Kushon davlati
1. Kushon davlatini … qabilalari tuzgan.
A) sakB) yuechji C) massagetD) xunn
2. Kushon davlatining birinchi hukmdori kim?
A) Kudzula Kadfiz; B) Kanishka
C) Vima Kadfiz; D) Xuvishka
3. Kushon davlatining dastlabki poytaxti … o’rnida bo’lgan?
A) Xolchayon; B) Baqtriya;
C) Ayritom; D) Zartepa
4. Nima sababdan Kushon davlati inqrozga uchradi?
A) To’xtovsiz urishlar oqibatida;
B) iqtisod zaiflashganligi tufayli
C) Halokatli zilzila va toshqin tufayli
D) Xorijiy istilochilar hujumlari oqibatida
5. Kushon davlati qachon tashkil topgan?
A)Milodiy I asrda B)mil.av I asrda
C)milodiy II asrda D)Mil.avv II asrda
6. Kimning davrida Afg’oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo’shib olingan?
A)Kanishka B)Vima Kadfiz
C)Kudzula Kafdiz D)Demetriy
7. Kimning davrida poytaxt Baqtriyadan ko’chirildi?
A)Kanishka B)Vima Kadfiz
C)Kudzula Kafdiz D)Demetriy
8. Kanishka davrida Kushon davlati hududlari qayerlrgacha yetdi?
A)Hindiston, Xo’tan, Pokiston, O’zbekistonning janubigacha
B) Hindiston, Xo’tan, Afg’oniston, O’zbekistonning janubigacha
C) Hindiston, Xo’tan, Afg’oniston, O’zbekistonning sharqigacha
D)Hindiston, Xo’jand, Afg’oniston O’zbekistonning janubigacha
9. Qaysi hukmdor davrida hukmdor nomi bilan tanga zarb qilingan?
A)Kanishka B)Vima Kadfiz
C)Kudzula Kafdiz D)Demetriy
10. Qaysi hukmdor davrida Kushon podsholigi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishdi?
A) Kanishka B)Vima Kadfiz
C)Kudzula Kafdiz D)Demetriy
11. Kanishka davrida Kushon qaysi davlatlar bilan savdo va elchilik munosabatlarini yo’lga qo’ydi?
A)Hindiston, Xitoy, Parfiya
B)Eron, Xitoy, Hindiston
C)Hindiston, Rim, Xitoy
D)Rim, Parfiya, Xitoy
12. Kushon podsholigida hukmdor nomi bilan zarb qilingan tangalar qanday metallardan zarb qilingan edi?
A)oltin, kumush, mis
B)Oltin, kumush, jez
C)kumush, mis
D)oltin, kumush
13. Kushon davlati iqtisodining asossini nima tashkil etgan?
A) sug’orma dehqonchilik,
B)savdo-sotiq hunarmcndchilik, sug’orma dehqonchilik,
C) hunarmandchilik; chorvachilik, savdo
D) dehqonchilik, savdo sotiq
14. Kushon davlati madaniy yodgorliklarini aniqlang.
A) Xolchayon, Dalvarzintepa
B) Ayritom C) Zartepa, Qoratepa
D) Yuqoridagilarning barchasi
15. Oromiy yozuvi qayerda paydo bo’lgan?
A) Mesopotamiyada; B) Kichik Osiyoda
C) Xitoyda D) G’arbiy Osiyoda
16. Kushon davlatida qanday yozuvlar bor edi?
A) oromiy yozuvi B) kushon-baqtriya yozuv
C) kushon shaklli yozuvi D) A, B, C
17. Kushon davlati tashkil topayotgan davrda Baqtriya va So’g’diyona aholisi asosan qaysi dinga sig’inar edi?
A) zardushtiylik; B) xristian;
C) buddaviylik D) animism
18. Qaysi yodgorlikdan oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosi topilgan?
A)Surxko’tal B)Qadimgi Termiz
C)Amudaryoning quyi oqimi
D)Zarafshon va Qashqadaryo
19. Qaysi yodgorlikdan kushon bitiklari topilgan?
A)Surxko’tal B)Qadimgi Termiz
C)Amudaryoning quyi oqimi
D)Zarafshon va Qashqadaryo
20. Qaysi hududlarda oromiy alifbosi asosidagi zorazmiy va so’g’diy yozuvlari keng tarqalgan edi?
A)Surxko’tal
B) Amudaryoning yuqori oqimi, Zarafshon va Qashqadaryo
C)Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon va Qashqadaryo
D)Sirdaryo havzalari, Toshkent, Farg’ona
21. Qanday omil Kushon podsholigining jahondagi ko’plab davlatlar bilan keng ko’lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi?
A)Kushon davlatining Xitoy , Hindiston, Rim bilan savdo aloqalari
B)Chig’ir, suv tegirmoni kashf etilib ishlatilganligi
C)Kushon hunarmandlari yasagan buyumlar, zeb-ziynatlarning jahonning ko’plab davlatlaridan topilishi
D)Kushon davlati hududidan yozuvning turli ko’rinishlariga oid topilmalarning topilishi
22. Buddaviy ibodatxonalar va ularning qoldiqlari qayerlardan topib o’rganilgan?
A) Eski Termiz B) Ayritom, Dalvarzintepa
C) Qoratepa, Fayoztepa; D) A,B,C
23. Qaysi hudud orqali buddaviylik O’rta Osiyo bo’ylab tarqaldi?
A)Toshkent vohasi orqali
B)Surhon vohasi orqali
C)Zarafshon vodiylari orqali
D)Xorazm orqali
24. Kushon davriga oid qaysi yodgorlikdan kushon hukmdorlari saroyi topilgan?
A)Dalvarzintepadan
B)Xolchayondan
C)Eski Termizdan
D)Ayritomdan
25. II-III asrlarga oid budda boshining tasviri qayerdan topilgan?
A) Dalvarzintepadan
B)Xolchayondan
C)Eski Termizdan
D)Ayritomdan