СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

“XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya”

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Termiz shahar xalq ta`limi bo`limi

18-umumiy o`rta ta’lim maktabi

tarix fani o`qituvchisi

O`roqova Shahloning

tarix fanidan

“XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya” 

mavzusida o`tkazilgan bir soatlik  ochiq

Sinf:  IX 

Fan:  Jahon tarixi.

Mavzu: “XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya” 

I. Darsning maqsadi: 

               Ta`limiy: XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli,  inqilobchi demokrat Sun Yat Sen muvaqqat Respublika hukumatining tuzilishi,  Yuan Shikay diktaturasi to`g`risida ma`lumot berish,   XIX asrda Xitoyning  ahvoli, kapitalistik munosabatlarining shakllanishi , chet el monopolistlarining Xitoyni talashlari,  ijtimoiy  harakatlar,chet el intervensiyasi to`g`risida  ma`lumot  berish.

             Ta`rbiyaviy: o`quvchilarda vatanparvarlik hissini shakllantirish; -o`quvchilarda tarixiy yodgorliklarga nisbatan hurmat hissini shakillantirish;

-maqsadga erishish yo’lida tarbiyalash;

             Rivojlantiruvchi: o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish;

 -nutqini o`stirish;

-topqirlik xususiyatini rivojlantirish;

-o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

I. TK – tayanch kompetensiya

1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK – fanga oid kompetensiyalar

1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi

B1

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

Dars uslubi: Ko’rgazmali-amaliy; 

Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, Aqliy hujum, tezkor savol javoblar,   didaktik mashqlar); 

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi; 

Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi 

Dars didaktikasi:  

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, xarita,rasmlar, doska , bo`r , AKT , tarqatma material , suv , qog`oz gullar.  

b) texnik vositalari: kompyuter,  Internet ulanishi uchun telefon tarmog`i yoki USB-modem, videoproyektor,  

Darsning blok-sxemasi: 

T/r 

Darsning bosqichlari 

Vaqt 

Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash  

10 daqiqa 

Yangi mavzu bayoni (Internet tarmog`iga ulangan holatda GoogleEarthWin dasturi orqali tushuncha berish) 

12 daqiqa 

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash 

15 daqiqa

Dars yakuni:  

1.G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash 

2. Uyga vazifa 

5 daqiqa 

Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin, 

 Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin” 

Darsning borishi: 

1.    Tashkiliy qism:  

a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash) 

b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)

d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, “O’zbekiston” hamda “Turkiya” nomlari bilan nomlash va guruh sardorlarini tayinlash; 

e) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar); 

          Dars boshlanadi. O`quvchilar bilan salomlashib, sana, fan, davomat, ob-havo, fasl haqida so`raladi.  

O’tilgan mavzu bilan bog’lash. 

O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi. 

O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh  berganliklariga qarab  “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.  

O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Topqirlik”, “Flower wish” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Shatranj” taxtasiga yashiringan  ma`lumotlarga to`g`ri javoblarni quyidagi davlatlardan qaysilariga tegishli ekanliklarini aniqlashlari kerak bo`ladi. 

“Flower wish” o`yini orqali mustahkamlash;

-   1899-yil. -   1899-yil sentabr. -   1900-yil. -   1897-yil. -   Sindao. -   Lyuyshun. -   Komprador. -   Konvensiya. -   Intervensiya. -   Flower wish. Savollar yozilgan qog`oz  gullar suvga tashlanadi. Gul ochiladi. Savol ko`rinadi.O`quvchi savolga javob  beradi.Terminlarni izohlaydi.    O`quvchilar  3 guruhga bo`linadi: Guruhlar   o`rtasida savol-javob qilinadi.O`qituvchi guruhlar to`plagan ballarni e`lon qiladi,o`quvchilar rag`batlantiriladi. O`quvchilarning ijodiy fikrlashi va jahonda bo`layotgan voqealar hamda yangiliklarni qay darajada bilishlarini sinash maqsadida ekranda 2011-yil 11-mart soat 1446da Yaponiyaning Xinsyu orolida bo`lib o`tgan  tabiiy ofat haqidagi kinofilmdan qisqa lavha namoyish etiladi. 

Kinofilm namoyishidan so`ng,  Yaponiyada sodir bo`lgan tabiiy ofat tafsilotlari haqida guruhlarning taassurotlari va fikrlari so`raladi. Guruhlarning bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar  bilan taqdirlanadi.   

O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter telefon tarmog`i yoki USB-Modem orqali internetga ulangan holda “GoogleEarthWin” dasturini ishga tushiradi. Ekranda XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya tushirilgan tasviri, siyosiy va tabiiy xaritalaridan foydalangan holda o`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib beradi. O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.

Yangi mavzu bayoni:

III. Yangi manzuni tushuntirish. Yangi mavzu tushuntiriladi.

Mavzuni tushuntirish jarayonida AKTdan foydalaniladi.

Qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.

Turkiyaning

ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli

Turkiya monarxiya bo’lib, uni sulton boshqarardi. Mamlakatda o’rta asrchilik feodal tartiblari hukmron edi.

Turkiya iqtisodining asosini tashkil qilgan qishloq xo’jaligi nihoyatda orqada qolgan edi. Haydaladigan yerlarning 65% katta yer egalari va ruhoniylarga qarashli va u yersiz va kam yerli dehqonlarga ijaraga berilardi. Ayniqsa, 1873—1875- yillardagi kuchli ocharchilikdan ko’plab odamlar qirilib ketdi.

Shahar aholisining ham ahvoli og’irlashdi. Hunarmandchilik «tushkunlikka» uchradi. Eski tartiblar va xorijiy tovarlarnuig ko’pligi mamlakatda iqtisodiyotning taraqqiyotiga to’siq bo’ldi. Sanoatda o’sish yo’q edi. Chunki, sartoat uchun qishloq xo’jaligi zarur xomashyo yetkazib berishga qodir emas edi.

Sulton hukumati o’zining moliyaviy alivolini yaxshilash uchun chet eldan qarz ola boshladi. Chunonchi, 1870-1874- yillarda 3 mlrd. frankdan ortiq asoratli qarz olindi.

Davlatning moliyaviy ahvoli halokat yoqasiga kelib qoldi. Tashqi qarz yanada ko’payib 5,5 mlrd. frankka yetdi. 1876- yilda hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e’lon qilishga majbur bo’ldi.

Og’ir iqtisodiy ahvol bora-bora Turkiyani chet el davlatlari yarim mustamlakasiga aylantirdi. Yevropaning buyuk davlatlari imperiyaning u yoki bu mustamlakalarini tortib ola boshladilar. Faqat Germaniya imperiyadan ulush ololmagan davlat edi. Shuning uchun ham Turkiya hukumati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Germaniya bilan yaqinlashdi.

Germaniya kapitali katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. 1888- yili bo’lajak Bag’dod temtryo’li loyihasining Izmir — Anqara qismini qurish ularga tegdi. 1903- yili nemislar bu loyihani (Bag’dod orqali Fors qo’ltig’igacha temiryo’I qurish) to’la qo’lga kiritdilar.

Konstitutsiyaviy monarxiya

uchun kurash

Turkiya 1875- yilda qarzlar uchun yiliga 570 mln. frankdan ortiq foiz to’lashi lozim edi. Davlatning daromadi esa 380 mln. frankni tashkil etdi.

Turkiya qarzni to’lash u yoqda tursin ishlovchilarning ish haqini to’lashga ham qodir bo’lmay qoldi. Oqibatda, xalq ommasining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Ayni paytda, sulton hokimiyatini tugatish g’oyasi kuchaya bordi. Bu g’oya tashabbuskorlari «Yangi usmonliiar harakati» a’zolari edi. Harakatning «Ibrat» gazetasi ilg’or demokratik g’oyalar targ’ibotchisiga aylandi. Millatparvar ziyolilar ham bu harakatga qo’shildi.

Xalq qo’zg’oloni ulanii qo’rqitib yubordi. 1876- yilning 22- mayida Abdulaziz Shayx ul-lslom fatvosi bilan taxtdan tushirildi, Taxtga Murod V o’tqizildi. Biroq, ko’p o’tmay salomatligi tufayli u taxtdan tushirildi. Taxtni Abdulhamid II egalladi.

1876- yil 23- dekabrda Turkiyada Konstitutsiya e’lon qilindi. Unga ko’ra, mamlakatda ikki palatali parlament joriy etildi. Quyi palata Deputatlar palatasi deb, yuqori palata esa Senat deb ataldi. Konstitutsiya sultonga katta vakolatlar berdi. Fuqarolarning juda oz qismigina saylov huquqiga ega bo’ldi.

“Birlik va taraqqiyot” partiyasining

hokimiyatga kelishi

Abdulhamid II davri Turkiya tarixida «zulm davri» nomini oldi. Sulton tez orada parlamentni tarqatib yubordi. Konstitutsiya tarafdorlarini quvg’in qildi. Ularning ko’pi o’limga hukm qilindi. Mamlakat jaholat zulmatida qoldi. 1889- yili Istanbulda harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari yashirin «Birlik va taraqqiyot» tashkiloti tuzdilar. Tashkilotning sho’balari butun Turkiya bo’ylab tarqaldi va mamlakatda konstitutsiyaviy tartib o’rnatish haqida tashviqot boshlandi. Keyinchalik, bu jamiyat kuchli siyosiy partiyaga aylandi. Sulton Abdulhamid II 1897- yili tashkilot ustidan sud uyushtirdi. 13 kishi o’limga, 69 kishi katorga ishlariga hukm qilindi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zolari va shunga o’xshash siyosiy to’garakka ishtirok etganlar umumiy nom bilan «Yosh turklar» deb ataldi.

«Yosh turklar» 1902- yilda Parij shahrida o’zlarining birinchi qurultoyini o’tkazdilar. Unda bekor qilingan Konstitutsiyani tiklash haqida qaror qabul qilindi.

1907-1908- yillarda Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. 1908- yil 3- iyul kuni «Yosh turklar»dan bo’lgan armiya zobitlari rahbarligida qo’zg’olon ko’tarildi. Unga Niyozbiy rahbarlik qildi. U «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zosi, harbiy garnizon qo’mondoni edi. 1908- yil 20- iyulda Monastir shahrida «Birlik va taraqqiyot» partiyasi tan-tanali bir vaziyatda Konstitutsiya tiklanganligini e’lon qildi va sultondan bu masalada farmon berishni talab qildi. Armiya «Yosh turklar» tomonida ekanligi Abdulhamidni cho’chitib qo’ydi. U 1908- yilning 24-iyul kuni qaror e’lon qilib, Konstitutsiyani tikladi. Parlamentga saylov o’tkazishni va’da qildi. 1908- yilgi Turkiya inqilobi g’alaba qozondi.

1909- yil 13-aprel

isyoni

Biroq, eski tartib tarafdorlari har qanday islohotga qarshi edilar. Ularning ichida ruhoniylarning o’rni kuchli edi. Ruhoniylarning «Ittihodi Muhammadi» partiyasi “Yosh turklar”ni xudosizlikda aybladi.

«Ittihodi Muhammadi» partiyasining tarafdori bo’lgan harbiylar 13- apreida aksilinqilobiy isyon ko’tardilar. Isyonchilar parlamentni bekorqilish, shariat va sulton hokimiyatining tiklanishini talab qildilar. Abdulhamid II ga aynan shu kerak edi. Shuning uchun ham u isyonchilar talabini tezda bajardi.

«Yosh turklar» arboblaridan bir qismi Saloniki va Adrianopolga Qochib ketdilar. Saloniki va Adrianopoldagi harbiy qismlar yosh turklar larafida edi. Yosh turklar o’zlariga sodiq armiya qismlari bilan 26-aprelda isyonchilar hukumatini ag’darishdi. Sulton Abdulhamid taxtdan ag’darildi. Taxtga uning ukasi, mamlakat ichki siyosiy hayotidan yiroq Mahmud V Rishod (1844—1918) o’tqizildi. Parlament qayta tiklandi.

Ichki va tashqi

ahvol

Yosh turklar inqilobi buyuk davlatlarni tashvishga solib qo’ydi. Ilar Turkiyadagi ichki siyosiy beqarorlikdan foydalanib yanada ko’proq o’ljaga ega bo’lib olishga harakat qilganlar.

1911- yilda Italiya Liviyani bosib olgach, inglizlarga xayrixoh «Hurriyat va birdamlik partiyasi» «Yosh turklar» hukumatini noqobillikda aybladi. Ular 1912- yil 5- avgustda mamlakatda davlat to’ntarishi o’tkazishdi.

Tez orada, Turkiyaning tashqi ahvoli yanada yomonlashdi. 1 va 2- Bolqon uiushlarida Turkiya Bolqondagi ta’siridan deyarli to’la ajraldi. Bu hodisa «Hurriyat va birdamlik» hukumatini og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Shunday sharoitda, «Yosh turklar» rahbarlaridan bin Anvarbey boshchiligida 1913- yilning yanvarida isyon ko’tarildi. «Hurriyat va birdamlik» hukumati ag’darildi. Hokimiyat yana «Yosh turklar» qo’liga o’tdi.

Hokimiyat 3 kishidan iborat «Uchlik» deb atalgan guruh (Anvar, Tal’at va Jamol) qo’liga o’tdi. Uchlikka Anvar poshsho rahbarlik qildi. «Uchlik» Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini davom ettirdi.

«Uchlik»ning Germaniya bilan yaqinlashishi Germaniyaning Turkiya imperiyasi hududlariga da’vo qilmayotganiigi bilan izohlandi.

Senat (lot) - qadimgi Rimda respublika davrigacha  urug’ oqsoqollarining yig’ini.

Yosh turklar – 1889- yilda tashkil etilgan turk burjua pomeshchik partiyasi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zolarining yevropacha nomi.

Germaniya panturk va panislom mafkuralarini o’ziga shior qilib olgan «Uchlik»ni qo’llab-quvvatlay boshladi. Bu mafkura g’oyalari Antanta manfaatlariga zid edi.

Bundan tashqari, 1913- yildan keyin Germaniya Turkiya imperiyasining bo’linishiga qarshi chiqa boshladi. Bunday sharoitda Germaniya «Yosh turklar» ko’z o’ngida Turkiyanig yagona «himoyachisi»ga aylandi. Endi Germaniya Turkiyani ittifoq shartnomasi tuzishga unday boshladi. Va nihoyat, 1914- yilning 2- avgustida maxfiy suratda ittifoq shartnomasi tuzildi. Bu shartnomani imzolash bilan Turkiya hukmron doiralari imperiyani halokatga mahkum etdilar.

IV. Mavzuni mustahkamlash:    O`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida “Juftini top” o`yini o’tkaziladi. 1866,1925,1911,1913 sanalarida O`zbekiston tarixida sodir bo`lgan voqealar topiladi

Jahon tarixi

O’zbekiston tarixi

1866

Sun Yat Sen  tug’ilgan

1866

Xo’jand, O’ratepa, Jizzax ruslar tomonidan bosib olindi

1925

Sun Yat Sen vafot etgan

Qojarlar sulolasi tugadi

1925

1911

Sinxay inqilobi

1911

Sirdaryo magistral kanali qurila boshladi

1913

Ikkinchi inqilob

1913

Sirdaryo magistral kanali qurilishi tugallandi

.    1866-yil Sun Yat Sen tug`ilgan , Xo`jand,O`ratepa,Jizzax ruslar tomonidan bosib olingan.    1925-yil Sun Yat Sen vafot etgan.Qojarlar sulolasi tugadi.    1911-yil Sinxay inqilobi. Sirdaryo magistral kanali qurila boshladi.    1913-yil Ikkinchi inqilob.Sirdaryo magistral kanali qurilishi tugatildi.

                                                  Yozma topshiriq.             1-qatorga:       Tarixiy shaxslar nomini yozing.       Yuan Shikay, Sun Yat Sen.

2-qatorga:    Tarixiy sanalarni yozing. 1866,1925,1905,1911,1912.     3-qatorga:    Joy nomlarini yozing. Uxan,Guanchjou(Kanton),Nankin.

  • 1. Bir vaqtlar dunyoning kuchli davlati bo’lgan, mustamlakalari uch qit’aga yoyilgan Usmonli turklar imperiyasi nega XIX asr oxiri — XX asr boshlarida amalda yarim mustamlaka holatiga tushib’ qoldi?
  • 2. «Iqtisodiy bilim asoslaria fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, «moliyaviy bankrot» tushunchasini izohlab bering.
  • 3. Turkiyada qay tariqa konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi?
  • 4. Nima uchun sulton Abdulhamid II hukmronligi davri Turkiya tarixida «zulm davri» deb nom olgan?
  • 5. «Yosh turklar» inqilobi qay tariqa g’aiaba qozondi?  

Просмотр содержимого документа
«9_sinf_jahon_tarixi_fanidan_xix_asr_»

Termiz shahar xalq ta`limi bo`limi

18-umumiy o`rta ta’lim maktabi

tarix fani o`qituvchisi

O`roqova Shahloning

tarix fanidan

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya” 

mavzusida o`tkazilgan bir soatlik ochiq

Sinf:  IX 

Fan:  Jahon tarixi.

Mavzu: “XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya” 

I. Darsning maqsadi: 

               Ta`limiy: XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, inqilobchi demokrat Sun Yat Sen muvaqqat Respublika hukumatining tuzilishi, Yuan Shikay diktaturasi to`g`risida ma`lumot berish, XIX asrda Xitoyning ahvoli, kapitalistik munosabatlarining shakllanishi , chet el monopolistlarining Xitoyni talashlari, ijtimoiy harakatlar,chet el intervensiyasi to`g`risida ma`lumot berish.

Ta`rbiyaviy: o`quvchilarda vatanparvarlik hissini shakllantirish;
-o`quvchilarda tarixiy yodgorliklarga nisbatan hurmat hissini shakillantirish;

-maqsadga erishish yo’lida tarbiyalash;

 Rivojlantiruvchi: o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish;

-nutqini o`stirish;

-topqirlik xususiyatini rivojlantirish;

-o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

I. TK – tayanch kompetensiya

1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK – fanga oid kompetensiyalar

1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi

B1

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

Dars uslubi: Ko’rgazmali-amaliy; 

Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, Aqliy hujum, tezkor savol javoblar,   didaktik mashqlar); 

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi; 

Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi 

Dars didaktikasi:  

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, xarita,rasmlar, doska , bo`r , AKT , tarqatma material , suv , qog`oz gullar.

b) texnik vositalari: kompyuter,  Internet ulanishi uchun telefon tarmog`i yoki USB-modem, videoproyektor,  

Darsning blok-sxemasi: 

T/r 

Darsning bosqichlari 

Vaqt 

Tashkiliy qism 

3 daqiqa 

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash  

10 daqiqa 

Yangi mavzu bayoni (Internet tarmog`iga ulangan holatda GoogleEarthWin dasturi orqali tushuncha berish) 

12 daqiqa 

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash 

15 daqiqa

Dars yakuni:  

1.G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash 

2. Uyga vazifa 

5 daqiqa 

Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin, 

 Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin” 

Darsning borishi: 

1.    Tashkiliy qism:  

a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash) 

b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)

d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, “O’zbekiston” hamda “Turkiya” nomlari bilan nomlash va guruh sardorlarini tayinlash; 

e) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar); 

          Dars boshlanadi. O`quvchilar bilan salomlashib, sana, fan, davomat, ob-havo, fasl haqida so`raladi.  

O’tilgan mavzu bilan bog’lash. 

O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi

O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh  berganliklariga qarab  “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.  

O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Topqirlik”, “Flower wish” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Shatranj” taxtasiga yashiringan  ma`lumotlarga to`g`ri javoblarni quyidagi davlatlardan qaysilariga tegishli ekanliklarini aniqlashlari kerak bo`ladi. 

Flower wish” o`yini orqali mustahkamlash;

- 1899-yil.
- 1899-yil sentabr.
- 1900-yil.
- 1897-yil.
- Sindao.
- Lyuyshun.
- Komprador.
- Konvensiya.
- Intervensiya.
- Flower wish.

Savollar yozilgan qog`oz gullar suvga tashlanadi. Gul ochiladi. Savol ko`rinadi.O`quvchi savolga javob beradi.Terminlarni izohlaydi.
O`quvchilar 3 guruhga bo`linadi:
Guruhlar o`rtasida savol-javob qilinadi.O`qituvchi guruhlar to`plagan ballarni e`lon qiladi,o`quvchilar rag`batlantiriladi.
O`quvchilarning ijodiy fikrlashi va jahonda bo`layotgan voqealar hamda yangiliklarni qay darajada bilishlarini sinash maqsadida ekranda 2011-yil 11-mart soat 1446da Yaponiyaning Xinsyu orolida bo`lib o`tgan  tabiiy ofat haqidagi kinofilmdan qisqa lavha namoyish etiladi. 

Kinofilm namoyishidan so`ng,  Yaponiyada sodir bo`lgan tabiiy ofat tafsilotlari haqida guruhlarning taassurotlari va fikrlari so`raladi. Guruhlarning bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar  bilan taqdirlanadi.   

O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter telefon tarmog`i yoki USB-Modem orqali internetga ulangan holda GoogleEarthWin” dasturini ishga tushiradi. Ekranda XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya tushirilgan tasviri, siyosiy va tabiiy xaritalaridan foydalangan holda o`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib beradi. O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.

Y angi mavzu bayoni:

III. Yangi manzuni tushuntirish.
Yangi mavzu tushuntiriladi.

Mavzuni tushuntirish jarayonida AKTdan foydalaniladi.

Qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.

Turkiyaning

ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli

Turkiya monarxiya bo’lib, uni sulton boshqarardi. Mamlakatda o’rta asrchilik feodal tartiblari hukmron edi.

Turkiya iqtisodining asosini tashkil qilgan qishloq xo’jaligi nihoyatda orqada qolgan edi. Haydaladigan yerlarning 65% katta yer egalari va ruhoniylarga qarashli va u yersiz va kam yerli dehqonlarga ijaraga berilardi. Ayniqsa, 1873—1875- yillardagi kuchli ocharchilikdan ko’plab odamlar qirilib ketdi.

Shahar aholisining ham ahvoli og’irlashdi. Hunarmandchilik «tushkunlikka» uchradi. Eski tartiblar va xorijiy tovarlarnuig ko’pligi mamlakatda iqtisodiyotning taraqqiyotiga to’siq bo’ldi. Sanoatda o’sish yo’q edi. Chunki, sartoat uchun qishloq xo’jaligi zarur xomashyo yetkazib berishga qodir emas edi.

Sulton hukumati o’zining moliyaviy alivolini yaxshilash uchun chet eldan qarz ola boshladi. Chunonchi, 1870-1874- yillarda 3 mlrd. frankdan ortiq asoratli qarz olindi.

Davlatning moliyaviy ahvoli halokat yoqasiga kelib qoldi. Tashqi qarz yanada ko’payib 5,5 mlrd. frankka yetdi. 1876- yilda hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e’lon qilishga majbur bo’ldi.

Og’ir iqtisodiy ahvol bora-bora Turkiyani chet el davlatlari yarim mustamlakasiga aylantirdi. Yevropaning buyuk davlatlari imperiyaning u yoki bu mustamlakalarini tortib ola boshladilar. Faqat Germaniya imperiyadan ulush ololmagan davlat edi. Shuning uchun ham Turkiya hukumati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Germaniya bilan yaqinlashdi.

Germaniya kapitali katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. 1888- yili bo’lajak Bag’dod temtryo’li loyihasining Izmir — Anqara qismini qurish ularga tegdi. 1903- yili nemislar bu loyihani (Bag’dod orqali Fors qo’ltig’igacha temiryo’I qurish) to’la qo’lga kiritdilar.

Konstitutsiyaviy monarxiya

uchun kurash

Turkiya 1875- yilda qarzlar uchun yiliga 570 mln. frankdan ortiq foiz to’lashi lozim edi. Davlatning daromadi esa 380 mln. frankni tashkil etdi.

Turkiya qarzni to’lash u yoqda tursin ishlovchilarning ish haqini to’lashga ham qodir bo’lmay qoldi. Oqibatda, xalq ommasining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Ayni paytda, sulton hokimiyatini tugatish g’oyasi kuchaya bordi. Bu g’oya tashabbuskorlari «Yangi usmonliiar harakati» a’zolari edi. Harakatning «Ibrat» gazetasi ilg’or demokratik g’oyalar targ’ibotchisiga aylandi. Millatparvar ziyolilar ham bu harakatga qo’shildi.

Xalq qo’zg’oloni ulanii qo’rqitib yubordi. 1876- yilning 22- mayida Abdulaziz Shayx ul-lslom fatvosi bilan taxtdan tushirildi, Taxtga Murod V o’tqizildi. Biroq, ko’p o’tmay salomatligi tufayli u taxtdan tushirildi. Taxtni Abdulhamid II egalladi.

1876- yil 23- dekabrda Turkiyada Konstitutsiya e’lon qilindi. Unga ko’ra, mamlakatda ikki palatali parlament joriy etildi. Quyi palata Deputatlar palatasi deb, yuqori palata esa Senat deb ataldi. Konstitutsiya sultonga katta vakolatlar berdi. Fuqarolarning juda oz qismigina saylov huquqiga ega bo’ldi.

Birlik va taraqqiyot” partiyasining

hokimiyatga kelishi

Abdulhamid II davri Turkiya tarixida «zulm davri» nomini oldi. Sulton tez orada parlamentni tarqatib yubordi. Konstitutsiya tarafdorlarini quvg’in qildi. Ularning ko’pi o’limga hukm qilindi. Mamlakat jaholat zulmatida qoldi. 1889- yili Istanbulda harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari yashirin «Birlik va taraqqiyot» tashkiloti tuzdilar. Tashkilotning sho’balari butun Turkiya bo’ylab tarqaldi va mamlakatda konstitutsiyaviy tartib o’rnatish haqida tashviqot boshlandi. Keyinchalik, bu jamiyat kuchli siyosiy partiyaga aylandi. Sulton Abdulhamid II 1897- yili tashkilot ustidan sud uyushtirdi. 13 kishi o’limga, 69 kishi katorga ishlariga hukm qilindi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zolari va shunga o’xshash siyosiy to’garakka ishtirok etganlar umumiy nom bilan «Yosh turklar» deb ataldi.

«Yosh turklar» 1902- yilda Parij shahrida o’zlarining birinchi qurultoyini o’tkazdilar. Unda bekor qilingan Konstitutsiyani tiklash haqida qaror qabul qilindi.

1907-1908- yillarda Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. 1908- yil 3- iyul kuni «Yosh turklar»dan bo’lgan armiya zobitlari rahbarligida qo’zg’olon ko’tarildi. Unga Niyozbiy rahbarlik qildi. U «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zosi, harbiy garnizon qo’mondoni edi. 1908- yil 20- iyulda Monastir shahrida «Birlik va taraqqiyot» partiyasi tan-tanali bir vaziyatda Konstitutsiya tiklanganligini e’lon qildi va sultondan bu masalada farmon berishni talab qildi. Armiya «Yosh turklar» tomonida ekanligi Abdulhamidni cho’chitib qo’ydi. U 1908- yilning 24-iyul kuni qaror e’lon qilib, Konstitutsiyani tikladi. Parlamentga saylov o’tkazishni va’da qildi. 1908- yilgi Turkiya inqilobi g’alaba qozondi.

1909- yil 13-aprel

isyoni

Biroq, eski tartib tarafdorlari har qanday islohotga qarshi edilar. Ularning ichida ruhoniylarning o’rni kuchli edi. Ruhoniylarning «Ittihodi Muhammadi» partiyasi “Yosh turklar”ni xudosizlikda aybladi.

«Ittihodi Muhammadi» partiyasining tarafdori bo’lgan harbiylar 13- apreida aksilinqilobiy isyon ko’tardilar. Isyonchilar parlamentni bekorqilish, shariat va sulton hokimiyatining tiklanishini talab qildilar. Abdulhamid II ga aynan shu kerak edi. Shuning uchun ham u isyonchilar talabini tezda bajardi.

«Yosh turklar» arboblaridan bir qismi Saloniki va Adrianopolga Qochib ketdilar. Saloniki va Adrianopoldagi harbiy qismlar yosh turklar larafida edi. Yosh turklar o’zlariga sodiq armiya qismlari bilan 26-aprelda isyonchilar hukumatini ag’darishdi. Sulton Abdulhamid taxtdan ag’darildi. Taxtga uning ukasi, mamlakat ichki siyosiy hayotidan yiroq Mahmud V Rishod (1844—1918) o’tqizildi. Parlament qayta tiklandi.

Ichki va tashqi

ahvol

Yosh turklar inqilobi buyuk davlatlarni tashvishga solib qo’ydi. Ilar Turkiyadagi ichki siyosiy beqarorlikdan foydalanib yanada ko’proq o’ljaga ega bo’lib olishga harakat qilganlar.

1911- yilda Italiya Liviyani bosib olgach, inglizlarga xayrixoh «Hurriyat va birdamlik partiyasi» «Yosh turklar» hukumatini noqobillikda aybladi. Ular 1912- yil 5- avgustda mamlakatda davlat to’ntarishi o’tkazishdi.

Tez orada, Turkiyaning tashqi ahvoli yanada yomonlashdi. 1 va 2- Bolqon uiushlarida Turkiya Bolqondagi ta’siridan deyarli to’la ajraldi. Bu hodisa «Hurriyat va birdamlik» hukumatini og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Shunday sharoitda, «Yosh turklar» rahbarlaridan bin Anvarbey boshchiligida 1913- yilning yanvarida isyon ko’tarildi. «Hurriyat va birdamlik» hukumati ag’darildi. Hokimiyat yana «Yosh turklar» qo’liga o’tdi.

Hokimiyat 3 kishidan iborat «Uchlik» deb atalgan guruh (Anvar, Tal’at va Jamol) qo’liga o’tdi. Uchlikka Anvar poshsho rahbarlik qildi. «Uchlik» Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini davom ettirdi.

«Uchlik»ning Germaniya bilan yaqinlashishi Germaniyaning Turkiya imperiyasi hududlariga da’vo qilmayotganiigi bilan izohlandi.

Senat (lot) - qadimgi Rimda respublika davrigacha  urug’ oqsoqollarining yig’ini.

Yosh turklar – 1889- yilda tashkil etilgan turk burjua pomeshchik partiyasi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zolarining yevropacha nomi.

Germaniya panturk va panislom mafkuralarini o’ziga shior qilib olgan «Uchlik»ni qo’llab-quvvatlay boshladi. Bu mafkura g’oyalari Antanta manfaatlariga zid edi.

Bundan tashqari, 1913- yildan keyin Germaniya Turkiya imperiyasining bo’linishiga qarshi chiqa boshladi. Bunday sharoitda Germaniya «Yosh turklar» ko’z o’ngida Turkiyanig yagona «himoyachisi»ga aylandi. Endi Germaniya Turkiyani ittifoq shartnomasi tuzishga unday boshladi. Va nihoyat, 1914- yilning 2- avgustida maxfiy suratda ittifoq shartnomasi tuzildi. Bu shartnomani imzolash bilan Turkiya hukmron doiralari imperiyani halokatga mahkum etdilar.

IV. Mavzuni mustahkamlash:
O`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida “Juftini top” o`yini o’tkaziladi.
1866,1925,1911,1913 sanalarida O`zbekiston tarixida sodir bo`lgan voqealar topiladi

Jahon tarixi

O’zbekiston tarixi

1866

Sun Yat Sen tug’ilgan

1866

Xo’jand, O’ratepa, Jizzax ruslar tomonidan bosib olindi

1925

Sun Yat Sen vafot etgan

Qojarlar sulolasi tugadi

1925

1911

Sinxay inqilobi

1911

Sirdaryo magistral kanali qurila boshladi

1913

Ikkinchi inqilob

1913

Sirdaryo magistral kanali qurilishi tugallandi

.
1866-yil Sun Yat Sen tug`ilgan , Xo`jand,O`ratepa,Jizzax ruslar tomonidan bosib olingan.
1925-yil Sun Yat Sen vafot etgan.Qojarlar sulolasi tugadi.
1911-yil Sinxay inqilobi. Sirdaryo magistral kanali qurila boshladi.
1913-yil Ikkinchi inqilob.Sirdaryo magistral kanali qurilishi tugatildi.

Yozma topshiriq.
1-qatorga:
Tarixiy shaxslar nomini yozing.
Yuan Shikay, Sun Yat Sen.

2 -qatorga:
Tarixiy sanalarni yozing.
1866,1925,1905,1911,1912.
3-qatorga:
Joy nomlarini yozing.
Uxan,Guanchjou(Kanton),Nankin.