СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Урок для 10 классов

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Урок для 10 классов»

Sana:”___”___________20___yil

Informatika 10

Mavzu:53-DARS. ILOVADA RADIOTUGMALAR GURUHIDAN FOYDALANISH

Maqsad:

Ta’limiy:DELPHI dasturihaqida tushuncha berish

Tarbiyaviy: Informatika fanini chuqur o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:o’quvchilargadelphida ishlashni o’rgatish

1.Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

elektron jadvallarda turli axborotlarni saqlay oladi.

2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

Elektron jadval funksiyalaridan foydalanib matematik, fizik va iqtisodiy yo‘nalishlarda hisoblashni va mantiqiy masalalarni hal eta oladi;

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.

DARSNING BLOK CHIZMASI:

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

O’quvchilarni rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism

Salomlashish

Davomatni aniqlash

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

III.Yangi mavzu bayoni

1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin.

Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.

RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. Bir necha variantdan birini tanlash Pascal da case operatori yordamida bajarilar edi. Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir:

Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy xossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning

nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz. Ular matematika, fizika, kimyo va informatika bo‘lsin. Muloqot darchasining ko‘rinishi quyidagi bo‘ladi.

Muloqot darchasida OK tugmasini bosib, kiritilgan variantlarni saqlab qo‘yamiz yoki Cansel (bekor qilish) tugmasini bosib, kiritilgan variantlardan voz kechamiz. Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi:

RadioGroupning yana bir muhim xossasi ItemIndex (variant indeksi) bo‘lib, unda tanlangan variantning nomeri saqlanadi. Agar hech bir variant tanlanmagan bo‘lsa, bu xossa qiymati –1 ga teng bo‘ladi. Obyekt inspektorida bu xossani 1 ga teng qilib olamiz. Bu obyektning ham Caption xossasi bo‘lib, unga obyekt inspektorida Fan degan satrni kiritamiz. Bu o‘zgarishlar ilova oynasida darhol aks etadi.

O‘zgarishlarning, birinchi qarashda, g‘alati tomoni ro‘yxatdagi birinchi fan: matematika emas, balki ikkinchi bo‘lib turgan fizikaning tanlanganligidir. Aslida buning hech qanday g‘alati joyi yo‘q. Faqatgina informatikada hisob ko‘pincha 1 dan emas, 0 dan boshlanishini unutmaslik kerak:

RadioGroup xossalaridan biri Columns (ustunlar) deb ataladi. Bu xossa radiotugmalar guruhining variantlari nechta ustun bo‘lib joylashishini ko‘rsatadi.

Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng taqsimlanadi.

2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha butunlashtiriladi.

3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.

4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin. Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi:

3. Eng qiziqarli fan ilovasi. Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata olsin. Bu ilovada Radiogroup obyektidan foydalanamiz. Avval uning sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta Checkbox obyektlarini olib tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi Delete tugmasini bosamiz:

Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda Radiogroup obyektini joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani quyida ko‘rsatilgandek kiritamiz.

Endi OK tugmasini ikki marta bosib uning TForm1.Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

var i:integer;begin

n[0]:=n[0]+1;

i:= Radiogroup1.Itemindex; if i=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1;

Radiogroup1.Itemindex:=-1; end;

Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi OK tugmasi bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: i ni yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi. Beshinchi qatorda Radiogroup1 da qaysi variant tanlanganini i o‘zgaruvchiga uzatiladi.

Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni biror variant tanlangan bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga oshadi. Yettinchi qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va protsedura o‘z ishini tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini qabul qilishga tayyor turadi:

YODDA SAQLANG !

Radio tugmalar guruhi bir nechta variantdan bittasini tanlash uchun xizmat qiladi.

IV.SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Radiotugmalar guruhi obyektining Items xossasidan nima maqsadda foydalaniladi?

2. Radiotugmalar guruhi obyektining Columns xossasi nima vazifa bajaradi?

3. Ilovaga sinfdoshlaringizning ismlari joylashtirilgan radiotugmalar guruhini joylang. Ulardan biri tanlanib, boshqarish tugmasi bosilganda tanlangan o‘quvchiga uning ismini aytib salom beradigan ilova yarating.

4. Oldingi ilovaga yana fanlar nomi yozilgan va baholar ro‘yxati bo‘lgan yana ikkita radiotugmalar guruhini kiriting. Tanlangan o‘quvchining tanlangan fan bo‘yicha tanlab olingan bahosini ekranga chiqaradigan ilova yarating.

V.Baholash

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI.UYGA VAZIFA

1. Radiotugmalar guruhi kerak bo‘ladigan vaziyatlarga misol keltiring.

2. Radiotugmalar guruhi RadioGroup obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?