СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ
Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно
Скидки до 50 % на комплекты
только до
Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой
Организационный момент
Проверка знаний
Объяснение материала
Закрепление изученного
Итоги урока
Toshkent shahar
Yunusobod tumani
122-maktab
Matematika fani o‘qituvchisi
Axatova Gulnoza KARIMJONOVNAning
6-sinf uchun
1soatlik dars ishlanmasi.
Mavzu:Aylana uzunligi.
Doiraning yuzi.
Sana: «___»
Sinf: 6 «___»
Fan: Matematika.
Mavzu: Aylana uzunligi.Doiraning yuzi.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga aylana uzunligi va doiraning yuzi haqida tushuncha berish, ularga aylana uzunligi va doiraning yuzi ustida misollar yechishni o`rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishi, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishlari, o’zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
v) Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrini aniq ifodalashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish.
Dars sheriy misralar bilan boshlanadi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: “Zinama –Zina”, “Aql charxi” o‘yini, “zukkolik” mashqi, aqliy hujum, klaster usuli.
Darsning jihozi: Proyektor, kompyuter, magnit doska, ko‘rgazma va tarqatmalar.
Darsning borishi: Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash. (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
I. Tashkiliy qism: Salomlashuv, davomatni aniqlash (2 daqiqa)
“Aql charxi” o‘yini asosida darsni boshlash
1-guruh “Al-Xorazmiy” 2-guruh: “Beruniy”, 3-guruh “Farobiy”. haqida ma’lumot berishadi. (zanjir usulida) Dars davomida, gurular o‘z nomlariga sherlar aytishadi, ta’rif beriladi, dars davomida matematik maqollar aytishadi.
Ingliz tiliga bog‘lab, mavzuga doir so‘zlar yod olinadi, daftarga yoziladi.
II. O‘tilgan mavzularni takrorlash (12 daqiqa)
Uyga vazifani tekshirish,
Savol, javoblar:
|
|
|
|
|
|
|
III. Yangi Mavzuning bayoni. (10 daqiqa)
Mavzu to‘lig‘icha bayon qilinadi.
Aylana uzunligi va doira yuzi.
1. Aylana uzunligi. Aylana, doira tushunchalari bilan 5-sinfda tanishgansiz. Amaliy mashq sifatida quyidagi vazifani bajaring: qog‘oz kartondan radiuslari turlicha bo‘lgan (masalan, 1 sm va 2 sm) ikkita doira kesib oling. Doira aylanasida biror nuqtani belgilang. Chizg'ichning 0 nuqtasi (hisob boshi)ga shu nuqtani mos ravishda qo‘yib, uni A nuqta bilan belgilang. So‘ngra A nuqtadan boshlab doirani chizg’ich bo'ylab o'ng tomonga qarab bir marta to‘la dumalating. Doirada nuqtaning chizgichga kelib uringan joyini В nuqta deb belgilab oling. Hosil bo‘lgan AB kesma aylana uzunligi bo‘ladi. Xuddi shu ishni boshqa aylana uchun ham bajaring. Endi aylana uzunligini uning diametriga (diametr uzunligi 2 ta radius uzunligiga tengligini eslang!) nisbatini hisoblab ko‘ring. O‘lchashlarni aniqroq bajargan bo‘lsangiz, ikkala aylana uchun ham bu nisbatlar 3,1 va 3,2 sonlari orasida bo‘ladi.
|
Aylana uzunligining shu aylana diametriga nisbati yunoncha π («pi» deb o‘qiladi) harfi bilan belgilanadi. Aylana uzunligini C, radiusi r, diametrini d harflari bilan belgilasak, u holda , ya’ni
bo‘ladi.
Bundan yoki
.
π soni - o‘zgarmas son. π soni aylana radiusiga bog‘liq emas.
π davriy bo‘lmagan cheksiz o‘nli kasr ko'rinishida tasvirlanishi mumkin. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida π sonining verguldan keyingi 17 ta xonasi aniq topilgan:
|
||
|
||
|
||
|
“Zinama-zina”
Bu natijaning isboti G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiyning «Aylana haqida risola» asarida bayon etilgan. Amaliyotda, mashqlar bajarishda soddalik uchun, ko‘pincha,
deb olinadi.
1 - masala. Aylananing radiusi 3 sm. Uning uzunligini toping.
Yechish:
С=2πr formulaga asosan, C=2∙3,14∙3=6∙3,14=18,84 (sm). Javob: 18,84 sm.
2 - masala. Aylana uzunligi 12,56 sm ga teng. Uning radiusini toping.
Yechish: formuladan,
Javob: 2 sm.
2. Doiraning yuzi. Doira yuzini S harfi bilan belgilaylik.
Demak, doiraning yuzi tomoni doira radiusiga teng bo‘lgan yuzidan π marta katta ekan.
1 - masala. Doiraning radiusi 1sm ga teng. Uning yuzini toping.
Yechish: formulaga ko'ra
2 - masala. Doiraning yuzi 12,56 sm2 ga teng. Uning radiusini toping.
Yechish:
formulada,
desak,
, bundan
.
Qanday sonni o‘z-o‘ziga ko‘paytirilsa 4 chiqadi. , demak,
Javob: r=2 sm.
IV. Yangi mavzuni mustaxkamlash (15 daqiqa)
Olma darahtidagi mevali savollar.
Darslikdagi yangi mavzuga mos misol va masalalar yechiladi.
V. O’quvchilarni baholash:(4 daqiqa)
O’quvchilarni javoblariga mos ravishda baholanadilar.
VI. Uyga vazifa: (2 daqiqa)
a) Uy vazifa beriladi; 739-740 misollar (2,4 juftlari)
b) Uy vazifa qisqacha izohlanadi.
© 2018, Ахатова Гулноза Каримжоновна 17025