СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Урок для 8 класс

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Урок для 8 класс»


Aim.Uz





O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’lim Vazirligi Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi


Kitob tuman xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 5-umumta’lim

maktabida faoliyat ko’rsatayotgan informatika fani o’qituvchisi

Eshaliyev Sarvarning

8 A ”- sinfida informatika fanidan


DARS ISHLANMASI


Manzil:

Kitob tumani 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Ishtirokchi:

Eshaliyev Sarvar Saydaliyevich

Lavozimi:

II-toifali informatika fani o’qituvchisi

Fan nomi:

Informatika

Sinf:

8- sinf

Dars ishlanma nomi

Elektron jadvalning elementlari

O’quvchi soni:

16 o’quvchi

Pochta manzili:

[email protected]




2016 o’quv yili




Dars ishlanma uchun annotatsiya



Taqdim etilayotgan ushbu dars ishlanmasi 8- sinf informatika fanining 1 soatlik darsidan namuna bo’lib, ushbu dars ishlanmasida 45 minutlik dars bosqichma- bosqich olib borilgan. Dars jarayoni jihozlangan fan xonasida o’tiladi.

Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ta’lim qaysi jarayonining qaysi bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga yo’naltirish asosida tashkil etishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ilg’or pedagogik texnologiya asosida “Kichik guruhlarda ishlash”, “Bahs – munozara”, “Boshqotirma”, “Aqliy hujum’ kabi qator usullarni qo’llab, yaxshi natija berishini o’z o’qituvchilik faoliyatida sinagan.

Informatika fanining Elektron jadvallar mavzularida berilgan masala va amaliy - labaratoriya ishlarini o’zlari bajarishi o’quvchilarning bilimini va mustaqil fikrlashini, nutqini, ilmiy dunyoqarashini oshiradi. Ta’lim jarayonida vertual labaratoriyalardan foydalanish, pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Informatika va matematika faniga asos solgan olimlarni ham hayotiga ahamiyat berib FSMU texnologiyasi asosida ma’lumot beriladi.

Ma’ruza darslarida mavzuga doir asosiy tushunchalarni o’quvchilarga to’laqonli darajada yetkazish va misollar bilan boyitish maqsadga muvofiq. O’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini nazorat qilish dars samaradorligini ko’rsatadi.






DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

MAVZU:

ELEKRTON JADVALNING ELEMENTLARI

Dars maqsad va vazifasi

Ta’limiy: o’quvchilarga elekrton jadvalning elementlari haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy: o’quvchilarni estetik ruxda tarbiyalash. Bir-birga bo’lgan hurmatni onggiga singdirish.

Rivojlantiruvchi: fanni amaliyot bilan bog’lab olib boorish, musta’qil fikrlash, o’z fikrini bayon etish ko’nikmasini rivojlantirish

O’quv jarayoning mazmuni

O’quvchilar ongiga elekrton jadvalning elementlariga doir tushunchalarni singdirish.

O’quv jarayoning texnalogiyasi

Metod: aralash, test, savol-javob

Shakl: noananaviy, guruhlarda ishlash

Vosita: darslik, o’quv plokatlar, kompyuter qurilmalari, Proyektor, tarqatma materilalar, mavzuga doir taqdimot.

Nazorat: savol-javob, test, amaliyotni kuzatish

Baholash: o’quvchilar ishtiroki va guruhlar harakatiga qarab.

Darsning shiori

Kompyuterni o’rganish davr talabi”

Dars uchun qoidalar

1.Intizomga rioya qilish

2.Darsga faollikni oshirish

3.Vaqtdan unumli foydalanish

Dars jarayoni va uning bosqichlari


Bosqich

Faoliyat

Bajaradigan ishlar mazmuni

Metod

Vaqt

I-bosqich

Tashkiliy qism

Ommaviy ishlar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lish

Kuzatish

2 min

II-bosqich

O’tilgan mavzuni takrorlash

Tezkor savol-javob, uyga vazifani tekshirish,

Test metodi.


6 min

III-bosqich

Yangi mavzu bayoni

Mavzu haqida ma’lumot berish va kompyuterda ko’rsata berish

Tushuntirish, ko’rsata berish

15 min

IV-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash

Mavzuni taqdimotda berilgan vazifalarni guruhlarga taqsimlagan holda bajarish

Misol, masala va testlarda ishlash

18 min

V-bosqich

Dars yakuni baholash

Guruhlarga rag’bat kartochkalari berish va o’quvchilarni baholash.

O’qituvchi baholaydi

2 min

VI-bosqich

Uyga vazifa

Darslikdagi savollarga jovob yozish va mavzuni o’qib aytib berish

Tushuntirish

2 min

Mavzu: ELEKRTON JADVALNING ELEMENTLARI

Reja:

Elektron jadval tushunchasi

Elektron jadval elementlari

  • Elektron jadval elemantlaridan qanday foydalnish.

  • Katakcha(ячейка)ning xossalari

  • Mavzuni mustahkamlash doir kompyuterda vazifalarni qarab chiqish

  • Baholash

  • Uyga vazifa


Tashkiliy qism:

O’quvchilar davomati aniqlanib olinadi, darsga tayyorligi va ko’rgazmali qurollar, kompyuter va proektor rayyor holga keltiriladi.

Darsni boshlashdan oldin sinfni 3 ta guruhga bo’lamiz. Har bir qator bir guruh bo’ladi.


1-guruh: Al-Xorazmiy

2-guruh: Beruniy

3-guruh: Farobiy

Endi o’tgan mavzuni so’rashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni takrorlash sifatida savol-javob, test va uyga berilgan vazifani so’rash bo’ladi. Buni quydagicha amalga oshiramiz:


O’tgan mavzu elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari.


Savollar:har bir guruhga navbat bilan beriladi va rag’batlantiriladi.

1.Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqarilgan?


2. Elektron jadvalning asosiy vazifasi nimadan iborat?


3.qanday elektron jadvallar nomini bilasiz?


4.Excel elektron jadvalini qanday ishga tushirilishini ko’rsatib bering.


5. Excel elektron jadval interfeysi qanday tuzilgan?


6. Excel elektron jadvalidagi kitob va varaqlar qanday ochiladi?


7.Excel elektron jadval faylining kengaytmasi qanday?


8. Excel elektron jadvali varaqlarida nechta ustun va satr bo’ladi?


9.elektron jadvallar qaysi sohalarda ishlatilishiga misollar keltiring


Test savollariga jomoa bo’lib javob beriladi har bir jamoaga 2 tadan test savoli:

1. Elektron jadval nomi keltirilgan javobni aniqlash.

A) MS Excel

B)Internet Explorer

D)Bloknot

E) to’g’ri javob yoq

2.MS Excel dasturida hosil qilingan hujjat kengaytmasini aniqlang

A).dos B).rtf

D).xls E).arj

3.Birinchi elektron jadval nomi keltirilgan javobni aniqlang.

A)MS Exsel B)VisiCalc

D)Simphoni E)SuperCalc

4.MSExcel dasturi birinchi marta qachon ishlab chiqarilgan?

A)1985 B)1994

D)1995 E)2003

5. MSExcel dasturida ko’pi bilan nechta Varaq hosil qilish mumkin?

A)3 ta B)5 ta

D)9 ta E)to’g’ri javob yo’q

6.Elektron jadvalda ustun qanday nomlanadi?

A) A,B,C,..Z,AA

B) 1,2,3,...

D)ixtiyoriy

E) o’ngdan chapga

Yangi mavzu bayoni:


Elektron jadvallar – ustun va satrlarning birlashmasidan iborat jadval bo’lib, satr va ustun kesishmasi katakcha yoki yacheyka deb ataladi.


Katakchaga quydagi kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin:


Matnli

Sonli

Sanali

Vaqt

Formula

Funksiya








Katakcha quyidagi xossalarga ega bo’lishi mumkin:


Fon turi va rangi

Shirif turi, o’lchami va rangi

Tekislash turi

Son turi

Matn yo’nalishi turi

Himoya

Chegara turi, rangi va o’tkazilish joyi


Katakchaning bu xossalari Format menyusining Katakcha (Ячейки) bo’limi yordamida belgilanadi. Ya’ni


Format



Katakcha

Ячейки

Son

Число

Tekislash

Виравнивание

Shrift

Шрифт

Chegara

Граница

Ko’rinish

Вид

himoya

Зашита


Son – raqam belgilaridan iborat (birinchi belgi “%” bo’lishi mumkin), orasida faqat bitta “,” ( o’nli kasrning butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo’lgan ketma-ketlik.


Misollar: 3: 5,1234: 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig’masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki “# # # # # #” ko’rinishda ifodalaydi.

Formula – katakchaga kiritilayotgan “=” belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali bog’lanadi.

Misollar: =C1-1441, =A1+7*B2

Matn – katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo’lmagan hol. Bu holda Excel uni matn deb tushunadi. Matnli ma’lumotning faqat katakcha kengligidagi qismi ko’rinib turadi. Bir karakchaga bir necha satrdan iborat matnni kiritish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak.

a)har bir satr oxirida Alt+Enter klavishlari birgalikda bosiladi.

b) katakcha formati bo’limining Tekislash bo’limidan So’zlar bo’yicha o’tkazish xususiyati tanlanadi.

Mavzuni mustahkamlash:

Excelning 1997 va 2003 naqllarining bitta varag’idagi katakchalar soni hisoblansin. Kompyuterda ko’rsatiladi.

Formulalar satri yonidagi fx belgisi funksiyani tanlash va katakchaga joylashtirish imkonini beradi.

Uyga vazifa:

1.Darslikdagi 7 mashq

2. Test tuzish 10 ta va undan ortiq.







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. Informatika va hisoblash texnika asoslari. 8-sinf Darslik.

B. Boltayev, A. Azamatov , A. Asqarov,

M. Sodiqov, G. Azamatova

2. Informatika O’qituvchilar uchun metodik

qo’llanma. 5-9- sinf

B. Boltayev, A.Po’latova. Toshkent 2013.

INTERNET RESURSLAR:

3.WWW.uzedu.uz

4.www.ziyonet.uz.

5.www.edunet.uz.

6.www.test.uz.

7.http://darsliklar.ru/informatika.