СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 19.05.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

6-sinf informatika

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«6_1-dars»

INFORMATIKA. 6-SINF. 1-DARS


Darsning mavzisi: Matn muharrirlari

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga matnli axborotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga estetik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarning amaliy dasturlarda ishlash malakasini oshirish.

Darsning jihozi: Matn muharrirlari va matn protsessorlarida yaratilgan hujjatlar namunalari

Darsning uslubi: Suhbat.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism.

a) Davomatni aniqlash;

b) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.


II. O’tgan mavzularni takrorlash.


III. Yangi mavzuni o’rgansh.

Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga, yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar о'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avto-ruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o'zgartirilishi kerak bo'lsa, uni qayta ko'chirib yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu esa juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi.

Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq.

Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlari uchun „RED", „Volna", „Punktir”, IBM rusumidagi kompyuterlar uchun „WD", „Foton", „Leksikon", Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  1. ma'lumotlarni kiritish;

  2. xatoliklarni tuzatish;

  3. belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash;

  4. matnni biror „qolipga solish", ya'ni chap va o'ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish;

  5. matnni diskda saqlash;

  6. matnni diskdan o'qish;

  7. chop etish.

Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) ahamiyatga ega bo'lmaydi.

Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi.

Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.

Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida „ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks etib boradi.

Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qayerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.

Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida, asosan, matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida biroz farq qilishi mumkin.

Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrir­larining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi.

Masalan, “Блокнот” matn muharriri Файл, Правка, Формат, Вид, Справка menyulariga ega.

Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular biroz farqlansa-da, ma'nosini tushunib olish qiyin emas. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba'zi matn muharrirlari menyusida „yozish" deb nomlangan bo`lsa, boshqalarida „saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida „o'qish", „yuklash" yoki „ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo’lsa ham deyarli bir xil ma'noni anglaiadi va aynan bir xil vazifani bajaradi.

Imkoniyatlari ko'proq bo`lgan matn muharrirlari kamroq imkoniyatli matn muharrirlari bajara oladigan barcha amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bois yuqori imkoniyatli matn muharririda ishlashni o'zlashtirib olsangiz, boshqa matn muharrirlarida ishlash qiyinchilik tug'dirmaydi.


IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar

  1. Matn muharrirlarining vazifalarini aytib bering.

  1. Matn muharrirlari bilan matn protsessorlarining asosiy farqi nimada?

  1. Matn muharriri qanday fayllar hosil qiladi?


V. Uyga vaziva

Mavzuni o’rganib kelish (4-7-betlar)

Просмотр содержимого документа
«6_10-dars»

Informatika-6. 10-dars sana______________

Mavzu: Hujjatlarda shakllar va chizmalar.

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga hujjatlarda shakllar va chizmalar bilan ishlashni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda chizish uskunalar paneli bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: “Chizish” uskunalr panelidan foydalanib to`g`ri chiziq, to`g`ri to`rtburchak, ellips, yoy chizish va chizmalarni formatlashni bilish.

Jihoz: Dars taqdimoti, MS Word 2003 dasturi

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

II. Takrorlash

  1. Hujjatlarda rasm joylashtirish kerak bo`lgan joy qanday ko'rsatiladi?

  2. Hujjatlarga rasm joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?

  3. Hujjatdagi rasm qanday belgilanadi?

  4. Hujjatdagi rasmdan qanday qilib nusxa ko'chiriladi?

  5. Hujjatdagi rasmni qanday qilib o'chirish mumkin?

  6. Hujjatdagi rasm o`lchamlari qanday o'zgartiriladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Hujjat mazmunli va go'zal bo'lishi uchun matnga ba'zan shakl yoki rasm joylashtirish lozim bo'ladi. Agar u Word kolieksiyasida bo'lmasa-chi? U holda siz Paint dasturidan foydalanishingiz mumkin. Lekin Word dasturining shakl va chizma chizish imkoniyatlari ham borki, undan foydalanishishingizni ancha osonlashtiradi. Bu darsdagi ko'pgina amallar sizga Paint dasturidan ma'lum bo'lgani uchun ularni bajarish qiyin bo'lmaydi.

CHIZISH uskunalar paneli

Biz avvalgi darslarda matnli hujjatlarga rasmlarni joylashtirishni ко'rib chiqdik. Uncha murakkab bo'lmagan chizmalarni matn protsessorining imkoniyatlaridan foydalanib ham chizish mumkin. Bu ishni quyidagi Chizish (Рисование ) uskunalar paneli yordamida bajarish mumkin:

Bulardan tashqari “Tayyor shakllar” (Автофигуры) bo'limi juda ko'p tayyor shakllar uskunalarini taklif etadi. Bo'limdagi shakllar turli xil bo'lgani uchun mazmuniga qarab guruhlarga ajratilgan. Masalan, Chiziqlar (“линии”), Asosiy shakllar (“Основные фигуры”) Blok-sxema (“Блоксхема”), Yulduzlar va lentalar (Звёзды и ленты ) guruhlari yordamida yoy, siniq chiziq, uchburchak, silindr kabi xilma-xil shakllar hizish mumkin.

Ta'sir ko'rsatish (Действия) bo'limi yordamida esa shakllarni burish, akslantirish, birlashtirish, birlashtirilgan shakllarni ajratish, shakllarning ko'rinish tartibini o'zgartirish mumkin.

To'g'ri chiziq chizish

CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi [+] ko'rinishga keladi. Sichqoncha ko'rsatkichi chiziladigan chiziq boshlanishi kerak bo'lgan nuqtaga olib kelinadi va chap tugmasi bosilgan holda chiziqning oxirgi nuqtasiga olib boriladi. So'nggi nuqtada sichqonchaning chap tugmasi qo'yib yuboriladi.

To'g'ri to'rtburchak chizish

C HIZISH uskunalar panelidagi [□] to'g'ri to'rtburchak tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi + ko'rinishga keladi. Sichqoncha ko'rsatkichi chiziladigan to'g'ri to'rtburchakning chap yuqori burchagiga olib elinadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda ko'rsatkichi to'g'ri Vrtburchakning o'ng pastki burchagiga olib borib qo'yib yuboriladi. Umuman Iganda, chizishni to'g'ri to'rtburchakning ixtiyoriy burchagidan boshlash lumkin. Chizish to'g'ri to'rtburchakning qaysi burchagidan boshlansa, unga arama-qarshi burchagida tugatiladi.


Ellips chizish

CHIZISH” uskunalar panelidagi tugmasi tanlangach, sichqoncha ko'rsatkichi [+] ko'rinishga keladi. Yuqorida ko'rsatilgandek (to'g'ri to'rtburchak chizilganidek), amallar bajariladi. Ya'ni sichqoncha ko'rsatkichi xayolan to'g'ri to'rtburchak bor deb, shu to'g'ri to'rtburchak-ning biror burchagiga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelinadi va sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko'rsatkichi to'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi burchagiga olib borib qo'yib yuboriladi.

Yoy chizish

CHIZISH” uskunalar panelidagi Tayyor shakllar bo'limining Asosiy shakllar guruhidan yoy tugmasi tanlanadi. Ellips chizilgandagi amallar bajariladi. Faqat ellips o'rniga yoy chiziladi.

Chizmani formatlash

Belgilangan chizma rangini o'zgartirish uchun “CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq rangi tugmasidagi uchburchak bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.

Belgilangan chiziq turiniyoki shtrix turini o'zgartirish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi chiziq turi yoki shtrix turi tugmasi bosiladi va taklif etilgan chiziq yoki shtrix turidan biri (tekis chiziq, shtrix chiziq, yo'nalishli chiziq va hokazo) tanlanadi.

Belgilangan shaklni bo'yash uchun CHIZISH uskunalar panelidagi shakl ichini bo'yash rangi tugmasi bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.

Belgilangan shaklni akslantirish yoki burish uchun “CHIZISH” usku­nalar panelidagi Ta'sir ko'rsatish bo'limining chapdan o'ngga akslantirish, o'ngdan chapga akslantirish yoki burish tugmalaridan biri bosiladi.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, MS Word dasturi sodda shakllardan murakkab chizmalar hosil qilish imkonini ham beradi. Chizmalarni bo'yash uchun tavsiya qilingan ranglar ko'lami ham juda keng.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

1. Word matn protsessorida chizmalar chizish uchun qaysi uskunalar panelidan foydalaniladi?

  1. CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?

  2. Word matn protsessorida to'g'ri chiziq qanday chiziladi?

  3. Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o'zgartiriladi?

  4. Word matn protsessorida to'g'ri to'rtburchak qanday chiziladi?

  5. Wordda ellips qanday chiziladi?

  1. Wordda yoy qanday chiziladi? Amalda ko'rsating.

  2. Wordda chiziq rangi qanday o'zgartiriladi?

  3. Wordda shakl ichi qanday bo'yaladi? Amalda ko'rsating.

  1. Wordda chizmalar qanday akslantiriladi? Amalda ko'rsating.

  2. Wordda shakllar qanday buriladi? Amalda ko'rsating.

Mashqlar

1. Chiziq va to'g'ri to'rtburchak chizish amallaridan foydalanib Robot rasmini chizing.

  1. Chizish amallaridan foydalanib, uycha rasmini chizing.

  2. Chizish amallaridan foydalanib, kompyuter rasmini chizing.

V. Uyga vazifa

Mavzuni o`qish. EHM da mashq qilish.





Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_11-dars»

Informatika-6. 11-dars sana______________

Mavzu: Hujjatlarda rasm va shakllar bilan ishlashga oid amaliy ish.

Maqsad:

  1. ta’limiy: o`quvchilarning rasmlar va shakllar bilan ishlashga oid mashqlr bjarishnio`ratish;

  2. tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;

  3. rivojlantiruvchi: o`quvchilarning rasmlar va shakllar bilan ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.

DTS: Hujjatlarda rasm va shakllr bilan ishlashni bilish

Usul: amaliy ishlash.

Jihoz: 6-sinf darsligi, shakllar tasvirlangan tarqatmalar, kompyuter, word matn protsessori.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash.

  1. Word matn protsessorida chizmalar chizish uchun qaysi uskunalar panelidan foydalaniladi?

  2. CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?

  3. Word matn protsessorida to'g'ri chiziq qanday chiziladi?

  4. Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o'zgartiriladi?

  5. Word matn protsessorida to'g'ri to'rtburchak qanday chiziladi?

  6. Wordda ellips qanday chiziladi?

  7. Wordda yoy qanday chiziladi?

  8. Wordda chiziq rangi qanday o'zgartiriladi?

  9. Wordda shakl ichi qanday bo'yaladi?

  10. Wordda chizmalar qanday akslantiriladi?

  11. Wordda shakllar qanday buriladi?

III. Amaliy ish uchun topshiriqlar.

  1. Word imkoniyatlaridan foydalanib, quyidagi rasmlarni chizing.





























2. “Davlat bayrog`i” nomi bilan saqlangan hujjatda bayrog`imiz rasmini chizing va kerakli ranglarga bo`yang.

3. “kompyuter xonasi” nomli hujjat hosil qling, albom ko`rinishiga o`tkazing va kompyuter xonasining deraza tomonidagi devor aks etgan rasmni Word imkoniyatlaridan foydalanib chizing.

IV. Uyga vazifa

Hujjatlarda shakllar va chizmalar“ mavzusini takrorlash. “Chizish” uskunalar panelidan foydalanish va rasmni formatlashni mashq qilish.








Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_12-dars»

Informatika-6-A,B. 12-dars sana______________

Mavzu: Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash.

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga hujjatlarda jadvallar bilan ishlashni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning Wordda jadvallar bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Jadval haqida tushuncha ega bo`lish, Word matn protsessorida hujjatlarga jadval joylashtira olish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

II. Takrorlash

  1. Word kliplar kolleksiyasidagi bir nechta rasmni birlashtirish haqida gapirib bering.

  2. Word kliplar kolleksiyasidagi rasmni matnga joylashtirish va formatlarini o`zgartirish haqida gapirib bering va amalda ko`rsting.

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Amaliyotda hujjatlarda rsamlar bilan birga turli jadvallar ham joylashtiriladi. Jadvallar turli-tuman bo`lgni bilan ularning hammasi ham ma’lum bir sondagi ustunlar va satrlardan tashkil topadi.

Jadval haqida tushuncha. Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi — bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar ham joylashtirsa bo'ladi. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (34=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz:


T/r

Rasmi

Vazifasi

1.

ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi

2.

qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo`lib boradi

3.

kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun mo'ljallangan qurilma

Wordda jadval joylashtirish. Wordda jadval hosil qilish jarayonini ko'rib chiqamiz. Aytaylik, yuqoridagi jadvalni hosil qilish kerak bo'lsin. Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval jadvalning ustun va satrlari sonini aniqlanadi: bizning holda jadval 3 ta ustun va 4 ta satrdan iborat.

Birinchi usul: ustun va satrlar soni aniqlangach, Jadval(Tаблица) menyusining Joylashtirilsin (Вставить) bо'limidan Jadval (Таблица ) bo'limi tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasida ustunlar va satrlar soni kiritiladi. Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tanlanadi.

Ikkinchi usul: STANDART uskunalar panelidan Jadval joylashtirish (Вставить таблицу) uskunasi tanlanadi. Hosil bo'lgan kataklar majmudan sichqoncha yordamida kerakli sondagi kataklar belgilanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bu usulda ko'pi bilan 4 satrli va 5 ustunli jadval hosil qilish mumkin.

Natijada quyidagi ko`rinishda jadval hosil bo`ladi:














Word jadvali ustida ba'zi amallar

1. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma'lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqoncha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab [Tab] yoki yo'nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o'tiladi.

T/r

Rasmi

Vazifasi

1.

ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi

2.

qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo`lib boradi

3.

kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun mo'ljallangan qurilma

2. Jadvaldagi ma'lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligini o'zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chegara chizig'iga olib kelinadi. Sichqoncha ko'rsatkichi  ko'rinishga kelgach, chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi.

T/r

Rasmi

Nomi

Vazifasi

1.

Klaviatura

ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi

2.

Monitor

qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo`lib boradi

3.

Sichqoncha

kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun mo'ljallangan qurilma

3. Jadvallar ustida bajariladigan asosiy amallardan biri — undagi ma'lumotlarni tartiblashdir. Qaralayotgan misolda qurilmalarning nomi bo'yicha kamayish yo'nalishida tartiblash kerak bo'lsin. Buning uchun qurilmalar­ning nomi yozilgan 3- ustundagi 3 ta katak belgilab olinadi (avvalgi darslarda ko'rsatilgan blokka olish amali). So'ng Jadval menyusidan Tartiblash (Сортировка... ) buyrug'i tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasidan kamayish tartibida (no убыванию) buyrug'i tanlanadi. [Enter] klavishi bosilsa yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlansa, jadvalimiz quyidagi ko'rinishga keladi:

T/r

Rasmi

Nomi

Vazifasi

3.

Sichqoncha

kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun mo'ljallangan qurilma

2.

Monitor

qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo`lib boradi

1.

Klaviatura

ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi

Jadvalda formatlash. Jadval kataklaridagi ma'lumotlarni alohida yoki birgalikda (blokka olib) formatlash mumkin. Bunda ma'lumotning joylashish usuli, o'lchamlari, shriftning ko'rinishini FORMATLASH uskunalar paneli yordamida osongina o`zgartirladi. Kataklar fonining rangi yoki katak chegaralari ko'rinishlari Format menyusining Chegaralar va bo'yash (Границы и заливка...) yoki Jadval menyusining Jadval xossalari (cвойства таблицы...) bo'limining Chegaralar va bo'yash bo'limi yordamida o'zgartiriladi.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.

  1. Jadvallarga misol keltiring.

  2. Jadval elementlarini ayting.

  3. Matnli hujjatlarga jadvallar nima uchun joylashtiriladi?

  4. Hujjatlarda jadval joylashtirish kerak bo'lgan joy qanday ko'rsatiladi?

  5. Hujjatlarga jadval joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?

  6. Hujjatdagi jadvaldan qanday qilib nusxa ko'chiriladi?

  7. Huijatdagi jadvalni qanday qilib o'chirish mumkin?

  8. Huijatdagi jadval xossalari qanday o'zgartiriladi?

  9. Jadval katagiga nimalarni joylashtirish mumkin?

  10. Jadvallar ustida bajariladigan sodda amallarni ko'rastib bering.

  11. Jadval ustunlari kengligi qanday o'zgartiriladi?

  12. Jadval satrlari balandligi qanday o'zgartiriladi?

  13. Jadvaldagi ma'lumotlar qanday tartiblanadi? Amalda ko'rsating.

  14. Jadval chegarasini bo'yashni amalda ko'rsating.

  15. Jadval satri, ustuni va kataklari fonini o`zgartirishni amalda ko`rsating.

V. Uyga vazifa

12-dars mavzusini o`rganish. 2,4-topshiriqni bajarish.





Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_13-dars»

Informatika-6-A,B. 13-dars sana________________

Mavzu: Jadvallar ustida amallar

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quchilarga jadvalga yangi satr yoki ustun qo`shish, jadvaldan satr yoki ustunlarni olib tashlash, kataklarini birlashtirish, kataklarni bo`lish, jadvalda matn yo`nalishi o`zgartirishni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda jadvallar ustida amallar bejarish ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Jadvalga yangi satr yoki ustun qo`shish, jadvaldan satr yoki ustunlarni olib tashlash, kataklarini birlashtirish, kataklarni bo`lish, jadvalda matn yo`nalishi o`zgartirishni bilish.

Jihoz: MS Word matn protsessori, plakatlar

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

II. Takrorlash

  1. Jadval elementlarini ayting.

  2. Hujjatlarda jadval joylashtirish kerak bo'lgan joy qanday ko'rsatiladi?

  3. Hujjatlarga jadval joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?

  4. Hujjatdagi jadvaldan qanday qilib nusxa ko'chiriladi?

  5. Huijatdagi jadvalni qanday qilib o'chirish mumkin?

  6. Huijatdagi jadval xossalari qanday o'zgartiriladi?

  7. Jadval katagiga nimalarni joylashtirish mumkin?

  8. Jadvallar ustida bajariladigan sodda amallarni ko'rastib bering.

  9. Jadval ustunlari kengligi qanday o'zgartiriladi?

  10. Jadval satrlari balandligi qanday o'zgartiriladi?

  11. Jadvaldagi ma'lumotlar qanday tartiblanadi? Amalda ko'rsating.

  12. Jadval chegarasini bo'yashni amalda ko'rsating.

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Avvalgi darsda Wordda hujjatga jadval joylashtirish, jadval ustunlari o'lchamini o'zgartirish va tartiblash kabi amallar bilan tanishdingiz. Bu darsda jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish, satr yoki ustunni olib tashlash, jadval kataklarini birlashtirish va, aksincha, jadval kataklarini katakchalarga ajratish kabi amallarni bajarish usullari bilan tanishamiz.

Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish

Jadvalga yangi satr qo'shish uchun avval yurgich qo'shilishi lozim bo'lgan satrga qo'shni satrga joylashtiriladi. Jadval (таблица) menyusining Joylashtirilsin (вставить) bo'limi tanlanadi. Agar satr yurgich joylashgan satrdan yuqoriga qo'shilishi kerak bo'lsa, Satr yuqoriga (Строки выше) amali, quyiga qo'shilishi kerak bo'lsa, Satr quyiga (строки ниже) amali tanlanadi.

Jadvalga yangi ustun qo'shish uchun avval yurgich qo'shilishi lozim bo`lgan ustunga qo'shni ustunga joylashtiriladi. Jadval (Таблица) menyusining Joylashtirilsin (Вставить) bo'limi tanlanadi. Agar ustun yurgich joylashgan ustundan chapga qo'shilishi kerak bo'lsa, Ustun chapdan (Столбцы слева ) amali, o'ngga qo'shilishi kerak bo'lsa, Ustun o'ngdan (Столбцы справа ) amali tanlanadi.

Jadvaldan satrlar yoki ustunlarni olib tashlash

Ba’zan jadvaldagi ortiqcha satr yoki ustunni o'chirish kerak bo'ladi. Lekin oddiy usulda ularni o'chirib bo'lmaydi. Shuning uchun quyidagicha amallar bajariladi.

Avval yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan satr yoki ustunga joylashtiriladi. Agar biг necha satr yoki ustun o'chirilishi kerak bo'lsa, satrlar yoki ustunlar blokka olinadi. Jadval (Таблица) menyusining Olib tashlansin (Удалить) bo'limidan, mos ravishda, Satrlar (Строки) yoki Ustunlar (столбцы ) amallaridan biri tanlanadi.

Jadval kataklarini birlashtirish

Amaliy ish jarayonida jadvalning bir necha satr va ustunidagi to`g'ri to'rtburchak shaklda blokka olinishi mumkin bo'lgan kataklarni birlashtirish zarur bo'ladi. Kataklarni birlashtirish uchun quyidagi amallarni ketma-ket bajaramiz:

  1. birlashtirilishi kerak bo'lgan kataklarni blokka olamiz;

  2. jadval menyusining Kataklar birlashtirilsin (объединить ячейки) amalini tanlaymiz.

Jadval kataklarini bo'lish

Jadval kataklarini kerakli sondagi katakchalarga bo'lish quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Yurgich kerakli katakka joylashtiriladi yoki kerakli satrlar va ustunlar blokka olinadi.

  1. Jadval menyusidan Kataklar bo'linsin (Разбить ячейки..,) amali tanlanadi.

  2. Hosil bo'lgan muloqot oynasida hosil qilinishi kerak bo'lgan ustun va satrlar soni kiritiladi.

Bunda hosil qilingan satrlar soni qo'shni ustunlardagi satrlar sonidan ortiq bo'lmasligi va qo'shni ustunlardagi satrlar sonining bo'luvchisi bo`lishi lozim.

Jadvalda matn yo'nalishi

Jadvalda matn gorizontal yo'nalishda chapdan o'ngga, vertikal yo'nalishda yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga yozilishi mumkin. Buning uchun:

  1. Yurgich matn yoziladigan katakchaga joylashtiriladi.

  2. Sichqonchaning o'ng tugmasini bosib ekranga kontekst-menyu chiqariladi.

  1. Ekranda aks etgan jadvalga mos kontekst-menyudan Matn yo'nalishi (Направление текста…) amali tanlanadi. Natijada ekranda matn yo'nalishini tanlash muloqot oynasi aks etadi.

  2. Ekranda aks etgan muloqot oynasidan matnning kerakli yo'nalishi tanlanadi va [Enter] klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Jadvallar ustida qanday amallar bajariladi?

  2. Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shishni amalda ko'rsatib bering.

  3. Jadvaldan ortiqcha ustun yoki satrlar qanday olib tashlanadi?

  4. Jadvalda blokka olish usullarini amalda ko'rsating.

  5. Jadval kataklari qanday birlashtiriladi?

  6. Jadval kataklarini bo'lishni amalda ko'rsating.

  7. Jadval katagidagi matn yo'nalishi qanday bo'lishi mumkin? Amalda ko'rsating.

  8. 2x3 jadval hosil qiling va ustunlarini turli ranglarda bo'yang.

  9. Jadvaldagi ma'lumotlarni satrlar bo'yicha turli ranglarga bo`yang.

Mashqlar

1. Quyidagi ko'rinishdagi jadvalni hosil qiling:


















V. Uyga vazifa

1. 13-dars mavzusini o`rganish.

2. Quyidagi ko`rinishda jadval hosil qilish:


6-sinf

MS word



MS Word

MS Word



6-sinf




BMA


6-sinf

BMA





Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_14-dars»

Informatika-6-A,B. 14-dars. Sana___________

Mavzu:WordArt obyekti

Maqsad:

1) ta’limiy: O`quvchilarga hujjatga WordArt obyektlarini joylashtirish va uni formatlashni o`rgatish.

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: O`uvchilarda WordArt obyektidan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Hujjatga WordArt obyektlarini joylashtirish va uni formatlashni bilish.

Jihoz: MS Word matn protsessori, plakatlar

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

II. Takrorlash

  1. Jadvallar ustida qanday amallar bajariladi?

  2. Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shishni amalda ko'rsatib bering.

  3. Jadvaldan ortiqcha ustun yoki satrlar qanday olib tashlanadi?

  4. Jadvalda blokka olish usullarini amalda ko'rsating.

  5. Jadval kataklari qanday birlashtiriladi?

  6. Jadval kataklarini bo'lishni amalda ko'rsating.

  7. Jadval katagidagi matn yo'nalishi qanday bo'lishi mumkin? Amalda ko'rsating.

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Worddagi hujjat yanada go'zal bo'lishi uchun unga so'z yoki matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash imkonini beruvchi WordART obyektini joylashtirish mumkin. Masalan, WordART obyekti referat, maqolalarda nom yoki sarlavhalar yozishda ishlatiladi.

WordART kolleksiyasi

Hujjatga WordART obyektini joylashtirish Joylashtirish menyusi yoki CHIZISH uskunalar paneli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun yurgich matnning WordART obyekti joylashtirilishi kerak boigan joyiga o'rnaliladi. Endi quyidagi usullardan biri orqali WordART kolleksiyasi ekranga chaqirilaili

1 - usul. Joylashtirish menyusidan Rasm (Рисунок ►) bo'limiga kiriladi. Bo'limdan WordART obyekti ( Объект WordArt..) tanlanadi.

2-usul. CHIZISH uskunalar panelidan WordART obyekti tanlanadi.

Natijada ekranda WordART kolleksiyasi aks etadi. Endi bu kolleksiyadau kerakli ko'rinishni tanlab olish mumkin.

WordART da matn kiritish

Kolleksiyadan kerakli ko'rinish belgilangach (masalan, birinchi ko'rinish) | Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi. Natijada ekranda matnni kiritish oynasi aks etadi.



Bo'yalib turgan yozuv matni (Текст надписи) o'rniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona-Vatan — O'zbekistonim! Yashna, O'zbekistonton!

lozim bo'lsa, oynaning yuqori qismida joylashgan imkoniyatlardan foydaliinib matn formatlanadi. So'ngra sidiqoncha yordamida [OK] tugmasi tanlanadi. Natijada yozgan matnimiz rasm sifatida quyidagicha aks etadi:



WordART uskunalar paneli

WordART obyekti formatini o'zgartirish juda oson. Buning uchun hosil bo'lgan obyekt belgilanadi. Natijada ekranda quyidagi ko'rinishdagi WordART uskunalar paneli aks etadi:

Bu uskunalar paneli bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:


1. Yangi WordART obyektini qo'shish

2. Matnni o'zgartirish

3. Matnga kolleksiyadan yangi ko'rinish tanlash

4. WordART obyekti formatini o'zgar­tirish

5. WordART obyekti shaklini (formasini) o'zgartirish

6. WordART obyektini matnda joylashish holatini o'zgartirish

7. WordART obyektidagi harflar balandligini tekislash

8. WordART obyektini vertikal holatga keltirish

9. Matnni WordART obyeklida tekislash turini tanlash

10. WordART obyektidagi belgilar oralig'idagi masofani (intervaini) tanlash


Yuqorida tayyorlagan WordART obyektida quyidagicha o'zgartririshlar kiritamiz:

  1. matnga kolleksiyadan yangi ko'rinish tanlaymiz;

  1. WordART obyekti formati bo'limidan harflar chegarasidagi chiziq turini o'zgartiramiz;

  1. WordART obyekti shaklini (formasini) o'zgartiramiz;

  2. Matnni belgilar orasidagi masofa orqali WordART obyekti kengligi bo'yicha tekislaymiz;

f) Belgilar orasidagi masofani juda keng (150 %) qilib tanlaymiz.
Natijada quyidagini hosil qilamiz:


Shuni unutmangki, WordART obyekti ustida ham oddiy rasmlardagi kabi amallar bajarish mumkin.

IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar

  1. WordART obyekti qanday vazifani bajaradi?

  2. WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi?

  3. WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi?

  4. WordART obyekti shaklini (formasini) o'zgartirishni amalda ko'rsating.

  5. Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang.

  6. WordART da tayyorlangan obyektni erkin burishni amalda ko'rsating.

  7. WordART da tayyorlangan obyektning formatini o'zgartirishni amalda ko'rsating.

Mashqlar

1. Quyidagi WordART obyektini hosil qiling:

2. Quyidagi WordART obyektini hosil qiling:

V. Uyga vazifa. 1-7-savollar.


Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________

Просмотр содержимого документа
«6_15-dars»

Informatika-6-A,B. 15-dars. Sana______________

Mavzu: Wordda formulalar yozish.

Maqsad:

1) ta’limiy: o`quvchilarga “Formula” uskunalar paneli yordamida Wordda formulalar yozishni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda Wordda formulalar yozish ko`nikmalarini rivojlantirish;

DTS: “Formula” uskunalar panelida foydalanib formulalar yoza olish.

Jihoz: MS Word matn protsessori, plakatlar

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

II. Takrorlash

  1. WordART obyekti qanday vazifani bajaradi?

  2. WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi?

  3. WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi?

  4. WordART obyekti shaklini (formasini) o'zgartirishni amalda ko'rsating.

  5. Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang.

  6. WordART da tayyorlangan obyektni erkin burishni amalda ko'rsating.

  7. WordART da tayyorlangan obyektning formatini o'zgartirishni amalda ko'rsating.

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Matematikadan yoki fizikadan darsliklaringizni varaqlasangiz, turli ko'rinishdagi ifoda va formulalarni ko'rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun Word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatidan foydalaniladi.

Formulalar muharririni ishga tushirish


Avval yurgich formula yozilishi kerak bo'lgan joyga joylashtiriladi. So'ng formulalar muharriri quyidagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi:

  1. Joylashtirish menyusidan Obyekt ( Объект,.,) bo'limi tanlanadi.

  2. Ochilgan Obyektni joylashtirish (Вставка объекта) oynasidan Microsoft tenglamalari (Microsoft Equation 3.0) bo'limi tanlanadi.


Natijada yurgich turgan joyda formula yozish lavhasi va formulaga amal belgilar-ni tanlash imkonini beruvchi quyidagi Formula oynasi aks etadi.



Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskunasi belgisi [ ] joylashtirilgan bo'lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskunani tanlash kifoya.

Formulalar muharridan chiqish uchun sichqoncha ko'rsatkichini ish maydonimng bo'sh joyiga olib kelib chap tugmasi bir marta bosiladi.

Formulalar muharriri imkoniyatlari

Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U 19 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'lim ma'lum bir amallar belgilari majmuyidan iborat. Masalan, turli ko'rinishdagi munosabat belgilari, kasrlar va radikallar belgilari, qavslar shablonlari shular jumlasidandir.

Shu amal belgilaridan foydalanib quyidagilarni yozamiz (o'zingiz mustaqil yozib ko'ring):

1. 2. 3.

Agar yozilgan formulada xatolik bo'lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan formula lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo'nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatolikni tuzatish mumkin bo'ladi.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Wordda formulalar qanday yoziladi?

  2. Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko'rsating.

  3. Formulalar muharririda qanday chiqiladi?

  4. Formulalar muharririda qanday bo'limlar bor?

  5. Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko'rsating.

  6. Formula lavhasida qanday harakatlanish mumkin? Amalda ko'rsating.

  7. Matndagi formuladan qanday nusxa ko'chiriladi? Amalda ko'rsating.

Mashqlar

1. Formulalar muharriridan foydalanib quyidagilarni yozing:

a) 100-56≠95-48 b)

d) e)

V. Uyga vazifa

1-7-savollarga javob yozish.

EHM da mashq qilish.





Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_16-dars»

Informatika-6-A,B. 16-dars. Sana_____________

Mavzu: Wordda hujjatlarni chop etish

Maqsad:

1) ta’limiy:Wordda hujjatni printer yordamida chop etishni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy terbiya berosh;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda kompyuter texnikasi vositalaridan foyalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: Hujjatni chop etishni uddalash.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) davomatni aniqlash;

II. Takrorlash

  1. Wordda formulalar qanday yoziladi?

  2. Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko'rsating.

  3. Formulalar muharririda qanday chiqiladi?

  4. Formulalar muharririda qanday bo'limlar bor?

  5. Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko'rsating.

  6. Formula lavhasida qanday harakatlanish mumkin? Amalda ko'rsating.

  7. Matndagi formuladan qanday nusxa ko'chiriladi? Amalda ko'rsating.

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Nihoyat, tayyor hujjatni qog'ozga chop etish vaqti yetdi. O'zingiz, tayyorlagan rasmlar, chizmalar va jadvallarga boy hujjatlarni qog'ozda qanday ko'rinishda aks etishini ko'rishni hohlasangiz, bu mavzuni chuqur o'zlashtirib olishingiz zarur.

Hujjatni qog'ozga chop etish mushkul ish emas. Buning uchun standart uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Печать) piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy va eng qulay usuli. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog'ozning bitta sahifasiga hujjatning bir nechta sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.

H ujjatni chop etish parametrlarini o'zgartirish uchun Fayl menyiisininy Chop etish (Печать) bo'limi tanlanadi.

Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Принтер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копии), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напе­чатать) bandlaridan iborat.

Sahifalar bandida barchasi (все), joriy (текущая), tartib raqamlari (нумера) va ajratilgan qism (выделенный фрагмент) ko'rsatmalari bo'lib, ulardan biri sichqoncha yordamida tanlanadi.

Barchasi ko'rsatmasi tanlansa, hujjat to'lig'icha (barcha sahifasi) chop etiladi. .loriy ko'rsatmasida joriy sahifa (yurgich turgan sahifa) chop etiladi. Tartib raqami ko'rsatmasi tanlansa, unga tegishli oyna faollashadi. Bu oynaga chop etilishi lozim bo'lgan sahifalarning tartib raqamlari yoziladi. Masalan, unga 1,3,5-12 yozilgan bo'lsa, birinchi, uchinchi hamda beshinchidan o'n ikkinchigacha sahifalar chop etiladi. Ajratilgan qism ko'rsatmasini faqatgina matnning biror qismi belgilangandagina tanlash mumkin. Bu holda hujjatning belgilangan qismi chop etiladi.

Nusxalar bandida nusxalar soni (число копий) va nusxalar bo'yicha ajratish (разобрать по копиям) ko'rsatmalari bor. Ular hujjat necha nusxada va qay tartibda chop etilishini ko'rsatadi. Biror hujjatni 3 nusxada chop etish kerak bo'lsin. U holda nusxalar soni oynasiga 3 raqami yoziladi. Nusxalar bo'yicha ajratish ko'rsatmasi belgilangan bo'lsa, avval hujjatning birinchi nusxasi to'lig'icha chop etiladi, keyin ikkinchi nusxasi, so'ngra uchinchi nusxasi chop etiladi. Agar bu ko'rsatma belgilanmagan bo'lsa, avval hujjatning birinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi, keyin ikkinchi sahifasi 3 nusxada chop etiladi va hokazo.

Masshtab bandida qog'ozning bir sahifasiga hujjatning nechta sahifasi chop etilishi ko'rsatiladi. Buning uchun varaqdagi sahifalar soni (число страниц на листе) oynasida taklif etilgan 1 sahifa (1 страница), 2 sahifa (2 страницы), 4 sahifa (4 страницы) va hokazo ko'rsatmalardan biri tanlanadi.

Qamrov bandida barcha sahifalar (Все страницы диапазона), toq tartib raqamli sahifalar (Нечетные страницы), juft tartib raqamli sahifalar (Четные страницы) ko'rsatmalaridan biri tanlanadi. Barcha sahifalar ko'r­satmasi tanlansa, hujjat yoki uning belgilangan qismi to'lig'icha chop etiladi. Toq tartib raqamli sahifalar ko'rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalari chop etiladi. Juft tartib raqamli sahifalar ko'rsatmasi tanlansa, hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalari chop etiladi.

Printer bandida printer haqida ma'lumot hamda Xususiyatlar (Свойства) tugmasi bor. Sichqoncha yordamida Xususiyatlar tugmasi bosilsa, ekranda printerning xususiyatlari lavhasi ochiladi. Shuni aytish lozimki, printerlarning turiga qarab ularning xususiyatlari ham har xil bo`ladi. Shunga ko'ra xususiyatlar lavhasining ko'rinishi va undagi axborotlar ham turlicha bo'ladi.

Printerlar turli-tuman xususiyatlarga ega bo'lib, quyida biz ularning hujjatni kitobcha shaklida chop etish xususiyati bilan tanishamiz. Ta'kidlash joizki, hamma printerlar ham bunday xususiyatga ega emas. Shu sababli kitobcha shaklida chop etish xususiyatini „HP LaserJet 1300" rusumli printer misolida ko'ramiz. Mazkur printerning xususiyatlari lavhasi yuqoridagi rasmda keltirilgan. Lavha bir nechta bo'limdan iborat bo'lib, hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun Yakuniy ishlov (Оконч. обработка) bo'limiga kiriladi. Undagi Hujjat parametrlari (Параметры документа) bandidan Ikkala tomoniga chop qilish (Печать на обоих сторонах) ko'rsatmasini tanlanadi. Buklet maketida (Макет буклета) taklif etilgan ko'rsatmalardan Chap tomondan muqovalash (Переплет по левому краю) ko'rsatmasi tanlanadi. OK tugmasi bosilsa, yana Chop etish lavhasiga qaytiladi. Bu lavhadagi OK tugmasi bosilsa hujjat chop etila boshlaydi. Avval hujjatning bir qismi (yarmi) qog'ozning bir tarafiga chop etiladi. Chop etilgan qog'ozlarning tartibini buzmagan holda yana printerga joylansa, hujjatning qolgan qismi qog'ozning orqa tomoniga chop etiladi. Chop etib bo'lingan qog'oz varaqlarini tekislab, ikki buklasangiz kitobcha hosil bo'ladi.

Hujjatni kitobcha shaklida chop etishda ehtiyojga qarab, o'ng tomondan yoki yuqoridan muqovalash ham mumkin. Buning uchun buklet maketida tegishli ko'rsatma tanlanadi.

IV. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar

  1. Uskunalar panelidagi qaysi piktogramma yordamida hujjatni chop etish mumkin?

  2. Qaysi hollarda hujjatni chop etish uchun Fayl menyusining Chop etsh bo'limiga kiriladi?

  3. Hujjatning joriy sahifasini chop etish qanday amalga oshiriladi?

  4. Hujjatning ketma-ket kelmagan bir nechta sahifasini bir yo'la chop etish mumkinmi?

  5. Hujjatning faqat belgilangan qismini chop dish qanday amalga oshirihuli?

  6. Hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi?

  7. Hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi?

  8. Hujjatni bir yo'la 5 nusxada chop etish uchun qanday amallarni bajarish kerak?

  9. Hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligini aytib bering.

V. Uyga vazifa

Mavzuni o`rganish, EHM da mashq qilish.

Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_17-dars(nazorat ishi»

Informatika-6-A,B. 17-dars sana_______________

Mavzu: Nazorat ishi.

Maqsad: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash.

I. Tashkiliy davr

II. Nazorat sihi topshiriqlarini bajarish.

I variant

1. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi?

A) matnni bezatish imkoniyatlari mavjudligida

B) shriftlarda C) farqi yo`q

D) to`g`ri javob berilmagan

2. Quyidagilardan qaysilari matn muharrirlarining asosiy elementlari:

1. ishchi maydoni, 2. yurgich 3. menyu.

A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 1 va 3 D) hammasi

3. Wordda tayyorlangan hujjatni diskkkda saqlab qo`yish uchun qaysi menyu amallaridan foydalaniladi?

A) Fayl (Файл) B) Korinish (Вид)

C) Tahrir (Првка) D) Servis (Сервис)

4. Bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi.

A) abzas B) so`z C) satr D) matn

5. „Qat'iy probel” ni joylashtirish uchun qaysi tugmalar birgalikda bosiladi?

A) [Alt]+[Shift]+[probel]

B) [Ctrl]+[Shift]+[probel]

C) [Ctrl]+[Alt]+[probel]

D) to`g`ri javob berilmagan

6. Matnning boshiga o`tish uchun qaysi tugmalar birgalikda bosiladi?

A) [Ctrl]+[Home] B) [Ctrl]+[End]

C) [Ctrl]+[PageUp] D) [Ctrl]+[PageDown]

7. Sichqoncha yordamida so`zni belgilash -?

A) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini bosiladi;

B) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini uch marta bosiladi;

C) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini ikki marta bosiladi;

D) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini [Ctrl] tugmasi bilan birgalikda bosiladi;

8. Yurgichdan chapdagi belgini o`chirsh uchun qaysi tugma bosiladi?

A) [ Backspace] B) [Delete] C) [Enter]

D) [Tab]

9. “Qirqib olish” ([Вырезать]) amali Word menyusining qaysi bo`limida joylashgan?

A) Tahrir (Правка) B) Fayl (Файл)

C) Format[Формат] D) Ko`rinish[Вид]

10. Satrlar orasidagi masofa (interval) ni tanlash uchun qaysi menyu bo`limlaridan foydalinadi?

A) “Format” menyusining “Shrift” bo`limidan B) “Format” menyusining “Abzas” bo`limidan

C) “Tahrir” menyusining “Joylashtirish” bo`li-midan D) to`g`ri javob berilmagan

11. Shrift rangini tanlash uchun qaysi menyu buyruqlaridan foydalaniladi?

A) “Format” menyusining “Abzas” bo`limi

B) “Format” menyusining “Shrift” bo`limi

C) “Format” menyusining “Shrift” bo`limi

D) “Tahrir”(Правка) menyusining “Almashtirish” (Заменить) bo`limi

12. Hujjatnin biror qismi faqat bosh harflarni yozish kerak bo'lganda qasyi klavishini bosib qo`yish kerak?

A) Tab B) Ctrl C) Alt D) CapsLock

13. Hujjatga rasm joylashtirish uchun qaysi menyu amallaridan foydalaniladi?

A) “Joylashtirirish”(Вставка) menyusining “Obyekt …”

B) “Tahrir”(Правка) menyusining “Joylashti-rish” (Вставить)

C) “Joylashtirirish” (Вставка) menyusining “Simvol…”(Символ)

D) “Joylashtirirish” (Вставка) menyusining “Rasm ” (Рисунок )

14. Wordda jadvallar ustida quyidagi amallardan qaysilarini bajarish mumkin?

1. ustun qo`shish 2. satr qo`shish

3. kataklarni bo`lsh 4.kataklarni birlashtirish

A) 1 va 2 B) 1,2,3 C) 2 va 3 D) hammasini

15. Wordda “Formulalar” muharririni ishga tushirish uchun qaysi uskunadan foydalaniladi?

A) B) C) D)

16. MS Word dasturidan chiqish uchun quyidagi usullardan qaysi biridan foydalanish mumkin?

A) Sistema menyusidagi tugmasini bosiladi

B) “Fayl”(Файл) menyusining “Chiqish” (Выход)amali tanlanadi

C) [Alt] va [F4] klavishlari birgalikda bosiladi

D) Hammasidan

17. Wordda sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism?

Javob: ______________________

18. Wordda matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash uchun nimadan foydalaniladi?

Javob: ______________________



II variant

1. Matn muharrirlari quyidagi vazifalardan qaysilarini bajaradi:

1) matnni kiritish

2) matnni xotira(disk)ga saqlash

3) matnni xotira(disk)dan o'qish

4) xatolarni tuzatish

A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1, 2, 3

2. MS Word matn protsessorini ishga tushirish ketma-ketligi qaysi javobda t`o`gri ko`rsatilgan?

A) «Пуск» «Программы» «Microsoft Office» «Microsoft Office Word 2003»

B) «Пуск» «Программы» «Microsoft Office Word 2003» «Microsoft Office»

C) «Пуск» «Программы» «Microsoft Office Word 2003»

D) «Пуск» «Microsoft Office» «Microsoft Office Word 2003»

3. Wordda yangi abzasga o'tish uchun qaysi klavishini bosish zarur?

A) Tab B) Shift C) Alt D) Enter

4. “Quyi regisr belgilari” deganda nima tushiniladi?

A) Alifboninr kichik harflari

B) Alifboninr katta harflari

C) Kirill alifbosi hariflari

D) Lotin alifbosi hariflari

5. Hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr.

A) bosh satr B) satr C) matn D) abzas

6. „Qat'iy tire"ni yozish uchun qaysi tugmalar birgalikda bosiladi?

A) [Alt]+[Shift]+[-] B) [Ctrl]+[Alt]+[-]

C) [Ctrl]+[Shift]+[-] D) D) to`g`ri javob berilmagan

7. “…kabi saqlash” (Сохранить как…) buyrug'i Word matn protsessorining qaysi menyusida joylashgan?

A) Формат (Format) B) Правка (Tahrir)

C) Сервис(Servis) D) Файл (Fayl)

8. Matnnng belgilangan qismidagi yozuv shaklini “og`ma” ko`rinishga o`tkazish uchun uskunalar panelidagi qaysi tugmadan foydalaniladi?

A) B) C) D)

9. Sichqoncha yordamida gapni belgilash -?

A) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini bosiladi;

B) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini uch marta bosiladi;

C) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini ikki marta bosiladi;

D) yurgichni so'z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini [Ctrl] tugmasi bilan birgalikda bosiladi;

10. Yurgichdan o`ngdagi belgini o`chirsh uchun qaysi tugma bosiladi?

A) [][Backspace] B) [Delete] C) [Enter]

D) [Tab]

11. Matnning qirqib olingan qismi nima bo`ladi?

A) butunlay o`chib ketadi; B) bufer deb ataluvchi yordamchi xotirada vaqtinchalik saqlanib qoladi C) matnning boshqa joyiga ko`chib o`tadi; D) to`g`ri javob berilmagan;

12. MS Wordning boshqarish paneli, odatda, nimalardan iborat bo`ladi?

1. sarlavha satri; 2. menyular satri;

3. uskunalar paneli; 4. ishchi maydon; 5. yurgich

A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 3,4,5

13. Wordda jadval joylashtirish qaysi menyu amallari yordamida amalga oshiriladi?

A) “Tahrir” (Правка) menyusining “Joylash-tirish” (Вставить)

B) “Joylashtirirish” menyusining “Simvol…”

C) Jadval(Tаблица) menyusining Joylashtirilsin (Вставить) bо'limidagi Jadval (Таблица ) bo'limi D) “Joylashtirish” bo`limining “Obyekt…” bo`limi

14. Wordda jadval kataklarini bo`lish uchu qaysi menyu amallaridan foydalaniladi?

A) “Jadval” menyusidan “Ajratilsin” (Выделить..,) amalida

B) Jadval” menyusidan “Kataklar bo'linsin” (Разбить ячейки..,) amalida

C) Format menyusining “Табуляция …” amalidan

D) “Tahrir” menyusining “Almashtirish” amalidan

15. Wordda tayyorlangan hujjatni qog`ozga bosib chiqarish (chop etish) uchun qaysi menyu amallaridan foydalaniladi?

A) “Fayl” menyusining “Jo`natish” b`olimidan B) “Fayl” menyusining “Chop etish” b`olimidan C) “Fayl” menyusining “Hosil qilish” b`olimidan

D) “Joylashtirsh”(Вставка) menyusining “Yozuv” (Надпись) bo`limidan

16. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi nima deb ataladi.

Javob: ______________________

17. Matnning foydalanuvchi tomonidan belgilangan biror qismi qanday ataladi?

Javob: ______________________

18. “Formulalar muharriri” ning “Formula” oymasi nechta bo`limdan iborat?

Javob: __________________


IV. Uyga vazifa

6-sinfda o`tilganlarni takrorlash


Tekshirdim:

O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________


Просмотр содержимого документа
«6_2-dars»


Informatika. 6-sinf. 2-dars

Darsning mavzisi: Word matn protsessori interfeysi

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Word matn protsessori haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarning amaliy dasturlarda ishlash malakasini oshirish.

Darsning jihozi: Matn muharrirlari va matn protsessorlarida yaratilgan hujjatlar namunalari

Darsning uslubi: Suhbat.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism.

a) Davomatni aniqlash;

b) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.

II. O’tgan mavzularni takrorlash.

  1. Matn muharrirlarining vazifalarini aytib bering.

  1. Matn muharrirlari bilan matn protsessorlarining asosiy farqi nimada?

  2. Matn muharriri qanday fayllar hosil qiladi?

III. Yangi mavzuni o’rgansh.

Ona tili darsidan ma'lumki, harflardan so'zlar, so'zlardan jumlalar, jumlalardan gaplar, gaplardan abzaslar, abzaslardan esa matn hosil qilinadi. So'zlar o'zaro bo'sh joy bilan ajratiladi, gaplar nuqta, so'roq yoki undov belgisi bilan tugaydi. Gapning davomi sahifa kengligiga sig'masa yangi satr boshiga bo'g'in ko'chirib o'tkaziladi. Abzaslar doimo yangi satrdan rna'lum bo'sh joy qoldirib boshlanadi.

Matn protsessorlari haqida

Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, ballki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo.

Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.

Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'zida saqlaydi.

Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi.

Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va уо'1-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office-2003 paketiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallar bajarilishini tanlash „sichqoncha" yordamida amalga oshiriladi.

Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo'lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi.

Microsoft Word matn protsessorining hozircha o'zbek tilidagi varianti mavjud emas.

Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar

Matn protsessorlarida islilaganda huiiatlarga oid quyidagi atamalarni bilisii lozim.

Shrift (nemischa) — (lotin, kirill, arab, grek va boshqa) alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko'rinishlari. Shriftlar yozuv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman, Monotype Corsiva), chizmasi ko'rinishi (og'ma, tagchiziqli), rangga to'yinganligi bilan (masalan, oddiy, qalin), o'lchami (masalan, 11 punkt, 14 punkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi.

So'z — belgilar ketma-ketligi bo'lib, ular bir biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo'shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi.

Satr — bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protses-sorlari satr oxirida so'z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o'tkazadi.

Hoshiya — sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism.

Bosh satr — hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr.

Abzas (nemischa) — bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi. Abzaslar boshqalaridan chekinishi, yozuv usuli (stili, masalan, oddiy, asosiy, Sarlavha), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan farqlanishi mumkin. Yangi abzasga o'tish yoki bo'sh satr qoldirish uchun (Enter] klavishi bosiladi.

Matn — abzaslar yig'ilmasi.

Fragment (lotincha: bo'lak) — matnning belgilangan qismi, bo'lagi.

Sahifa — kitob yoki daftar varag'ining bir tomoni. Matn protsessorlarida sahifa bir bosma qog'ozga mos keladi.

Format (lotincha: shakl beraman) — o'leham, yozuv shakli, chizma ko'rinishi, interval aniqlash yoki boshqa ko'rinishlar berish.

MS Wordni ishga tushurish va unda ishni tugallash

Microsoft Office—2003 paketining MS Word dasturini ishga tushirish uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin:

  • Masalalar panelidagi mos piktogrammasi yordamida;

  • Windows ish stolidagi mos yorlig'i yordamida;

  • Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
    Пуск  Программы  Microsoft Office  Microsoft Office Word 2003

Word dasturida ishni tugallash uchun [X] piktogrammasini yoki fayl menyusining [Выход] — ya'ni chiqish buyrug'ini tanlash yoki [Alt] + [F4] klavishlarini birga bosish yetarli.

Word interfeysi

MS Word ishga tushirilganda Lining ekranda aks etgan interfeysida ishchi maydon va boshqarish paneli namoyon bo'ladi. Boshqarish paneli, odatda, sarlavha satri, menyular satri va uskunalar panelidan iborat.

Sarlavhalar satrida ishlanayotgan hujjatning va Word dasturining nomi aks etadi. Agar hujjatga nom berilmagan bo'lsa sarlavha satrida Документ1 (ya'ni, Hujjat1) nomi aks etib turadi.

Uskunalar uskunalar rasmi chizilgan tugmalar bo`lib, ulardan foydalanish matn protsessori bilan ishlashda qulaylik beradi (Paint dasturi uskunalar panelini eslang).

Menyular satri quyidagi menyulardan iborat:

Fayl

Tahrir

Ko'rinish

Joylashtirish

Format

Servis

Jadval

Оуnа

Ma'lumot

Файл

Правка

Вид

Вставка

Формат

Сервис

Таблица

Окно

Справка

Mazkur menyular hujjatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, Fayl menyusi yordamida fayl ustida bajarish mumkin bo'lgan asosiy amallar quyidagilardir:

Создать Crt+N— (yangi hujjat) hosil qilisj;

Открыть — (mavjud hujjatni) ochish;

Закрыт — (joriy hujjatni) yopish;

Сохранить Сtrl+S (avval saqlangan hujjatni) saqlsh;

Сохранить как... (yangi nom berish) ... kabi saqlash;

Сохранить как Web-страницу... (Internet uchun) Web-sahifa kabi saqlash;
Версии... — versiyalar;

Предварительный просмотр Web-страницы — Web-sahifani ko'rib chiqish;

Параметры страницы...— sahifaning parametrlari;

Предварительный просмотр — (hujjatni) ko'rib chiqish;

Печать...Ctrl+P — (hujjatni) chop etish;

Отправить (hujjatni) jo'natish;

Свойства (hujjatning) xossalari;

6 _1-dars.doc oxirgi ishlangan va bevosita ochish

6_2-dars.doc mumkin bo'lgan hujjatlar ro'yxati;

Выход (dasturdan) chiqish;

Bu amallarning ba'zilari bilan Paint dasturi orqali tanishgan edingiz. Shuning uchun hech bir qiyinchiliksiz amalda qo'llay olasiz. Nom berib saqlangan hujjat Word dasturida ham, odatda, Paint dasturidagi kabi Мои документы papkasida saqlanadi.

IV. Mustahkamlash

  1. Matn protsesorida hosil qilingan matn nima deb ataladi?

  2. Word matn protsessorining ishga tushurish usularini amalda ko'rsatib bering.

  3. Word dasturida ishni tugallash usullarini amalda ko'rsatib bering.

  4. Word matn protsessorining interfeysi nimalardan iborat?

  5. Sarlavha satrida nimalar aks etadi?

  6. Fayl menyusi qanday amallardan tashkil topgan? Izohlab bering.

  7. Microsoft Word matn protsessorining uskunalar paneli qanday vazifani bajaradi?

  8. Word interfeysi rasmidan shrift, satr, abzas kabi tushunchalarga misollar ko'rsaling.

  9. Shu darslikdan shrift, so'z, satr, lioshiya, abzas kabi tushunchalarga misollar ko'rsating.

  10. Word dasturida saqlangan hujjat qaysi papkaga joylashadi?

Mashqlar

1. Chap ustundagi atamalar izohini o'ng ustundan toping.

Hoshiya

sahifa chekkasidagi tozasaqlanadigan qism

Matn

abzaslar yig'ilmasi

Shrift

alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning ko'rinishlari

So'z

ikki tomondan probel bilan ajratilgan belgilar ketma-ketligi

Abzas

bosh satri bo'lgan satrlar ketma-ketligi

Satr

bittachiziqdayozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi

Bosh satr

hoshiyadan chekinishi bo'lgan satr

2. Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi belgilardan to'g'risini topib qo'ying.

Word masalalar panelidagi ... piklogrammasi yordamida ishga tushadi

Word dasturida ishni tugallash uchun ... piktogrammasi tanlanadi |Q

3. Word dasturida hujjat tarkibiga va quyidagi talabga rioya qilgan holda o'z haqingizda besh satrli matn yozing va „Tarjimayi hol" nomi bilan saqlang:

  • ismi sharifingiz, qachon va qayerda tug'ilgansiz;

  • 1-sinfga qaysi yili chiqqansiz, nechanchi maktabga, yashash manzilingiz qanday;

  • hozir nechanchi sinfda o'qiyapsiz. qaysi fanlarga qiziqasiz;

  • otangizni ismi sharifi, qachon va qayerda tug'ilgan, hozir qayerda ishlamoqda;

  • onangizni ismi sharifi, qachon va qayerda tug'ilgan, hozir qayerda ishlamoqda?

  • Word Windows ish stolidagi ... yorlig'i yordamidaishgatushadi.

V. Uyga vazifa

2-dars mavzusini o`rganish. 1-10-savollar


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!