СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ
Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно
Скидки до 50 % на комплекты
только до
Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой
Организационный момент
Проверка знаний
Объяснение материала
Закрепление изученного
Итоги урока
8-sinfda “ Kvadrat tenglamalarga doir misollar yechish” mavzusida Buxoro viloyati Ғиждувон туманидаги 5- umumta’lim maktabi, matematika fani o`qituvchisi Ёрқклова Адолатнинг 1-soatlik
DARS ISHLANMASI
(dars ishlanmasi 8 -sinfda jami 30 nafar o`quvchiga mo`ljallangan)
Sana: 16 mart
Sinf: VIII
Mavzu: Kvadrat tenglamalarga doir misollar yechish.
Darsning maqsadi: Kvadrat tenglamalarga doir darslikdan va qo`shimcha adabiyot-lardan misollar yechish, og`zaki savol-javoblar o`tkazish.
Darsning ta`limiy maqsadi: O’quvchilarning kvadrat tenglamalar va ularning ildizlarini topish haqidagi tushunchasini mustahkamlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarning huquqiy bilimlarini, mehnatsevarlik va vatanparvarlik ruhini oshirish;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi : o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: kichik guruhlarda ishlash, kompyuter bilan muloqot, mustaqil faoliyatga undash, jamoa bilan ishlash, yakka tartibda ishlash,”Binar” usuli, “Domino” usuli, “Assisment texnikasi”.
Darsning jihozi: Ekran, kompyuter, proyektor, kartotekalar, mustaqil ish uchun topshiriqlar, formulalar yozilgan ko`rgazmalar.
Darsning borishi
O`quvchilar bilan salomlashih, davomatni aniqlash, o`quvchilarni guruhlarga ajratish.
O’quvchilarning huquqiy ongini oshirish uchun savol-javob o’tkazish.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va bu islohatni amalga oshirish uchun biz o’quvchi yoshlarning oldiga qo’yilgan topshiriqlar va hissamiz nimadan iborat?
-Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
-Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
-Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
- Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
- Havfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik
Har bir bo’lim bo’yicha o’quvchilarning fikri tinglandi.
II. Uyga vazifani tekshirish: Kvadrat tenglamaga keltiriladigan tenglamalarga oid misollar. Darslikdan: № 340(1;3;5), № 341(1;3;5) № 342 (1)
( javob: 11-slayd)
hadni ko’paytma shaklida yozing. ( javob: 14-slayd)
III Yangi mavzu bayoni:
366- misol: Tenglamani yeching.(O’quvchilar mustaqil ravishda misollarni yechadi-lar, natijani tekshirish uchun 3ta guruhdan uch nafar o’quvchi doskada bajaradi, qolganlar mustaqil ravishda yechganlarini tekshiradilar.)
2) x2-50=0 4) 6)
Yechish: 2) 4) 6)
Javob: 2) 4) x1=0; x2= 7,5 6) x1=0 ; x2= 4
367-misol. Tenglamani yeching:
1) 2) 4)
368-misol. Tenglamani yeching:
(O’quvchilarga jadvalni to’ldirish asosida yechish topshirig’i beriladi.)
Tenglamaning berilishi |
a |
b |
c |
D=b2-4ac |
x1 |
x2 |
2) 9x2-3x-4=0
|
9 |
-3 |
-4 |
153
|
|
|
4) 3x2+4x-1=0
|
3 |
4 |
-1 |
28 |
|
|
IV Mustahkamlash : ”Kim tez hisoblaydi ” ( “Binar” usuli)
( 3 ta qatorga 1 xil misollardan tuzilgan varaq tarqatmasi beriladi. 1-partada o’tirgan ikki nafar o’quvchi birgalikda 1-misolni yechib varaqni 2-partadagi ikki nafar o’quvchilarga uzatadi. Ular ham birgalikda 2-misolni tezgina yechib, varaqni keying partadagi o’quvchilarga uzatadi. O’yin shu tarzda davom etib, oxirgi partadagi o’quvchilar yechib bo’lganlaridan so’ng misollar sharti va yechimi yozilgan varaqni o’qituvchiga keltirib beradilar. Qaysi qator qisqa vaqt ichida to’g’ri bajarib kelsa, g’olib hisoblanadi.) ”Kim tez hisoblaydi ”
Tenglamani yeching:
( bunda o’quvchining o’tirgan o’rniga qarab qaysi juftlik to’g’ri yoki noto’g’ri bajarganligini osonlikcha aniqlash ham mumkin.)
O’quvchilarga rangli qog’ozlarga yozilgan ikki qismdan iborat (misol sharti va boshqa bir misolning javobi) qaraq tarqatmalar berib chiqiladi. O’qituvchi birinchi savol (misol yozilgan) varag’ni doskaga ilib qo’yadi. Barcha o’quvchilar berilgan misolni yechadilar. Javob varag’i kimda bo’lsa, o’sha o’quvchi chiqib,qo’lidagi varag’ini doskaga osib qo’yadi. Osilgan varaqning yarmida navbatdagi savol berilgan bo’ladi. O’yin shu tarzda davom etadi. Bu didaktik o’yin orqali o’quvchi tezkorlikka, hushyorlikka,diqqatli bo’lish va ma’suliyatni his qila bilishga o’rgatiladi.
x2-7x+12=0 |
x=3,x=4 |
x2+18x+32=0 |
x=-16,x=-2 |
x2-5x-14=0 |
x=-2,x=7 |
x2+5x+6=0 |
x=-3,x=-2 |
x2-8x+12=0 |
x=2,x=6 |
x2+5x+4=0 |
x=-4,x=-1 |
x2-5x-6=0 |
x=-1,x=6 |
Kvadrat tenglama tarixi: Geometriya masalasi.
Pifagor.
To’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 10sm, katetlaridan biri ikkinchisi-dan 2sm uzun bo’lsa, katetlarni toping.
Yechish: Pifagor teoremasiga ko’ra a2+ b2= c2. Agar 1-kаtеt х sm desak, u xolda
2-kаtеt (х+2) sm. Tenglama tuzamiz: x2+ (x+2)2 = 102
x2+2x-48=0, x=6, x=-8 Demak, 1-kаtеt – 6 sm 2-kаtеt – 8 sm
V. baholash. “Assisment texnikasi” ( o’quvhilarga tarqatmalar berib chiqiladi)
O’quvchining ismi va familyasi:_______________________________________
Test To’g’ri ifodani ko’rsating:
1 ball |
Amaliy ko’nikma Kvadrat tenglamaning ildizlarini toping:
2 ball |
Simpton Nuqtalar o’rnini to’ldiring: x2+px+q=0 ko’rinishidagi tenglamaga…………… …………….………….deyiladi. 1 ball |
Amaliy ko’nikma Tenglamani yeching: x2-49=0 1 ball |
VI. Uyga vazifa: №366 (1;3;5) №367 (3) №368 (1;3)
© 2020, Яркулова Адолат Мурадуллаева 1256