Mavzu: Adobe Photoshop grafik dasturida ishlash
ADOBE PHOTOSHOP grafik dasturida ishlash
REJA:
Kirish
Asosiy qism.
1. Photoshop grafik redaktorining vazifasi va unda ishlash.
2. Grafik redaktorning menyular qatori bilan ishlash.
3. Grafik redaktorning asboblar paneli bilan ishlash.
4. Grafik redaktorlarda amaliy ishlar bajarish (kasbiy faoliyati doirasida).
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
ADOBE PHOTOSHOP Windows muhitida ishlovchi kompyuterlar uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir.
Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo’shimcha kiritish, fotosuratdagi dog`larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, kitoblar, gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqodor bo’lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Dasturidan chikish uchun quyidagi usullarni biridan foydalanish mumkin: 1.Alt+F4 tugmalarini birgalikda bosish. 2.Fayl menyusidagi Vixod buyrug`ini tanlash bilan. 3.Ekranning yuqori qismi o’ng burchagida joylashgan X belgisini bosish yoki Zakrit buyrug`ini bajarish bilan.
Savollarga quydagicha javob berish zarur:
DA - kiritilgan matni o’zgarishlarni saqlash va dasturdan chiqish uchun.
NET - kirtilgan matnda o’zgartirishlar saqlanmagan xolda dasturidan chikish uchun.
Otmena - dasturda ishlashni davom ettirish uchun.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so’ng ekranda Adobe Photoshop tasvirtahrir qiluvchi oynasi hosil bo’ladi.
Adobe Photoshop oynasining yuqori qismida sarlavha satr va Windows ga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so’ng menyu satri joylashadi. Menyudagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin.
Adobe Photoshop dasturi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu banddlari mavjud. Ularni ko’rish kursor yordamida amalga oshirishladi. Quyida asosiy menyu va eng ko’p qo’llaniladigan buyruqlarning qiskacha tavsifi keltiriladi.
FAYL menyusi quyidagi buyruqlardan iborat:
- Noviy (Ctrl+N) Yangi fayl yaratish.
- Otkit(Ctrl+O) Bu buyruq yordamida diskda mavjud fayllar ochiladi.
- Otkrit kak (Alt + Ctrl + O) Faylni qanday ko’rinishda ochishni tanlash.
- Soxranit (Shift + S) Faylga nom berish
- Soxranit kak Faylni xotiraga boshqa nom bilan (Shift+Ctrl+S) saklash
- Soxranit Kopiy Tasvir nusxasini xotiraga saqlash.
- (Alt+Ctrl+S)
- Vernut Tasvirning dastlabki holatiga qaytish.
- Pomestit Boshqa mustaqil fayl bilan birlashtirish.
- Import Boshqa direktoriyada joylashgan faylni Adobe Photoshop dasturiga olib kirish.
- Eksport Tasvirni boshqa dastrularga jo’natish.
- Fayl informatsiya Fayl haqidagi ma'lumotlarni kiritish.
- O’stanovka stranitso Ochilgan fayldagi betini shaklini (ShiftQCtrlQP)tanlash.
- Pechat' (Ctrl+P) Tasvirni printerga jo’natish.
- Predpochteniya Adobe Photoshop dasturini kerakli tartibda sozlash.
- Nastroyka sveta Tasvir ranglarini sozlash.
- Adobe online Internet bilan bog`lanish.
- Vixod (CtrlQQ) Dasturidan chiqish.
Pravka menyusi quyidagi buyruqlardan iborat:
- Vernut (Ctrl+Z) Tasvir o’stida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish.
- Rezat (Ctr+X) Tasvirning ajratilagan qismini kirkib olish va kerakli joyga qo’yish yoki butunlay qirkib tashlash.
- Kopirovat (Ctrl+C) Tasvirni belgilangan qismini no’sxaga olish.
- Vstavit (Ctrl-V) Xotiraga olingan tasvirni belgilangan joyga qo’yish.
- Vstavit' V (Shift+Ctrl+V) Tasvirda belgilangan maydonni tozalash, o’chirish.
- Ochistit Bunda o’chirilgan maydon fon rangiga bo’yaladi.
- Zalit Tasvir yuzini rang bilan bo’yash.
- Shtrix Tasvirda belgilangan maydonni shtrixlab ko’rsatish.
- Transformatsiya (Ctrl+T) Tasvir shaklini o’zgartirish.
- Transform Tasvir shaklini to’rli ko’rinishlarda o’zgartirish.
- Ochistka Istoriya darchasida tasvir olib borilgan o’zgartirish amallarini butunlay o’chirish.
- Bu amal bajarilgandan so’ng o’zgartirishlarni ortga qaytarish mumkin emas.
IZOBRAJENIYA menyusi quyidagi buyruqlardan iborat:
- Rejim Rang modellarni o’zgartirish.
- Nastroyka Tasvir ranglarini sozlash.
- Dublikat Tasvirdan nusxa olish.
- Nalojit izobrajenie Tasvirni qo’shimcha ranglar bilan boyitish.
- Vuchislit Tasvirdagi ranglar kanallarni o’chirish.
- Razmer izobrajeniya Tasvir shaklini va o’lchamlarini o’zgartirish.
- Razmer xolsta Tasvir ramkasi o’lchamlarini o’zgartirish.
- Obrezanie Belgilangan maydondagi tasvirni kesib olish.
- Pereverno’t xolst Xolstni soat strelkasi bo’ylab yoki soat strelkasiga qarsh 180, 90 grado’sga burish.
- Gistrogramma Tasvirdagi ranglar mikdori hakidagi ma'lo’motlar darchasi.
Sloy menyusi tarkibidagi ko’shimcha buyruqlar
- Noviy Yangi qatlamni tashkil qilish.
- Dublikat sloy Qatlam no’sxasini xosil qilish.
- Udalit sloy Mavjud qatlamni muvakkat xotiradan o’chirish.
- Effektu Qatlamga to’rli effektlarni qo’yish.
- Gruppa s predo’do’shim (CtrllQG)- Bir nechta qatlamlarni gro’ppalash.
- Razgro’pirovat'(ShiftQCtrllQG) - Gro’ppalangan qatlamlarni bir-biridan ajratish
- Skleit' vse sloi - Barcha qatlamlarni birlashtrish.
VIDELIT menyusi quyidagi buyruqlardan iborat :
Vse (Ctrll+A) Tasvirni butunlay belgilash.
Ubrat videlenie (Ctrll+D)Tasvirning belgilangan qismini olib tashlash.
Videlit zanovo qaytadan belgilash. (Shift+Ctrll+D)
Obratno (Shift+Ctrl) So’ngi bajarilgan amalga qaytarish.
Svetovoy ryad Ranglar qatori. Tasvirdagi ranglar asosida belgilash maydonini aniqlash.
Modifitsirovat Belgilash chizig`ini piksellarda kengaytirish.
Uvelichit Belgilash maydonini kengaytirish.
Preobrazovat videlenie Belgilangan maydon shaklini o’zgartirish
Soxranit videlenie Belgilangan maydon shaklini xotiraga joylashtirish.
Vid menyusi quyidagi menyulardan iborat:
- Noviy vid - Yangi darchada ochish.
- O’velichit (Ctrl+Q) -Tasvirning ekrandagi ko’rinishini kattalashtirish.
- O’menshit (Ctrl+-) - Tasvirning ekrandagi ko’rinishini kuchaytirish.
- Pokazat ves ekran - Tasvirini butun ekran ko’rinishida ko’rsatish.
- Real'no’y razmer - Tasvirini mavjud o’lchamlaridagi ko’rinishi.
- Razmer pechatnogo ottiska -Tasvirning bosma shakldagi ko’rinishi.
- Vukl. lineyki (Ctrl+R) - Chizg`ichlarni olib tashlash.
Okno menyusi quyidagi buyruqlardan iborat:
- Kaskad Tasvirni ekranda vertikal xolatda tasvirlash.
- Mozayka Tasvirni ekranda gorizontal xolatda tasvirlash.
- Upodryachit znachki Asboblar panelidagi buyruqlarini tartibli joylashtirish.
- Zakrut' vsyo Photoshop darchasida ochilgan barcha tasvirni berkitish.
- Vkl. Panel Asboblar panelini o’chirish yoki yoqish.
- Vkl. Navigator Navigatorning ekranda paydo bo’lishini ta'minlash.
- Pokazat' informatsiyu Axborotlar darchasini aktivlashtrish.
- Pokazat svet Ranglar joylashgan maxsus darchani aktivlashtirish.
- Vkl. Kisti Bo’yok cho’tkalari joylashgan darchani aktivlashtirish.
- Vkl. Sloy Qatlamlar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi darchani aktivlashtirish.
- Pokazat deystviya Tasvirlar bilan ishlashda bajarilgan barcha amallar haqidagi ma'lumotlar darchasini aktivlashtirish.
- Ubrat stroku sostoyaniya Photoshop dasturi darchasi ostidagi ma'lumotlar satrini o’chirish yoki yoqish.
Asboblar paneli
- Adobe Photoshop asboblar panelida turli xil ishni bajariadigan oynalar joylashgan. Har biri Adobe Photoshop dasturining biror-bir buyrug`ini anglatadi. Agar asboblar panelida biron-bir oyna bo’lmasa, menyu satrining Okno punktida Vkl. Panel buyrug`ini tanlang.
- Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda oynada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan oynaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu oyna tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
- Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili oyna ustida "sichkoncha" ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqariladi va kerakli oyna ustida kursorni qoldirib "sichkoncha" ning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
- Har bir oynaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning qanday vazifani bajarishi xaqidagi axborot paydo bo’ladi.
- Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo’llaniladigan asboblarning qiskacha tavsifi keltiriladi.
- Прямоугольная область : To’g`ri turtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi. Ushbu oynaga qo’shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon xududi ortadi. Shift klavish urnida Alt klavishi kullanilgan takdirda belgilangan maydon xududi qisqaradi. Ushbu amal Lasso va Volshebnaya palochka asboblari bilan ishlashda qo’llaniladi.
- Эллиптическая область : Doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu oyna yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta'sir etadi.
- Строка пикселей : tasvirda gorizontal shakldagi chiziqni belgilaydi. Amalda bu oyna juda kam qo’llanildi.
- Столбец пикселей : Tasvirda Vertikal shakldagi chiziqni belgilaydi. Amalda bu oyna ham juda kam uchraydi.
- Кадрирование : Ushbu oyna, asosan tasvir chetlarini va keraksiz qismlarini kesib tashlash uchun qo’llaniladi. Bu buyruq aktivlashtirilganda tasvir yuzida to’g`ri to’rtburchak shaklidagi ramka hosil bo’ladi. Ramkaning chetlari kichik kvadratlardan iborat bo’lib, bu kvadratchalar yordamida ramka hajmi uzgartiriladi. Tasvir ramka ostiga olingandan sung Enter klavishi bosilsa, ramka tashkarisida kolgan ortikcha bulaklar kesib tashlanadi. Ushbu
- buyruqni Esc klavishini bosib rad etish mumkin.
- Перемешение : Ushbu oyna tasvirdagi belgilangan madonni yoki qatlamni siljitish va kesib olish uchun hizmat qiladi. Peremeshenie buyrug`ini bajaradigan ayni jarayonni boshqa ayrim oynalar (masalan Volshebnaya palochkaoynasi) yordamida ham amalga oshirish mumkin.
- Лассол : tasvirdagi turli shakldagi obktlarni belgilash uchun ishlatiladi.
- Многоугольное Лассо : Asosan tasvirdagi to’g`ri chiziqlardan iborat obektlarni belgilashda ishlatiladi. Alt klavishi qo’llanilganda oddiy Lasso oynasi vazifasini bajaradi.
- Магнитное Лассо : Bu oyna ishlatilganda Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi ob'ekt chegaralarin o’zi belgilaydi. Ammo bu oyna peksillardagi ranglarni o’zgarishiga bog`lik tarzda chegaralarni aniklashi bois kam qo’llaniladi.
- Волшебная палочка : Bir-biriga yaqin bo’lgan rangdagi piksellar joylashgan maydonni belgilaydi. Shift bilan birgalikda qo’llansa, belgilangan maydon hajmi ortadi. Alt bilan ishlatilganda esa belgilangan maydon hajmi kamayadi.
- Аэрограф : tasvirini buyashda ishlatiladi. Aerografni bir joyda ushlab turish siyohni tasvir bo’ylab yoyilib ketish effektini beradi. Bo’yoqning tasvir buylab okishi kursorni kuyib yuborguncha davom etadi. Odatda bu asbob yumshoq cho’tkalar ishlatiladi. AEROGRAF kursorni ushbu asbob ustida bosish yoki klaviaturadagi J klavishini bosish orqali aktivlashtriladi.
- Кисть : Aerograf oynasi kabi tasvirni buyashda ishlatiladi. Ammo Kist yordamida tasvirni sifatli buyash mumkin. Bu oyna aerografga nisbatan ko’p qo’llaniladi. Kist' oynasini V klavishini bosish orqali aktivlashtirish mumkin. Brushes oynasi yordamida buyok chutkalarini shaklini uzgartirish mumkin.
- Штамп : tasvirdagi kichik bir bulak nushasini kuchirish uchun ishlatiladi. Bu oyna tasvirdagi ayrim nuksonlarni, dog`larni yo’qotish va eski rasmlarni tiklashda keng qo’llaniladi.
- Кисть предудуших состояний : Bu oyna tasvir haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida ishlaydi. Uning yordamida tasvirga kiritilgan so’ngi o’zgartirishlarni bekor qilish mumkin.
- Ластик : tasvirni o’chirish uchun ishlatiladi. U qo’llanganda tasvirda fon qaysi rangda bo’lsa, o’sha rangdagi chiziqlar hosil bo’ladi. Alt klavishini qo’llash yordamida kompyuter xotirasiga olinmagan so’ngi o’zgartirishlarni bekor qilish mumkin. LASTIK asbobi E klavishni bosish orqali aktivlashtiriladi.
- Карандаш : turli chiziqlarni chizish uchun foydalaniladi. Alt klavishi bosilganda kursorning ekrandagi tasviri o’zgaradi va bevosita tasvirdan kerakli rangni tanlash mumkin. Bu amal bajarilagnadan so’ng o’sha rangda chiziq tortadi.
- Линия : To’g`ri chiziqlarni chizishda qo’llanilaniladi.
- Размувка : Ushbu oyna ishlatilganda, tasvirdagi yorqinlik pasayadi. Alt klavishi bilan qo’llanganda yorkinlik ortadi.
- Резкость : Ushbu oyna ishlatilganda tasvirdagi yorkinlik ortadi. Alt klavishi bilan qo’llanganda esa tasvir hiralashadi.
- Палец : Tasvirdagi ranglar chayqaltirib, tasvirdagi obektlar o’rtasidagi chegaralarni bir-biriga qo’shishga xizmat qiladi.
- Осветитель : Piksellardagi ranglar yorqinlashadi. Alt klavishi bilan qo’llanganda esa piksellardagi ranglar hiralashadi.
- Заменитель Tasvir ustida harakatlantirilganda piksellardagi rannglar qoramtir tus oladi.
- Губка : Tasvir ustida xarakatlantirilganda, tasvirdagi ranglar miqdori pasayadi. Gubka bir joyda ko’p aylantirilsa, tasvirning o’sha joyi kulrang tus oladi.
- Перо : Peroni tasvir ustida xaraktlantirilganda, nuqtalar xosil bo’ladi. Ushbu nuqtalar yordamida chizilgan tasvirni o’zgartirsh mumkin.
- Магнитное перо : Bu asbob huddi magnitnoe lasso kabi xarakatlanadi. Biror bir tasvirdagi obekt atrofida xarakatlantirilganda, Adobe Photoshop dasturining o’z obekt chetlarini belgilab chiqadi.
- Произвольное перо : juda qulay oyna bo’lib, xoxlagan shakldagi tasvirni u yordamida ifodalash mumkin.
- Вставить точку : Bu oyna pero yordamida chizilgan chiziq ustiga qo’shimcha nuqtalarni qo’shadi.
- Удалить точку : pero yordamida chizilgan chiziq ustidagi ortiqcha bo’lgan nuqtalarni uchiradi.
- Непосредственное вуделение : U yoki bu pero bilan chizilgan chiziqlarni tahrir qilish uchun hizmat kladi. Uning yordamida chiziqdagi nuqtalarni yakka tartibda harakatlantirish va kerakli joyga siljitish mumkin.
- Преобразовать точку : Tasvir ustida chizilgan chiziqchalarda o’rnatilgan har bir nuqta, burchak yoki yoy vazifasini bajaradi. Ushbu oyna yordamida nuqtalarning vazifalarini o’zgartirish, ya'ni yoyni burchakka va burchakni yoyga almashtirish mumkin. Buning uchun kursorni nuqta ustiga olib borib "sichkoncha" ning chap tugmasi bir marta bosiladi.
- Текст : Ushbu asbob yordamida tasvirga turli matnlarni kiritish mumkin. Tekst oynasi aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bosilsa, matn kiritish uchun alohida darcha hosil bo’ladi. Bu darchada xarf o’lchami, turi, rangi va boshqa o’lchamlari kirtiladi. Bu asbob yordamida kiritilgan matnlar qayta tahrir qilish imkoni mavjud emas. Tekst asbobi aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bosiladi, matn kiritish uchun alohida darcha hosil bo’ladi. Bu darcha harf o’lchami, turi rangi va boshqa o’lchamlari kiritiladi. Bu asbob yordamida kiritilgan matnni qayta tahrir qilish imkoni mavjud emas.
- Текст – Маска : Tekst oynasi kabi bu asbob aktivlashtirilib, matn ustida bir marta bosiliganda, Tekstovue instrument darchasi xosil bo’ladi. Lekin bu oddiy tekstdan tubdan farq qiladi. Harflarning cheti huddi Lasso oynasini belgilash kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Harflarni turli ranglarga bo’yash va Peremeshenie: Oynasi yordamida o’rnidan siljitish yoki boshqa rasmga olib o’tish mumkin.
- Вертикальнуй текст : agar tasvirga pastdan yuqoriga shaklda (vertikal shaklda) matn kiritmokchi bo’lsangiz ushbu asbobdan foydalanishingiz mumkin.
- Вертикальная текст - маска :Tekst-maska oynasi bir xil vazifani bajaradi. Ammo bu oyna qo’llanganida harflar ustma-ust ustun kabi joylashtiriladi.
- Изменить : Tasvirda turli o’lchovlarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu asbob bilan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga kursor olib borilishi kifoya. Adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda ikki nuqta orasidagi masofani ulchaydi.
- Градинт : Bu asbob ishlatilganda, tasvirdagi belgilangan maydonda ranglar kombinatsiyasi hosil bo’ladi. Asosiy rangning tasvir foniga sizib o’tish effekti hosil bo’ladi.
- Ковш : Ushbu oynadan, asosan, tasvirni yoki tasvirdagi ajratib olingan hududni bo’yashda foydalaniladi. Ranglarni qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali tanlanadi. Bu asbobni aktivlashtirish uchuni K klavishi bosiladi.
- Пипетка : Tasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini uzgartiradi, pipetka tasvir ustidagi biror nuqtada rang sifatida tanlanadi. Agar ayni jarayonga Alt kushilsa, tanlangan rang tasvir fonini uzgartirishga olib keladi.
- Вуборка цветов : Ushbu oyna tasvirdagi ranglar hakida ahborot olishga hizmat kildai. Info darchasida belgi kuyilgan nuqtada necha foiz qizil, ko’k va qora ranglar mavjudligi haqidagi axborot hosil bo’ladi.
- Рука : Tasvirning ko’zga tashlanmay turgan qismlarini kursatadi. Buning uchun ushbu asbob aktivlashtirilib tasvir ustida "sichkoncha" ning chap tugmasini bosgan holda kerakli tomonga harakatlantiriladi. Ayni jarayonni Adobe Phtoshop dasturi darchasidagi Navigator yordamida ham amalga oshirish mumkin.
- Масштаб : Tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun hizmat qiladi. Agar ushbu oyna bilan birgalikda Alt klavishi ishlatilsa, tasvir kichrayadi. Kursor ushbu asbob aktivlashtirilgandan sung uz shaklini uzgatiradi va lupa kurinishini oladi. Kursor tasvirning qaysi nuqtasida bosilsa, adobe Photoshop dasturi avtomatik tarzda usha nuqtani ekranga yakinlashtiriladi. Masshtab asbobini aktivlashttirilib, Enter klavishi bosilsa, Opseiya mashtabirovaniya oynasi ochiladi. Bu oynada maxsus turtburchak ichiga belgi kuyiladi, tasvir o’lchamlari uzgartirilganda tasvir oynasi ham mos tarzda uzgartiriladi. Har safar tasvir o’lchamlari kattalashtirish yoki kichraytirish uchun Masshtab asbobini aktivlashtirish zarur emas. Boshqa oyna bilan ishlash paytida CtrlQ PROBEL bosilsa, ishlatilayotgan oyna vaktinchalik Masshtab oynasini vazifasi bajaradi va tasvir kattalashadi. Ctrl Q PROBEL urnida Alt QPROBEL kullanilsa, tasvir o’lchami kichrayadi. Shuningdek, tasvir o’lchamini CtrlQ (plyus) klavishlari yordamida kattalashtirish yoki Strl- (minus) yordamida kichraytirish mumkin. Adobe Photoshope dasturi oynasi ostida stroka sostoyaniya satrida tasvir o’lchamlari hakida axborot beruvchi mahsus oyna mavjud. Bu oyna tasvir o’lchamlari sonlarda ifodalangan. Ushbu sonlarni uzgartirish orqali tasvirning anik o’lchamlari kiritiladi.
- Основное цвет : Ushbu oyna ustida kursor ikki marta ketma-ket bosilganda Adobe Photoshope dasturining yangi oynasi (Vubor sveta) hosil bo’ladi. Bu oynada kerakli rang tanlanib, OK yoki ENTER tugmasi bosiladi va tanlangan rangni karandash, kist', aerograf, gradient kabi oynalari yordamida kullash mumkin.
- Цвет фона : Ushbu tugma ustida kursor ("sichkoncha" tugmasi) ikki marta bosilaganda Adobe Photoshope dasturining yangi oynasi (COLOR PICKER) hosil bo’ladi. Bu oynada tasvir fonining rangi aniqlanadi. Tasvir fonidagi rang lastochka va gradient oynalari uchun qo’llaniladi.
- Переключение цветов : Ushbu belgi ustida kursorni bosish asosiy rang bilan tasvir foni ranglari urni almashtiriladi.
- Цвета по умолчанию :Bu belgi ustida kursorni bir marta bosish bilan asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi.
- Маршируюшие муравьи : Bu oyna yordamida Adobe Photoshop dasturida tez niqoblash holati bekor qilinadi. Ekranda belgilash chegaralari chumolilar xarakatini eslatuvchi punktir chiziq yordamida aks ettiriladi. Bu Adobe Photoshop dasturida, odatda, standart holat deb ataladi.
- Бустрая маска : Ushbu oyna ustida kursor bir marta bosilishi bilan Adobe Photoshop dasturi tez niqoblash holatiga utadi va natijada tasvirdagi niqoblanmagan hudud qizil rang bilan bo’yaladi. Ushbu oyna tasvirdagi turli obektlarni anik niqoblanishda ishlatiladi. Kist oynasi yordamida niqobga ishlov berish mumkin. Bunda qora rang bilan tasvir niqoblanadi, ok rang bilan tasvir rangi niqobi uchiriladi.
- Стандартное окно : Oyna aktivlashtirilganda tasvir standart holatda bo’ladi
- Польнуй экран с меню : Bu tasvir kompyuter ekraniga sig`magan holda ishlatiladi. Ushbu oyna aktivlashtirilganda ekranda menyu satri hamda asboblar paneli qoladi.
- Польнуй экран : Ekranda faqat tasvir va asboblar paneli hamda menyu satri qora fonda koladi.
TO’LA EKRANLI REJIM
- Photoshop dasturi tasvirni birinchi marta ochganda uni maksimal o’lchamda ochadi. Tasvir bilan ishlash jarayonida uning o’lchamini bir necha marta kattalashtirish yoki kichraytirishga to’g`ri keladi. Ana shunday holatlarda tasvirni hoxlagan paytda dastlabki Polnoekrannuy rejim holatiga qaytarish mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim :
- Menyular satrida Vid menyusi tarkibidagi po razmeram ekrana komandasini tanlash
- Ctrl+ 0 (nol) tugmalarni birgalikda bosish:
- Asboblar penalidagi ruka oynasi ustida "sichkoncha" tugmasini ikki marta ketma-ket bosiladi.
- Adobe Photoshop dasturi tasvirning printerda chop qilingandagi ko’rinishini chop qilmasdan avval ekranda ko’rish imkoniyatini beradi. Buning uchun menyular satrida izobrajenie menyusini tarkibidagi razmer izobrajeniya buyrug`ini tanlanadi. Ammo, hamma vaqt ham tasvirning ekrandagi ko’rinishi bilan chop etilgandagi o’lchamlari aynan mos tushavermaydi. Tasvir kattaliklari 0,2 % dan 16000 % mikdor urtasidagi sonlar bilan belgilanadi.
TASVIR FORMATLARI
- Adobe Photoshop dasturi 20 da ortik formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng ko’p qo’llaniladigan format :
- BMP (Windows Bitmap - Windows ning vit kartasi) - Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qo’llovchi dastur Microsoft Paint da keng qo’llaniladi.
- Jpeg (Joint Phonographic Experts Group) - xozirgi kunda eng ko’p qo’llaniladigan formatlardan biri bo’lib, uning asosiy afzaliklaridan biri mahsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni sikib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o’zgarish bo’ladi. Fayl kuchli sikilganda tasvir sifatida yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida kop joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.TIFF (Tagger Image File Format) - bu formatdagi fayllar ham keng qo’llanadi. Lekin Tiff formatidagi fayllar komp'yuter xotirasida ko’p joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilari ravishda kamayishi mumkin.GIF (Grapis Interchage Format- grafikni ayriboshlash formati) - ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar, asosan, internet tizimida keng qo’llaniladi.
Ranglar bilan ishlash.
- Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun to’rtta asbob ajratilgan :
- OSNOVNOY SVET. Ushbu oynasida qanday rang ko’rsatilgan bo’lsa, KOVSH, LINIYA, KARANDASH, KIST, AEROGRAF va shuningdek, Alt klavishi bilan birgalikda qo’llanganda PALETS oynasi uchun o’sha rang asosiy xisoblanadi. Osnovnoy svet oynasidagi rang PIPETKA yoki ushbu oyna ustida "sichkoncha" tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali o’zgartiriladi.
- SVET FONA. Ko’rsatilgan rang LASTIK oynasi bilan ishlanganda qo’llaniladi. SVET FONA oynasidagi rang OSNOVNOY SVET oynasida rangni o’zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo’lsa, bunda ham huddi usha amalga rioya qilish lozim yoki PIPETKA oynasi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
- PEREKLYUCHENIE SVETOV, kursorni ushbu oyna usida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o’rin almashadi.
- STANDARTNUY SVET . kursorni ushbu oyna ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangini standart ranglar qora va oq rangga almashtiriladi.
- Ranglarni tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches oynalaridan ham foydalanish mumkin. (rasm)
- RGB (red, Green, Blue qizil, ko’k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorlarda aks ettiriladi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlagan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumakin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
- CMYK - tabiatda mavjud bo’lgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson ko’zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o’ziga mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror - bir jismga tushganda uning ta'siri ostida inson ko’zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun binolarning o’t o’chirish burchaklariga osib qo’yilgan o’t o’chirgichlar to’q ko’k va zangori ranglar bilan bo’yalishiga qaramay, bizning ko’zimizga to’q qizil rangda ko’rinadi. Ranglarni bir biriga qo’shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
- C - havorang, M - binafsharang, Y - sariq rang, K - qora rang.
- RGB ranglar majmui keng ko’lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko’p qismi (ayniksa, yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko’plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYK sistemasiga otkazadilar. Ayrim mutahassislar esa tasvir bilan CMYK sistemasida ishlashni maslaxat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli kiynchiliklar tug`diradi. Ayni shunday qiynchiliklardan biri - kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB sistemasiga sozlangan bo’lib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo’shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga mo’ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashkari) RGB sistemasida ishlaydi. Shuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval CMYK sistemasiga o’tkazib olish maqsadga muvofiq. Tasvir ustida barcha amallarni poyoniga yetkazib, menyular satrida IZOBRAJENIE - NASTROYKA tarkibidagi CMYK buyrug`ini tanlang.
Qatlamlar bilan ishlash
- Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi biror obekt PRYAMOUGOLNAYA OBLAST', ELLIPTICHESKAYA OBLAST, LASSO, VOLSHEBNAYA PALOCHKA, BUSTRAYA MASKA yordamida tasvirdagi detallar belgilanib ularning nushalari Adobe Photoshop dasturi yangi qatlam hosil qiladi. Bu qatlam alohida obekt bo’lib, uni tahrir qilish ham alohida tarzda bo’ladi. Bir necha tasvirlardagi ayrim detallarni yagona tasvirga jamlanganda Adobe Photoshop dasturi ko’chirib o’tilgan tasvir bo’laklarni qatlamlarga ajratadi. Ayni jarayon tasvir detallarini joylashtirish uchun juda qulay. Bir necha qatlamlar bilan ishlaganda ularni boshqarish qiyinlashadi. Adobe Photoshop dasturi bajarilganda yangi oyna hosil bo’ladi. Bu oynada tasvirdagi yangi qatlamalar haqidagi axborotlar joylashgan. Yangi qatlam hosil qilinganda. Adobe Photoshop dasturi uni SLOY oynasida ro’yxatga oladi. Bu oynada qatlamlar tartibli tarzda joylashtiriladi. Shuningdek, qatlamalrning o’rnini almashtirish yoki vaktincha uchirib kuyish mumkin. Qatlamlarni uchirish uchun avval kerakli qatlam SLOY darchasida belgilab olinadi va menyular satrida sloy menyusi tarkibidagi UDALIT SLOY buyrug`i tanlanadi. Dasturda qatlamlarni bir-biriga birlashtirish imkoniyati ham mavjud.
MATNLAR BILAN IShLASh
- Photoshop dasturi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun oynalar panelida maxsus Tekst oynasi mavjud. Bu oyna asosan tasvirga turli mantlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Tekst oynasi tirkibida Tekst mask, Vertikal nuy tekst kabi oynalar yashiringan. Bu oynalar aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bir marta bosilishi bilan yangi Testovuy instrument oynasi xosil bo’ladi. Bu oynalar faqat matnlar tuzish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni tahrir qilishning iloji yo’q.
- "Adobe PhotoShop" programmasida Navigator darchasi bilan ishlash "Adobe PhotoShop" programmasida tasvirdagi mayda detallar bilan ishlash jarayonida tasvirni bir necha marta kattalashtirishga to’g`ri keladi. Tasvirga kiritilgan uzgartirishlar sifatli chikishi uchun ayni amal bajariladi. Navigator darchasi (6- rasm) asosan tasvir o’lchamlarini o’zgartirish va tasvirni boshqarish uchun xizmat qiladi. Agar Navigator darchasi "Adobe PhotoShop" programmasi ishga tushirilgan chog`da ekranda mavjud bo’lmasa, uni aktivlashtirish uchun menyular satrida Okno menyusidagi Pokazat Navigator komandasini tanlang.
Adobe PhotoShop" programmasida Action darchasi bilan ishlash.
Action darchasi "Adobe PhotoShop" programmasida ishlashni yanada tezlashtiradi va bir necha tasvir ustida amalga oshiriladigan bir xil amallarni xar safar tarkorlashga zaruriyat qoldirmaydi. "Adobe PhotoShop" programmasidagi Action darchasi bilan ishlashni bilsangiz, qisqa fursat ichida ko’p miqdordagi tasvirni taxrirlashingiz mumkin. Buning uchun Action darchasida yangi Action ochiladi. Uni kerakli nom bilan nomlagandan so’ng Resord tugmachasi bosiladi. Shu daqiqadan boshlab "Adobe PhotoShop" programmasi sizni tasvir ustida bajargan barcha amallarinigizni kompyuter xotirasiga ketma-ket joylashtiradi. Tasvir ustida barcha amallar yakunlangandan so’ng Action darchasidagi Stop tugmachasi bosiladi. "Adobe PhotoShop" programmasi sizning barcha amallaringizni tartibli ravishda Action darchasida joylashtiradi. Boshqa tasvirlarga ushbu amallarni qo’llash uchun yangi tasvir ochilgandan so’ng Action darchasidagi Vipolnenie komandasini ishga tushirish lozim. Adobe PhotoShop programmasi avtomatik tarzda yangi ochilgan tasvirda xam siz amalga oshirgan amallarni xech bir o’zgarishlarsiz bajaradi.
- Action darchasi "Adobe PhotoShop" programmasida ishlashni yanada tezlashtiradi va bir necha tasvir ustida amalga oshiriladigan bir xil amallarni xar safar tarkorlashga zaruriyat qoldirmaydi. "Adobe PhotoShop" programmasidagi Action darchasi bilan ishlashni bilsangiz, qisqa fursat ichida ko’p miqdordagi tasvirni taxrirlashingiz mumkin. Buning uchun Action darchasida yangi Action ochiladi. Uni kerakli nom bilan nomlagandan so’ng Resord tugmachasi bosiladi. Shu daqiqadan boshlab "Adobe PhotoShop" programmasi sizni tasvir ustida bajargan barcha amallarinigizni kompyuter xotirasiga ketma-ket joylashtiradi. Tasvir ustida barcha amallar yakunlangandan so’ng Action darchasidagi Stop tugmachasi bosiladi. "Adobe PhotoShop" programmasi sizning barcha amallaringizni tartibli ravishda Action darchasida joylashtiradi. Boshqa tasvirlarga ushbu amallarni qo’llash uchun yangi tasvir ochilgandan so’ng Action darchasidagi Vipolnenie komandasini ishga tushirish lozim. Adobe PhotoShop programmasi avtomatik tarzda yangi ochilgan tasvirda xam siz amalga oshirgan amallarni xech bir o’zgarishlarsiz bajaradi.
Yangi tasvir, dublikat ochish va tasvirni doimiy xotiraga joylashtirish
- "Adobe PhotoShop" programmasida ishlashdan avval yangi fayl tuziladi yoki kompyuter xotirasida mavjud bulgan tasvir ochiladi. Yangi fayl tuzish va avvaldan mavjud bo’lgan fayllarni ochishning quyidagi yo’llari mavjud:
- Fayl - Novuy. Menyu satrida Fayl menyusini ochib Noviy komandasini tanlang yoki Ctrl Q N tugmalari kombinatsiyasidan foydalanib, yangi fayl tuzing.
- Yukoridagi amal bajarilganidan so’ng "Adobe PhotoShop" programmasi yangi faylni tashkil etish uchun uning o’lchovlari xaqidagi ma'lumotlar bitilgan yangi darchani xosil qiladi. Bunda yangi tuzilayotgan fayl nomi, uning o’lchamlari kiritilishi talab etiladi. Kerakli o’lchamlar kiritilganidan sung, OK tugmasini bosish lozim. Adobe PhotoShop programmasi ok rangdagi yangi tasvirni tuzadi. Bu tasvirga xoxlagan o’zgartirish kiritish yoki boshqa tasvirlardan ayrim detallarni ko’chirib utib, umuman yangi tasvirni ijod qilish mumkin.
- Fayl - Otkrut': Menyu satrida Fayl menyusini ochib Otkrut' komandasini tanlang yoki Ctrl + O tugmalari kombinatsiyasidan foydalanib kompyuter xotirasida mavjud bulgan faylni oching. Juda kam xollarda Fayl - Otkrut Kak (Ctrl+ Alt+ O) komandasi tanlanadi.
"Adobe PhotoShop" programmasida History darchasi bilan ishlash
"Adobe PhotoShop" programmasi ishga tushirilganda ekranda History darchasi mavjud bulmasa Okno menyusida Pokazat' History komandasini tanlang History darchasida tasvirga kiritilgan sunggi uzgartirishlar xaqidagi ma'lumotlar joylashadi. Tasvir ustida bajarilgan xar bir muxim amallar History darchasida ruyxatga olinadi. Xoxlagan paytda yokmagan amallarni History darchasi orqali rad etish mumkin. Buning uchun kursor bajarilgan sunggi amaldan oldingi komanda ustida bosiladi yoki "Ctrl" + Alt" +"7," klavishalari bosiladi. "Adobe PhotoShop" programmasi bajarilgan sunggi 20 amalni ruyxatga oladi. yigirma birinchi amal bajarilganda "Adobe PhotoShop" programmasi avvalgi amallarni uchiradi.
"Adobe PhotoShop" programmasida fil'trlar bilan ishlash
- "Adobe PhotoShop" programmasida tasvirni qo’shimcha effektlar bilan boyitish uchun fil'trlardan foydalanish mumkin. Buning uchun menyular satrida Fil'tru komandasi tarkibidagi fil'trlardan foydalanishingiz mumkin. Quyida eng ko’p qo’llaniladigan fil'trlar tavsifi misollar yordamida keltiriladi. Chap ustunda fil'tr kullanilmagan asl nusxa, ung tomondagi ustundagi tasvirlar fil'tr qo’llanilgandan sunggi varianti keltirilgan
Asl nusha
Filtrlangan To’lqin
Foydalanilgan adabiyotlar.
- «Informatika» Boqiev R, Yo’ldoshev U. Toshkent- 2001 y « Ах borot texnologiyalari» А . А . А bdiqodirov, А . G’. Hayitov, R.R.Shodiev Topshkent- 2002 y « О fis texnikasi» Broydo V.L. « Ме hnat», Т oshkent-.2001 y «Informatika» Ах medov , Tayloqov N.I. «O’zbekiston», 2-nashri. Google.co.uz Yandex.ru Ref.uz M.M. Aripov, J.O’.Muhammadiyev “Informatika. Infarmatsion texnologiyalar
- «Informatika» Boqiev R, Yo’ldoshev U. Toshkent- 2001 y
- « Ах borot texnologiyalari» А . А . А bdiqodirov, А . G’. Hayitov, R.R.Shodiev Topshkent- 2002 y
- « О fis texnikasi» Broydo V.L. « Ме hnat», Т oshkent-.2001 y
- «Informatika» Ах medov , Tayloqov N.I. «O’zbekiston», 2-nashri.
- Google.co.uz
- Yandex.ru
- Ref.uz
- M.M. Aripov, J.O’.Muhammadiyev “Informatika. Infarmatsion texnologiyalar