СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Test tarix fanidan

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Test tarix fanidan»

8



1-Mavzu:Qadimgi tarix—taraqqiyotning boshlanishi

1. Qazishma ishlarini olib boruvchi olimlar nima deb nomlanadi?

A) Arxeolog

B) Antropolog

C) Etnograf

D) Lingvist

2. Antropolog olimlar qanday ishlar bilan shug’ullanadi?

A) Qadimgi odamlarning suyaklarini tiklaydi

B) Qadimgi odamlarning yashash joylarini aniqlaydi

C) Qadimgi odamlarning tillarini o’rganadi

D) Qadimgi odamlarning urf-odatlarini o’rganadi

3. Qadimgi odamlarning urf-odatlarini o’rganuvchi fan nima deb ataladi?

A) Antropologiya

B) Arxeologiya

C) Etnografiya

D) Lingvistika

4. O’zbekiston tarixining eng qadimgi yozma manbasini aniqlang.

A) Behistun yozuvlari

B) Avesto

C) Gerodotning ‘Tarix” kitobi

D) Stroboning ‘Geografiya” asari

5. Ma’lumki, fors shohi Doro I o’zining Behistun bitiklari orqali o’rta osiyoliklar haqida xabar bergan. Bu yozuvlar yozilgan Behistun qoyalari qayerda joylashgan?

A) Erondagi Kirmonshoh yaqinida

B) Erondagi Tehron shahri yaqinida

C) Iroqdagi Basra shahri yaqinida

D) Iroqdagi Bag’dod shahri yaqinida

6. Doro I o’zi yozdirgan Behistun bitiklarida qaysi davlatlar sanab o’tilgan

A) Xorazm, So’g’d, baqtriya,

B) Xorazm, Parfiya baqtriya,

C) Davan So’g’d, baqtriya,

D) Xorazm, So’g’d, Marg’iyona

7. Gerodot nechanchi asrda yashab o’tgan?

A) mil. avv. IV asr

B) mil. avv. V asr

C) mil. avv. VI asr

D) mil. avv. III asr

8. Buyuk yunon tarixchisi Gerodotning mashhur asarini aniqlang.

A) ‘Geografiya”

B) ‘’ Tarix”

C) ‘Buyuk Aleksandr tarixi”

D) ‘Tarixiy yilnomalar”

9. Strabonning eng mashhur asarini aniqlang.

A) ‘Geografiya”

B) ‘Umumiy tarix”

C) ‘Tarix”

D) ‘Buyuk Aleksandr tarixi”

10. Strabon nechanchi asrda yashab o’tgan?

A) milodiy I asr oxiri

B) milodiy I asr o’rtasi

C) milodiy I asr boshi

D) mil. avv. I asr oxiri

11.Aleksandr Anabasisi kimning asari?

A) Kvint Kursiy Ruf B) Arrian

C)Strabon D)Gerodot

12. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning asarini belgilang.

A) ‘Makedoniyalik Aleksandr tarixi”

B) ‘Umumiy tarix”

C) Aleksandrning harbiy yurishlari

D) ‘Buyuk Aleksandr tarixi”

13. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf nechanchi asrda yashagan?

A) mil. avv. IV asr

B) mil. avv. V asr

C) mil. avv. VI asr

D) milodiy I asr

14. Yunon tarixchisi Arrianning yozgan asarini aniqlang.

A) ‘Geografiya”

B) ‘Aleksandrning harbiy yurishlari”

C) ‘Umumiy tarix”

D) ‘Buyuk Aleksandr tarixi”

15. Yunon tarixchisi Arrian nechanchi asrda yashagan?

A) milodiy I asr

B) milodiy II asr

C) milodiy III asr

D) miloddan avvalgi II asr

16. O’zbekistondagi ko’hna qadamjolarni qazish chog’ida arxeolog olimlar qayerlik hunarmandlar tomonidan yasalgan spool va metal idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan

A)Eron, Misr, Rim

B)Hindiston, Mesopotamiya, Eron

C)Xitoy, Eron, Mesopotamiya

D) Hindiston, Mesopotamiya, Xitoy

17. Quyidagi qaysi tarixchilar Makedoniyalik Aleksandrning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni beradi?

A) Ksenofont va Ktesiy

B) Kvint Kursiy Ruf va Arrian

C) Gerodot va Strabon

D) Strabon va Kvint Kursiy Ruf

18. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi nima deb nomlanadi?

A) matriarxat

B) urug’

C) ibtidoiy to’da

D) eng qadimgi urug’chilik tuzumi

19. Urug’ - bu …

A) birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lgan

qarindoshlar jamoasi

B) turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi

C) eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan davr

D) insoniyat rivojining shunday bosichidirki, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgialngan davr

20. Insoniyat tarixining boshlang’ich davri bo’lib, barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan va hamma baravar ishlagan davr nima deb ataladi?

A) matriarxat

B) ibtidoiy to’da

C) eng qadimgi urug’chilik tuzumi

D) ibtidoiy jamoa tuzumi

21. Qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug’ va oila boshlig’i ayol kishi bo’lgan davr qanday nom bilan ataladi?

A) ibtidoiy to’da

B) patriarxat

C) eng qadimgi urug’chilik tuzumi

D)matriarxat

22. Erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqeiga ega bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ota tomoniga qarab belgilanadigan davr nomini aniqlang.

A) matriarxat

B) harbiy demokratiya

C) eng qadimgi urug’chilik tuzumi

D) patriarxat

23. Eng qadimgi urug’chilik tuzumi qaysi davrni kelishi bilan nihoyasiga yetdi?

A) harbiy demokratiya

B) matriarxat

C) eneolit

D) patriarxat

24. Ma’lumki, Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagan. Bunday davrni arxeologlar qaysi nom bilan atashgan?

A) mis-tosh asri

B) paleolit

C) neolit

D) tosh asri

25. Tosh asri arxeolog olimlar tomonidan necha bosqichga ajratiladi?

A) to’rtta B) uchta

C) ikkita D) beshta

26. “Qadimgi tosh davri “ nima deb ataladi?

A)Mezolit B)Paleolit

C)Neolit D)Eneolit

27. Yangi tosh davri nima deb ataladi?

A)Mezolit B)Paleolit

C)Neolit D)Eneolit

28. Mis-tosh davri nima deb ataladi?

A)Mezolit B)Paleolit

C)Neolit D)Eneolit

29. O’rta tosh davri nima deb ataladi?

A)Mezolit B)Paleolit

C)Neolit D)Eneolit

30.Qaysi atama lotincha va yunoncha so’zdan olingan?

A)Mezolit B)Paleolit

C)Neolit D)Eneolit

31. Mezolit atamasi qaysi tildan olingan?

A)Lotincha B)Yunoncha

C)inglizcha

D)Yunoncha, lotincha

32. Ilk paleolit davri qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A)mil.avv 1 mln—100ming yilgacha

B) mil.avv 3 mln—2 mlngacha yilgacha

C) mil.avv 100 mingdan—40 ming yilgacha

D) mil.avv 10 mln—1 mln yilgacha

33. O’rta paleolit davri qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?

A)mil.avv 1 mln—100ming yilgacha

B) mil.avv 3 mln—2 mlngacha yilgacha

C) mil.avv 100 mingdan—40 ming yilgacha

D) mil.avv 40 mingdan—12- mingyilgacha

34.So’ngggi paleolit davri qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?

A)mil.avv 1 mln—100ming yilgacha

B)mil.avv 12 mingdan—7- mingyilgacha

C) mil.avv 100 mingdan—40 ming yilgacha

D) mil.avv 40 mingdan—12- mingyilgacha