Sinf: 6
Iste’dodning qudrati tufayligina muhabbat haqida yozmagan, balki qalbini o`rtagan shaxsiy fojiasining iskanjasidan chiqmoq, har kuni tortayotgan hijron azoblarini o`zgalar bilan o`rtoqlashmoq maqsadida qalam tebratgan lirik shoira.
Fan: Adabiyot.
Mavzu: Zulfiya hayoti va ijodi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarga shoira hayoti va ijodining bosh yo`nalishi to`g`risida ma`lumot berish, she`rlari bilan tanishish.
Tarbiyaviy: O`smirlarda muhabbat, sadoqat, vafodorlik tuyg`ularini shakllantirish, tabiat va inson go`zalliklari uyg`unligini anglatish.
Rivojlantiruvchi: Badiiy asarlardagi fojiaviy sezimlar ifodasini anglash orqali o`smirlar ruhiyatini ezgu tuyg`ular bilan boyitish.
Dars tipi: yangi bilim va tushuncha hosil qilish.
Dars uslubi: Aralash, musobaqa tarzida;
Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, guruhlarda ishlash, sinkveyn, boshqotirmalar, lug`atlar).
Dars jihozi: Zulfiya va H. Olimjon portreti, kitoblari “Zulfiyaxonim izdoshlari” namunalari, lug`atlar, tarqatmalar, boshqotirmalar, o`quvchilar tomonidan shoira she`rlariga atab chizilgan rasmlar;
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Darsning maqsadi. | Shoira hayoti va ijodi haqida ma`lumot berish. |
Darsning vazifasi. | O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzuga oid bilim va ko`nikmalarini shakllantirish, kengaytirishga erishish. - mavzuni o`quvchilar tomonidan guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlarni qay darajada o`zlashtirganliklarini nazorat qilish, ularning bilimini baholash. |
Darsning mazmuni. | Shoira hayoti va ijodini o`rganish, uning she`rlari bilan tanishish. |
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi. | Uslub:Guruhlarda ishlash. Shakl: Kichik guruhlarda musobaqa tarzida ishlash. Usul: Noan`anaviy Nazorat: Og`zaki. Vosita: Darslik, kitoblar, lug`atlar, tarqatmalar, boshqotirmalar, o`quvchilar tomonidan asarlarga atab chizilgan suratlar. Baholash: rag`batlantirish va besh ball tizim asosida. |
Kutiladigan natija. | O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi. O`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va uni hotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi. O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi. |
Kelgusi rejalar. | O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o`z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish. O`quvchi: Mustaqil ishlashni o`rganadi. O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlaydi, ularni o`rganadi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi. |
Darsning shiori: “Dars muqaddas”.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
Bugungi kun haqida qisqa tushuncha berib, yo`qlamani belgilb bo`lgach, o`quvchilarni ikki guruhga ajratib shartlarini e`lon qilish.
1-guruh “Magistrlar”, 2-guruh “Ezgulik farishtalari” guruhlari.
Birinchi shartda guruhlarni tanishtirib izohlash, Zulfiya hayoti va ijodini so`zlab berish. Zulfiya izdoshlariga namunalar keltirib, rasmlarini ko`rsatish shu bilan birga o`quvchilarga tarqatmalar tarqatilib, javobi o`sha vaqtdayoq aytiladi. Har bir shart so`ngida o`quvchi tomonidan maxsus ranglar asosida tayyorlangan baholar bilan baholanib, rag`batlantirib boriladi.
Shoira she`rlarini yoddan ifodali o`qish. O`qituvchi tomonidan yoddan Zulfiyaning “Lobar qizlarga” she`ridan parcha ifodali o`qilib, tahlil etiladi:
Salom, mening aziz dugonalarim,
Azizim, lobarim, chevarim qizlar
Ey toza qalbimning oshnolari
Kuylarim ilhomi-sevarim qizlar.
Har ikkala guruh tomonidan tayyorlangan shoira hayoti va ijodiga bag`ishlangan boshqotirmalar tarqatilib ishlanadi.
Magistrlar guruhiga:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Ular asli Toshkentning qaysi mahallasidan?
1944-yilda qanday dardchil she`r yozgan?
Birinchi she`riy kitobining nomi nima?
U qanday mukofot sovrindori?
Shoiraning familyasi?
Qalb bo`lganda yiroqda, deb boshlanuvchi 1945-yilda yozgan she`ri nomi nima?
U qaysi hotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo`lib uzoq yillar ishlagan?
“Ezgulik farishtalari” guruhiga:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
1962-yilda qaysi qozoq yigitiga bag’ishlab she’r yozgan?
O’g’lining ismi?
Bobosining ismi?
Zulfiya 1959-yilda kimga bag’ishlab qanday she’r yozgan?
Rus shoiriga atab yozgan she’rining nomi nima?
Shoira qizining nomi nima?
“Senga maftun bo’lib sevib qolganim” satrlari bilan boshlanuvchi 1943-yilda yozgan she’rining nomi.
Zulfiya ko’p pyesa, opera va yana nimalar yaratgan?
Guruhlar baholanadi.
Lirik chekinish
O’qituvchi tomonidan H.Olimjon hamda Zulfiyaning “O’rik gullaganda” she’rlari taqqoslantirilib, farqlari tushuntirilgach H.Olimjonning “O’rik gullaganda” she’ri kuylanadi:
Derazamning tagida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi
Novdalarni bezab g’unchalar
Tongda aytdi hayot otini.
Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahor ham shunday o’tadi
Har bahor ham shu bo’lar takror.
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
3. Sinkveyn usuli. “Magistrlar” guruhiga - maktab, “Ezgulik farishtalari” guruhiga – o’qituvchi so’ziga besh qatorli qofiyasiz she’r yozish.
Magistrlar
1. Maktab (ot)
2. Ozoda, ko’rkam (sifat)
3. Chorlaydi, o’qitadi, o’rgatadi (fe’l)
4. Ta’lim-tarbiya beruvchi maskan (gap)
5. Ilm dargohi (ma’nodosh)
Ezgulik farishtalari
1. O’qituvchi (ot)
2. Ziyoli, o’qimishli (sifat)
3. Tarbiyalaydi, o’qitadi, ulg’aytiradi (fe’l)
4. O’quvchilarni kamol topishga undaydi (gap)
5. Ustoz (ma’nodoshi)
Shart so’ngida guruhlar baholanadi.
Har ikkala guruhga yangi o’rganiladigan so’zlar lug’ati tarqatilib, o’quvchilarning lug’at daftariga yozib olinadi.
4. Ikkala guruhga ham harfiy topishmoqlar berilib, tez aytishlar ayttiriladi.
Xalq og’zaki ijodi namunalaridan 1-guruhga mehnat, 2-guruhga Vatan haqida maqollar ayttirilib “Kim ko’p maqol aytadi?” musobaqasi o’tkaziladi va shart so’ngida guruhlar baholanadi.
Har ikkala guruhdan ishtirokchilar o’z ijodidan namunalar o’qiydilar.
Dars so’ngida to’plangan baholar jamlanib g’olib guruh aniqlanadi.
Ikkala guruhdan ham faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadilar.
Dars yakunida o’qituvchi o’quvchilarga topshiriq berib darsni tugatadi.