MAVZU: Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismlarning erishi va qotishi. |
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti; Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish; |
Mashg’ulot rejasi | 1. Qattiq jismlarning erishi. 2. Suyuq jismlarning qotishi. 3. Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. 4. Qattiq jismlarning deformatsiyasi. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi haqidagi bilimlarni berish; Qattiq jismlarning erish va qotishi xususiyatlari bo’yicha malakalarini hosil qilish; |
Pedagogik vazifalar: Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishida kuzatiladigan fizik xususiyatlari to’g’risida ma’lumot berish; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi haqida tushunchaga ega bo’ladilar; Qattiq jismlarnin issiqlikdan kengayishida kuzatiladigan fizik jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar; |
O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot. “Zinama-zina” texnologiyasi; “Venna”-grafik organayzeri; |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar; |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli | Kichik guruhlarda ishlash; |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qayta aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida |
“Qattiq jismlarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismlarning
erishi va qotishi” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | 1.1 Mavzuning nomi, maqsadi va rejasini e’lon qiladi. Mavzuga oid tayanch iboralar bilan tanishtiradi; (1-Ilova) 1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. 1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Yozadilar; Aniqlashtiradilar; Tinglaydilar; |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 O’quvchilarning (5 ta kichik guruh) o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Zinama-zina” usuli yordamida tekshiradi. Usulning yo’riqnomasi bilan tanishtiradi va topshiriqni beradi. (2-Ilova) Taqdimotni tashkillashtiradi; 2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.3 Mavzuni “Venna” chizmasi usuli bilan mustahkamlaydi. Guruhlarga ekspert varag’ini tarqatadi. (4-Ilova) Guruhlarning faoliyatini nazorat qiladi va taqdimotini tashkillashtiradi; (“Venna” diagrammasi- qoidasi 6-Mavzu, 5-Ilovada) | Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar; Eshitadilar, yozib oladilar; Guruhlarda ishlaydilar; Taqdimot qiladilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi. 3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: Vazifa: Mavzu bo’yicha savollarga javob yozib kelish. (5-Ilova) | Tinglaydilar Vazifani yozadilar; |
1-Ilova
Taяnch tushunchalar:
Moddalarning issiqlikdan kengayishi; deformatsiya; chiziqli kengayish; Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi; hajmiy kengayish; qizitilgan suyuqliklarning kengayishi;
2-Ilova
“Zinama-zina” texnologiyasi:
O’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog’ozdagi bo’sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi.
Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko’rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi;
Tarqatma materiallar to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag (Zinama-zina shaklida) ilinadi;
“Zinama-zina” texnologiyasi uchun ekspert varag’i.
Guruhlar | Mavzu | Nimalarni bilasiz? |
1-Guruh uchun | Qattiq jism xossalari. | |
2-Guruh uchun | Qattiq jismlarning tuzilishi | |
3-Guruh uchun | Amorf va kristall jismlar. | |
4-Guruh uchun | Qattiq jismlarning mexanik xossalari: elastiklik, plastiklik, mo’rtlik | |
5-Guruh uchun | Qattiq jismlarning qo’llanilishi | |
3-Ilova
1-Slayd
Bir jinsli va xossalari bir xil bo‘lgan moda holati uning fazasi deyiladi. Jism qattiq, suyuq va gazsimon fazalarda bo‘lishi mumkin;
Moddaning bir fazadan (holatdan) ikkinchi fazaga (holatga) o‘tishi fazaviy o‘tish deyiladi;
Qattiq jismning erishi va suyuq jismning qotishi, suyuqlikning bug‘lanishi va bug‘ning kondensatsiyalanishi fazaviy o‘tishga misol bo‘ladi. Jismning bir fazadan ikkinchisiga o‘tishi aniq bir temperaturada sodir bo‘ladi.
Jismning qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tishi erish deyiladi. Kristall jismlar tashqi bosim o‘zgarmaganda tayinli bir temperaturada eriydi. Mazkur kristall erigan temperatura shu kristallning erish temperaturasi deyiladi.
Kristall jismlarning erish vaqtidagi sarflangan issiqlik miqdori kristall panjaraning buzilishiga sarf bo‘ladi. Kristall jismlar qaysi temperaturada erisa, shu temperaturada qotadi.
2-Slayd
3-Slayd
Solishtirma erish issiqligi
Erish temperaturasidagi kristall moddaning birlik massasini eritish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori solishtirma erish issiqligi deyiladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (1)
bu yerda
- erish temperaturasida olingan
massali kristall jismni
eritish uchun sarflangan issiqlik miqdori
- erish issiqligi,
- solishtirma erish issiqligi
Ikki yoki bir necha qattiq jismlardan iborat aralashmalar qotishmalar deb ataladi. Qotishmalar ajoyib xossaga ega. Ularning erish nuqtasi qotishma tarkibidagi eng oson eruvchi moddaning erish temperaturasidan ham hamma vaqt past bo‘ladi. Masalan, qalay va qo‘rg‘oshindan iborat qotishmani ko‘raylik. Bu qotishma
da eriydi, holbuki qo‘rg‘oshinning erish temperaturasi
, qalayning erish temperaturasi esa
.
4-Slayd
Materialni harakterlash uchun elastiklik koeffitsiyenti bilan bir qatorda unga teskari bo‘lgan kattalikdan foydalanishga ham odatlanilgan, uni elastiklik moduli yoki Yung moduli deyiladi, ya’ni
Har qanday qattiq jism faqat ma’lum chegaragacha Guk qonuniga bo‘ysunadigan deformatsiyalarni bera oladi.
Keyingi yillarda inson organizmi hayotiy faoliyatining ba’zi mexanizmlarida suyuq kristallarning roli aniqlangan. Bu esa ularni tibbiyotda tashhis qo‘yishda qo‘llash imkonini beradi.
5-Slayd
4-Ilova
“VENNA” tuzish qoidasi:
1-Doiraga: “Ciziqli kengayish” ga oid tushunchalarni, 2-Doiraga “Hajmiy kengayish” ga oid tushunchalarni, Doiralar kesishgan joyiga “Chiziqli kengayish” va “Hajmiy kengayish” uchun xos bo’lgan umumiy tomonlarini yozing.
“Venna” chizmasi uchun ekspert varag’i:
Nazorat savollari:
Qaysi qattiq jismlar o‘zlarining ichki tuzilishlari bo‘yicha suyuqlikka yaqin?
Amorf jismlar har doim qanday xossaga ega?
Erish va qotish deb nimaga aytiladi?
Moddaning solishtirma erish issiqligi deb nimaga aytiladi?
Qotishmalarning erish nuqtasi, elastikligi, qattiqligi, mustahkamligi, qotishma tarkibidagi moddaga qanday bog‘liq?
Qattiq jismlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi nima tufayli ro‘y beradi?
Mexanik kuchlanish deb nimaga aytiladi?
Elastik deformatsiyalar plastik deformatsiyalardan nima bilan farq qiladi?
5-Ilova