СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Урок для 10 классов-1

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Урок для 10 классов-1»

I-BOB. MS EXCEL 2010 DA

AMALLAR VA FORMULALAR

1-DARS. SODDA IFODALARNI HISOBLASH

Darsning texnologik xaritasi


Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o’quvchilarni MS Excel 2010 elektron jadval elementlari bilan tanishtirish va ular haqida ma’lumot berish

Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarga elektron jadvallarda ustun, satr, va katakcha tushunchalari, katakchaning xossalari, katakchaga ma’lumot kiritish, katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash, katakchadagi ma’lumotlarni o’chirish, joriy katakcha, katakchalar bloki haqida tushuncha berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni do’stona ruhda, o’quvchilarni izlanuvchanlik ruhida vatanga muhabbatli , bilimga chanqoqlik, mehrli, oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, , buyuk ajdodlar merosi ma`naviyatimiz asosi ekanligini o`quvchilarning ongiga singdirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: masalalarni kompyuterda yechishning asosiy bosqichlari, boshlang‘ich va natijaviy kattaliklar, masala yechish usullari tushunchalarini shakllantirish.

F.K: Ахборотларни электрон воситаларда қайта ишлаш ва сақлаш компетенцияси

T.K: Ахборот билан ишлаш

O‘quv jarayonining mazmuni

Elektron jadval 2010da ustun, satr va katakcha tushunchalari. Katakchaning xossalari, menyular satri bilan tanishtirish, katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash va katakchadagi ma’lumotlarni o’chirish. Katakchalar adresi va katakchalar bloki.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash.

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilar Elektron jadvallarda ustun, satr va katakcha tushunchalari, katakchaning xossalari, menyular satri, satr va katakcha tushunchalari, katakchadagi ma’lumotlarni tahrirlash, Katakcha adresi va katakchalar bloke bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’ladilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Asosiy tushunchalar:

MS Excel 2010 tasmasi, katak, satr, katakchalar bloke, ma’lumotlar turi, adres.

Darsning borishi:

• Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)

• O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)

• Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)

• Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)

• O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)

• Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)

1-mashq. B1 katakka 231 ini, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning

yig‘indisini B3 da hosil qiling.

Bajarish:B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish

rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida

bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda +

kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.

Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan

so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida

=B1+B2 ifoda yoziladi.


Yuqoridagi kabi boshqa arifmetik amallarni bajarish mashq sifatida

ko‘rib chiqishimiz mumkin.

MS Excel 2010 da ishlash jaroyonida turli xatolar yuzaga kelishi

mumkin. Ko‘p uchraydigan xatolar tavsifi xususida to‘xtalib o‘tamiz:

 ###### – ma’lumot katakka sig‘magan.

 #ДЕЛ/0 – hisoblash formulasida 0 ga bo‘lish holati mavjud.

 #ЗНАЧ! – formulada mumkin bo‘lmagan ifodalar qatnashmoqda,

masalan: kirill shriftida o‘zgaruvchilar ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.

7

 #ИМЯ? – Excel formuladagi o‘zgaruvchining nomini aniqlay

olmadi.

 #ЧИСЛО! - formulada funksiya o‘zgaruvchisi yoki qiymat

noto‘g‘ri ishlatilmoqda.

 #ССЫЛКА! – katakka noto‘g‘ri murojaat qilingan.

 #ПУСТО! – katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilgan.

2-mashq. Quyidagi amallarni bajaring:

 A1 katakka 23 sonni B1 ga 0 kririting va C1 katakda A1/B1 amalini

bajaring va natijani tahlil qiling.

 A1 katakka “Xato” matnini, A2 ga 10 kiriting va A3 katakda A1*A2

amalini bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;

 A1 katakka 1 sonini B1 ga 1 kririting va A3 katakda A1A/B1

amalini bajaring va hosil bo‘lgan xatoning sababini aniqlang;

 A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni

hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni

hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;

Yuqoridagi mashqlardan ko‘rinmoqdaki, MS Excel 2010 yordamida

ixtiyoriy arifmetik amallarni tez va oson usulda hisoblash imkoniyati

mavjud. MS Excel elektron jadvali kalkuliyatordan farqli bo‘lgan kengroq

ifodalarni hisoblashda umumlashtirish imkoniyati ham mavjud. Ushbu

imkoniyatlarni keyingi darslarda ko‘rib o‘tamiz.



O’IBDO’ Farmonova S.R____________