СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Pythonda sodda masalalarni dasturlash

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

9-sinf uchun informatika fanidan dars ishlanma

Просмотр содержимого документа
«Pythonda sodda masalalarni dasturlash»




O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi


Namangan viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi



Namangan shahar

Davlatobod tumani xalq ta’limi

bo’limiga qarashli


79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining


INFORMATIKA VA AT

fani o’qituvchisi


IBRAGIMOVA NAIMA XAKIMJANOVNANING


9- sinflar uchun

Pythonda sodda masalalarni dasturlash ”

mavzusida yozgan




dars ishlanmasi




Mavzu: Pythonda sodda masalalarni dasturlash I.O’quv maqsadi.

1)Ta’limiy: o`quvchilarga Pythonda dasturida chiziqli dasturlar tuzish haqida bilim berish; amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.

FK1- Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig’ish kompetensiyasi.

Python dasturiga doir axborotlarni internet tarmog’idan izlab topa oladi,darslikdan foydalana oladi,kompyuterni to’g’ri ishga tushiradi va o’chira oladi,kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiyena talablariga rioya etadi.

FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi.

Kompyuterda Python dasturini ishga tushira oladi, axborotlar yaratishni,to‘plashni,saqlashni biladi, uskunalar panelidagi asboblarni vazifalarini biladi,sodda chiziqli dasturlar tuza oladi;

2)Tarbiyaviy: o’quvchilarga o’z Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.

TK1- Kommunikativ kompetensiya.

O’zaro muloqotga kirisha oladi,jamoa va guruhlarda samarali ishlay oladi.

TK4-Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.

Jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi,o’zining burch va huquqlarini biladi,atrofdagilar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga rioya etadi,o’zidan kattalarni hurmat qiladi.

3)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning kompyuterda Python dasturida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish,bilimlarini oshirish,mustaqil fikrlashini rivojlantirish.

TK3-O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.

Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy,ma’naviy,ruhiy,intellektual va kreativ rivojlantirish,mustaqil o’z ustida ishlash,bilimlarini oshirish,kamolotga intilish.

TK6-Matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy,oilaviy,iqtisodiy rejalarni tuza oladi, matematik amallarni dasturda qo’llash savodxonligini oshiradi.

II.Asosiy shakli va turi.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: suhbat, T-sxema, “Savol-javob” ,”Aqliy hujum”,”Kuz” metodi,”MY ART “metodi,”Imkoniyatlar” metodi.

Dars turi: Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi.

Dars shakli:savol-javob,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Dars jihozi:elektron resurslar,darslik, plakatlar,ko’rgazmalar,krossvord,tarqatmalar.


DTS: Python dasturida chiziqli dasturlarni tuzish haqida bilimga ega bo`lish.

Nazorat : og’zaki,savol-javob,muhokama,kuzatish

Baholash : rag’batlantirish,5ballik reyting tizimi asosida

III.O’quv manbalari.

1)darslik,metodik qo’llanma

2)internet resurslari : www.uzedu.uz , www.ZiyoNet.uz, www.edunet.uz, www.bilim.uz , www.namakt.uz , www.dr.rtm.uz, https://pythonru.com/


3)elektron resurslar: Respublika Ta’lim Markazi elektron darsliklari, Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari.

IV.Dars tafsiloti va texnologik xaritasi


Dars

bosqichlari


Qisqacha tavsif

Qo’llaniladigan usullar va vositalar

vaqt

min.

1

Tashkiliy qism

1)salomlashish

2)sinf jurnalini to’ldirish

3)o’quvchilarni darsga hozirlash

4)navbatchi hisoboti

5)ma’naviyat daqiqasi:Respublikamizda dasturchilikka berilayotgan e’tibor,bir million o’zbek dasturchilari uzbekcoders.uz haqida qisqacha suhbat o’tkazish.


Muloqot







Suhbat







3

2

O’tilgan mavzu va uy vazifasini tahlili

1.Uy vazifasini bajarilganligini tekshirish.

2. Kichik guruhlarga bo’linib, kartochkalar bilan ishlash.

Savollarga og’zaki javob olish.

Sinf 2 guruhga bo’linadi,har bir guruh o’ziga nom qo’yadi.Turli shartlar bo’yicha bellashadi.

1-shart. Doskaga osilgan “savollar”daraxtidan 1tadan kartochka tanlaydi.Savollar:

1.Algoritm deganda nimani tushunasiz?

2.Algoritm so’zi qaysi alloma nomidan olingan?

3.Algoritmning qanday turlari bor?

4.Qanday algoritmlar Chiziqli algoritm deyiladi?

5.Chiziqli algoritmlarga hayotimizdan misollar keltiring.

6.Python dasturi qachon, kim tomonidan yaratilgan?.

7.Python dasturida yaratilgan qanday ilovalarni bilasiz?Yana qanday dasturlar nomini bilasiz?

8.Python dasturida qanday matematik amallarni bajarish mumkin?

9. Identifikator nima?

10. Ma’lumot va qiymatlarni dasturga kiritish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?

2-shart.Krossvord yechish.Guruhlar tomonidan o’tilgan mavzularga doir krossvord yechiladi

Musobaqa –kim zukko?

“Savollar”daraxti plakati


Kichik guruhlar bilan ishlash

“Kuz”metodi.





10

3

Motivatsiya

Hozirgi kunda mamlakatimizda Dasturchilarga bo’lgan talab

Aqliy hujum

3

4

Yangi mavzuning qisqacha bayoni,asosiy tushunchalar

Sodda masalalarni dasturlash tartibi:

1.Asosiy ma’lumotlar va ularning turini aniqlash.O’zgaruvchilar uchun nom tanlash.

2.Natija qanday va qaysi turga mansub bo’lishini aniqlash.Natijani akslantiruvchi o’zgaruvchilar nomini tanlash.

3.Ma’lumotlarni kiritish,hisoblash va natijani ekranga chiqarish kabi qadamlardan iborat algoritmni tuzish.

4.Tuzilgan algoritmga turli qiymatlar berib,uning to’g’riligini tekshirish.




Mavzuga doir slayd


Bahs-munozara


Aqliy hujum




15

5

Mavzuni

mustahkam-lash

3-shart.

1. darslikda berilgan 1-2-mashqlar amaliy yechiladi

4-shart.Mening dasturlash ijodim.

dars musobaqa tarzida o’tiladi.

“MY ART” metodi orqali guruhdagi o’quvchilar kompyuterda ijod qilishadi.

10

6

O’quvchilar bilimini baholash

5ballik tizim asosida

Rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirish


“Imkoniyatlar”metodi.Bunda 1,2,3,4 ballarga mos qiyinchilikdagi savollar bali yetmayotgan o’quvchiga beriladi,natijada o’quvchi balini ko’tarish imkoniyatiga ega bo’ladi

2

7

Uy vazifasini belgilash

1)dars bo’yicha savollarga yozma javob yozish.

2)3-4-masalalarni bajarish.

Sinf doskasi

Slayd


1

8

Darsni yakunlash.

Dars maqsadidan xulosa chiqarish

Pythonda sodda masalalar yechish mavzusini o’rganish o’quvchi masalalarni hal qilishda algoritmlar tuzishni o’rganadi,matematik savodxonligini oshiradi,fikrlashini rivojlantiradi,mantiqiy fikrlashi va aqliy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi.

Suhbat

1


V.Asosiy tushunchalar: algoritm, dastur, dasturchi, dasturlash, sodda masalalarni dasturlash tartibi, chiziqli dastur.

Tashkiliy qism.

1.Salomlashish va davomatni aniqlash.“Assalomu alaykum”.

-Barcha sog’mi,omonmi?

Bugun darsga tayyormi?

-Qani ayting bolalar,Sinfda kim navbatchi?

Navbatchi hisobotini tinglayman.Sinf jurnalini to’ldiraman.O’quvchilarni darsga hozirlayman.

2.Ma’naviyat daqiqasi:

Bunda Respublikamizda dasturchilikka berilayotgan e’tibor,bir million o’zbek dasturchilari uzbekcoders.uz haqida qisqacha suhbat o’tkazish.O’quvchilarni fikrlarini so’rayman.Ro’yxatdan o’tib ta’lim olayotgan o’quvchilar qanday bilim olayotganini,taassurotlarini o’rtoqlari bilan bo’lishadi.5 ta muhim tashabbus va uning 3-yo’nalishi haqida suhbat o’tkaziladi.

O’quvchilar 2021- yil nomini sharhlab berishadi.

1-o’quvchi: Do’stim bekor o’tmasin kuning,

Ilm bilan bo’lgin yuzma-yuz.

Qara bizga axir sharoit,

Yaratmoqda beshta tashabbus.

2-o’quvchi: Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo’shiq aytgin baralla,

Seni qo’llar beshta tashabbus.

3-o’quvchi: Sog’lom tana,norg’ul bo’l doim,

Chempion bo’l,olg’a yur doim,

Sport bilan mashg’ul bo’l doim,

Senga yo’ldosh beshta tashabbus.

4-o’quvchi:Internetdan bilgin jahonni,

Yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni yengish uchun bir oz,

Mayli ozroq o’yin o’ynab ol.

5-o’quvchi:Kompyuter,texnika asri,

Rivojlanib bormoqda hanuz.

Sen ham o’qib,o’rganib olgin,

Imkon berar beshta tashabbus.

6-o’quvchi: Kitob bilan do’st bo’lib olgin,

O’qib ko’ngling to’lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan,

Yetkazmagan ushbu kunlarga.

7-o’quvchi:Ishsizlik ham chekinar ortga,

Har kim halol risqini terar.

Yangi yangi ish o’rinlarni,

Besh tashabbus yaratib berar.






Asosiy qism .

O’tgan mavzuni mustahkamlash.

Sinf 2 guruhga bo’linadi.Guruhlar o’zlariga sardor va nom tanlashadi. O’tilgan mavzular guruhlar o’rtasida musobaqa tarzida so’raladi va mustahkamlanadi.Dars davomida guruhlar 4 ta shart bo’yicha bellashadilar,faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

1-shart:




Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, doskaga ilingan “Savollar daraxti” dan savol yozilgan bittadan kartochkani tanlaydi va javob beradi.

Har bir berilgan to’g’ri javoblarga rag’bat kartochkalar berib boriladi.

Savollar:

1.Algoritm deganda nimani tushunasiz?

2.Algoritm so’zi qaysi alloma nomidan olingan?

3.Algoritmning qanday turlari bor?

4.Qanday algoritmlar Chiziqli algoritm deyiladi?


5.Chiziqli algoritmlarga hayotimizdan misollar keltiring.

6.Python dasturi qachon kim tomonidan yaratilgan?.

7.Python dasturida yaratilgan qanday ilovalarni bilasiz?Yana qanday dasturlar nomini bilasiz?

8.Python dasturida qanday matematik amallarni bajarish mumkin?

9. Identifikator nima?

10. Ma’lumot va qiymatlarni dasturga kiritish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?

2-shart: Krossvord yechish.Birinchi bo’lib to’g’ri yechgan guruhga Rag’bat kartochkasi beriladi.


1



I







2




N










3

F







4




O







5




R










6

M








7



A







8




T








9



I





10




K









11


A







Topshiriqlar:
1.Grafik muharrir(Paint)
2. Qog’ozga chop etish qurilmasi(Printer)
3. O’z nomiga ega ma’lumotlar sohasi(Fayl)
4. Operatsion sistema.(Windows)
5. Informatika fanining bosh termini.(Axborot)
6. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashtiruvchi qurilma(Modem)
7. Kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kirituvchi qurilma(Skayner)
8. Kompyuter “yuragi” (Protsessor)
9. Birinchi EHMnomi(Eniak)
10. Bu yerda qanday so’z kodlangan? Morze alifbosida.

(..-.. .-.. ..-.. -.- - .-. --- -.)(elektron)
11.Axborot o’lchov birligi.(Bayt)


3-shart. Topishmoqlar sharti.(Kompyuter qurilmalariga doir).Topishmoq javobini to’g’ri topgan guruhga rag’bat kartochkasi beriladi.

  1. Oddiygina bo’g’irsoq

Uzun ingichka simi

2 yoki 3 tugma bor-yo’q uning bisoti

Yumush bajarar qancha

Uni derlar ____________(sichqoncha).


  1. Xuddi kuchli kapitan

U gerdayib turadi

Qurilmalar ishini

Bir o’zi boshqaradi

Kompyuterning yuragi u dovyurak___________(protsessor)


  1. Barmoqlarimiz chaqqon

So’z va matn yozamiz

Asosiy qurilmalar qatorida turadi

Uning nomi oddiygina ___________bo’ladi(klaviatura)


  1. Qutiga o’xshar o’zi

Qog’oz yutib charchamas

Sahifalar manzili va soniga pechat ber,

Buyrug’ingni bajaruvchi bu qurilma ________(printer)

VI.Mavzuning yoritilishi.

(Ma’ruza, amaliyot bilan uyg’unlikda olib boriladi, ekranda slayd orqali tushuntiriladi).

Dasturlash jarayonida asosan uch xil: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.


Bularning orasidan chiziqli algoritmlar, asosan, sodda masalalarni yechish jarayonida keng qo‘llaniladi.

Chiziqli algoritm– buyruqlarning qat’iy ketma-ketlikda tartib bilan bajarilishi.

Sodda masalalarni dasturlash tartibi:


1.Asosiy ma’lumotlar va ularning turini aniqlash.O’zgaruvchilar uchun nom tanlash.

2.Natija qanday va qaysi turga mansub bo’lishini aniqlash.Natijani akslantiruvchi o’zgaruvchilar nomini tanlash.

3.Ma’lumotlarni kiritish,hisoblash va natijani ekranga chiqarish kabi qadamlardan iborat algoritmni tuzish.

4.Tuzilgan algoritmga turli qiymatlar berib,uning to’g’riligini tekshirish.


Amallarning qat’iy ketma-ketlikda bajarilishi chiziqli ijro deb ataladi.


Chiziqli algoritm, shuningdek, amallarning shartsiz va takrorlanishlarsiz ketma-ket bajarilishining ifodasidir.


Chiziqli algoritmlarni dastur shaklida yozilishiga chiziqli dastur deyiladi.


Masala. Sinf xonasining eni 10 metr, bo‘yi 12 metr. Xonaning yuzini topish dasturini tuzing.Eni va bo‘yi qiymatlari foydalanuvchi tomonidan kiritilsin.



Кiruvchi ma’lumot


Hisoblash


Chiquvchi ma’lumot


10


S=a*b=10*12=120


120




Blok-sxema


Blok-sxema nomi


Dastur kodi


1

a,b

S

tamom

boshlanish

S=a*b


Algoritmning boshlanishi


2

Kiritish bloki

a=int(input())

b=int(input())

3

Bajarish bloki

s=a*b

4

Chiqarish bloki

print(s)

5

Algoritmning tugashi



VII.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “Quruvchi” metodidan foydalanaman”. Bunda darslikdagi 1-2 mashqlarni o’quvchilar kompyuterda amaliy bajarib, o’z “Bilim binolarini” mustaqil ravishda quradilar.Har bir misol uchun o’quvchilar rag’bat kartochkalar orqali rag’batlantirib boriladi.

3-shart:

Darslikdagi 1-2- masalalarni dasturini o’quvchilar kompyuterda amaliy bajaradilar.

1.-masala. Trapetsiyaning ikkita asosi (a va b) hamda asosiga tushirilgan balandligi h berilgan. Trapetsiyaning yuzi s ni hisoblash dasturini tuzing. a, b va h foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.

Yechimi:

print(‘trapetsiyaning asoslaridan birini kiriting’)

a=float(input())

print(‘trapetsiyaning asoslaridan ikkinchisini kiriting’)

b=float(input())

print(‘trapetsiyaning balandligini kiriting’)

h=float(input())

S=(a+b)*h/2

print(‘S=’,S)


2–masala. Teng tomonli uchburchakning tomoni a ga teng. Uning yuzi s ni hisoblash dasturini tuzing.


Yechimi:

from math import*

print(‘uchburchakning tomonini kiriting’)

a=float(input())

S=sqrt(3/4)*pow(a,2)

print(‘S=’,S)


4-shart: Mening dasturlash ijodim musobaqasi.“MY ART” metodi qo’llaniladi.

“MY ART” METODI
“MyArt” – “Mening san’atim” yoki “Mening ijodim” metodi o‘quvchilar iqtidorini namoyon qilish va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu metodni dasturlash operatorlari yordamida turli grafiklarni hosil qilishga oid mavzularda ijodiy ishlarni bajarishda qo‘llash mumkin. O‘quvchilar erkin yoki o‘qituvchi
belgilagan mavzuda ijod qilishlari va albatta, eng yaxshi ijodlarini maktab ko‘rgazmasida namoyish etib, taqdirlanishlari lozim.
“MyArt” metodini olib borish bosqichlari
O‘quvchilarga dastur operatorlari yordamida amallar bajarilish ketma-ketligi tushuntiriladi.Misollar ko‘rsatiladi.O‘quvchilar misollarnig namunalarini bajarib, operatorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qiladi.
O‘quvchilarga ijodiy vazifa namunalari yoki ixtiyoriy mavzuda vazifani bajarish ko‘rsatmasi beriladi.O‘quvchilar kompyuterda ijod qiladi va stikerlar bilan baholanadi.


G’olib guruh aniqlanadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi.


VIII.O’quvchilarga baholash uchun beriladigan qo’shimcha topshiriqlar

Imkoniyatlar”texnologiyasi



O’quvchilar o’zlariga yetmayotgan kerakli balga mos savol nomerini tanlaydi va imkoniyatdan foydalanadi.


IX.Uyga vazifa:Mavzuni o’rganish.3-4-mashqlar.

3. Kvadratning tomoni n ga teng. Uning yuzini hisoblash dasturini tuzing.
 
4. split() usulidan foydalanib, “5489*245*58*69*142*4587*54” satrini dasturga kiriting va berilgan ifodani hisoblang












Foydalanilgan adabiyotlar:


1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.2020-yil 23-sentabr.


2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori.2017-yil,6-aprel.


3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta talim to’g’risida ”gi 140-son qarori,2017-yil,15-mart.


4.Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon ,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. “O’zbekiston” nashriyoti,2016-yil.


5.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”,”O’zbekiston”nashriyoti,2017-yil.


6. Muhammadiyev J.O’. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash.
O’quv uslubiy qo’llanma TDYI- 2003 yil.


7. Razzoqov Sh.I. , Yo’ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi”
Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil.


8.J.F.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O’qituvchi” 2004 y


9.T. Madumarov, M. Kamoldinov “Innovasion pеdagogik tеxnologiya
asoslari va uni ta`lim tarbiya jaraѐnida qo`llash”, T. “Talqin”, 2012yil.


10.”Informatika va axborot texnologiyalari”.O‘qituvchi kitobi.9-sinf. «Nashriyot uyi tasvir» 2020y











Elektron ta’lim resurslari:



1. http://www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portal.


2. http://www.uzedu.uz – O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti.


3. http://www.eduportal.uz - O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portal.


4. http://www.bimm.uz - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim

vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi sayti.


5. http://www. tami.uz – Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha foydali ta’lim resurslari.


6. http://www.ziyonet.uz. – Ziyonet Axborot ta’lim portal.


7. http://www.informatika.ru- Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishidagi ta’lim sayti.


8. https://dr.rtm.uz/darslik/?lang=uz&sinf=9&fan=informatika-

9-sinf uchun yaratilgan “Informatika va AT” darsligi media tashkil etuvchilari.





15



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Похожие файлы

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!