СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Урок для 10 классов

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Урок для 10 классов»

10-sinf

3-dars. MUROJAATDAN FOYDALANIB AMAL BAJARISHDA NUSXALASHNING AFZALLIGI

Dars maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Excelda murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalarning afzalligini o’quvchilarga tushuncha berish; Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi; Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatish; Kommunikativ kompetensiya;Milliy va umummadaniy kompetensiya.

Rivojlantiruvchi maqsad: amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash.

Dars turi: takrorlash darsi; dars usuli aralash, amaliyot.

Mavzuni boshlashga hozirlik:

O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.

Mavzuni yoritish:

Dars amaliy shaklda olib boriladi. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalardan foydalanish orqali, bajariladigan amallarni bir munchga osonlashtirish imkoniyati mavjud. Murojaatlardan foydalanib nusxalashning afzalliklarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.

1-mashq. a sonini 9 chi darajasigacha hisoblash.

Bajarish:

 o‘nta ustun va oltita satrli jadval hosil qilamiz;

birinchi satr kataklari tugmasi yordamida birlashtirilib, “Berilgan sonning darajalarini hisoblash” matni yoziladi;

A ustunga a soninig qiymatlari kiritiladi;

MS Excelning Вставка- вставка формулу ketma-ketligini tanlab, a ning quyidagi darajalarini yozamiz:


B4 katakda berilgan sonning kvadrati ya’ni =$A4*A4 amali bajariladi. Ushbu katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosilgan holda ustun bo‘yicha pastga qarab siljitiladi va B7 katakda to‘xtatiladi;

B7 katakning o‘ng pastki burchagiga sichqonchaning ko‘rsatkichi keltirilib, chap tugmasi bosilgan holda B7:I7 oraliqda siljitiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

Mustahkamlash:

1.MS Excel 2010 elektron jadvallarini nusxalashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.

2. MS Excel 2010 elektron jadvalida matn ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?

3. 3 soninig 10 darajasigacha hisoblovchi jadval hosil qiling

Uyga vazifa: 1. O‘quv qurollarini xarid qilish jadvalini hosil qiling.

2. 1+22+33+44 ifodani MS Excel 2010 da hisoblang


10-sinf

4-DARS. SODDA VA MURAKKAB FUNKSIYALARNING GRAFIKLARI

Dars maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Excelda soda va murakkab funksiyalarning grafiklari to’g’risida o’quvchilarga tushuncha berish; Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi; Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish ruhida tarbiyalash.Kommunikativ kompetensiya;Milliy va umummadaniy kompetensiya.

Rivojlantiruvchi maqsad: amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash.

Dars turi: takrorlash darsi; dars usuli aralash, amaliyot.

Mavzuni boshlashga hozirlik:

O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.

Mavzuni yoritish:

MS Excel 2010 da sodda va murakkab funksiyalarning grafiklari menyuning Вставка bo‘limi График bandi orqali hosil qilinadi. Sodda va murakkab funksiyaning grafiklarini hosil qilish jarayonini quyidagi mashqlarda ko‘rib chiqamiz.

1-mashq. z=a+bx+cx2+dx3 funksiyaning grafigini hosil qilish.

Bajarish:

A1:D1 kataklarida a,b,c,d koeffitsiyentining quyidagi qiymatlari kiritiladi:

A2:E2 kataklarda x ning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;

A3:E3 kataklarda mos ravishda x ning qiymatlari uchun, masalan, A3 da =$A1+$B1*A2+$C1*A2*A2+$D1*A2*A2*A2 qaralayotgan formulaning x=0 dagi qiymati hosil bo‘ladi. Qolgan nuqtalarga nisbiy murojaat yordamida davom ettiriladi;

A2:E3 kataklar bloki ajratib olinadi;

A3:E3 kataklar belgilab ajratib olingandan so‘ng, MS Excel 2010 ning tasmasidan Вставить-Диаграммы-Точечная ketma-ketligi bajariladi.

Hosil bo‘lgan grafik ustiga x ning qiymatlarini chiqarish uchun grafik ustiga o‘ng tugma bosilib, Добавить подписи данных bandi tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:



2-mashq. z=a+bx+cy va z=ax2+bxy+cy2 funksiyalarning grafiklarini hosil qilish.


M ustahkamlash:

1. M S Excel 2010 da grafik hosil qilish imkoniyatlari haqida so‘zlab bering.

2. F unksiya grafiklarini silliqlash uchun qanday usuldan foydalaniladi?

3. S infingiz o‘quvchilarini “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini grafik shaklda hosil qiling

Uyga vazifa: 1. y =3x+4 funksiyaning grafigini hosil qiling.

2. Sinfingiz o‘quvchilarini “Matematika” fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini grafik shaklda hosil qiling.


O’IBDO’ Farmonova S.R____________


10A

10B

1



2