СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ichki va tashqi chizilgan aylanalar mavzusida masalalar yechish.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sana,sinf 8-“B”sinf 22 fevral.

Dars Geometriya.

Mavzu : Ichki va tashqi chizilgan aylanalar mavzusida masalalar yechish.

Maqsad :

ta’limiy: O’quvchilarni kupburchakka tashqi chizilgan aylana, ichki chizilgan aylana, aylanaga ichki va tashqi chizilgan uchburchak, to’rtburchak haqida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash.

Tarbiyaviy : Vatanni sevish,milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo’lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni, milliy merosni qadrlashni singdirish.

Rivojlantiruvchi : Buyuk kelajakni quruvchi yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashga qaratish, umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istqlol g’oyalarni singdirish.

Kompitensiya : FK – aylana bog’liq bo’lgan markziy va ichki burchaklar tushunchalarini,tekislikdagi geometric figuralarning xossalariga doir masalalarni yecha olishga o’rgatish,

TK - mustaqil ravishda masalani maqsadini topa oladi, guruhlarda ishlay olishga,boshqalar fikrini tinglab o’z fikrini himoya qilishga o’rgatish.

Dars turi : O’quvchilar bilim, ko’nikma, malakasini, rivojlantirichi, umumlashtiruvchi.

Dars metodi : Savol-javob mashq, guruhlarda ishlash, anotatsiya, xotirani charxlash, jumlani davom ettir, test, rebusli boshqotirma.

Dars jihozi : kompyuter, proektor,ekran, magnit doska, slaydlar, tarqatma, geometric shakllar.

Darsning texnologik xaritasi

Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

Salomlashish,davomadni aniqlash, siyosiy daqiqa qilish

2.

O'tilganlarni takrorlash

1-shart tezkor savollar.

7 daqiqa

Guruhlarda ishlash va aqliy hujum

3

2- shart geometrik atamalar harflari chalkash holda berigan.

5 daqiqa

Anogramma.

4

3-shart geometrik qoidalar chala holda berilgan.

5 daqiqa

Jumlani davom ettir

5

4-Shart 5ta geometric masala test asosida berilgan.

10 daqiqa

Aqliy hujum

6

5-Shart Rasmli rebus bilan ishlash.

5 daqiqa

Rebusli topishmoq.

7

6-Shart Inglizcha geometrik so’zlarni toppish.

5 daqiqa

Aqliy hujum

8

7-Shart Raqamlarni eslab aytish.

3 daqiqa

Xotirani charxlash

9

O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish.

2 daqiqa

Darsning borishi :

Tashkiliy qism : O`quvchilar bilan salomlashish, navbatchining axborotini tinglash, o`quvchilarni darsga tayyorligini, uyga vazifalarini tekshirish. Darsimiz qiziqarli chiqishi uchun sinf o’quvchilarini 3ta guruhlarga bo`lib olamiz va o`z xalqining tarixiy merosini esga olish maqsadida buyuk matematik olimlarimizning nomi bilan nomladik.

1-guruh ULUG`BEK

2-guruh BERUNIY

3-guruh “AL-XORAZMIY”

Har qaysi guruh o`z nomlari bo`lmish allomalar to’g’risida qisqacha ma`lumot aytadilar. (slayd) Biz va sizning mana shunday shart-sharoitda o`qib o`rganib, tinch hayot kechirayotganimizga sababchi bo`lgan 1- Prezidentimiz I.A.Karimovni esga olamiz. O`quvchilarga savol berib so`ra ladi. 2018 – yil “Faol tadbirkorlik va inovatsion g`oyalarni qo`llab quvatlash” yili deb Prezidentimiz SH. M. Miromonivich tomonidan nomlandi. Prezidentimiz tomonidan “2017 – 2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo`nalishini o`quvchilar birma-bir aytib beradilar. O`qituvchi savol beradi. Mana shunday yaratilgan sharoitlarga javoban vataniggizga o`z sadoqatingizni izhor qilish uchun, ota-onangizni orzu-istaklarini amalga oshirish maqsadida o`qish kerak, shundagina oliy o`quv yurtiga kirib yaxshi o`qisa GRAND yutib olib, chet mamlakatlarda o`qish mumkin, kelajakda o`zi sevgan kasb egasi bo`lishi mumkin ekanligi aytiladi. Yo`q bo`lsa ya`ni o`qimasa bozorda,yuk aravachasi suradimi,bozorda meva,sabzavot sotadimi,yoki mahalla eshigi yonida kam ta`minlangan yordam pulini kutib o`tiradi.

Bugungi darsimiz noananaviy ochiq dars bo`lganligi uchun “Geometriya” nomli milliy taomlar restoranida darsni olib boramiz. Guruhlar o`tirgan stollar salfetka, ryumkalar, gullar bilan bezatilgan.Darsimizning restorandan farqi shundaki o`quvchilar taomlarni sotib olmaydilar, savollarga to`g`ri javob bersalar ularni plastik kartochkalar bilan rag`batlantiramiz.(Slayd)

Darsimizning asosiy maqsadi ichki va tashqi chizilgan aylana,ichki va markaziy burchaklar, tashqi va ichki chizilgan to’rtburchak, uchburchak qoidalari va xossalarini takrorlash va mustahkamlash.

1.Salatlar

1- Geometrik salat

Bunda guruhga tezkor savollar beriladi, ular qiyinlik darajasiga ko`ra 500 so`m, 1500so`m, 1000so`m qiymatda baholangan. Bir o`quvchi ofitsiant vazifasini bajaradi. U savolga javob bergan guruhga savolni qiyinlik darajasida ko`rsatilgan so`m qiymatiga teng kredit plastik kartochkasini yetkarib boradi. Har bir guruhni bir a`zosi yutib olgan kartochka qiymatini hisoblab boradi. Qaysi guruh ko`proq javob bersa shu guruhga shartda ko’rsatilgan taomga ega bo’ladi. (slayd)

2. Taomnomadagi 2-nomerli salatimiz “Anogrammadan vinegrad” bahosi 1000so`m. Bunda geometrik atamalardan harflari aralash qilib qo`yilgan 1 – bo`lib to`liq topgan guruh 12 000 so`m bilan mana shu vinegrad bilan taqdirlanadilar.(slayd)

3. 1 – milliy taom “matematik jumboqli osh” bahosi 3 000 so`mdan

Bu shartda geometric qoidalar chala holda berilgan davom ettirgan guruh 15000 so`m bilan baholanadi va shu matematik jumboqli oshga ega bo`ladilar. 4. 2 -milliy taom “Qovurilgan geometrik testli baliq “ 5000 so’mdan. Bunda ichki va tashqi chizilgan aylanaga doir beshta masala test asosida birma-bir guruhlarga berib boriladi. (slayd)

5 ta masalani topib bo’lganlaridan keyin 5ta o’quvchi doskada birma-bir ishlab tushuntirib beradilar,qolgan o’quvchilar daftarga yozib oladilar.

5. 3-milliy taom “Rebusdan kabob’’ 5000 so`mdan baholanadi.

Rebusda yashiringan gap tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan “til - qilichdan o`tkir’’ maqolini topishlari kerak (slayd)

6. Shirinliklar 1 – Inglizcha perojni - 3000 so`mdan (sayd) Bu shartimizda guruhlarga geometrik atamalarni inglizcha nomlari berilgan o’quvchilar ingliz tilidan olgan saboqlaridan foydalanib hamma atamalarni topsalar 30000 so`mga ega bo`ladilar.

5 Ichimliklar. (Slayd)

“Raqamli kampot ” 5000 so’mdan baholangan. Bu shartda dam olish daqiqasi va hisob-kitobni amalga oshirish uchun har bir guruhdan bittadan sardorlar ishitirok etadilar.Ularni xotirasini charxlash uchun yettita raqam ko`rsatiladi.Sardorlar uni eslab qolib aytib beradilar, to`liq yettita raqamni aytgan sardor 5000 so`m bilan baholanadilar.

Mana shu shartlarni bajarish natijasida ichki va tashqi chizilgan aylanalar tog`risidagi barcha bilimlar takrorlanib ko`nikmaga va malakaga aylanadi.

Guruhlar to`plagan ballariga qarab o`rin belgilanadi. Har bir shartdan yuqori bal olgan guruh o`sha shartdagi taom turiga ega bo`ladi.Natijasi eng yuqori bo`lgan guruh 100 million so`mlik plastik kartaga ega bo`ladilar.Shu tariqa rag`batlantiriladi. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.Dars yakunida uyga vazifa beriladi.

Категория: Геометрия
14.04.2020 19:17