СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Урок для 10 классов

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Урок для 10 классов»

Sana:”___”___________20___yil

Informatika 10

Mavzu:55-DARS. ListBox VA ComboBox OBYEKTLARI

Maqsad:

Ta’limiy:ListBox va ComboBox obyektlari dasturi bilan ishlashni o’rgatish

Tarbiyaviy: Informatika fanini chuqur o’rgatish.

Rivojlantiruvchi:o’quvchilarni ListBox va ComboBox ishlashni o’rgatish

1.Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

elektron jadvallarda turli axborotlarni saqlay oladi.

2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

Elektron jadval funksiyalaridan foydalanib matematik, fizik va iqtisodiy yo‘nalishlarda hisoblashni va mantiqiy masalalarni hal eta oladi;

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.

DARSNING BLOK CHIZMASI:

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

O’quvchilarni rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism

Salomlashish

Davomatni aniqlash

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

  1. ListBox boshqarish obyekti va uning xossalari. RadioGroup obyektining bittagina kamchiligi bo‘lib, undagi variantlar ro‘yxati uzun bo‘lsa, u ekranda ko‘p joy egallaydi. Bu kamchilikdan holi bo‘lgan obyektlar ham bor. Ulardan biri obyektlar panelining standart jildida joylashgan ListBox (Ro‘yxat qutisi) boshqarish obyektidir:

ListBox obyekti ekranga variantlar ro‘yxatini chiqaradi. Agar bu ro‘yxat uzun bo‘lib, u obyektga ajratilgan joyga sig‘masa, uning o‘ng tomonida vertikal surgich paydo bo‘ladi. Uni surib ro‘yxatning kerakli joyiga o‘tish mumkin.

ListBox obyektining xossalarining ko‘pchiligi RadioGroup obyekti xossalari bilan bir xil. Uning Items xossasi yordamida ro‘yxat elementlari kiritiladi. ItemIndex xossasida ro‘yxatning tanlangan elementining tartib raqami saqlanadi. Bu yerda ham tartib raqami 0 dan boshlanadi.

Columns xossasi ro‘yxat ekranga nechta ustun bo‘lib chiqishini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 0 bo‘lsa, ro‘yxat ustunlarga bo‘linmaydi. ListBox ning Columns xossasidan faqat juda zarur bo‘lganda foydalanish lozim. Chunki bir nechta ustunlarga joylashgan ro‘yxat ro‘yxatga ham o‘xshamay qoladi.

2. ComboBox boshqarish obyekti va uning xossalari. ComboBox (yashirin ro‘yxat qutisi) obyekti oldingilariga nisbatan ancha qulay bo‘lib, undan ko‘proq foydalaniladi. Uning qulay tomoni u kiritish maydonchasi Edit kabi kam joy oladi. Uning o‘ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugmani bosib, yashirin ro‘yxatni ekranga chiqarish mumkin.

Yuqoridagi rasmda Word matn muharririning shrift muloqot darchasidagi yashirin ro‘yxatlar qizil ramkalarda ko‘rsatilgan.

Bu obyektning ham ko‘p ishlatiladigan xossalari Items, ItemIndex va Column lardir.

3. SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari. Oldingi ilovalarda sonli kattaliklarni kiritish uchun Edit obyektidan foydalangan edik. Undan foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri turidan butun son turiga o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, masalan, 3 o‘rniga uch ni kiritsak, ilova o‘z ishini to‘xtatib, xato to‘g‘risida xabar chiqaradi.

SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlarni kiritish uchun mo‘ljallangan. Unda avvaldan belgilab qo‘yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan.

SpinEdit obyekti obyektlar panelining Samples (Namunalar) jildida joylashgan. Bu jild ekranda ko‘rinmaydi. Uni ko‘rish uchun jildlar ro‘yxati oxiridagi uchburchak ko‘rinishidagi tugmalardan ikkinchisini bir necha marta bosish kerak:


4. Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Yangi obyektlardan foydalanishni o‘rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta ListBox, bitta ComboBox, bitta SpinEdit va bitta Button obyektlarini rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz.

ListBox ning Items xossasini ikki marta bosib, hosil bo‘lgan muloqot darchasida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan 8 ta futbolchi ro‘yxatini kiritamiz. SpinEdit obyektini tanlab, Object Inspector oynasida uning MaxValue xossasini 5, MinValue xossasini 1, MinValue xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o‘rnatamiz.

Button1 obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

var i,j:integer;

begin

i:=ListBox1.ItemIndex; if i=0 then begin

j:=StrToInt(ComboBox1.Items[i]);

ComboBox1.Items[i]:=IntToStr(j+SpinEdit1.Value); end; end;

Protseduraning birinchi, uchinchi va o‘ninchi satrlari oynada borligini unutmang. Ikkinchi satrda ikkita yangi o‘zgaruvchi yaratiladi. To‘rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro‘yxatdagi raqami beriladi. Beshinchi satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo‘ladi). Yettinchi satrda ikkinchi o‘zgaruvchi: j ga ComboBox1 ro‘yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) beriladi. Sakkizinchi qatorda bu songa SpinEdit1 da son (futbolchiga berilgan baho) qo‘shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBox1 ro‘yxatining i-satriga yozib qo‘yiladi.

Natijada ComboBox1 dagi ro‘yxatda har bir futbolchi to‘plagan ballar yig‘ilib boradi. Uni bu obyektning o‘ng tomonidagi uchburchak ko‘rinishida tugmani bosib xohlagan paytimizda ko‘rishimiz mumkin.

Ilovani F9 tugmasini bosib ishga tushiramiz. Unda birinchi ro‘yxatdan futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada unga berilgan bahoni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir necha marta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko‘rish uchun uchinchi maydonchaning o‘ng tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o‘ngdagi rasm).

YODDA SAQLANG !

ComboBox obyekti yashirin ro‘yxat yaratish uchun xizmat qiladi.

IV.SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Listbox obyekti qanday vazifani bajaradi?

2. ComboBox obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.

3. SpinEdit obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.

4. Ilovaga ListBox obyektini joylang. Bu obyektni Asaka zavodida ishlab chiqariladigan avtomashinalardan birini tanlaydigan qilib xossalarini o‘zgartiring.

5. Ilovaga ComboBox obyektini joylang. Uning xossalari o‘zgartirib, unga viloyatlar ro‘yxatini kiriting.

V.Baholash

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI.UYGA VAZIFA

1. Listbox obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?

2. ComboBox obyekti qanday vazifani bajaradi?