5-DARS. BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Excelda boshqa varaq yoki kitobga murojaat to’g’risida tushuncha berish; Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi; Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish ruhida tarbiyalash.Kommunikativ kompetensiya; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.
Rivojlantiruvchi maqsad: amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash.
Dars turi: yangi mavzu bayoni; dars usuli aralash, amaliyot.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
MS Excel 2010 ning yana bir qulayliklaridan biri bu, boshqa varaq yoki kitoblarga murojaat qilinib, ulardagi ma’lumotlar bilan bog‘lanish hosil qilish mumkin. Varaq va kitoblarga murojaat qilish usullarini quyidagi mashqlarda ko‘rib o‘tamiz.
1-mashq. Savdo shoxobchalaridagi ma’lumotlarga asoslanib, orgtexnika savdosi firmasi bo‘yicha umumlashtirilgan jadval tuzish.
Bajarish:
har bir savdo shoxobchasi bo‘yicha, masalan
1 Market – 1 varaqda
| ma’lumotlarni kiritamiz. 4 varaqda umumlashtirilgan ma’lumot hosil qilish uchin B3 katakka =Лист1!B3+Лист2!B3+Лист3!B3 yozuvi hosil qilinadi. Buning uchin B3 da = belgisidan so‘ng 1- varaqdagi B3 katagida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi, natijada Лист1!B3, so‘ngra + va 2- varaqdan Лист2!B3 hosil qiluinadi va 4 varaqdagi B4, B5, B6, C3, C4, C5, C6, D3, D4, D5, D6, D4 kataklariga nusxa ko‘chirish, o‘ng past burchagiga sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda hosil qilinadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 2-mashq. O‘quvchilarning fanlardan olgan baholarini kitoblarning jadvallari yordamida hosil qilish. Bajarish: o‘quvchilarning fanlardan olgan baholarini kitob jadvalida bog‘lanish hosil qilish uchun har bir fan bo‘yicha o‘quchilarning baholari alohida ishchi kitoblarda hosil qilinadi (matematika, fizika, Informatika): alohida fan (umumiy fanlar jadvali fayli) kiritilgan ishchi kitob ochilib, baholar kiritilgan kataklar belgilanib nusxalanadi (Копировать). Umumiy ishchi kitobdagi mos fan kataklari belgilanib, Maxsus qo‘yish (Специальная вставка) bo‘limi tanlanib, bog‘lanishni qo‘yish (Вставить связь) tugmasi bosiladi: Natijada quyidagicha bog‘lanish hosil bo‘ladi: | |
Mustahkamlash:
1. Varaqlarni bog‘lash usullarini tushuntirib bering?
| 2. Kitoblarni bog‘lash usullarini tushuntirib bering? |
| 3. 10- sinf o‘quvchilarning barcha fanlardan olgan baholarini alohida jadvallar hosil qiling va ularni bitta jadvalga birlashtiring. |
Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha savollarga javob berish.
Uchunchi varaqning B4 katagida birinchi varaqning C3 katakdagi va ikkinchi varaqning D6 katakdagi sonlarning yig‘indisini hisoblang.
O’IBDO’: Farmonova S.R
6-DARS. MS EXCELNING FUNKSIYALAR KUTUBXONASI
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga MS Excelning funksiyalar kutubxonasi haqida ma’lumot berish; Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi.
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish ruhida tarbiyalash.Kommunikativ kompetensiya; Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi Rivojlantiruvchi maqsad: amaliy topshiriqlar orqali bilimlarni mustahkamlash.
Dars turi: yangi mavzu bayoni; dars usuli aralash, amaliyot.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklanadi. Excel elektron jadvali ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to‘ldirishligini yuqorida aytib o‘tdik. Ba’zan kataklardagi mashg‘ulotlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug‘iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga murojaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan. Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.
Matematik funksiyalar
| t/r | Funksiya | Vazifasi |
| 1. | ФАКТР | argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi |
| 2. | ABS | argument qiymatining modulini hisoblaydi |
| 3. | LN | sonning natural logarifmini hisoblaydi |
| 4. | EXP | sonning eksponentasini hisoblaydi |
| 5. | SIN | sonning sinusini hisoblaydi |
| 6. | COS | sonning kosinusini hisoblaydi |
| 7. | TAN | sonning tangensini hisoblaydi (radianda) |
| 8. | НОД | ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi |
| 9. | НОК | ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi |
| 10. | ОКРУГЛ | haqiqiy sonni yaxlitlaydi |
| 11. | СУММ | ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini hisoblaydi |
| 12. | ПРОИЗВЕД | Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini hisoblaydi |
| 13. | ЗНАК | Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol bo‘lsa 0 ni chiqaradi |
| 14. | КОРЕНЬ | Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi |
1-mashq. Berilgan 6,10, 30, 60 sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblang.
Bajarish:
A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini kiritamiz;
C4 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:B2)
Enter tugmasi bosiladi.Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Mustahkamlash:
| 1. СУММПРОИЗ funksiyasidan foydalanib (5;10), (15;20), (25;30) sonlar juftliklari ko‘paytmalari yig‘indisini hisoblang. |
| 2. Berilgan -99, -23. -6, 0, 10, 56, 77, 89, 123, 345, 678, 2345 sonlarning ichidan eng katta va eng kichigining yig‘indisi va ko‘paytmasini hisoblang. |
| 3. -7,8; -9,67865; -4,6; -3,8; 7,8 sonlarning ko‘paytmasini hisoblang va ОКРУГЛ funksiyasi yordamida 2 ta raqamgacha yaxlitlang. |
Uyga vazifa:
1,2,3,4,5,6,8,9 sonlarning kvadrat ildizlari yig‘indisini hisoblang
15, 20, 45 62, 94, 112 sonlarning eng kichik umumiy bo‘linuvchisini toping
4,10 sonini faktorialini hisoblang
O’IBDO’: Farmonova S.R