarishiga ketadi.


Temperatura o'zgarmas bo'lganda gazning bir ho-latdan boshqa holatga o'tish jarayoni izotermik jarayon deyiladi.

Izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori butunlay gazning kengayish ishiga aylanadi.


3-Slayd





















Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik ko'rinishida energiya olmaydi ham, energiya bermaydi ham. Boshqacha qilib aytganda, adiabatik jarayonda Q = 0.



4-Slayd












5-Slayd

























4-Ilova

Yo’riqnoma: Toifalashda izojarayonlarga asoslaning!







TOIFALAR













Toifalash jadvali (Eekspert varag’i)





Masala: Hajmi 70 m3 bo’lgan xonadagi havo 100 kPa o’zgarmas bosimda T1=280 K dan T2=300 K gacha isitilgan bo’lsa, havoning kengayishida bajarilgan ish Ap ni toping.

Ap =(P(V2-V1)=PV1(V2/V1-1), bundan: (p=const, uchun) : Ap=PV1(T2/T1-1)

Javob: 500 kJ

5-Ilova