СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Урок для 10 классов

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Урок для 10 классов»

Mavzu: Axborotli olam muammolari va Internet.


Darsning maqsadi:

Ta’limiy:O’quvchilarga axborotlarning kompyuterda tasvirlanishni o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish.

FOK: elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;

Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi.

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari: 7-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Jajji bilimdon” jurnali.

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.

Ishlash bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)

    1. Darsni tashkillashtish.

    2. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)

    3. O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:

  1. Darsga tayyorlanadi.

  2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.

  3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.

2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)

axborotlarning kompyuterda tasvirlanishni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa)

Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.

3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)

O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.

Uyga topshiriq va savollar beriladi.


  1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.

  2. Vazifalarni yozib oladi.


Mavzuni yoritish.

O’quvchilar kichik guruhlarga bo’linadi. Ularga tarqatma test savollari tarqatiladi. Qo’shimcha ma’lumotlar berilib, mustaqil ish doskaga yozib qo’yiladi.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

  1. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

  2. Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

Intemet tarixi

O‘zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi tur- li xil ko‘rinishga ega katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig‘ilib bormoqda. Bu maMumotlardan foy dalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag1 va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (ingliz tilidagi interconnected network iborasining qisqartmasi, ma’nosi: Xalqaro kompyuter tarmog‘i)ning tashkil etilishi bilan hal etildi.

Internet dastlab bir necha harbiy tadqiqotchilik markazlari o‘rtasida axborot resurslaridan birgalikda foydalanish maqsadida tashkil etildi. Bunga XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog‘i asos bo‘lgan. ARPANet — buzilgan aloqa bo‘g‘inlarini avtomatik ravishda aylanib o‘tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon beruvchi tuzilmadir.

Birinchi marta 1969-yil 29-oktyabrda ishga tushirilgan ARPANet tarmog‘ida oraliq masofa 640 km bo‘lgan Los-Anjeles universiteti bilan Stenford tadqiqot markazi orasida bor yo‘g‘i 2 minut davo- mida axborot almashinilgan. Awaliga bu tanuoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik bu tarmoqqa AQSHning boshqa universitet, kollej va tashkilotlari ham ulangan. 1973-yilda transatlantik telefon kabe- li o‘tkazilgandan keyin ARPENet tarmog‘iga Yevropaning o‘quv yurtlari va tashkilotlari ulandi. Shu tariqa bu tarmoq Internet tar- mog‘iga aylangan.

Intcmct tarmog‘i biror tashkilotga bo‘ysunmaydi, lekin davlat- lar, ilmiy va ta'lim muassasalari, tijorat strukturalari va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan «Intemet arxitekturasi bo‘yicha kengash» tomonidan boshqariladi.Intemet va WWW

Internet — dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa bir- lashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Hozirgi kunda Tnternet dunyo bozorini o‘rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet okzaro aloqa bogMash yoki ma'lumot- lar almashish tarmog‘i boiibgina qolmasdan, unda mavjud boigan maiumotlar ombori majmui dunyo bilimlar omborini tashkil etadi.

Intemetning kompyuterlar bilan bog’liq boigan narsalardan muhim farqi shundaki, u o‘zi haqidagi maiumotlami ham o‘zida saqlay oladi.

Kompyuterlaming axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem qurilmasi sababli shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus qurilmalarisiz ham Tnternetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Intemetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Tntemetdagi malumotlarni uzatish qoidalari protokoUar (masalan, TCP/TP - TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.

TCP/TP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:

Internet xizmatlari foydalanuvchiga keng imkoniyatlar ochib be- radi. Masalan:

  • elektron pochta (E-mail) — bir nechta foydalanuvchi orasida ma’lumot almashish imkoniyati;

  • chat — real vaqtda ma'lumot almashish imkoniyati;

  • telekonferensiya — jamoa bilan ma’lumot almashish imkoniyati;

  • WWW (World Wide Web) — turli ko'rinish va shakldagi ax- borot manbalarini birlashtirgan yagona axborot olamidan foydalanish imkoniyati.

1992—93-yillardci axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlami olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.

World Wide Web (ma’nosi: xalqaro olrgimchak to‘ri)ning yarati- lishiga 1989-yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengash- ining loyihasi asos bo‘ldi. Bu loyihaning maqsadi Intemetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Intemetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib qoldi. World Wide Web multi- media (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyat- lariga ega boMgani uchun foydalanuvchilar e’tiborini juda tez qozondi.

WWW tarkibi

WWWda axborot maxsus sahifalarda, ya’ni Web-sahifa\ard joy- lashadi. Web-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo koTinishdagi axborotlami joylashtirish mumkin. Bu esa o‘z navbati- da reklama, tijorat, ta'lini va boshqa ko pgina soha vakillariga beqi- yos imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, quyidagi «Astronomlar» deb nomlangan web-sahifa:

WWWning ommalashishiga yana bir omil gipcrmatndir. Gipermatn web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova bo‘lib, u so‘z yoki rasm bo‘lishi mumkin. Gipermatn yordamida Web-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Web-sahifaga tez va oson o‘tiladi, bu hol kerakli qism yoki Web- sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Masalan, yuqorida rasmdagi web-sahifada rasmga, ism-sharifga, tug‘ilgan mamlakati nomiga gipermurojaat joylashtirilgan bo‘lib, gipermurojaat tanlangach, yangi web-sahifa ochiladi.

Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bogiangan bir nechta Web-sahifalar majmui Web-sayt deyiladi. Masalan, yuqoridagi rasmda ziyonet.uz web-saytining 100 dan ortiq web-sahifasidan biri aks etgan.

Web-saytni kitobga, web-sahifani esa kitobning sahifasiga o‘xshatish mumkin. Web-saytdagi web-sahifalar o‘zaro gipermatn yordamida bog‘lanadi. Web-saytlar ham, Web-sahifalar ham Web-server deb ataluvchi Intemetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o‘z manziliga ega boiadi. Bu manzil URL (ingliz tilida: Uniform Resourse Locator — zahirani takrorlanmas ko'rsat- kichi ma’nosini anglatadi) deb ataladi. URL Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli boiib, u takrorlanmas manzilni ifodalaydi. URL bir necha bo‘g‘indan iborat boigan Internet tarmogidagi axborot zahirasi manzilidir.

Masalan: http://www.eduporlal.uz/webmaktab.html

URL manzil quyidagilardan tashkil topadi:

http — bogianish protokoli; www.eduportal.uz — axborot saqlana- yotgan provayder (server) nomi; webmaktab.html — sayt (fayl) nomi.

Provayderlar (ingl. provide imkon berish, ta^minlash) — Internetning ba'zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvchi va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardir. Provayderlar bir necha yuz ming mijozga xizmat ko‘rsatish va axborotlami yuborish uchun maxsus yuqori tezlikdagi aloqa kanallaridan foydalanadilar. Har bir davlatda Internet tizimi- ning ishlash sifati kanallarning o‘tkazuvchanlik kuchiga bogiiq. 0‘zbekistonda Internetdan foydalanish boshlangan dastlabki davr- larda maiumot yuborish va qabul qilish tezligi unchalik katta boimagan. Masalan, 2002-yilda 8,5 Mb/s ni tashkil etgan boisa, hozirgi kunda Internet tarmogida ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallar o‘tkazuvchanlik qobiliyatining rivojlanishi natijasida 2,5 Gb/s dan oshdi.

  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Darsga yakun yasash:


O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.


  1. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib savollar tuzib keling.



O’IBDO’: _________________________