Просмотр содержимого документа
«“ar.uz school” loyihasi»
“AR.UZ SCHOOL” LOYIHASI
Hozirgi kunda fan va texnika taraqqiyoti juda tezlik bilan rivojlanishda. Bilim olish uchun deyarli barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu borada mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar jahonning xech bir davlatida uchramaydi. «Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi» amaliyotga joriy etilgani va o‘z samarasini berayotgani jahon afkor ommasining taxsiniga sazovor bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda ta’limning “O’zbek modeli” muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan chuqur va atroflicha o‘ylangan siyosatning oqilona xosilasidir.
Muhtaram birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan olib borilgan oqilona siyosat hamda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar farzandlarimizning sog‘lom va oqil bo‘lib, kasb-hunarga ega bo‘lib hayotda o‘z o‘rnini topishiga, orzu-niyatlarini oshishiga dasturilamal bo‘ladi.
Mana shu yutuqlardan ilhomlangan holda mazkur loyihani hayotga tadbiq etishga bel bog‘ladim.
2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
Loyihaning maqsadi:
Loyihaning asosiy maqsadi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o’rta maktab o‘qitish tizimiga jalb etgan holda o‘qituvchilar dars jarayonini qiziqarli hamda bilim darajasini bir necha barobarga oshirish, o‘quvchilarni mukammal darajada ta’lim olishlari uchun “AR.UZ school” tizimini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu tizim qamroviga asosan aniq va tabiiy fanlar kiradi. Ushbu fanlar doirasida AR texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan 3D veb ilova dasturlari keltiriladi. Ushbu ilovalar o’quvchilarda avvalo fanda ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan hamda murakkab darajadagi sxematik hamda tajribaviy hodisalarni virtual holatda ko’rsatish imkoniyatiga ega. Mazkur loyiha har yili Respublika Ta’lim markazi va tegishli mutaxassislar tomonidan muntazam taxlil qilib boriladi va kamchiliklar bartaraf etib boriladi.
“AR.UZ SCHOOL”
Loyiha bo‘yicha qilinadigan ishlar rejasi:
O‘z fanini mukammal biladigan tajribali, fidoiy o‘qituvchilarni jalb etgan holda barcha fanlardan amaldagi Davlat ta’lim standartlari asosida mavzulashtirilgan, mazkur darslarga aloqador bo‘lgan 3D vizuallashtirilgan dars rejasini ishlab chiqish hamda web ilovalar jamlanmasini yaratish ;
to‘plangan web ilovalarni ingliz, rus, qoraqalpoq tillariga tarjima qilish;
mutaxassislarni jalb etgan holda dasturiy ta’minot xoliga keltirish ;
tayyor dasturiy maxsulotni (ko‘p variantlilik asosida) tegishli idoralar va tashkilotlar ko‘magida foydalanuvchilarga yetkazish.
Mazkur loyiha nafaqat bolalar balki yoshidan qat’iy nazar o‘z bilimi, ilmiy salohiyatini oshirish istagidagi insonlarga yaqindan yordam beradi.