СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Development of musical thinking

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

This article is written in Uzbek. Music education is a tool that leads to beauty, which shapes a person's aesthetic and emotional characteristics. Human life is unimaginable without the art of music. Art not only nourishes people spiritually, but also plays an important role in their mental development. The art of music is a powerful tool for learning about life and educating people.

Просмотр содержимого документа
«Development of musical thinking»

Musiqiy tafakkurni rivojlantirish

Musiqiy tarbiya insonni go’zallikka yetaklovchi bir vosita bo’lib, u insonni estetik va emotsional xususiyatlarini shakllantiradi. Inson hayotini musiqa san’atisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. San’at kishilarga faqat ma’naviy ozuqa beribgina qolmay aqliy kamolotga erishuvida ham muhim rol o’ynaydi. Musiqa san’ati hayotni bilish va odamlarni tarbiyalshning qudratli vositasidir.

Musiqiy tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san’at va atrof hayotdagi go’zal narsalarga muhabbat tuyg’usini hamda o’z his- tuyg’ularini musiqa tilida ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirish katta rol o’ynaydi. Musiqadagi go’zallikni faol idrok etish tafakkur faoliyatini talab etadi. Musiqa ijodida va idrokida intelektual asosni qaror toptirishdan hech qachon yuz o’girmaslik kerak. Musiqani tinglashda u yoki bu holatlarni his etib boshdan kechiribgina qolmasdan, balki idrok qilinayotgan materialning ma’nosini farqlaymiz, baholaymiz va fikr yuritamiz.

Tafakkur – kishi ongida borliqning uning tahlili va sintezi bilan aks etish jarayonidir. Tafakkur hissiy bilish (his etish, idrok etish) vositasida va uning chegaralaridan chiqqan holda amaliy faoliyat asosida yuzaga keladi. Tafakkur aniq bilimlar, dalillarga suyanadi, tahlil qiladi, qiyoslaydi, umumlashtiradi, xulosalar chiqaradi.

Umumiy psixologiyada tafakkurning quyidagi turlari tavsiflanadi: ko’rgazmali-harakatli, ko’rgazmali-obrazli va abstrakt, mavhum (umumiy, nazariy). Mustaqillik, o’ziga xoslik, kenglik, ixchamlik, tezlik kabilar tafakkurning individual o’ziga xos jihatlaridir.

Musiqiy tafakkur musiqiy his, musiqiy idrok asosida paydo bo’ladi va ovozli musiqiy, badiiy obrazlarga tayanadi.

Musiqiy tafakkur - musiqiy madaniyat o’ziga xosligi, qonuniyatlarni bilishning spetsifik, intelektual jarayoni va musiqiy san’at asarini tushunishdir.

Musiqiy tafakkurning o’ziga xosligi musiqiy qobiliyatning rivojlanganligiga, shuningdek, inson yashab tarbiyalanayotgan musiqiy muhitga shart - sharoitiga bog’liq. Sharq va G’arb musiqiy madaniyatlari orasidagi tafovutlarni alohida ta’kidlash joiz.

Musiqa san’atida ko’rgazmali haraktli tafakkurga ijrochi, pedagog, ma’rifiy ishlarni olib boruvchilar faoliyatini kiritish mumkin. Ko’rgazmali-obrazli tafakkur tinglovchi idrokining xususiyati bilan bog’liq. Mavhum tafakkur bastakor, musiqashunos faoliyati bilan bog’liqdir.

Musiqa san’atining o’ziga xosligi bilan bog’liq ravishda, musiqiy tafakkurning yana bir turini ajratib ko’rsatish mumkin-bu ijodiy tafakkur.

Ko’p yillik pedagogik va psixologik tadqiqotlardan ma’lumki, inson tayyor qobiliyatlar bilan emas, balki iste’dod kurtaklari bilan dunyoga keladi. Bu iste’dod kurtaklarini to’laqonli shakllanishi bevosita ta’lim-tarbiya mazmuni, metod va vositalariga bog’liqdir.

Irsiyat, mijoz qobiliyatni belgilovchi asosiy omil emas. Aslida esa iste’dodning tarkib topishi ma’lum ob’yektiv sabablarga bog’liqdir. Boladagi zehn, mayl va qiziqish bu sohada yetakchi o’rin tutadi. Zotan, zehni o’tkir, kuzatuvchanlik va tasavvur qilish qobiliyati kuchli bo’lgan kishilarda iste’dod qirralari rivojlangan bo’ladi. Chunki bunday fazilatlar ko’p narsani bilib olishga, mustaqil fikrlashga undaydi. Ma’lumki, tasavvur xotiraga, voqelik hodisalarga asoslanadi.

Shunga ko’ra xotira bilan tasavvur bir-biriga juda yaqin turadi. O’quvchida to’plangan bilim va g’oya xotira orqali yanada boyitiladi. Yaxshi xotira tufayli o’quvchilardagi ijodkorlik sifatlari rivojlanadi.

O’quvchilarning iste’dodini o’stirishda avvalo undan puxta bilim olish talab etiladi. Zotan, ijodkorlik biron-bir yangi narsa yaratish, fikrdagi g’oya, maqsad paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Ana shu fikr va g’oya bilim samarasi o’laroq ilgari suriladi. Demak, o’qib o’rganishga bo’lgan qiziqishi va intilishi u yoki bu darajadagi ijodkorlik qobiliyatini o’stirishga yordam beradi.

Ijodiy tafakkur fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik qo’shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Ijodiylik elementiga ko’ra tafakkur konvergent va divergent tafakurga bo’linadi. Konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo’lgandagi fikrlashni nazarda tutsa, divergent tafakkur shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdagina bir necha yechimlar paydo bo’lishini taqozo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo’lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo’ladi.

Musiqiy tafakkur bevosita badiiy obrazning tug’ilishiga bog’liq. Musiqiy asardagi badiiy obraz moddiy, ruhiy va mantiqiy ibtido birligidan iborat. Moddiy ibtidoga nota matni, akustik o’lchamlar, kuy, garmoniya, metroritm, dinamika, tembr, registr faktura; ruhiy ibtidoga kayfiyat, tasavvur, ifoda, iroda,hissiyot; mantiqiy ibtidoga shakl, janr, mazmun kiradi. Kompozitor, ijrochi, tinglovchi ongida mana shu barcha musiqiy obrazlarning ibtidosi bor bo’lgandagina musiqiy tafakkur bo’la oladi.

Musiqiy tafakkurning individualligini u yoki bu kompozitor, ijrochiga xos bo’lgan musiqiy fikrlarni ifodalash usulida kuzatish mumkin. Xar bir san’atkor, u hatto jamiyat tomonidan tavsiya etilgan yo’nalish uslubi doirasida harakat qilsa ham, takrorlanmas o’ziga xoslikka ega.

Turli metodik manbaalarda musiqiy bilim oluvchi o’quvchilarning ijodiy fikrlashiga va ijodkorlikka o’rgatish borasida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, ba’zi bir mutaxassislarning fikricha, ijodkorlikni shakllantirish uchun bolalarning bilimini anglab o’tish imkoniyatlarini rivojlantirib, turli ilmiy adabiyotlardan to'g'ri xulosa chiqarib olishga o'rgatish jarayoni muhim hisoblanadi. Ushbu nazariy qarashning ahamiyatli tomoni shundaki, undan barcha turdagi musiqa mashg’ulotlarida foydalanish mumkin.

Musiqiy faoliyatda tafakkur asosan quyidagi jihatlarga bog’liq: asarning obraz qurilishi – bo’lishi mumkin bo’lgan kayfiyat va ular ortida turgan fikrlarni o’ylab ko’rish: asarning musiqiy to’qimasi – garmonik tuzilishida fikrlar rivoji, kuy, ritm, faktura, dinamika, agogika, shakllanish mantig’ini fikrlab ko’rish: fikr va xissiyotlarning musiqa cholg’usi yoki nota qog’ozda mujassamlashishining mukammal yo’llari, usullari va vositalarini topishdan iborat.

Musiqa ijodkorligi faoliyati o’quvchilarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakalarini o’stira borish uchun katta ahamiyatga egadir. Musiqa darslarida o’quvchilarni ijodiy izlanishga o’rgatishning eng qulay usullaridan biri musiqa darslarida ijro va qiyoslash metodidan foydalanish bo’lib, u quyidagicha amalga oshiriladi. Buning uchun musiqa o’qituvchisi musiqa darslarini o’quvchi tarbiyasiga ta’sirini hisobga olgan holda shartli ravishda guruxlarga ajratishi zarur. Musiqa darslarini guruxlashtiruvda o’quvchilarning musiqa faniga munosabati inobatga olinishi shart. Mana shu nuqtai nazardan yondoshilsa, darsning tarkibiy qismi: musiqa tinglash, keyin musiqa savodxonligi hamda ijro va taqqoslashdan iborat bo’ladi. Ayniqsa darsning ijro va taqqoslash bosqichida o’quvchining o’tilgan mavzu yuzasidan bilimlari tekshiriladi. Asar ijrosi o’quvchi tomonidan amalga oshiriladi. O’quvchi ijrosi namunadagi ijro bilan taqqoslanib, ta’kidma-ta’kid uning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinmog’i zarur. Musiqa ta’limiga bu usulda yondoshish bilim oluvchini o’z ustida ishlashga, o’rganayotgan asar yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy asar ijrosiga ijodiy yondoshishga undaydi.

Musiqa ijodkorligi faoliyati sinfdagi iqtidorli va iste’dodli o’quvchilarga e’tiborni kuchaytirish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish uchun juda muhimdir. Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi tarbiyaga va qo’llab-quvvatlashga bog’liqdir. Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyatlarini aniq tahlil etish, bolaning o’ziga xos fazilatlarini hisobga olish, ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirishning daraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi.

Musiqiy qobiliyatning ma’lum bir darajasi istalgan o’quvchida shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan musiqiy tarbiya va o’quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.

O’quvchi yoshlarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlantirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularni musiqa san’atiga bo’lgan munosabatlarini yanada oshirish, turli san’at tadbirlarida ishtirok ettirish, olimpiadalar, san’at bayramlari, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.

Musiqa ijodkorligi faoliyati musiqa o’qituvchisi ijrosiga doira chertib jo’rovozlik qilish, sinf ijrosiga “drijyorlik” qilish, tavsiya etilgan kuy ohangiga mos harakatlar topish, berilgan she’r parchasiga kuy “bastalash” kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi.

Musiqa o’qitivchisi biror musiqa asarini ijro etganda unga doira bilan sherik bo’lish, avvalo, biror ijro etilgan kuyga chapak bilan jo'r bo'lishni o'rganishdan boshlanadi. Chapak bilan jo’r bo’lgan bola keyinchalik qoshiq, safoil, qayroq kabi urma asboblarda jo’zovozlikni o’rgangach, doira bilan sekin- asta jo’rovozlikni yaxshi o’rganib, asar ijrosiga qo’shilishga harakat qiladi.

Musiqa darsi o’ziga xos faoliyat turlari bilan: musiqa asarini tinglash va tahlil qilish, qo’shiq kuylash, musiqa ostida harakatlar bajarish, musiqa ijodkorligi bilan ajralib turadi. Dars jarayonida bu faoliyat turlarini bir-biridan ajratish mumkin emas, chunki ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan, ba’zan bir-biriga singib ketgan bo’ladi. Darsda o’quvchi faoliyatining barcha turlariga musiqani idrok qilish asos bo’ladi. Musiqani tushunish atrofdagi hayotni to’la-to’kis idrok qilish uchun zarurdir, chunki pirovardida san’at asari va hayotdagi estetik narsaning mohiyatiga chuqur kirib borish qobiliyati maktab o’quvchisi shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.

Musiqa darsi musiqa ijodining quvonchini anglash tuyg’usini beradi, kompozitor yoki xalq musiqa asariga jo qilgan axloqiy-estetik mazmundan huzurlanish qobiliyatini shakllantiradi. Darsda ijodiy faoliyatning bir-biri bilan mustahkam bog’langan hamma turlari samarali bo’ladi.

Qo’shiq ijro etilayotgan vaqtda o’qituvchi qo’l harakati bilan odatda asarni taktlash, ya’ni qo’lni pastga tomon harakatlantirib kuchli hissani, yuqori tomonga esa kuchsiz hissani ko’rsatib qo’shiq kuylatadi. Bolalar esa ana shu harakatlarga monand ravishda boshqa asarlarga “drijyorlik” qilib o’z iste’dodlarini ko’rsatishlari mumkin. Bolalarning bu harakatlarini kuzatib turgan o’qituvchi drijyorninng mehnatini, buning uchun ko’p o’qish va yaxshi musiqiy bilimga ega bo’lishi lozimligini o’quvchilarga tushuntirib borishi kerak.

O’qituvchi jozibali kuylay oladigan iste’dodli bolalarga biror-bir kichikroq she’rni qo’shiq qilib yoki xirgoyi qilib berishini so’rashi mumkin. Ba’zi qobiliyatli bolalar bu she’r parchasiga yangi kuy “bastalay” oladilar yoki ilgari o’rgangan biror qo’shiqni musiqasiga moslab bemalol kuylab beradilar. Bunday holat iste’dodli bolalar tomonidan musiqa bilan harakatda ham sodir bo’ladi.

Ba’zan sinf konsertida yoki maktabda o’tkazilayotgan bayram tadbirida har qanday iste’dodli o’quvchi ko’pchilik oldida sahnada o’zini “yo’qotib” sir bosib qo’shiq matnini yoki raqsdagi harakat tizimini esdan chiqarib qo’yishi mumkin. Ana shunday holda qo’shiq matnini musiqiy pauza paytida zudlik bilan to’qib yoki raqs harakatini yaratib, vaziyatdan chiqib keta olishi ana shu bolaning ham iqtidori, ham iste’dodi va ijodkorligi hisoblanadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqil fikrlash bir qarashda insonnig individual xususiyati bo’lsada, bu xususiyat jamiyatda, insonlar o’rtasidagi muhit yaxshi bo’lgandagina rivojlanadi. Ya’ni agar o’quvchilar tomonidan beriladigan ko’plab savollarga o’rinli javoblarning berilishi, undagi shaxsiy fikrning rag’batlantirilishi, o’qituvchi tomnidan u yoki bu muammo bo’yicha har bir o’quvchi fikrining so’ralishi va o’z vaqtida javoblarning ma’qullanishi kabi omillar ijodiy fikrlashning shart-sharoitlaridan hisoblanadi. O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari gurux sharoitida, dars paytida ayniqsa samarali o’sishiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Chunki, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi.

Har bir mustaqil davlatning istiqboli fan-texnika, ilm-maorif taraqqiyoti hamda barkamol milliy kadrlarni tarbiyalab, voyaga yetishtirish bilan bog’liqdir.

Shu bois ham mustaqil davlatimiz ilm-fan hamda maorif rivojiga, salohiyatli milliy kadrlar yetishtirishga jiddiy e’tibor bermoqda. Chunonchi, bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo’lgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish, qaysiki, bunday imkoniyatlar o’quv materialini muvaffaqiyatli o’zlashtirish bilan birga hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlash, o’quvchilarda o’rganish hamda ta’lim jarayoniga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishdan iborat. Bu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun esa o’quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etishga va tafakkurini rivojlantirishga chuqur e’tibor berish lozim.

Ma’lumki, bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat.

Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo’ladigan va shuning uchun ham insonlar bevosita seza oladigan belgilar haqida ma’lumot olinadi.

Tafakkur ob’ektiv voqelikni ongda aks etish jarayonidir va atrof-muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.

U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni to’la va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Inson o’zining tafakkuri, nutqi hamda ongli hatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida o’zida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalar haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi.

Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko’ra bilish imkoniyatiga ega.

Tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik ko’rsatish darajasiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:

a) ko’rgazmali harakat;

b) ko’rgazmali obrazli;

v)amaliy nazariy;

g) ixtiyoriy ixtiyorsiz;

d) mavhum va ijodiy.

Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g’oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar va xulosalar shaklida ifodalanadi.

Tushuncha, hukm, xulosa tafakkur shakllari bo’lib, hukm biror narsa haqida biror nimani tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir.

Tafakkur faoliyati, insonda odatda, muhokama shaklida o’tadi. Muhokama esa, bir-biri bilan bog’langan hukmlar ”zanjiridir”, ammo bu “zanjir”da ayrim hukmlar shunchaki biri ketidan biri kelavermaydi, balki ayni vaqtda tafakkurni biror muayyan narsasiga (yoki masalasiga) taalluqli bo’lib, bir-biri bilan bog’lana boradi. Shu tufayli muhokamaning sistemali, muayyan va mantiqiy bo’lishiga erishiladi. Tafakkur jarayonlari qo’yilgan maqsadga muvofiq, hukmlar shunday bir tartibda ketma-ket kelishi (bir-biriga taalluqli bo’lishi) mumkinki, hukmlarning bunday tartibda kelishining o’zida yangi hukmlar paydo bo’ladi va shakllanadi.

Xulosa chiqarish - tafakkurning tarixan tarkib topgan mantiqiy shaklidir, tafakkurning shu mantiqiy shakl vositasi bilan bir yoki bir necha ma’lum hukmlardan yangi hukm - xulosa chiqariladi.

Fikr bu -insonning faoliyati, iqtidori, qudrati va bilimini namoyon etadigan ma’naviy-ahloqiy, insoniy sifatdir.

Fikrlash o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’hshash jarayon.

Fikrning ma’nosi uchinchi ilmni hosil qilish uchun ongda ikki ilmni hozirlashdan iborat. Demak, ongda ikki ilmni hozirlashdan maqsad tafakkur deb nomlangan uchinchi ilmga erishishdir. Tafakkurning foydasi esa ilmni ko’paytirish va hosil bo’lmagan ilmni jalb qilishdan iborat.Agar ilmlar ongda maxsus tartibga ko’ra jamlansa va bir-biriga mos tushsa, boshqa bir ilmni keltirib chiqaradi.

Agar ilmdan boshqa bir ilm hosil bo’lsa, o’z navbatida bu ham boshqa bir ilm bilan moslansa, bundan yana boshqa natija yuzaga chiqadi. Shunday qilib fikrning xos samarasi ilmdir.1

Tafakkur motivlari ikki turga bo’linadi:

O’ziga xos bilish motivlari.

O’ziga xos bo’lmagan motivlar.

O’ziga xos bilish motivlariga tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar, bilish ehtiyojlari namoyon bo’ladigan qiziqish va motivlar kiradi.

O’ziga xos bo’lmagan motivlar esa ozmi-ko’pmi tashqi sabablar tasirida boshlanadi. Masalan, maktab o’quvchisi biror narsani bilib olish ishtiyoqida emas, balki kattalarning talablarini bajarish majburiyati orqasida yoki o’rtoqlaridan orqada qolib ketishdan qo’rqqani uchun dars tayyorlaydi .

Shunday qilib, kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita boshlaydi va uning fikr yuritish faoliyati davomida tobora chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo bo’ladi va taraqqiy etadi.

Tafakkur maqsadga yo’naltirilganlik harakteriga egadir. Qachonki hayot va amaliyot jarayonida kishi oldida yangi maqsad, yangi muammo, yangicha vaziyat va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo’lsa, unda dastavval tafakkur qilishga zarurat tug’iladi.

Bilish uchun kerak bo’lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to’g’ri kelib qolgani ijodiy tafakkur deb nomlangan tafakkur shakli kelib chiqadi. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar ijodiy tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Ijod insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi.

Ijodiy tafakkur deyilganda murakkab aqliy jarayon tushuniladi. Tafakkurning oddiy elementar jarayonlariga savol berilishi bilan javobi ham topiladigan holatlarni, shuningdek kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunishni misol qilib keltirish mumkin. Ijodiy tafakkur jarayoni esa bir qancha bosqichlardan iborat bo’ladi.

Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo’lib, bu murakkab jarayonda qo’yilgan savol ketidan dastlab vazifa ifodalanadi, so’ngra esa vazifani, masalani yechish jarayoni, ya’ni qo’yilgan savollarga javob qidirish jarayoni boshlanadi.

Vazifa, masala - yechilishi, hal qilinishi talab etilgan savoldir. Ifodalangan vazifa maqsadni ham o’z ichiga oladi. Bu maqsad noma’lumni topishga intilishdan iboratdir. Tafakkurning murakkab jarayonlaridagi masalani ifodalashning o’zi, ko’pincha murakkab faoliyat bo’ladi. Bunda nimalar ma’lum va noma’lumligini hisobga olish, masala qanday vaziyatda yechilayotganligini hisobga olishga, yechilayotgan masalaning ahamiyatini tushunib olishga to’g’ri keladi.

Tafakkur jarayonining shundan keyingi bosqichi - javobni izlashdan, masalani hal etishga olib keladigan yo’llarni, vositalarni, qoidalarni, usullarni qidirish va tadbiq qilishdan iborat bo’ladi.

Ijodiy tafakkur uchun kerakli material ko’pincha fantaziyadan olinadi. Chunonchi, bizning ko’pgina tushunchalarimiz xayol yaratib bergan tasavvurlarga tayanadi.

Xayol tafakkurning kengligiga va sermahsul bo’lishiga ta’sir etib, unga ijodiy tus beradi. Xayol qilish qobiliyati sust rivojlangan kishilarda, tafakkur ularning o’zlarida bo’lgan tajriba va bilimlar doirasida voqe’ bo’ladi. Bu tafakkur kammahsulligi, biron nimani ixtiro qilmasligi bilan farq qiladi, ko’pincha yuzaki va mayda -chuyda narsalar to’g’risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli va real fantaziyani rivojlantirish ijodiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ijodiy tafakkur ijodiy xayol bilan uzviy aloqada bo’ladi. Shuning uchun inson amaliy faoliyatida bir talay savollarga javoblarini hayol yordami bilan topadi. Har xil taxminlar, farazlar, ilmiy gepotezalar, kashfiyotlar ham xayol yordami bilan amalga oshadi.

Ijodiy tafakkur o’zining samaradorligi, dolzarbligi va universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o’ylab chiqishda, masalani hal qilishda zarur jarayon bo’lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o’ynaydi.

Ijodiy tafakkur jarayonida inson masalani hal qilishda o’zgalarning yordamiga tayanib ish ko’radi. Ayrim hollarda muammo yoki topshiriqni hal qilish, yechish paytida ijodiy tafakkur shaxslararo munosabatda, muloqotda voqe bo’ladi. Muloqot esa fikr almashish, suhbatlashish, muhokama qilish, bahslashish, isbotlash, dalillash kabi mantiqiy usullardan tashkil topadi. Fan taraqqiyoti tarixining ko’rsatishiga qaraganda, yirik ilmiy kashfiyotlar, falsafiy mushohadalar, ilmiy nazariylarning aksariyati ulug’ kishilar tomonidan ijtimoiy tafakkurning mahsuli sifatida, jamoa tafakkuri natijasi tariqasida dunyo yuzini ko’rgan.2 Demak, jodiy tafakkur avlodlarnig aql-zakovati durdonalarining tizimlashuvi natijasida voqelikni yangilik elementi bilan boyitadi.

Ijodiy tafakkur jarayoni mavjud bilimlarga yangi bilimlarni egallash esa tafakkurga mustahkam bog’liqdir. Hozirgi zamon ta’lim jarayoni oldida turgan asosiy maqsad o’quvchi shaxsini bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki ularni fikr yuritish faoliyatiga o’rgatishdan iboratdir. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

Birinchidan, fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo’lgan muammo inson tomonidan aniqlab olinishi kerak. Agarda inson oldida hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirilmagan bo’lsa, u holda u biron-bir narsa to’g’risida fikr ham yuritmaydi., demakki, uning qarshisida hech qanday muammo mavjud emas. Mabodo odam hal qilishi kerak bo’lgan muammo yuzasidan qanchalik aniq va to’laroq ma’lumotga ega bo’lsa, uni oqilona yechish yo’l va vositalarini shunchalik yengillik bilan topadi. Buning uchun muammoni yechuvchilar avvalo qo’yilgan muammo mohiyati va mazmunini, avvalo tushunib olishlari, uning shartini tekshirib chiqishlari zarur. Faqat ana shundagina ular sira shoshib qolmaydilar va hech ikkilanmasdan muammo yechimini to’g’ri topadilar.

Ikkinchidan, muammo yoki masalani hal qilish uchun zarur bo’lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intiladilar. Buning uchun esa shaxsiy tajribasida uchragan tajribadan, holatdan, usullardan unumli foydalanadilar.

Uchinchidan, muammoni yechish bosqichlari taxmin qilinadi, farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar haqida mulohaza yuritiladi, o’zaro xayolan solishtirilib, eng samarali alomatlar ajratiladi.

To’rtinchidan, muammoni yechish usuli tekshirib chiqiladi. Uni tekshirish uchun analogik holatlar o’zaro taqqoslanadi. Bu o’rinda ijodiy hayol materiallaridan atroflicha foydalaniladi, mantiqiy usullar yordami bilan fikran analiz sintez qilinadi.

Beshinchidan, muammoni yechish usuli o’zini oqlamasa yoki noto’g’ri deb topilsa, u fikr yuritish ob’yektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o’ylar, taxminlar qabul qilinadi yoki o’ylab topiladi. Yangi topilgan yechim usullari ham tekshirilib, mulohaza qilib ko’riladi, so’ngra ulardan eng ma’qul, maqsadga muvofig’i tanlanadi va uning ustida to’htaladi.

Oltinchidan, muammoni hal qilish, yechish usulining to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun o’quvchi uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi. Shulardan so’ng masala batamom hal qilindi deb topiladi va u haqda fikr yuritish to’xtatiladi.

Odatda, inson ijodiy tafakkur qilish jarayonida ma’lum darajadagi qiyinchiliklarni yengadi. Ularni keltirib chiqaruvchi ob’yektiv va sub’yektiv sabablar xilma-xil bo’lib, turlicha tarzda ifodalanishi mumkin.

O’quvchilarning ijodiy faoliyati - tabiat hodisalarini kuzatish, muhimlarini tanlab, ularni eslab qolish, javob topish uchun talabchan bo’lish, diqqatni bir joyga to’plash, qo’yilgan masalalarni maksimal va foydali hal etishni ifodalaydi. Ijodiy faoliyat o’quvchilarning ichki ruhiy kechinmasi - ilhomlanishi, xursandchilik va achchiqlanish hislari, qo’yilgan muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari orqali olib boriladi.

Ijodiy qobiliyatlar amalda hosil bo’lgan mavjud bilimlar sistemasidan chetga chiqishga, hodisalarga odatdagidan tashqari yangicha nuqtai-nazardan yondashish, qarama-qarshiliklarni tushunishga va ularni hal etish usullarini izlab topishga imkon beradi.

Bilish insoniyat tarixi davomida egallangan barcha bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan-avlodga o’tkazish yo’li bilangina sodir bo’lishi mumkin. Kishining aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida hosil qilgan bilimlarini o’zlashtirishi jarayonida muqarrar ravishda amalga oshiriladi. Shaxsning olamni bilish jarayoni ilmiy bilimlarning tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan va bevosita ifodalangan, buning natijalarini har bir shaxs ta’lim olish davomida o’zlashtirib boradi.

Maktab ta’limi davomida bola ko’z o’ngida bundan oldingi o’tgan butun tarix davomida insoniyat tomonidan kashf etilgan va ishlab chiqilgan allaqachon tayyor tarkib topgan, ma’lum bilimlar sistemasi tushunchalar va boshqalar sifatida namoyon bo’ladi. Lekin insoniyat uchun ma’lum bo’lgan va uning uchun yangilik bo’lmagan narsalar avval boshda har bir bola uchun albatta noma’lum va yangilikdek tuyuladi. Shuning uchun tarix davomida to’plangan barcha bilimlar boyligini o’zlashtirish, garchi tayyor tushunchalar sistemasi tariqasida kattalar rahbarligida o’zlashtirilayotgan bo’lishiga qaramay, boladan tafakkurning zo’r berib, jiddiy ijodiy ishlashni talab qiladi. Demak, bolalarning insoniyatga ilgaridan ma’lum bo’lgan bilimlarni kattalarning yordami bilan o’zlashtirishlari bolalarda mustaqil tafakkur qilish zaruratini inkor qilmaydi, balki, aksincha taqozo qiladi.

Tafakkur mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy harakterdagi faraz qilishi, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifalarni hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatidir. Tafakkurning ijodiy harakteri xuddi mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi.

Mustaqil fikrlash shaxsning bilimlarni egallashda, borliqni bilishda zarur umumiy ko’nikma va malakalarni mukammal egallash, yangi vaziyatlarda ularni ijodiy qo’llashi bilan bog’liq qobiliyatidir. Mustaqil fikrlash ikki tomonga, ya’ni o’quvchi va o’qituvchiga bog’liq bo’ladi. Ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lmagan o’qituvchi o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrni rivojlantira olmaydi. Insonda fikrlash, xulosa chiqarish qobiliyati mavjud bo’lgandagina, buron narsani bilishi mumkin.

Mustaqil fikrlash keng tushuncha bo’lib, yangi vaziyatda farazni ilgari surishni va uni hal qilish usullarini topishni o’z ichiga oladi. Mustaqil fikrlash shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda yutuqa erishishda yuqori darajani ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Mustaqil fikrlash shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda yutuqqa erishishda yuqori darajani ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi. Musatqillik shaxs ijodiy faoliyatining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mustaqil fiklash o’quvchining o’quv vazifalarini hech kimning ko’magisiz yechishga qaratilgan sub’yektiv faoliyati bo’lib, u birinchidan, o’quvchilar ta’limining yuqori sifatini ta’minlaydi, ikkinchidan, ijodiy fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalash imkonini beradi. Ijodiy faollik va uning zaminida yotuvchi mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta’lim maktablari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda maktab ta’lim muhim o’rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi uchun poydevor yaratila boshlanadi. Jamiyat uchun mustaqil harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqatayotgan hozirgi kunda o’quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish umumiy o’rta ta’lim tizimining dolzarb muammosi bo’lib tuibdi. Zero, maktab ta’limining maqsadi bola shaxsining ichki kuch va imkoniyatlarini uyg’otish, shaxsning erkin, ijodiy rivojlanishi uchun ularga yetarli shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat.

Shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonining maqsadli va samarali kechishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:

O’quvchilar psixologik-pedagogik xususiyatlarini tashxislash;

Pedagogik texnologiyalarni maqsadli tanlash, o’qitish shakli, vosita va metodlarining shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilganligi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiish jarayonining uzluksizligi, o’qituvchining uzoqni ko’zlab, shaxs kelajagini bashorat qilib, shunga ko’ra ish yuritishi.

O`quvchilar psixologik − pedagogik xususiyatlarini tashislash.Bu o`rinda tashhislash deganda har bir alohida o`quvchini − uning qiziqishlari, qobiliyatlari, yo`nalganligi tushuniladi. O`quvchilarning individual psixologik − pedagogik xususiyatlarini tadqiq etishda uning faqat ichki, sub’ektiv dunyosini emas balki unga ta’sir etuvchi boshqa ob’ektiv sabablarni hisobga olish ham juda muhimdir.

Pedagogik taxnologiyalarni maqsadli tanlash, ta’lim shakllari, vositalari va metodlarini shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirish;

− o`quvchilarning ijodiy xususiyatlarini aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan pedagogik usul va metodlarni tanlab olishni;

− mashg’ulotlarni turkumlarga bo’lib olib borish, bilim va ko`nikmalarni shakllantiruvchi har bir turkum darslar oldingisidan yuksakroq bo’lishi, orqada qolayotgan o`quvchilar bilan qo`shimcha ishlash imkonini yaratish, o`quvchilarning o`quv materialini yanada yuqoriroq ijodiy faollik bilan o`zlashtirishlarini ta’minlash va boshqalarni o`z ichiga qamrab oladi.

O`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonining uzluksizligi. Bu shart dars va darsdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi. Darsdan tashqari vaqtlarda ijodiy harakterdagi topshiriqlarni mustaqil bajarish ko`zda tutiladi. Bunda o`quvchining qiziqish va moyilliklarini hisobga olish lozim. Bu o`rganilayotgan fanlarga bo’lgan qiziqishni kuchaytiradi va mustaqil bilim egallash, izlanish ko`nikmasini shakllantiradi.

O`qituvchining uzoqni ko`zlab, shaxs kelajagini bashorat qilib ish yuritishi ta’lim standartlariga tayanadi va ta’lim-tarbiya jarayoniga qo`yiladigan ilmiy asoslangan nazariy, amaliy-metodik talablarni hisobga olishni taqozo etadi. Bu o`quvchilarga yondashuvda sub’ektiv va ob’ektiv kamchiliklarni aniq belgilash, ta’lim shakllari, metodlari, pedagogik usullarni shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida samarali qo`llash imkonini yaratadi.

Yuqorida aytib o`tilgan shartlarning samaradorligi ko`p jihatdan ijodiy jarayonda o`qituvchining pozitsiyasiga bog’liq. O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida o`qituvchi kasbiy-pedagogik pozitsiyaning asosiy qirralari quyidagilar:

Ijodiy jarayon mohiyatini nazariy to`g’ri tushunish.

Bolalarga mehrli, insoniy munosabat.

Individual yondashuv.

O`quvchilarda ijodiy − “Men” − konsepsiyasini shakllantirish.

Ijodiy jarayon mohiyatini nazariy to`g’ri tushunish o`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini to`g’ri aniqlash va rivojlantirishda ta’limning samarali metodlari va vositalarini maqsadli tanlash, bolalar ijodi mahsulini to`g’ri baholash imkonini beradi.

Bolalarga insoniy munosabat:

− bolalarga mehr-muhabbatli bo`lish;

− har bir bolaning kelajagiga ishonish;

− hamkorlik qilish, muomala mahorati;

− majburlashdan xoli bo`lish;

− ijodiy mezon va omillarga katta e’tibor berish;

− bolalarning kamchilik va nuqsonlariga chidamli bo`lish kabilarni o`z ichiga qamrab oladi.

Individual yondashuv. Yangicha individual yondashuvning mohiyati shundaki, o`qituvchi ta’lim tizimida o`quv fanidan bolaga tomon emas, balki boladan o`quv faniga tomon harakat qilishi, o`quvchining rivojlantirilishi, takomillashtirilshi, boyitilishi lozim bo`lgan potensial imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish lozim.

Individual yondashuv:

− shaxsning yaxshi fazilatlarini aniqlash;

− shaxsni muntazam psixologik − pedagogik tashhislash;

− ta’lim-tarbiya jarayonida shaxs xususiyatlarini hisobga olish;

− shaxs rivojlanishini bashorat etish va boshqalarni qamrab oladi.

Ijodiy “Men” − konsepsiyasini shakllantirish. Men konsepsiyasi − bu shaxsning o`zi haqidagi anglangan va anglab yetilmagan tasavvurlari tizimidir. Uning axloqi shu tizim asosida quriladi. Maktab yillari, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda Men − konsepsiyasi shaxs ichki dunyosini shakllantirish asosidir. Ijodiy Men − konsepsiyasi (Men yoqaman. Men uddalayman. Men kerakli odamman) ta’limda muvaffaqiyatga sabab bo`ladi, shaxsning fazilatli tomonidan o`zini ko`rsatishga, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga olib keladi. Shu boisdan ham ilk maktab yillaridanoq o`qituvchining bolada ijodiy Men − konsepsiyasini shakllantirib olishi juda muhimdir. Bining uchun o`qituvchi:

− har bir bolada noyob shaxsni ko`ra olishi, hurmat qilishi, tushunishi va unga ishonishi kerak;

− ta’limda yutuqqa undash, ma’qullash, qo`llab-quvvatlash, hayrixohlik muhitini yaratish, ta’lim va ijodiy faoliyat bolaga shodlik baxsh etishiga erishmog’i;

− majburlashdan xoli bo`lishi, shuningdek, o`quvchining orqada qolishi va boshqa kamchiliklari uchun tanbeh berishdan saqlanishi;

− bolaning bilimsizligi sabablarini, yomon xulq alomatlarini uning shaxsiyatiga zarar yyetkazmay o`z vaqtida bartaraf etish;

− bolalarga ijodiy faoliyatda o`zlarini namoyon etish imkonini yaratish, bunda ularga yordam berish;

− o`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishi lozim.

O`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari deyilganda shaxsning ijodiy xususiyatlarini aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan, oldindan rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya ishlari jarayoni tushuniladi. Bunda shaxsning qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali metod, usul va vositalari o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda mustaqil fikrlash malakalrini shakllantirish, ular ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun o`qituvchi:

Ta’limning muammoli metodlaridan;

Pedagogik o`yinlardan;

Predmetlararo aloqa darslaridan keng foydalanishi zarur.


1

2


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!