СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Музыкальный строй детей и характер их развития.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Музыкальное искусство – это специфический вид человеческой деятельности, задачей которого является оказание эстетических услуг обществу. В этом смысле ничто не может заменить его. Музыка играет активную роль во всех сферах общественной жизни. Таким образом, эстетическое отношение к действительности выражается как в музыкальных произведениях, созданных композиторами, так и в художественных основах, которые ведут к работе, быту и человеческим отношениям. В статье описывается музыкальный строй детей и особенности их развития.

Просмотр содержимого документа
«Музыкальный строй детей и характер их развития.»

Bolalar musiqaviy strukturasi va ularning rivojlanish xususiyati


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]


Annotatsiya: Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo`lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko`rsatishdir. Shu ma'noda uning o`rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o`rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo`lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi.

Maqolada bolalar musiqaviy strukturasi va ularning rivojlanish xususiyati yoritib berilgan.


Kalit so’zlar: Musiqiy tarbiyam, Musiqa san'ati, musiqa, go`zallik, tashqi olam, inson, san'at, O`zbek xalqi, musiqiy meros.


KIRISH. Musiqiy tarbiya insonni go`zallikka yetaklovchi bir vosita bo`lib, u insonning estetik va emotsional xususiyatlarini shakllantiradi. Haqiqiy musiqa asarlari zamonning estetik-ahloqiy va siyosiy g`oyalarini umumlashtiradi.

Inson hayotini musiqa san'atisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. San'at kishilarga faqatgina ma'naviy ozuqa beribgina qolmasdan, jismoniy kamolotga erishuvida ham muhim o`rin o`ynaydi. Musiqa san'atining ahloqiy-estetik tarbiyadagi rolini to`g`ri his etib, uning yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini aslo unutmaslik zarur. Musiqiy go`zallik insonning ma'naviy qiyofasi shakllanishida muhim omildir.

Musiqa go`zallikka intilish, estetik ehtiyoj tug`ma xislat emas. U insonda mehnat va atrof-tevarakdagi olamni ta'sirida paydo bo`lgan. Tashqi olamni o`zgartirish bilan insonning o`zi ham o`zgarib bordi, bunda faqat u jismoniy jihatdangina taraqqiy qilib qolmay, balki ma'naviy jihatdan ham taraqqiy etdi. Insonning ma'naviy qobiliyati va avvalo, estetik hissi asta-sekin taraqqiy etib, tarbiyalanib bordi.

Musiqa san'ati hayotni bilish va odamlarni tarbiyalashning qudratli vositasidir. Ammo uning bilish va tarbiyalashdagi xizmat darajasi kishiga estetik, badiiy jihatdan ta'sir etish kuchiga bog`liqdir.

Musiqa san'ati kishi faoliyatining muayyan bir turi bo`lib, uning vazifasi jamiyatga estetik xizmat ko`rsatishdir. Shu ma'noda uning o`rnini hech bir narsa bosa olmaydi. Musiqa ijtimoiy hayotning hamma sohalarida faol sur'atda o`rin oladi. Shunday qilib, voqelikka bo`lgan estetik munosabat bastakorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlarida ham, mehnatga, maishiy hayotga va odamlar munosabatiga olib kiriladigan badiiy asoslarda ham ifodalanadi.

Har bir san'at turi singari musiqa san'ati ham juda qadim zamonlarda, odamlar g`orlarda yashab, tosh qurollaridan foydalanib, hayvon terilarini yopinib yurgan o`tmish davrlarida paydo bo`lgan. U odamlarning ma'naviy dunyosi cheklangan, tili kambag`al, atrofdagi voqea - hodisalar haqidagi tasavvurlari juda noaniq edi. Lekin shunga qaramay musiqiy asarlarni, garchi u asarlar "yovvoyi" holatda bo`lsa-da, ana shu qadimgi odamlar yaratgan.

San'atning deyarli hamma turlari minglab yillar ilgari vujudga kelgan. San'at qandaydir birgina yerdagina emas, balki bir yo`la bir necha qit'alarda, turli kengliklar, iqlim sharoitlarida paydo bo`ldi. Qoyalardagi juda qadimgi zamon tasvirlari Afrikada ham, Ispaniyada ham, Onega ko`li qirg`oqlarida ham, Xitoyda ham topildi. Qadimgi Yunonistonda "musiqa bilan davolash ilmi" keng taraqqiy etgan. Masalan: matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruhiga va tanasiga har tomonlama davo bo`ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Aytishlaricha, Iskanday Zulqarnayn ham ko`p ishlarni musiqa sadolari ostida bajargan.

O`zbek xalqi yaratgan musiqiy merosning ildizlari juda uzoq asrlarga borib taqaladi. Ajdodlarimizning maftunkor tasviriy san'ati tufayli bizgacha yetib kelgan yodgorliklar o`zbek cholg`u musiqasi qadim zamonlardan boshlanganligini ko`rsatadi.

Ko`hna Afrosiyobda olib borilgan qazilmalarda qo`lida surnay ushlagan haykalcha topilgan. Olimlar bu haykalchani eramizdan, ya'ni miloddan avval III-I asarlarda yaratilgan, deb tahmin qilmoqdalar. Ayritosh nomi bilan fanda mashhur bo`lgan nodir yodgorliklar, Sulton Uvays tog`ining janubiy tizmalari boshlanadigan tekislikdagi qadimiy To`proq qal'adan arfa chaluvchi ayol tasviri tushirilgan topilmalar olimlar fikricha III-IV asrlarga mansub ekan.

VIII-XII asarlarda Sharqshunoslik tarixida "Sharq yoki musulmon Renessansi" davri deb nom olgan davr Sharqda O`rta asrlardagi barcha taraqqiyotlarning eng yuksak cho`qqisi hisoblanadi. Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr ibn Muhammad al- Forobiy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar shu davrning ajoyib vakillari bo`lganlar. Al-Forobiyning musiqaga bag`ishlangan "Kitob ul-musiqiy al-Kabr" ("Musiqa haqida katta kitob") asarida yozilishicha musiqa haqidagi fan amaliy va nazariy sohalardan iborat. Birinchisi musiqiy asboblar yordamida musiqiy asarlarni ijro etishga oid. Ikkinchisi esa ohanglarning kelib chiqishi va musiqiy asarlarni yaratilish qonunlarini o`rganadi. Forobiyning tabiricha san'at, shu jumladan, musiqa ilohiy ne'mat emas, balki inson ijodining mahsulidir. Uning vazifasi insonga o`z intelektual va axloqiy sifatlarini takomillashtirishda foydali bo`lishidan iborat.

Musiqa haqida Ibn Sino o`zining besh asarida yozgan. Bu "Kitob ash-shifo", ("Shifo kitobi") nomli ko`p jildlik qomusiy asarning musiqa haqidagi bo`limidir. Ibn Sinoning ta'rificha san'at, jumladan, musiqa fandir. Bundan san'atning "aql bilan idrok etish" yoki "buyumlarning bilish" mohiyati kelib chiqadi. Ibn Sino musiqaning tarbiyaviy mohiyatini alohida ta'kidlab o`tgan. Bunda san'at vositasi orqali estetik didni tarbiyalashga asosiy e'tibor qaratilgan. Buyuk olim ta'kidlaydiki, shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun ikki tomonlama-jismoniy barkamollik uchun jismoniy mashqlar, ma'naviy rivojlanishi uchun musiqa va boshqa san'at turlari orqali ta'sir o`tkazish lozim.

She'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy nozik ta’b, yuksak zakovat egasi sifatida musiqani sevib tinglar, dil-dildan zavqlanardi. Shoir talantli san'atkorlarga hamisha g`amhurlik qildi, yoshlarning kamoloti uchun tinmay qayg`urdi. Insoning kamolotga yetishuvida asosiy rol o`ynovchi vositalardan biri - musiqa san'atidan bahramand bo`lish deb bildi. "Musiqani idrok etmagan shoir nim shoirdir",-deydi Navoiy. Bu kalima shoir estetik qarashlarining mohiyatini yaqqol ko`rsatadi.

O`zbek xalqi hayotidagi murakkab tarixiy sharoitlar madaniyat va turmushning feodal me'yorlari doirasidan tashqari chiqish imkonini bermagan. Asrlar davomida yig`ilgan oddiy va ma'naviy boyliklarni bosqinchilar egallab olgan yoki yo`q qilib tashlashgan. Qilich va zo`rlik o`zbek xalqining ko`pgina madaniy boyiklarini yo`q qilib yubordi. Lekin shunga qaramasdan davrlar osha, tarixiy buxronlar osha xalqning qimmatli madaniy merosi shu kunlarga yetib keldi.

Ongli mehnat jarayonida inson tafakkuri takomillashidi va taraqqiy etdi. His-tuyg`ularni, kayfiyat, ehtiroslarni ifodalash-musiqaning eng kuchli xususiyatiga aylandi.

Kishining his va kayfiyati o`z-o`zicha namoyon bo`lmaydi. Kishining his va kayfiyatlari manbai real hayotdir. Biz vaziyat ta'sirga ko`ra yo g`am chekamiz, yoki xursand bo`lamiz, g`azabimiz oshadi, yoki shodligimiz ichimizga sig`maydi, yoki ranju-alam chekamiz. Binobarin, agar musiqa bunday his-tuyg`ularni ifodalar ekan, -demak, u voqelikni aks ettiradi. Ammo musiqa mazmunini muayyan bir hislar ifodasidan iborat qilib qo`yish yaramaydi. Musiqa, shuningdek, fikrlarni o`zida mujassamlantirishga ham qobildir.

Musiqiy merosni asrash tushunchasining mohiyati shunchaki o`tmish g`oyalarini ko`r-ko`rona takrorlash va saqlash emas, balki uni ongli dunyoqarash va insoniyat manfaatlari nuqtai nazaridan rivojlantirish, tanqidiy o`zlashtirish va ijodni qayta ko`rib chiqish zarurligini bildiradi.

Kompozitorlarimiz xalq musiqa san'atini ijodiy o`rganishi natijasida o`zbek madaniyati xazinasiga bebaho dur bo`lib qo`shilgan san'at asarlari vujudga keldi. Go`zallikka tashnalik sezgan inson qalbidan, yurak to`ridan o`rin olgan qo`shiqlar kompozitorlar ijodini shakllanishida fundamental asos sanaladi.

Shunday qilib, musiqa voqelikni alohida, faqat unga xos shaklda aks ettiradi, jamiyat va zamonning asosiy g`oyalarini, kishilar munosabatidagi eng muhim narsalarni ifodalaydi. Musiqa voqelikni falsafiy umumlashtirilgan asosda anglaydi. Har bir kompozitor ijodida u yashayotgan zamonning, davrning qandaydir xususiyati o`z ifodasini topadi. Musiqaning kishilarga ta'siri juda kuchlidir, chunki u kishilar his-tuyg`ularini o`ziga maftun etadigan, yuksak emotsional san'atdir.

Musiqa kishiga ilgari uncha ma'lum bo`lmagan ajoyib yuksak tuyg`ularni ochib beradi, u kishini o`zgartirib yuborishga, uning qalbini noziklashtirishga, ruhan boyitishga qodir. Shuning uchun ham musiqani inson tabiatidagi barcha yaxshi hislatlarning ifodasi deb bekorga aytmaganlar. Musiqani sevgan kishi ruhan boyiydi, qalban noziklashadi, ma'naviyati yuksaladi.

Dars o’quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkizilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy ba’zi bir talablarga javob berishi kerak. Dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, iqtidor va ko’nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi ma’qul bo’ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo’lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan xolda amalga oshirilishi kerak. Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar:

Mavzuni (kalendar) rejalashtirish asosida dars o’tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo’lishi, dars o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha o’quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog’i lozim. Dars tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv-texnik va ko’rgazmali qurollardan foydalanish ko’zda tutiladi. Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo’lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo’ladigan ko’rinish tarzida rejalashtirish va o’zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o’tkazaverish mumkin emas. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o’tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari. Shuningdek, o’qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir dars boshqa darslardan xatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o’tkazilganda ham o’zining o’ziga xos jihatlariga ko’ra farq qiladi. Darsda har doim o’qituvchining maxsus «Pedagogik yondashuv tarzi» ni ko’rish mumkin. Masalan: kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko’rinishda tashkil etiladi: tashkiliy ish, o’quvchilarga berilgan uy ishlarining bajarilishini tekshirish. O’rganilgan material yuzasidan o’quvchilardan so’rash, o’qituvchi tomonidan yangi materialning bayon etilishi, o’rganilgan materialni mustahkamlash, uyga topshiriqlar, vazifalar berish. Darsni yutug’i va uning natijalari nafaqat o’qituvchining tayyorligiga, balki o’quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog’liq bo’ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko’pgina o’qituvchilar o’zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e’tibor bermaydilar. O’qituvchi darslarda o’quvchilarga bo’lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro’sini saqlagan xolda yondashoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan xolda olib borishi lozim. Darsda o’quvchilarga o’qituvchining murojaati shakli ham farqsiz emas. O’quvchilarni o’z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqrokdir. Pedagog sifatida o’zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o’qituvchi tomonidan o’z xissiyotini aks yettirishni inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, xushyor, ko’nglichan bo’libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo’lishi ham kerak. O’qituvchining pedagogik optimizmi, uning o’quvchilarga munosabatidagi ishonch, o’quv faoliyatini tashkil etishning turli-tuman shakllaridagi darsda ularning hamjihatiigidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o’quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko’rsatishga tayyor turishlik-bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi, o’quvchilarda jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy ahloqiy fazilatlarni shakllantiradi.

II. Umumiy ta’lim maktablarida musiqa darsining asosiy maqsadi –o’qtivchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Mazkur maqsad o’qituvchi oldiga o’quvchilarda musiqaviy - badiiy did ahloqiy-estetik xis-tuyg’ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy extiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson xis-tuyg’ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalar qo’yadi. O’quvchilarda musiqaga mehr va havas uyg’otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang’ich va 9-yillik maktablarning har birida xor to’garaklari, sharoit bo’lgan maktablarda cholg’u asboblari bo’lishi kerak. Ayni vaqtda o’quvchilarga yakka tartibda musiqa o’rgatish ishini uyushtirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish lozim. Maktabda egallangan musiqa bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o’tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «navro’z», onajonlar bayrami va musiqa-san’at bayramlarida hamda ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanish kerak. Shuningdek, o’rganilgan qo’shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o’rtoqlar davrasida aytilishi mumkin. 7-yillik o’qish davrida musiqa sohasida muntazam sur’atda ish olib borilishi natijasida o’quvchilar musiqa savodiga ega bo’lib, musiqa sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo’yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to’garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol katnashadigan kishilar bo’lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda bosh tarbiyachilar, sinf raxbarlari va ota-onalar musiqa o’qituvchisiga yaqindan yordam berishlari zarur. Darsning har bir faoliyat turida doirachalar, shaqildoqlar,uchburchak, metallafon kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish,kuy va qo’shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo’l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi.

III. Musiqa darsi boshqa darslardan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun musiqa darslari quyidagi spetsifik xususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi:

1. U musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir.

2. Musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’zi bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko’rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko’zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqan.

3. Musiqa aniq vaqt o’lchovi bilan bog’langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda uning yangi-yangi badiiy qirralarini xis etamiz.

4. Musiqa bolalarga aktiv emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo’lib chiqadilar. Xullas, musiqa darsi o’zining aktiv psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa darsini hayot bilan boglashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Musiqa darsi o’zining aralash dars tipi bilan ham, boshqa fanlardan farq qiladi.

IV.Musiqa darsining strukturasi 3 asosiy faoliyat turidan: musiqa tinglash, musiqa savodi va xor bo’lib qo’shiq kuylashdan iborat. O’rta sinflarda musiqa darsi 3 ta asosiy faoliyatlardan tuziladi:

l. Xor bo’lib kuylash

2. Musiqa savodi

3. Musiqa tinglashdan iborat

Boshlang’ich sinflarda esa dars faoliyatlari 5 ta bo’ladi:

1. Xor bo’lib kuylash.

2. Musiqa savodi

3. Musiqa tinglash

4. Musiqaga mos harakatlarni bajarish

5. Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lishdan iborat bo’ladi.

Xorda kuylash - musiqaviy tarbiyaning jamoa faoliyati sifatida o’qituvchining bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Xorda kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv xujayralari ham faol ishga tushadi. U qo’shiq kuylash davomida o’quvchilarda ijobiy xis tuyg’ularning faolligini ta’minlaydi hamda o’quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi.

O’qituvchi sinf imkoniyatlarini hisobga olgan xolda yil davomida o’rgatish uchun 10-12 ta qo’shiq tanlaydi va ularning vokal-ijrochilik darajasi va badiiy mazmuni maktab hayotiga mosligini inobatga olib, ularning ma’lum tartibga soladi.

O’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini taminlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o’quvi yoshiga qarab o’sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diktsiya, soz, ansambl dasturda har qaysi o’quv yili uchun alohida-alohida beriladi.Ta’lim jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog’lanib boradi.

Musiqa savodi – ma’lumki, umumiy ta’lim maktabi musiqa darslari tarkibidagi musiqa savodi o’zining musiqa haqidagi kompleks bilimlar doirasidan iboratligi bilan farq qiladi. Ashula aytish jarayonida o’rganiladigan nota savodi elementlari bilan birga musiqa savodi turkumiga musiqa janrlari, ularning shakl va tuzilishlari, ifoda vositalari, xalq va kompozitorlik musiqasining mohiyati haqidagi tushunchalar, ijrochilik turlari, cholgu asboblari va ularning tovush tembrlari va boshqalar kiradi. 7-yillik musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayonida mazkur bilimlar majmuasi asosida o’quvchilarning musiqa savodxonligi tarkib topishi lozim. Bu musiqa madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Musiqa tinglash – o’quvchilarning musiqiy ta’asurotini boyitish, tasavvurini kengaytirish, tinglash qobiliyatini o’stirish va musiqiy didini tarbiyalashda darsning musiqa tinglash faoliyati katta rol o’ynaydi. Darsning bu faoliyat turida o’quvchilar musiqa o’qituvchisi ijrosida, elektrofon, magnitofon yordamida eng nodir musiqa asarlarining namunali ijrosini tinglaydilar. Xor, orkestr, ansambl va yakkanavozlar ijrosida turli janrdagi klassik asarlar bilan tanishadilar, san’atning katta dargoxiga ilk bor qadam tashlaydilar. Musiqaning san’at sifatida tasvirlash qudratini, tabiat va hayot go’zalligini voqelik va xatti-harakatlardagi qaytarilmas, ko’z ilgamas qirralarini musiqiy ohangdagi rang-barang bo’yoqlarda idrok etadilar, chuqurroq xis etadilar. Kuylar o’quvchilarning xotirasida chuqur o’rnashib qolishi uchun bu kuylarning ohanglarini o’quvchilar bilan kuylab ko’rish tavsiya etiladi. Ayniqsa, asar musiqa asbobi ijrosida tinglanib, so’ng kuylab ko’rish orqali qayta mustahkamlanadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, asarlarni yaxshi esda qoldirish uchun kamida 2-3 marta eshittirish, har gal kuyning yangi-yangi dinamik qirralari bilan o’quvchilarni tanishtirib borish lozim. Kuylarni tinglash bilan o’quvchilar musiqaning turli janrlari - marsh, qo’shiq va raqs haqida batafsil tushunchaga ega bo’ladilar. Darsning har uch asosiy qismi alohida-alohida ajralib qolmasligi, aksincha ular bir-biri bilan uzviy bog’liq xolda dars-ning mazmuni bir butun bo’lishini ta’minlashi lozim. O’quvchilarning ijrochilik mahoratini takomillashtirish va ularning o’zaro uygun kuylashini mustahkamlashda ba’zan ularni (sinf saxnasi)ga chiqarib kuylatish samara beradi. Qo’shiq tugal o’rganib bo’linganch, xaftada yoki chorak oxirida o’quvchilar «Sinf kontserti» beradilar. Saxnaga chiqish, sinfdoshlari orasida o’z o’rnini topib turish, kuylaganda bir-birlarini xis qilish va o’z joyiga borib o’tirish kabi saxna madaniyatiga qat’iy amal qila borish o’quvchilarning o’zaro munosabatlariga va xulqiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. «Saxnada» kuylash o’quvchilarning qo’shiqni qay darajada o’rganib olganligini aniqlash, asarning ayrim jumlalarini «Pishitib» olish va qo’shiqni tantanali sharoitda namoyish qilish imkoniyatini beradi. «Sinf kontserti» o’quvchilar uchun cheksiz quvonch baxsh etuvchi mashg’ulotga aylanadi.

Didaktika talim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o`rganiivchi qismidir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, «didayko» - o’qitish. «didaskoya» - o’ rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan. «Didaktika» - ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi tal’im jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o`qitishning o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasmi qo’yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Demak, didaktika «nimaga o’qitish». «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa o’z navbatida, ayrim o’quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog’lanadi. Shu usullar mo’lumotiga tayanib, o’qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib boradi va ayni vaqtda har bir o’quv fanini o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Musiqaviy didaktika, uning birlashtiruvchi vazifasi hamda uning xususiy didaktikalar va musiqiy ta’limning mavzuliy metodikalari bilan bog’liqdir. Musiqaviy didaktikaning asosiy kategoriyalari: musiqiy ta’limning jarayoni, printsiplari, mazmuni, usullari, shakllari. Musiqiy ta’lim mazmuni umumiy madaniyatining rivojlanishiga va jamiyatning musiqa san’atiga bo’lgan extiyojiga bog’liq. Shuning uchun musiqiy ta’lim mazmuniga kiruvchi musiqiy bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, musiqa materiali, ta’lim usullari va shakllarini sistemalashtirish lozim. Musiqa sabogi tarbiyalovchi shaxsning badiiy tafakkurini shakllantiruvchi ta’lim sifatida muhimdir. Uning vositasida nafosat tuyg’ularini tarbiyalash bilan birga yosh avlodda oliy insoniy fazilatlar tarkib toptirish nazarda tutiladi. Bunda milliy va umumbashariy musiqa ta’limshunosligi hamda o’qitish uslubiyotiga tayanish lozim. Musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunida esa milliy musiqa merosimiz asosiy o’rin tutadi. Milliy musiqasmiz qonuniyatlariga qiyoslab, o’zga xalqlar musiqa madaniyati bilan tanishishi, ya’ni «ta’limda umuminsoniy va milliy - madaniy qadriyatlarning ustuvorligi» ga amal qilish musiqa o’qitishning muhim didaktik yo’nalishi hisoblanadi.

Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizga qila oladigan hamda umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun har bir o’quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr ishtiyoqini oshirish, musiqadan bilim va amaliy malakalar doiralarini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarni musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, maktab musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Mazkur oliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish-musiqa faniga jamiyatni madaniy - ahloqiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, predmet muammolarini xal etishda keng o’qituvchilar ijodkorligiga tayanish, musiqa o’qitish uslubiyotini ilgor tajribalar va kompleks ilmiy-metodik izlanishlar natijasi asosida takomillashtirish talab etiladi.

Ta’lim jarayoni ikkita shaklda, dars va sinfdan tashqari musiqiy mashg’ulotiar tarzida amalga oshiriladi. O’qitishning asosiy va barcha o’quvchilar uchun zaruriy shakli musiqa darslaridir. Shu bois dars tuzilishlari va o’qitish usullarining xilma-xil shakl va turlarini qo’llash hamda tajriba jarayonida darsning yangi usul va tuzilmalarini kashf etish dolzarb masala bo’lib turadi. Bundan ko’proq Sharq va milliy musiqa ta’limshunosligini o’rganishi va undan unumli foydalanish muhimdir.

Ta’lim printsiplari jamiyat ijtimoiy extiyojlaridan kelib chiqib pedagogika nazariyasi va amaliyoti yutuqlariga ko’ra o’zgarib takomillashib boradi. Tarixda ta’lim printsiplarini aniqlash bo’yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo’lgan. Masalan: XVI asrda Ya. A. Komenskiy ta’lim printsiplarini tabiatga qiyoslab o’rganishni ya’ni o’quvchilarga tabiat kuynida bevosita ta’lim berishni, tabiatda qanday mutanosiblik bo’lsa, ta’limda ham xuddi shunday mutanosiblikka erishishni taqlif etadi. XVII-XVIII asrlarda madaniy jihatlardan mutanosiblikka erishish printsiplari ilgari suriladi. Hozirda ta’limning ilmiylik pritsipi, o’quvchilar imkoniyatlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish printsipi, ko’rgazmalilik printsipi, ta’limda muntazamlilik va davomiylik printsipi, ta’limning hayot bilan bog’liqligi, ta’lim jarayonida o’quvchilarning faolligi va ongliligi, ta’lim va tarbiyaning tarbiyaviy xarakteri kabi ko’pgina printsiplari mavjud. Musiqa darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va printsiplari, ta’lim amaliyotining umumlashma nazariyasi asosida tuziladi.

Mazkur printsiplar asosan, o’quv materiallaining qo’llash, musiqa darsini mazmunini va darsning tizimidagi asosiy talablar va uning yo’nalishlarini belgilab beradi va bir necha turga bo’linadi:

1.Musiqa darslarida bilim va malakalarining mustahkamligi

2.Musiqa ta’lim va tarbiyasida ilmiylik sistemalash va davomiylik

3.Darsda o’quvchilarning onglilik va faolliligi

4.Musiqa darslarida ko’rgazmalilik

O’quv materiallarining bolalar bilim - malakalariga va yosh xususiyatlariga mosligi, rejasini tuzish jarayonida qo’llanadi. Ta’lim mazmunini o’quvchilarni haqqoniy ilmiy dalillar tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Buning uchun o’quv mazmuniga faqat ilmiy asoslangan, tajribada tasdiklangan, o’quv musiqa fani va musiqa fanining mazmuni orasidagi qonuniy aloqalarga asoslangan ilmiylik printsipini qo’llash darkordir. Nazariy bilimlarning amaldagi qo’llanilishi, nazariy bilimlarning amaliy bilimlar bilan bog’liqligi har bir o’qituvchining axborotida sezilib turishi kerak. Musiqa fani bo’yicha yangiliklari doimo izohlanib borilishi darkor. Bevosita dars davomida ilmiylik printsipi faqat ilmiy axborotni berish bilan chegaralanmaydi. Axborot, ilmiy qaydnomalarning qayerdan kelib chiqqanligi, sabab, natijalarning tahliliy, tarixiylik printsipini qo’llash ham ilmiylik printsipini ta’minlaydi. Dars jarayonida o’quv materiallarining bolalarni bilim tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to’gri o’rgatish, asarlarni bolalarning fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsning ilmiylik printsiplarini tashkil etadi. Boshlang’ich sinflarda kichiq bolalar tafakko’riga xos va ko’proq o’yin bilan bog’liq bo’lgan kichiq qo’shiqlar, kuy va p’esalar o’rgatadilar. O’rta sinflarda esa o’quvchilar hayotiy tajribalari boyigan, konkret fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyoqarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi. Shunga muvoflq o’rganiladigan asarlar ham janr, xajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib borishi sistemalilik printsipi deyiladi.

Musiqa darslari xorda kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Darsning asosiy faoliyat turlarini darsning mantiqiy yaxlitligidan ajratmagan xolda quyidagilarga e’tibor beriladi. Bu esa darsdagi barcha musiqiy faoliyatlar jarayonida o’zluksiz amalga oshirib, darsning har bir faoliyati o’z navbatida borishi davomiylik printsipi deyiladi.

Ta’limda onglilik va aktivlik printsipini amalga oshirish ham bilish jarayonining psixologik asoslariga to’la tukis tayanadi. Tartib va qoidalar yaxshi o’zashtirilsa-da, ayrim xollarda shu blimilarni bevosita qo’llash jarayonida o’quvchilar kiynalishi mumkin. Ba’zan ular oddiy masalalarni yecha olmay qolishadi. Demak, o’quvchi materialni tushunib yetmasdan shunchaki, yodlab olgan. O’quvchilar olgan bilimlarini amaliy hayotda foydalana olishlari uchun ta’lim berish jarayonini aktiv fikrlash jarayoniga aylantirish kerak. Buning uchun, bolaning o’quv materiallarini ongli ravishda bilib o’zlashtirishi bilish jarayonini aktivligini vujudga keltirishi lozim. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o’zlashtirish va undan badiiy estetik, zavqlanib, idrok etishda, bolaning eng avvalo, diqqat-e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg’ota bilish, onglilik va aktivlikni vujudga keltiradi. Musiqani onglik idrok etish o’z navbatida badiiy ohang va mantiqiy jihatdan xotirada turg’un saqlanishni talab etadi. Musiqa darsida onglilik va aktivlik ayniqsa, vokal-xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Xor bo’lib qo’shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi faoliyatlarida ham onglilik va aktivlik musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to’g’ri bilish va o’zlashtirishni osonlashtiradi.

Ta’limda, ko’rgazmalilik printsipiga amal qilish o’quv-tarbiya jarayonining asosini tashkil etadi. Ta’lim va tarbiyada ko’rgazmalilikdan foydajanish haqida Al Farobiy ko’pgina ibratli so’zlarni aytib qoldirgan. Farobiyning fikriga qaraganda o’quvchilarni, shogirdlarni uch toifaga bo’lish mumkin:

Birinchi toifasi – o’quv materialini o’zari mustaqil o’rgana olishadi. Uchinchi toifadagilarni majburlab, zo’rlab o’qitish kerak, deydi. Va nihoyat ikkinchi toifa talabalarga ta’lim berishda ko’rgazmalilikdan foydalanib o’quv mehnatini jadallashtirish va bir muncha osonlashtirish imkoniyati tug’iladi. Ko’rgazmalilik printsipiga amal qilinganida eshitish organlari bilan bir qatorda ko’rish organlaridan ham foydalaniladi.

Musiqa tarbiyasida musiqaning o’zi-o’ziga ko’rgazmali vositadir. Chunki, u qo’li bilan emas balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham ohang ko’rgazma sifatida chalib ko’rsatiladi. O’qituvchining o’zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko’rgazma bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko’rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham, musiqa darsida ko’rgazma sifatida muhim rol o’ynaydi. Mazkur printsiplar asosan, o’quv materiallarini qo’llash musiqa darsini mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo’llanadi.

Xulosa, qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik printsiplari, musiqa madaniyati darslarida muhim ahamiyatga ega bo’lib musiqani hayot bilan bog’lashda katta ahamiyat kasb etadi.



Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yхаti.

Abdullin E. O nachalnom etapе muzikalnogo obuchеniya v obhеobrazovatеlnix shkolax Yaponii G`G` Muzikalnoе vospitaniе v shkolе, vip.9. M., 1984.

Abdullin E., So`pin G. Programma, ustrеmlеnnaya v buduhее G`G` «Sovеtskaya muzika», 1988, №10.

Avratinеr V. Obuchеniya i vospitaniе muzikanta-pеdagoga. M., 1981.

Akbarov I., Xusainov T. III sinf musiqa darsligi uchun mеtodik qo’llanma. T., 1974.

Alaеv Yu. Puti formirovaniya navikov mnogogolosnogo pеniya v dеtskom xorе G`G`Muzikalnoе vospitaniе v shkolе, vo`p. 10, M., 1985.

Anisimov A. Dirijyor-xormеystеr. L., 1976. G` 7. Apraksina O. Mеtodika muzo`kalnogo vospitaniya v shkolе. M., 1983.

Apraksina.O.A. Mеtodika muzikalnogo vospitaniya v shkolе. (Uchеbnoе posobiе dlya pеd. institutov po spеts. 2119 «Muzika i pеniе») –M.: Prosvеhеniе, 1983.

Arismеndi A. Doshkolnoе muzikalnoе vospitaniе. M., 1989.

Archajnikova L.G. Profеssiya-uchitеl muzo`ki. –M.: Prosvеhеniе, 1984

Asafеv B. O xorovom iskusstvе. L., 1980. -214

Bandina A., Popov V., Tixееva L. Shkola xorovogo pеniya. Vo`i.1. Dlya shkolnikov mladshеgo vozrasta. M., 1981.

Baxritdinova N.A. O’zbеkiston bolalar xor madaniyati. T., 2002, -110 b.

Vasilеva A. Organizatsionno`е printsipo` raboto` dеtskogo xoraG`G`Voproso` mеtodiki prеpodavaniya muzo`kalno`x distsiplin. T., 1991

Vеngrus L. Vokalno-xorovaya rabota s dеtmi doshkolnogo vozrasta. Avtorеf. diss. na soiskaniе uch. st. k. isk. L., 1988.

Vеtlugina N.A., Kеnеman A.V. Tеoriya i mеtodika muzo`kalnogo vospitaniya v dеtskom sadu. –M.: Prosvеshеniе, 1983. -255 s.

Vеtlugina N.A. razvitiе muzikalnix sposobnostеy doshkolnikov v protsеssе muzikalnix igr. M.: APN, 1988g., -247str.

Voproso` mеtodiki muzo`kalnogo vospitaniya dеtеy. M.: «Muzika», 1985

Vospitaniе muzo`koy. M.: «Prosvеhеniе», 1991 g., -204 str.

Kabalеvskiy D.B. Kak rasskazo`vat dеtyam o muzikе? M.:Prosvеhеniе,1984.

Mamirov K. Vospitaniе nravstvеnnix chustv mladshix shkolnikov v protsеssе obuchеniya muzikе. Dis. na sois. kand. pеd. nauk. (13.00.01.) -T.,1986. - 186 b.

Matonis V. Muzikalno-estеtichеskoе vospitaniе lichnosti. –L.: Muzo`ka, 1988

Mеtodika prеpodavaniya muzikalnix distsiplin: Sb.statеy. –T.: O’qituvchi. 1989.

Muzikalnaya psixologiya: Uchеbnoе posobiе. G` avtor sost. Kadirov R.G., –T.: 2005.

G` Sostav. O.Apraksina. Muzikalnoе vospitaniе v shkolе. M.: 1987

Oripova R. O’smirlarda milliy g’oya tushunchalarini shakllantirish (maktabdan tashqari muassasalardagi musiqiy to’garaklar misolida). T., 2007.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!