СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ
Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно
Скидки до 50 % на комплекты
только до
Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой
Организационный момент
Проверка знаний
Объяснение материала
Закрепление изученного
Итоги урока
педагогам по технологии готовые конспекты
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
MEHNAT TA’LIMI MASHG`ULOTLARI UCHUN NAMUNALI DARS ISHLANMALARI
S amarqand 2016
.
.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
MEHNAT TA’LIMI MASHG`ULOTLARI UCHUN NAMUNALI DARS ISHLANMALARI
(umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari uchun uslubiy ko`rsatma)
Samarqand 2016
Z.Pardayev. Mehnat ta’limi mashg`ulotlari uchun namunali dars ishlanmalari. Umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari uchun uslubiy ko`rsatma. – Samarqand, 2016. 20 bet.
Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva - Til va adabiyot kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: A.Abdumannotov – Pedagogika-psixologiya va ta’lim menejmenti kadefrasi dotsenti
B.Doniyev. - VXTXQTUMOI amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsent
Umumta’lim maktablarida o`quv mashg`ulotlarini samarali tashkil etish shartlaridan biri namunali dars ishlanmasining mavjud bo`lishidir. O’qituvchilarning mashg`ulotlarga dars konspekti bilan kirishi mashg`ulot davomida unga ijobiy ta’sir etadi. Ba’zi malakali, ko`p yillik pedagogik ish stajiga ega bo`lgan o`qituvchilar: “Darsga konspektsiz kirish mumkin-mi?” – degan savolni berishadi. O’quv mashg`ulotlariga bunday o`qituvchilarga konspekt reja bilan kirishga imkoniyat yaratib beriladi. Ushbu uslubiy ko`rsatmada shu turdagi namunali konspektlar berilgan.
Uslubiy ko`rsatmadan umumiy o`rta ta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2016-yil ___iyunda bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ___- sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya etiladi
Kirish
Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha talim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko`tarishni talab etmoqda. Bu o`z o`rnida har bir tizim xodimi, ayniqsa, o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Negaki, rad qilib bo`lmaydigan bir haqiqat bor - qilingan barcha sa’y-harakatlar oxir-oqibat o`qituvchi mehnati orqali o`z natijasini namoyon etadi. Shunday ekan, pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug` kelajagimiz oldidagi mas’uliyatlilik, ko`rsatilayotgan yuksak e’tiborga munosib javob berish talab etiladi. Bu esa farzandlarimizning chuqur bilim egallashlarida asosiy rol o`ynaydigan sifatli darsda namoyon bo`ladi.
O’quv mashg`ulotlari ishlanmasi pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlari asosida va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun talablarini bajarishga qaratilishi maqsadga muvofiq bo`lib, o`qituvchi har bir mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rish vaqtida, dars ishlanmasi mazmuniga fan-texnika taraqqiyotini yangiliklarida kiritib borishi lozim. Shu jumladan, mehnat ta’limi fani o`qituvchilari ham bu jarayonni nazardan chetda qoldirmasdan, o`quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatishning ijobiy omillari sifatida yangilanayotgan ta’lim tizimida o`qitish jarayonining uslubiy jihatlariga alohida e’tibor berishi kerak.
O’qituvchi dars ishlanmasini tayyorlashda mehnat fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg`or o`qituvchi va pedagog-olimlarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallarga ham murojaat etishi, o`quv mashg`ulotining amaliy yoki laboratoriya shakliga ko`ra metodik manbalarni (dastur, metodik qo`llanma, darslik, mashklar sistemasini tahlil qilish) o`rganishi, metodik adabiyotlarga ijodiy yondoshib ulardan o`qitish ishlarini tashkil qilishda ilmiy izlanishlar olib borishi, dars ishlanmalari tuzish, darslarni samarali tashkil qilish uchun zaruriy ko`nikmalarni egallab borishi lozim.
Mashg`ulotni samarali tashkil etish va o`tkazish uchun tayyorlanadigan barcha ishlanma va boshqa turdagi didaktik materiallarda mashg`ulot mazmuni, unda turli o`quv ko`rgazmali qurollardan va texnik vositalar hamda axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalanishni nazarda tutilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Ushbu uslubiy ko`rsatmada umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fanidan 5-6-7-8-9-sinflari servis xizmati yo`nalishidan 1-mavzularning dars konspektlari namuna sifatida keltirilgan.
5-sinf
1-mashg`ulot. Sana_______________
Mavzu: Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablari. Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy – o`quvchilarga pazandachilik haqida umumiy ma’lumot berish, pazandachilik ishlarida rioya qilinadigan sanitariya-gigiyena qoidalarini o`rgatish.
b) tarbiyaviy – o`quvchilarni pazandachilikda ehtiyotkor va tejamkor bo`lib ishlashga o`rgatish.
v) rivojlantiruvchi – o`quvchilarning pazandachilik haqidagi bilim va ko`nikmalarini kengaytirish.
Darsning jihozi: pazandachilik ishlariga oid turli ko`rgazmalar va jihozlar.
Darsning turi: nazariy.
Darsning tipii: kirish darsi.
Fanlararo bog`lanish: biologiya, kimyo, fizika, matematika.
Darsning usuli: bahs, munozara.
Darsning borishi:
I-Tashkiliy qism.
II-So`rash: Mehnat ta’limi haqida nimalarni bilasiz? Mehnat ta’limi fanida rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalarini bilasizmi?
III-Yangi mavzuni bayon qilish. Ma’lumki, hayot uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mo`l-ko`lchiligini ta’minlash, asrash qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi masalalar insoniyat paydo bo`lgan davrlardanoq dolzarb bo`lib kelgan. Pazandachilikning boshqa san’at tarmoqlari kabi o`ziga xos «janrlari» ham mavjud bo`lib, ular o`zbek pazandachiligida oshpazlik, kabobpazlik, novvoylik, qandolatchilik, mantipazlik, yaxnapazlik va shu kabilardir. Mana shu pazandachilik janrlarining barchasidan xabardor mutaxassislar umumiy nom bilan pazanda deb yuritiladi. Taom har qanday insonning hayot kechirishi va ishlashi uchun zarur bo`lgan ehtiyojdir. Taom tayyorlash – murakkab va nozik jarayondir. Chunki e’tiborsizlik bilan tayyorlangan taom bemaza bo`lishi, hatto, insonni zaharlishi mumkin. Shu sababli ham insonlar orasida asrlar davomida taom tayyorlash usullari va uni iste’mol qilish bo`yicha o`ziga xos ovqatlanish madaniyati shakllangan. Har bir xalqning o`ziga xos pazandachilik udumlari, urf-odatlari, milliy taomlari yuzaga kelgan. Pazandachilik – keng tarmoqli soha hisoblanadi.
Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari
Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr (gaz) asboblari va jihozlarning sozligini tekshirish;
Elektr jihozlarini tok manbaiga ulashda qo`l quruq bo`lishi;
Go`sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish;
Pichoqni boshqa kishiga dasta tomoni bilan uzatish;
Kastryul yoki qozonda suyuqlik qaynatishda uni to`ldirib yubormaslik;
Suyuqlik qaynab turgan idish qopqog`ini narigi tomonga qaratib ochish;
Tovodagi qizigan yog`ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solish;
Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sochratmasdan, ehtiyotkorlik bilan solish;
Issiq idish-tovoqlarni maxsus qalpoq, moslama yoki ushlagichlar bilan ushlash.
Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko`chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik.
Tayyorlanayotgan taomni uzoq vaqt qarovsiz qoldirmaslik;
Taom tayyor bo`lgandan keyin elektr (gaz) qurilmalarini tarmoqdan uzib qo`yish.
Suyuqliklar, yog`lar va issiq idishlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari
1. Idishni suyuqlik bilan to`ldirib yubormaslik lozim. Qaynab turgan qozonga ichidagi suyuqlik toshib ketmasligi uchun qarab turish kerak.
2. Issiq jihozlarni maxsus asbob yoki sochiq bilan ushlash kerak.
3. Suyuqlik qaynab chiqqandan keyin olovni pasaytirish yoki o`chirib qo`yish kerak.
4. Suyuqlik qaynab turgan idishning qopqog`ini o`ziga qaratib ochmaslik kerak.
5. Qozonga, tovaga qizdirish uchun quyilgan yog`ni nazoratsiz qoldirmang. Baland haroratda yog` yonib ketadi.
6. Tovadagi qizdirilgan yog`ga mahsulotlarni oz-ozdan, asta-sekin tovaning bir chetidan solish kerak.
7. Qaynayotgan suyuqliklarga mahsulotlarni sachratmasdan ehtiyotkorlik bilan tashlash kerak
8. Choynak, kastryullarning dastalari bo`shab qolgan yoki singan bo`lishi mumkin emas.
9. Agarda polga suyuqliklar, yog`lar to`kilgan bo`lsa, u holda darhol polni sirpanib ketmaslik uchun quruq latta bilan artish kerak.
Pichoq, kesish asboblari va jihozlar bilan ishlashning texnika xavfsizlik qoidalari
1. To`g`rayotganda pichoqni to`g`ri ushlash kerak, pichoq, vilka sop tomoni bilan uzatiladi
2. Taxtakachni stolning tekis joyiga qo`yish kerak. Stolning chetiga qo`yib bo`lmaydi, chunki to`g`rayotganda mahsulotlar yerga tushadi.
3. Yaxlatilgan go`sht, baliqlarga erigandan keyin ishlov beriladi.
4. Qirg`ich bilan ishlayotganda ehtiyot bo`lish kerak, mahsulotlarga oxirigacha ishlov berish shart emas, aks holda jarohat olish mumkin.
5. Go`sht qiymalagichga go`shtni solishda maxsus yog`och moslama bilan ishlash kerak, qo`lni ehtiyot qiling, ish vaqtida begona shaxs bilan gaplashish kerak emas.
6. Konserva bankalarini pichoq yoki boshqa asboblar bilan ochish mumkin emas. Faqat o`zining maxsus moslamalaridan foydalanish kerak.
Gaz bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari
1. Ish boshlashdan oldin xonani shamollatish lozim.
2. Gaz plitasi to`g`ri yoqilishi kerak.
3. Gaz plitaning konforkalari qizg`ish sariq, olov uzilib yonsa, demak, bu gazda ishlash mumkin emas.
4. Gazning olovi ko`k-havo rang bo`lishi kerak.
5. Gaz plitaning duxovkasini ishlatishdan oldin shamollatish shart.
6. Gaz hidi chiqsa darhol mutaxassisni chaqirih kerak.
7. Gaz plitalarni nazorasiz qoldirish mumkin emas.
8. Ishlatib bo`lgandan so`ng gaz plitasini o`chirib tozalab qo`yish shart.
Elektr asbob jihozlari bilan ishlaganda tenika xavfsizlik qoidalari
1. Agar kichkina elektr plitasi bo`lsa, ushbu plitani ustiga qo`yishdan oldin uning tagiga olovga qarshi taglik ishlatiladi.
2. Elektr plitani yoqishdan oldin elektr shnurga qarash lozim, ochiq joylar bo`lishi mumkin emas.
3. Shtepsel rozetkasi o`z joyidan chiqib turgan, osilib turgan bolihi mumkin emas.
4. Quruq qo`l bilan elektr asboblarini shtepsel vilkasini ushlab o`chirih va yoqish lozim.
5. Plitkalarning usti yorilmagan tekis bo`lishi shart.
6. Ovqatni elektr plitkalarida tayyorlash uchun faqat sirli idishlardan foydalaning
7. Elektr plitkalarni nazorasiz qo`ymaslik kerak.
Pazandachilk xonalari uchun sanitariya-gigiyena talablari
1. Taomlar maxsus xona-oshxonada tayyorlanadi, unga yorug`lik yaxshi tushadigan, hid va bug`larni tozalash uchun maxsus ventilyator o`rnatilgan bo`lishi kerak.
2. Xona jihozlarining saramjonligi va ozodaligini ta’minlash.
3. Toza idishlarni shkafda yoki javonlarda saqlash kerak.
4. Pashshalarning oshxonaga kirishiga yo`l qo`ymang!
5. Idishlar issiq suvga biroz choy sodasi, garchisa va boshqa yuvish vositalari solib tegishli moslamalar yordamda yuviladi. Bu vositalar idishlarni yaxshi tozalaydi.
6. Oziq-ovqat chiqindilarini maxsus qopqog`i bor idishga solish kerak va o`z vaqtida to`kish kerak.
7. Oshxonalar vaqti-vaqti bilan shamollatiladi.
Pazandachilikda shaxsiy sanitariya-gigiyena talabalari
1. Taom tayyorlash uchun maxsus kiyimlar kiyiladi (fartuk, ro`mol).
2. Sochlar ro`mol tagiga olinadi, tayyorlashga kirishishdan oldin qo`lni sovun bilan yuvish kerak.
3. Barmoqlardagi tirnoqlar olingan bo`lishi shart.
4. Cho`ntakda to`g`nog`ich, sinadigan va o`tkir asboblar bo`lishi kerak emas.
5. Ish joyini to`g`ri tashkil qilish kerak.
6. Taom tayyorlashda iloji boricha sifatli mahsulotlardan foydalanish kerak.
7. Xom go`shtni, baliq go`shtini to`g`raganda alohida taxtakachlardan foydalanish kerak. Xg, Xb (xom go`sht, xom baliq deb yozib qo`yilgan)
8. Ish o`rinlarini doimo toza, ozoda, saramjon-sarishta holatda saqlashni odat qiling.
Tayyor taomlar va oziq-ovqatlarni saqlash qoidalari
1. Tayyor taomlar va oziq-ovqat mahslotlarini yopiq joyda saqlash kerak.
2. Buzulgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak emas.
3. Ayniydigan mahsulotlarni muzlatgichda saqlash lozim.
4. Mahsulotlarni tozalab yuvish va navlarga ajratish zarur.
5. Tayyor va xom taomlarni alohida saqlash kerak. Tayyor taomni tez iste’mol qilish lozim, chunki unda mikroorganizmlar ko`payib, zaharlanish mumkin
6. Siri ko`chgan va alyumin idishda ovqatlarni saqlab bo`lmaydi, zaharlanish mumkin.
Kesuvchi asboblar bilan ishlaganda:
Juda ehtiyot bo`lib ishlash. Kartoshkani ariqchali pichoq bilan, baliqni kirich bilan tozalash, go`shtni qiymalagichga turtgich bilan kiritish kerak. Pichoq va vilkani tutgich tomoni bilan uzatish kerak.
Non va boshqa mahsulotlarni kesishda maxsus taxtakachdan foydalanish va kesish qoidalariga amal qilish kerak. Barmoqlar bir oz egallagan holatda pichoq kesish qirrasidan bir oz masofada ushlanishi kerak.
Kirich bilan ishlayotganda ehtiyot bo`lish kerak.
Go`shtni qiymalagichga solishda maxsus yog`och moslamadan foydalanish va shu jarayonda begona kishilar bilan muloqotda bo`lish tavsiya etilmaydi.
Suyuqliqlar (suv, yog` va b.) bilan ishlaganda:
Qaynayotgan suyuqlik idish chekkasidan to`kilib ketmasligini nazorat qilish. Suyuqlik juda kuchli qaynab ketsa, olovni pasaytirish.
Issiq jihozlarni maxsus asbob yoki sochiq bilan ushlash kerak.
Suyuqlik qaynab turgan idishlar kopqog`ini o`ziga qaratib ochish kerak.
Tovadagi qizdirilgan yog`ga mahsulotlarni oz-ozdan, asta-sekin tovaning bir chetidan solish kerak.
Pazandachilikda rioya qilinadigan saniatriya-gigiyena qoidalari:
Ovqat pishirishda maxsus kiyimlar: oq xalat va oq qalpoq kiyish yoki oq ro`mol o`rab olish;
Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo`llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlarni olingan bo`lishi;
Ovqat tayyorlashda iloji boricha yangi sifatli mahsulotlardan foydalanish;
Go`shtga, baliqqa hamda sabzavotlarga birinchi ishlov berishda maxsus bo`laklash taxtachalari va pichoqlardan foydalanish;
Ish o`rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda saqlashga harakat qilish.
IV. Darsni mustahkamlash: 1. Pazandalik so`zining ma’nosi nima?
2. Pazandachilikda rioya qilinadigan sanitariya gigiyena qoilari nimalardan iborat? 3. Pazandachilikda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari nimalardan iborat?
V. Darsni yakunlash: a) o`quvchilarning ish faoliyatini baholash; b) Uyga vazifa – darsda o`tilgan mavzuni o`qib, o`rganib kelish.
6-sinf
1-mashg`ulot. Sana________________
Mavzu: Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar. Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari
Darsning maqsadi:
a) ta'limiy - o`quvchilarga pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar, unda rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy - o`quvchilarni pazandalik xonasida tartibli, saranjom-sarishtali va xavfsiz ishlashaga o`rgatish;
c) rivojlantiruvchi - o`quvchilarning pazandalik xonasi jihozlaridan foydalanishga oid ko`nikmalarini kengaytirish.
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarda pazandalikka oid qaysi kasblarga qiziqish borligini aniqlash va shu kasb-hunarlar haqida ma'lumot berish.
Darsning vazifasi: oshxona jihozlari va pazandalik xonasini jihozlanishi haqida ma'lumot berish.
Dars tipi: yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy va amaliy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitfsh metodlari: bahs-munozara, savol-javob, tushuntirish.
Darsning jihozi: pazandachilik xonasi jihozlari, bu jihozlardan foydalanishiga qo`yiladigan talablar, rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari yozilgan ko`rgazmalar.
Fanlararo bog`lanish: tibbiyot, kimyo, biologiya, iqtisod.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism (salomlashish, davomatni aniqlash, kirish so`zi va h.).
II. O'tilagan mavzuni so`rash.
1. Pazandalik qanday kasb? 2. Bu kasbni inson hayotida qanday o`rni bor? 3. Siz 5-sinfda qanday taomlar tayyorlashni o`rgangan edingiz? 4. Keyin qanday taomlar tayyorlashni o`rganib oldingiz? 5. Hozir mustaqil holda qanday taomlar tayyorlay olasiz?
III. Yangi mavzuni bayon etish. Pazandalik xonasini jihozlashga qo`yiladigan talablar. Pazandalik xonasi turli xil pazandalik ishlari -taomlarni tayyorlash uchun asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Pazandalik xonasining asosiy jihozlariga elektr yoki gaz plita, stol, pichoq, boltacha, taxta, cho`mich, kamgir, qoshiq, sanchqi kabi asbob-uskunalar va idish-tovoqiar kiradi. Plita xonaga shunday joylashtirilish kerakki, unga yaqin kelib ishlashga va boshqa moslamalarni o`rnatishga ham qulay bo`lsin. Xona maydonidan unumli foydalanish maqsadida devorga osilgan oshxona javonlaridan foydalanish qulaydir. Xonada issiq va sovuq suv ta'minoti bo`lishi yoki issiq suv bo`lmasa, elektr pilitada suv isitish imkoniyati yaratilgan bo`lishi kerak.
Xonada mahsulotga issiqlik ishlov berish uchun uy sharoitida ishlatiladigan elektr pilita va elektr duxovkalar yong`inning oldini olish uchun elektr xavfsizligi qoidalariga muofiq o`rnatilishi lozim.
Xonada oshxona idish tovoqlarini yuvish uchun yuvish qurilmasi, rakovinalar hamda mahsulotlarga ishlov berish stollari bo`lishi kerak, Ular quyidagicha joylashtirilishi mumkin. Yuvish qurulmasi-stol-pilita yoki pilita-stol-yuvish qurilmasi. Bular hammasi bitta chiziqda joylashgani ma'qul. Elektr pilita oldida polga rezina gilamcha to`shaladi.
Ovqat tayyorlash jarayoni o`quv xonasida amaliy mashg`ulot uchun zarur idish tovoqlar qozon, emallangan kostryulkalar. katta va kichik leva, ikkita cho`mich, kapkir, chovli, qasqon, taxta-o`qlov, clak, jo`va g`alvir, go`sht qiymalagich, xovoncha, qirg`ich, kattaligi har xil bir nechta tog`ora, sirlangan laganlar, sabzavotlarni tozalash, baliq va go`shtni to`g`rash uchun alohida-alohida taxtalar, pichoqlar va hokazolar bo`lishi lozim. Ularga maxsus belgilar, masalan, XS - xom sabzavollar, PS -pishgan sabzavotlar, XG - xom go`sht, PG - pishgan go`sht, XB - xom baliqqa degan yozuvlar yozilgan bo`lishi zarur.
Amaliy mashg`ulot xonasidagi hamma asbob, jihoz va idish-tovoqiar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilingan holda saqlanishi kerak. Xonada tez buziladigan mahsulotlarni saqlash uchun sovitgich-muzlatgich; sochiq, dasturxonlarni yuvish uchun kir yuvish mashinasi bo`lishi kerak.
Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Aziz o`quvchilar! Pazandalik ishlarida bir qator sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Bu bizning sog`ligimizni saqlashda katta ahamiyatga ega. Hozir sizlar bilan pazandalik ishlarida rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishamiz.
1. Xona ozoda, yorug`, shinam bo`lishi kerak. Taom tayyorlash vaqtida hosil bo`ladigan hid va bug`lardan xalos bo`lish uchun maxsus shamollatgich moslamalar o`rnatilgan bo`lishi kerak. Xona devorlari poldan 1,5-1,75 m baladlikda yorqin bo`yoqda bo`yalgan bo`lishi yoki kafellangan bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Xona poliga lenoleum yoki boshqa materiallar yotqizilishi mumkin.
2. Xonada ishlaganda o`quvchilarning tirnoqlari toza olingan bo`lishi, lak bo`yoqlari va barmoqlarda turli taqinchoqlarni bo`lmasligi kerak.
3. Ishga tushishdan oldin qo`lni sovunlab yuvish, toza maxsus ish kiyimi - xalat kiyish yoki peshband tutish, sochlarni maxsus bosh kiyimi ostiga olish zarur.
4. Har bir xom va pishgan mahsulot uchun alohida taxta va pichoqlar ishlatish zarur. Chunki xom mahsulot to`g`ralgan taxtada mikroblar rivojlanadi va pishgan mahsulotga o`tishi mumkin. Taxta va pichoqlar ishlatiladigan joylarda saqlanadi. Taxta oralarida yorilgan yoki zichlanmagan joylari bo`lishi mumkin emas.
5. Oshxona idish-tovoqlari taomlarni tayyorlash, saqlash va tashish uchun xizmat qiladi. Turli qozonlar, tovalar, kostryulkalar, kapkir, cho`mich, chovli, elak - bularning hammasi zanglamaydigan po`lat, alyuminiy, cho`yan, oq tunukadan tayyorlanadi. Sirlangan tog`orachalar, faqat mahsulotlarni saqlash, yaxna taomlarni tayyorlashda ishlatiladi.
6. Oshxona idishlari shishadan, alyuminiy, chinni, mis (tarelkalar, chashka, piyola, kosa, stakan, fujer va boshqalar), zanglamaydigan po`latdan (vilka, qoshiq, pichoq) tayyorlaitadi. Oshxonada polimer, plastmassa idishlar ham keng ishlatiladi. Chizillan, singan, yorilgan, siri ko`chgan idishlardan foydalanish mumkin emas.
7. Zararli hasharotlarga qarshi kurash - ichak infeksiyasi va oziq-ovqatdn zaharlanishning oldini olishda muhim choradir. Chunki ular har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchilardir. Pazandalik xonasida pashsha, suvarak va kemiruvchilar mutlaqo bo`lmasligi kerak.
8. Mog`orlagan, chirigan boshqa shu kabi nuqsonlari bo`lgan mahsulotlar ishlatilmaydi.
9. Zanglagan, tozalanmagan, buzuq asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
10. Kasallanib qolgan o`quvchilarga taom tayyorlashga ruxsat berilmaydi.
11. Buzilgan mahsulotlarni iste'mol qilish kerak emas.
12. Tez buziluvchan mahsulotlarni sovitgich-muzlatgichlarda saqlash lozim.
13. Mahsulotlarni tozalab yuvish, navlarga ajratish zarur.
14. Tayyor taom va xom mahsulotlarni alohida saqlash kerak. Tayyor taomni ko`p saqlab bo`lmaydi, chunki unda mikroorganizmlar ko`payib aynib qoladi.
15. Oshxonadagi chelakning qopqog`i bo`lishi shart.
16. Gaz yoki elektr plitalarini nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
17. Isitish asboblarini tagliksiz ishlatib bo`lmaydi.
18. Idishni suyuqlik bilan o`ta to`ldirib yubormaslik lozim.
19. Elektr asboblarini quruq qo`l bilan ushlanadi.
20. Go`sht maydalagichdan foydalanayotganda ehtiyot bo`lish kerak, masalan go`shtni qo`l bilan emas, maxsus moslamalar bilan qiymatagichga tushirish zarur.
21. Issiq asboblar maxsus ushlagich yoki sochiq bilan ushlanadi.
IV. Mustahkamlash. Savollar: Pazandachilik xonasini jihozlash uchun qanday talablarga rioya qilinadi? Bu jihozlardan foydalanishga qo`yiladigan talablar, rioya etiladigan sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari nimalardan iborat?
V. Darsni yakunlash (baholash, uyga vazifa, ish o`rnini yig`ishtirish).
7-sinf
1-mashg`ulot. Sana_________________
Mavzu: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati. Baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati
Darsning maqsadi:
a) ta 'limiy - go`sht va go`shtli mahsuloilarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati, baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati haqida ma'lumot berish.
b) tarbiyaviy - o`quvchilarni oshxonada ishlaganda ozoda va sanitariya-gigiyena talablariga amal qilgan holda ishlashni o`rgatish, badiiy-estetik didlarini o`stirish;
s) rivojlantiruvchi - o`quvchilarning go`sht va baliq mahsulotlaridan taom tayyorlashga oid tusliunclialarini kengaytirish.
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarni pazandachilikka oid kasb-hunarlar (oshpazlik, nonvoyiik, qandolatchilik va b.) to`g`risidagi bilimlarini rivojlantirish va shu sohaga doir kasblarga qiziqtirisli.
Darsning vazifalari: go`sht va baliq mahsulotlari haqida ma'lumot berish.
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: kichik ma'ruza, suhbat, savol-javob.
Fanlararo bog`lanish: zoologiya, fiziologiya, tibbiyot.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
II. O'tilgan mavzuni so`rash.
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1. Go`sht va go`sht mahsulotlari.
2. Go`sht turlari.
3. Baliq va baliq mahsulotlari.
Go`sht va go`sht mahsulotlari. Kundalik taomlarimizni go`sht va go`sht mahsulotlarisiz tasavvur etishimiz qiyin. Biz asosan qo`y va mol go`shtidan foydalanamiz. Go`sht - so`yilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Go`sht ma'zasi jihatidan turli xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi qo`shiladi, shuning uchun ham undan ko`p miqdorda har xil taomlar va mahsulotlar tayyorlash mumkin. Go`sht mushak, yog`, qovurg`a va suyak to`qimalaridan tashkil topadi. Mushak to`qimasining to`yimliligi eng yuqori bo`ladi. Unda ekstrakt moddalar, oqsil, yog`, mineral moddalar. A, D, RR va V guruhlardagi darmondorilar bor. Go`sht to`qimalari muskul, birlashtiruvchi suyak va iliklardan iborat. Muskul alohida ipsimon usti yarim tiniq qobiq bilan qoplangan to`qimalardan tashkil topgan. Muskul to`qimasi limozin oqsillardan tashkil topgan. Hayvon muskul to`qimasi oqsillari sifatli bo`lib tarkibidagi aminokislotalar o`z xususiyatiga ko`ra kishi organizimidagi muskul oqsillarnikiga o`xshash bo`ladi. Shu sababli ular tez hazm bo`ladi. Ichki harakati kam suyakka yopishgan umurtqa suyagi atrofidagi ipsimon muskul to`qimasi tolalari ingichka va mayin bo`lib yuqori ozuqali ahamiyatga ega. Bo`yin-qorin muskul to`qimalari esa qattiq bo`lganligi sababli dag`al ko`rinishga ega bo`ladi. Birlashtiruvchi to`qima to`liq bo`lmagan sifati past kallegin va elastik qancha ko`p bo`lsa muskul to`qimasi qattiq bo`ladi. Bu xususiyat go`sht sifatini belgilaydi. Yog` to`qimasi go`sht to`qimasi kataklariga to`ldirilgan yog` donataridan tashkil topgan bo`lib, ustiga birlashtiruvchi to`qimalar bilan qoplangan bo`ladi. Yog` go`shtni mazasini yaxshilash bilan birga ularning oziqaviy qiymatini oshiradi. Suyak to`qimasi asosini asosan moddasi tashkil etadi. Tarkibi jihatidan kolleginga yaqin bo`lgan maxsus to`qimalardan tarkib topgan. Tos suyagi shakarli deb ataladi. Uning tarkibida xushbo`y hid uyushqoqlik beruvchi modda bor. Go`sht sifati yaxshi bo`lsa rangi oq pushti rangdan qizg`ishgacha bo`lgan quruqqobiq bilan qoplanadi. Muzlatilgan go`sht yuzi va kesilgan qismi pushti qizg`ish,i bir oz kul rang bo`ladi. Bu rang go`shtdagi muz kristallning toblanishidir. Muzlatilgan go`shtga ishlov berish jarayoni – muzdan tushirish, yuvish, quritish, bo`laklarga bo`lish, suyaklarni ajratish, pay choklardan tozalash, navlarga ajratish, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashdan iborat. Sovitilgan go`shtlar dastlabki ishlov jarayonida o`tkazilmaydi. Go`shtni muzdan tushirish natijasida uning keyingi ishlovdan o`tkazilishi yengillashtiradi va osonlashadi. Go`shtlar muzlatilgan to`qimalar orasidagi suyuqlik muz kristallari ko`rinishida bo`ladi. Go`sht ma'lum bir sharoitda va usulda muzdan tushirilmasa erigan suyuqlik go`sht tarkibidan tashqari chiqib ketishi sababli go`shtning oziqaviy qiymati kamayish mumkin. Shu sababli go`sht maxsus kameralarda asta-sekin yoki tezkorlik bilan muzdan tushiriladi. Maxsus kamerasi bo`lmagan korxonalarda go`shtni muzdan tushirish uchun tayyorlovchi sexlarda olib boriladi. Undan go`sht panjara yoki stol ustiga qo`yib muzdan tushiriladi. Avval chopib bo`laklarga bo`lish mumkin emas, aks holda go`sht tarkibidagi sharbat 10 % gacha yo`qolib, issiqlik ishlovdan o`tgan go`sht qattiqlashib,o’ziga xos mazasini yo`qotadi.
Go`shtni yuvish paytida uning ust qismidagi ifloslangan joylari mikroorganizimlar va ularning spoyalaridan tozalanadi. Yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida go`sht ilgaklarga osib qo`yib, maxsus yuvishxonalarida yuviladi. O'rta hol korxonalarda go`sht vannada yuviladi. Buning uchun go`sht vanna ichida panjaraga qo`yilib, oqova suv bilan kapron yoki cho`tkalardan foydalangan holda yuviladi. Go`sht yuvilayotgan suvning harorati 20-30°S bo`lishi kerak. Yuvilgan go`sht bo`laklari quritilishidan avval 12-15°S li suvda chayib olinadi. Go`shtni chayishdan maqsad - uni sovitish va keyingi ishlovga tayyorlash, ustki qismidagi mikroorganizimlarning rivojlanishini to`xtatishdir.
Go`shtni quritishdan maqsad — unga ishlov berishda qo`lning sirpanishini, mikroblarning rivojlanishini oldini olishdir. Yuvilgan go`sht ilgakka osilgan holda vanna ustida yoki vanna ichidagi panjaraga qo`yilgan holda havoda quritiladi yoki paxta tolasidan to`qilgan mato bilan artib quritiladi. Katta korxonalarda tashqaridan havo so`rilib, filtrdan o`tkazilib maxsus quvurlar yordamida go`sht quritiladigan bo`lmagan korxonalarda go`slit tabiiy havoda quritiladi.
Mol go`shtini nimtalash va suyaklardan ajratish uzunasiga ikkiga bo`lish, uni bo`laklarga bo`lish, suyaklardan ajratish, paylardan tozalash kabi ketma-ket bajariladigan jarayonlardan iborat. Go`shtni nimtalash va suyaklardan ajratishdan maqsad pazandalikda u yoki bu taom uchun ishlatishga mo`ljallangan go`shtni olishdan iborat. Go`shtlar isib ketmasligi uchun harorati 10°S dan yuqori bo`lmagan xonalarda nimtalanadi va suyakdan ajratiladi. Agar korxonaga mol go`shti uzunasiga ikkiga bo`lingan nimta holida keltirilsa old va son bo`laklari ajratiladi.
Go`shtdan turli taomlar tayyorlanadi. Go`shtni uy sharoitida (muzlatkichda) bir necha kun saqlash mumkin. Ovqat tayyorlashdan oldin go`shtni oqib turgan suvda yuvish kerak. Go`sht qaynatilganda uning 40 foizga yaqin vazni yo`qoladi. Undagi moddalar qaynab turgan suvga ajralib chiqadi. Go`sht qovurilganda o`z vaznining . 37 foizini yo`qotadi, Qovurilgan go`shtdagi suv bug`lanib ajraladi, qolgan moddalari o`zida qoladi. Muzlatilgan go`shtni pishirishdan 2-3 soat oldin salqin joyga qo`yib muzdan tushiriladi. Muzlatilgan go`shtni issiq yoki sovuq suvda eritish tavsiya etilmaydi.
Baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va mohiyati
Baliq zarur ozuqa mahsuloti hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi jihatidan uy hayvoni go`shtidan pastroq bo`lsa ham, mineral moddalarga, darmondorilarga, oqsilga boyligi jihatidan go`shtdan ustunlik qiladi.
Baliq tarkibida 13-23% oqsil, 0,1-33% yog`, 1-2% mineral moddalar. 50-80% suv. A, D, E, B. B1, PP, C darmondorilari, ekstraktiv moddalar bo`ladi.
Baliq oqsillari tarkibida kishi tanasida yangi to`qimalarni hosil qiluvchi juda kerakli aminokislotalar qimmatli hisoblanadi. Bularga albumin, globulin, nukleoproteid va boshqalar kiradi. Birlashtiruvchi to`qima oqsili - kollegen sifatsiz oqsil bo`lib, issiqlik ta'sirida o`z ko`rinishini tez o`zgartirib, yopishqoq modda-glyutinga aylanadi. O`z tuzilishiga ko`ra baliq odam tanasida tez hazm bo`ladi.
Muskul to`qimasi yog`i va birlashtiruvchi to`qimalari baliqning iste'mol qilinadigari asosiy qismining - taxminan yarmini tashkil qiladi.
Yog`liqlik darajasi bo`yicha baliqlar shartli ravishda 3 turkumga bo`linadi: yog`siz - 2% gacha, o`rtacha yog`li – 2-5% gacha, yog`li – 5-15% gacha yog`i bor baliq. 15 dan 33% gacha yog`li baliq alohida yog`li baliq turkumiga kiradi.
Baliq tarkibidagi yog` baliqning turiga, yoshiga, qayerdan, yilning qaysi oyida tutilganiga bog`liq. Baliqning yog`liqlik darajasi uning ta'miga ta'sir qilishi bilan pazandachilikda ishlatishda ham o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Baliq yog`i tez eriydi va kishi tanasida yengil hazm bo`ladi. Tarkibida D, A darmondorilarining mavjudligi uning qimmatini oshiradi. Ugor, ilonbaliq, osyotr, losos, seld, ugolnaya va shunga o`xshash boshqa baliqlar yog`liqlik darajasi ko`proq bo`ladi. Cho`rtan baliq, treska, sudak, okun, koryushka yog`siz baliqlar hisoblanadi.
Dengiz baliqlari fosfor, natriy, kalsiy, kaliy kabi mineral moddalarga. shuningdek, yod, mis, kobalt, marganets kabi mikroelementlarga boy bo`ladi. Tarkibida ko`p miqdorda yod moddasi bo`lgani uchun baliq parhez taom mahsuloti hisoblanib, uni yoshi ulug` kishilarga iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Issiq ishlov berishda ekstraktiv moddalar qaynatma tarkibiga o`tadi. Ular kreatin va kreatinindan tashkil topib, ishtahani ochib, oshqozon ichki sekreksiya faoliyatini oshiradi.
Dengiz baliqlarida o`ziga xos o`tkir hid bo`lishining boisi ularda azotli mahsulot - aminokislotalarning bo`lishidir. Baliqlar katta-kichikligiga qarab ishlovda mayda (200 g gacha), o`rtacha (1-1,5 kg) va yirik (5 kg dan yuqori) kelib tushishi mumkin. Shunga qarab baliqlarga pazandachilik ishlovi belgilanishi bilan birga, baliqlardan hosil bo`ladigan chiqitlar ham har xil boiadi. Baliqqa mexanik pazandachilik ishlovi berilganda chiqqan chiqitlar pazandachilikda yoki texnikada qayta ishlatilishi mumkin. Mayda baliqlar ishlovdan o`tkazilib, butun holda, o`rtacha kattalikdagisi ishlovdan o`tish jarayonida ko`ndalangi yoki uzunasiga ikki bo`lingan yoki filelarga ajratilgan holda, yiriklarining ichi tozalanib, issiq ishlovga jo`natiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Go`sht qaysi hayvonlardan olinadi? 2. Go`sht qovurilganda va qaynaganda qancha massasini yo`qotadi? 3. Baliqning tarkibida inson organizmi uchun i|;mday foydali. moddalari mavjud?
VI. Darsni yakunlash, baholash, uyga vazifa berish (o`tilgan mavzuni o`qib kelish), ish o`rnini yig`ishtirish. Xonani tozalash va ish holatiga keltirish.
8-sinf
1-mashg`ulotlar. Sana ______________
Mavzu: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari
Darsning maqsadi:
a) talimiy - o`quvchilarga xalq hunarmandchiligining bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari to`g`risida ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy - o`quvchilarda hunarmandlar tayyorlagan buyumlarga nisbatan badiiy-estetik dunyoqarashni shakllantirish;
v) rivojlantiruvchi - o`quvchilarda xalq hunarmandchiligining zamonaviy texnologiyalarini o`rganib, amaliyotda qo`llash ko`nikmasini tarkib toptirish.
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarni xalq hunarmandchiligiga oid kasblar (yog`och o`ymakorligi, ganch o`ymakorligi, naqqoshlik, kandakorlik, kulolchilik, pichoqchilik, tikuvchilik, gilamchilik, do`ppido`zlik, quroqchilik, kashtachilik, zardo`zlik va b.) to`g`risidagi bilimlarini rivojlantirish va shu sohalarga doir kasblarga qiziqtirish.
Darsning vazifalari:
- o`zbek xalq hunarmandchiligiga asos solgan hunarmand ustalar to`g`risida ma'lumot berish;
- xalq hunarmandchiligining turlari, ish usullari bilan tanishtirish;
- bozor munosabatlari sharoitida hunarmandchilikning hozirgi zamon ishlab chiqarish faoliyati to`g`risida ma'lumot berish;
- "Hunarmand" uyushmasi va uning istiqbollari bilan o`quvchilarni tanishtirish;
- hunarmandlar tayyorlagan buyumlarga nisbatan badiiy-estetik dunyoqarashni shakllantirish.
Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
Dars turi: nazariy.
Darsda qo`llanadigan o`qitish metodlari: taqdimot, bahs-munozara, savol-javob.
Fanlararo bog`lanish: tasviriy san'at, chizmachilik, matematika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, xalq hunarmandchiligiga oid ko`rgazmali qurollar, asbob-uskunalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II.O'tilgan mavzuni so`rash. Sinfdagi va o`sha paytdagi mavjud sharoitga qarab, oldingi sinflarda o`tilgan ayrim mavzular yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. Masalan, odatda birinchi dars mustaqillikka bag`ishlanadi. Shu sababli quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Aziz o`quvchilar, nima uchun mustaqillik eng ulug` ne'mat hisoblanadi?
2. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qanday yutuqlarga erishdi?
3. Mustaqillik yillarida mamlakatirnizda qanday ishlab chiqarish korxonalari ochildi?
4. Yangi o`quv yilida qanday yutuqlarga erishishni oldingizga maqsad qilib qo`ygansiz?
III. Yangi mavzu bayoni.
Xalq hunarmandchiligi haqida qisqacha ma’lumot. Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o`zbek xalqining paydo bo`lishi, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo`lib xizmat qila oladigan ma'naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Shuning uchun yoshlarga, maktab o`quvchilariga xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni o`rgatish ularni ma'naviy tomondan tarbiyalashda, o`z xalqining hunarmandchiligi, urf-odatlari, asriy milliy qadriyatlari bilan tanishtirishda va kasb-hunarga yo`naltirishda katta ahamiyatga egadir. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog`och o`ymakorligi, metall o`ymakorligi, kashtachilik, ko`nchilik, pazandachilik, yog`ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido`zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi 150 dan ziyod sohaga ega bo`lib, o`zida mehnat va kasb ta’limining ko`pgina xususiyatlari -amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xomashyolarni topish va ta'mirlash qulayligi, o`g`il va qiz bolalar mehnatining o`ziga xosligi, shahar va qishloq maktabini uyg`unlashtira olishi, asosiy hollarda murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va stanoklar talab qilmasligi; mashg`ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o`rgangan, ma'lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari. Mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e'tiborga molikdir. Xalq hunarmanchiligi san'ati milliy qadriyatlarni va an'analarini izchil o`rganish, rivojlantirish hamda takomillashtirgan holda boyitib borish malaka va ko`nikmalariga asoslanadi. Darhaqiqat "Ta'lim to`g`risida"gi qonunda: "Umumiy ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida asosiy bo`g`in bo`lib, ta'lim oluvchilarni ilmiy bilim, mehnat va boshlang`ich kasb-kor ko`nikmalarini, ishbilarmonlik asoslarini egallashlari, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini va ma'naviy fazilatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi," - deb ta’kidlangan. Xalq hunarmanchiligi yoshlarning tafakkuri, tasavvuri, estetik didi, epchilligi kabi sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Zero, bu sifat va fazilatlar yosh avlodni har' tomonlama rivojlantirishga samarali ta'sir ko`rsatadi. Shularni hisobga olgan holda keyingi yillarda mamlakatimizda xalq amaliy san'atining bir necha o`nlab turlari rivojlantirilmoqda. Qadimiy yodgorliklarni saqlash, ularni qayta tiklash, ta'mirlash ishlariga keng yo`l ochib berilmoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon va Toshkentdagi obidalar qayta tiklanmoqda, ularni tiklashga xalq ustalari jalb etilib, ustalar o`z shogirdlari bilan birgalikda obidalarga sayqal berishmoqda.
O'zbekistonda Mustaqillik e'lon qilinishi bilanoq odamlarga munosib turmush va mehnat qilish sharoitlarini yaratishga, xalq farovonligini oshirishga, ijtimoiy adolat tamoyilarini qaror toptirishga, o` sib kelayotgan yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e'tibor qaratildi. Hozirgi sharoitda yoshlarning mehnat va kasb tayyorgarligi muhim ijtimoiy vazifa bo`lib, bu soha nazariyotchilari va amaliyotchilari, pedagog olimlar, o`qituvchi, tarbiyachi, murabbiy va ustalar yoshlarga xalq hunarmandchiligining turli qirralarini o`rgatishi, ularni shu yo`nalishlardagi kasblarni egallashga tayyorlashi hunarmandchiligimizni rivojlantirishga, taraqqiy ettirishga va shu orqali jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa bo`lib qo`shishga olib keladi.
Milliy urf-odatlar, an'analar xalqlarning yashash sharoiti milliy xususiyatlarni o`zida jamlab, ming yillar davomida hayot deb atalmish murakkab sinovlardan o`tib, xalqning o`ziga xos tuzugi - qonuni darajasiga ko`tarilgan. Mustaqillik sharofati bilan bugunga kelib ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni o`rganish, amaliyotga tatbiq etishga shart-sharoit yaratildi, Hozirgi davrda ta'lim-tarbiya ishini takomillashtirish, milliylashtirish, jahon andozalariga mos keladigan pog`onaga ko`tarishda boy milliy-madaniy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, yangi davrning yangi talablariga alohida ahamiyat berish kerak. Bu esa eng avvalo: zamonaviy ta'lim-tarbiya shakllari, vositalari va usullaridan keng ko`lamda foydalana oluvchi yuqori malakali o`qituvchilar tayyorlashni taqozo etadi. Ta'kidlash kerakki, ta'lim-tarbiyani bir-biridan ajratish mumkin emas. Ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishni ma'lum kasb-hunarga yo`naltirilganligi, tabiiyki, o`quvchilarda mehnatga muhabbat hissi o`z-o`zidan tarkib topgan bo`lmaydi. U oilada ota-onaning yoki boshqa katta yoshdagi kishilarning shaxsiy namuna ko`rsatishi, keyinchalik ta'lim-tarbiya maskanlarida o`tkaziladigan mehnat ta'limiga oid mashg`ulotlarda insoniyat jamiyati to`plagan mehnatsevarlik an'analarini o`rganish orqali tarkib topadi. Bir so`z bilan aytganda mehnat ta'limining asosiy maqsadi - o`quvchilarning hayotdan olgan bilimi va tajribalarini aniq ishlab chiqarish mazmuniga ega masalalarning yechimini topish yo`li bilan boshlang`ich kasb-hunar sirlarini tarkib toptirishga qaratishdan iborat.
Umumta'lim maktablarida tashkil etiladigan mehnat ta'limi mashg`ulotlarini qiziqarli, samarali va to`laqonli olib borish uchun o`qituvchida aqliy, ma'naviy, uslubiy, umummehnat, maxsus kasbiy, hisoblash, o`lchash-tekshirish, chizish va tuzishga doir hamda turli xil moslamalar, texnologik jarayonlarni boshqara olish, bevosita mehnat obyektlari, predmetlari va qurollari bilan munosabatda bo`lish kabi xislatlar tarkib topgan bo`lishi kerak.
Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san'atining ko`pdan-ko`p sohalari bilan uyg`unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy sanoat, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o`ziga xosligi, yo`llari, xususiyatlari bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun moddiy ma'naviyatning, madaniyatning ushbu sohalariga oid mavjud ta'riflarini keltirib, taqqoslab o`tish o`rinlidir.
Tasviriy san’at - san'at turi bo`lib, rassomlik, grafika, haykaltaroshlik va foto san'ati sohalarini o`z ichiga oladi. Tasviriy san'at real borliqni ko`rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni ularning tabiiy shakli, o`rni bo`lishini o`ziga o`xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi.
Amaliy bezak san'ati – tasviriy san'atning eng qadimgi turlaridan biri bo`lib, materialga berilgan - bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san'ati buyumlarining badiiyligi shu buyumlarining amaliy funksiyasi bilan bog`liq.
Hunarmandchilik - hunarmand, har xil oddiy mehnat qurollari yordamida xomashyodan turli mahsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Bora-bora kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, binokorlik, haykaltaroshlik, o`ymakorlik, toshtaroshlik, ko`nchilik, pichoqchilik, do`ppichilik va boshqalar ajrala borgan. Demak yuqoridagi ta'riflardan ko`rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining mohiyati, mazmuni, tuzilishi, xususiyati o`ziga xosdir. Respublikamizda mavjud bo`lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg`ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta'limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo`lib, o`ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
O'zbek milliy kashtado`zlik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro`zg`or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo`llanilgan.
Kashtachiligimiz san'ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O'zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana, zardevor, gulko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi horijiy mamlakatlarda, shuningdek, Respublikamizning Farg`ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san'at muzeylarida ko`p namunalari to`planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
O'zbek kashtachiligida iroqi, ilma, yorma, bosma, xamdo`zi, chamak, chinda xayod, baxya choklari keng tarqalgan. Turli joylardagi badiiy kashtalarda choklar turlicha tikiladi. Chunonchi, Toshkentda ko`proq bosma choki, Shahrisabzda yo`rma, kandaxayol, iroqi, Buxoro, Samarqand, Nurotada yo`rma choki bilan tikiladi.
Kashtado`z ustalar tabiatdagi gul, barg, novda, g`uncha, qush va boshqalarning tuzilishini, o`sish qonun-qoidalarini, ko`rinishini sinchiklab o`rganib, ulardan turli naqsh kompozitsiyalar ishlash uchun har xil elementlarni stillashtirib olganlar. Masalan, gulni stillashtirib. uning go`zalligini qaysi holatdagi ko`rinishini tasvirlashni izlab topadi. O'simliksimon naqshlar "Islimiy gullar" deb ataladi. Islimiy gullar o`z navbatida, ikki tomonga ulanadigan ko`rinishda bo`ladi.
O'zbek kashtalarida o'simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus kashtachiligida geometrik, o'simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida "Hunarmand" uyushmasining faoliyati va istiqbollari. Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar natijasida bugungi kunda barcha sohalar kabi aholini mehnat bilan ta'minlash, ularga kasb-hunar o`rgatish ishlari, jumladan, hunarmandchilik ham asta-sekinlik bilan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Respublikamizda aholining mehnat resurslardan oqilona foydalanish maqsadida kasb-hunarning ayrim turlari, ayniqsa, milliy qadriyat sifatida bugungi kunda tiklangan va tiklanayotgan xalq hunarmandchiligiga oid ko`plab qonun va farmonlar ishlab chiqildi.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ustalarining, "Usto" birlashmasi va "Musavvir" ilmiy-ishlab chiqarish markazining ushbu markaz huzurida xalq hunarmandlarining Qoraqalpog`iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida bo`linmalarga ega bo`lgan "Hunarmand" uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1741-sonli "Xalq amaliy san'ati hunarmandchiligini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoniga asosan tashkil topgan. Ushbu farmonga ko`ra "Hunarmand" uyushmasi faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- xalq hunarmandlarining mehnat faoliyati masalalarini muvofiqlashtirish, Respublika qonunchiligi tomonidan ularga beriladigan huquqlar va manfaatlarni himoya qilish;
- ustalar va hunarmandlarni moddiy-texnika resurslari, asboblar, kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta'minlashni, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda, shu jumladan eksport qilishda yordam berishni nazarda tutgan holda ularga uyda ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratishda ko`mak berish;
- bozor munosabatlari talablarini o`rganish hamda yuksak badiiy buyumlar tayyorlash uchun mahalliy xom ashyo va materiallarning yangi turlaridan foydalanish bo`yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish;
- mamlakat ichkarisida va chet ellarda xalq ustalarining buyumlari keng targ`ib va reklama qilinishini, rasmli materiallar va kataloglar chiqarilishini, ko`rgazmalar va kimoshdi savdolari o`tkazilishini tashkil etish;
- xalq san'atining noyob turlarini va buyumlarning yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashda an'analarni saqlab qolish hamda bu ish ko`nikmalarini yoshlarga singdirish, mohir ustalarni tayyorlash bo`yicha maxsus maktablar tashkil qilish.
"Hunarmand" uyushmasining asosiy maqsadi:
- asrlar davomida rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san'ati va badiiy hunarmandchiligi an'analarini saqlab qolish, uni nafaqat ichki bozorlarda, balki tashqi bozorlarda ham namoyish qilishga ko`maklashish;
- xalq amaliy an'analari asosida faoliyat yuritayotgan xalq ustalari, hunarmandlar, amaliy san'at mutaxassislari, ijodkor yoshlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
- ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
- ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarni amalga oshirish;
- iqtidorli bolalar va yoshlarni moddiy va ma'naviy rag`batlantirish; "Hunarmand" uyushmasining asosiy vazifalari:
- O'zbekiston va chet mamlakatlarda ko`rgazmalar, auktsionlar o`tkazish va ularda hunarmandlar ishtirokini ta'minlash;
- uyushma a'zolarini yangi zamonaviy texnologiya va jihozlar, xom ashyolar, asbob uskuna va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta'minlash;
- hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga, eksport qilishga ko`maklashish;
- milliy ustachilik va hunarmandchilik me'rosini saqlash maqsadida "Ustoz-shogird" maktablarini tashkil etish;
- xalq amaliy san'atini butun dunyoga targ`ib qilish;
- Respublikada kasanachilikni rivojlantirish;
- chet mamlakatlarda xalq madaniy me'rosi bilan shug`ullanadigan tashkilotlar bilan uzviy aloqa o`rnatish, hamkorlik ishlarini olib borish.
"Hunarmand" uyushmasiga a` zo bo lish uchun topshiriladigan hujjatlar:
1. Hunarmandning arizasi.
2. Turar joyidan ma'lutnotnoma.
3. Pasport nusxasi.
4. Shaxsiy varaqa.
5. Tarjimaihol.
6. 3x4 o`lchamli 4 dona foto surat.
7. Bajaradigan ishlaridan namunalar.
Ushbu topshirilgan hujjatlar asosida hunarmandni uyushmaga qabul qilish masalasi Respublika xalq ustalari, hunarmandlari, musavvirlari "Hunarmand" uyushmasi viloyat kengashlarida ko`rib chiqiladi va uyushmaga a'zolikka qabul qilingan hunarmandlarga maxsus guvohnoma beriladi.
Uyushmaga azo bo`ladigan hunarmandlar yiliga bir marotaba a 'zolik badalini quyidagicha tartibda to laydilar:
Nafaqaxo`r hunarmandlar:
Bir yilda eng kam ish haqining 2 baravar miqdorida yillik a'zolik badali. Masalan, 75835x2 = 151670 so`m.
Guvohnoma uchun: 3000 so`m
Kasaba uyushmasiga: 1516 so`m
Nafaqaxo`r bo`lmagan hunarmandlar:
Bir yilda eng kam ish haqining 4 baravar miqdorida yillik a'zolik badali. Masalan, 75835x4=303340 so`m.
Kirish badali: 5000 so`m
Guvohnoma uchun: 1500 so`m
Kasaba uyushmasiga: 3334 so`m
"Hunarmand" xalq hunarmandlari hududiy bo`limlari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi:
1. Bo`lim rahbari.
2. Moddiy-texnika ta'minoti bo`yicha yetakchi mutaxassis.
3. Katta san'atshunos.
4. Marketing bo`yicha yetakchi mutaxassis.
5. Buxgalter-xazinachi.
Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari. Bugungi kunda bozor munosabatlari sharoiti hunarmandlar oldiga yanada sifatli mahsulotlar ishlab chiqaris'h talablarini qo`ymoqda. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar va farmonlar asosida hunarmandlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, mamlakatimizning qadimiy shaharlari hisoblangan Samarqand, Xiva, Buxoro, Toshkent, Qo`qon, Marg`ilon kabi shaharlarga tashrif buyurgan mehmonlar, shu jumladan, chet ellik mehmonlar o`zlarining yurtlariga bu shaharlardan qandaydir esdalik sovg`a olib ketishni xohlaydilar. Shu bois bu joylardagi zahmatkash hunarmandlar o`zlari tayyorlagan turli xil ko`rinishdagi va o`lchamdagi ishlarini olib chiqadilar hamda mehmonlarga taqdim etadilar. Sunday ishlarning turi ko`p, masalan turli rasmlar, o`ymakorlik va kulolchilik ishlari, tikuvchilik va to`quvchilik ishlari kabilardir.
IV. Dars yakunlash.
Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash. Savol-javob asosida.
1.Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz? 2. Taniqli o`zbek xalq hunarmand ustalari va ularning ish usullari haqida gapirib bering. 3. Bozor munosabatlari sharoitida "Hurarmand" uyushmasining faoliyati va istiqbollari haqida gapirib bering. 4. Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosida olib borayotgan ish faoliyatlaridan misollar keltiring va h.
2. Uyga vazifa berish. O'quvchilar mavzu asosida qo`shimcha materiallarni to`plash va tarqatma materiallar tayyorlab kelish.
9-sinf
1-mashg`ulot. Sana ____________.
Mavzu: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
Darsning maqsadi:
a) ta'limiy - o`quvchilarga xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar berish;
b) tarbiyaviy o`quvchilarda, g`urur va nafosat tuyg`ularihi rivojlantirish;
c) rivojlantiruvchi o`quvchilarda iqtisodiy bilimlarni chuqurlashtirish.
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarning ishlab chiqarishni boshqarish va o`z-o`zini mablag` bilan la'minlashga oid bilimlarini kengaytirish orqali ularni iqtisod va savdo-soliq hamda hiinannandchilik kasblariga qiziqtirish.
Darsning vazifalari:
- hunarmandlarning ishlari bilan tanishtirish;
- bozorni o`rganish hamda hunarmandlarning mahsulotlarini sotuvga chiqarish haqida tushuncha berish;
- oldi-sotti, marketing, iqtisod haqida tushuncha berish;
Dars turi: nazariy, amaliy.
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: ma'ruza, tushuntirish, suhbat, bahs-munozara.
Fanlararo bog`lanish: tasviriy san'at, chizmachilik, matematika, flzika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar, xalq hunarmandchiligiga oid ishlar va ko`rgazmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. So`rash. O'tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni.
Respublikamiz kashtachilik, zardo`zlik, kulolchilik, misgarlik, kandakorlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi singari xalq amaliy san'ati bilan butun dunyoda mashhurdir. Yog`ochga, misga, qog`ozga, matoga ganchga chizib, o`yib, tirnab, zarb bilan ishlangan naqshu nigoralar, ularning go`zalligi, nafisligi va ta'sirchanligi kishini o`ziga maftun etadi. Xalq amaliy bezak san'ati an'analari avloddan avlodga o`tib kelishi bilan o`z taraqqiyoti, yangi sifatiga ega bo`lmoqda. O'zbek amaliy bezak san'ati turlarining ko`pligidan kelib chiqadigan o`ziga xos ta’lim va tarbiya imkoniyatlari yaxshi natijalar beradi. Birinchidan, yakka kishi hech qachon amaliy bezak san'atining hamma turlarini to`liq o`zlashtira olmaydi. Lekin umumiy darajada tanishish shaxsning yuqori madaniy darajaga erishuvida zarur shartdir. Bundan kelib chiqadiki, ushbu san'atlarni o`rgatish ikki xil shaklda amalga oshirilishi mumkin: umumiy nazariy ma'lumotlarga ega bo`lish yoki biror turini amaliy jihatdan to`liq egallash. Ikkinchidan, har bir murabbiy - usta o`zi chuqur egallagan san'at turini shogirdlariga chuqur o`rgatish bilan cheklanishi mumkin. Uchinchidan, har turli mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda ushbu san'atlarning u yoki bu turi bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etishda tanlash uchun keng imkoniyatlar mavjud. Lekin har qanday bilim va hunar o`rgatishdan asosiy maqsad kelgusi amaliy, zarur vazifalarni hal etishga qaratilishi lozim. Mashg`ulotlarida o`quvchilar bajaradigan har turli topshiriqlar ularning botanika, biologiya, tarix, adabiyot va boshqa fan sohaiaridagi bilimlaridan foydalanishni taqozo etadi, ya'ni bu mashg`ulotlarda predmetlararo bog` lanishni hisobga olish zarur.
Bolalikda bo`lgan qiziqish bora-bora bir umrlik kasbga aylanishi mumkin. Shu bilan birga yoshlikda birorta san'at bilan qiziqib shug`ullangan bo`lib, lekin keyinchalik boshqa kasb egasi bo`lib ketish hollari ham ma'lum. Bunda ular ikki holda ham san'at olamining kishi shaxsining takomillashtirishdagi vazifasi yetarlicha bajarilgan deb hisoblash mumkin. Chunki har ikkala holda ham estetik did va ma'daniy darajaning zarur taraqqiyotiga erishiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, yaqin o`tmishda o`zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog`och, tosh va suyak o`ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo`yrachilik kabi turlarining o`ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari unuta borilib, yo`qolib ketish xavfi ostida qolgan edi. Shunday holat hozirgi kunda san'atkorlar, xalq ustalari, muallimlar va san'at havaskorlari oldiga amaliy bezak san'atini saqlab qolish, ularni har tomonlama o`rganish va rivojlantirish, yosh avlodga san'at sir-asrorlarini o`rgatish orqali o`rinbosarlar tayyorlash san'at asarlarini keng targ`ib qilish orqali jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuqori bosqichga ko`tarilishiga erishish vazifalarini qo`yadi. Biroq mustaqillik tufayli qadriyatlarimiz tiklandi, hunarmandchilik qayti rivojlanmoqda. Bu maqsadlar yo`lida olib boriladigan ishlar xalq ustalari, san'atkorlar uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning badiiy ta'lim olishlari, san'atlarni egallashlarini tashkil etish va tug`ri ilmiy-metodik yo`nalishda olib borish, san'atkor-pedagoglar tayyorlashni yo`lga qo`yish, tegishli ilmiy tadqiqotlarni olib borishdan iborat bo`lishi kerak.
Ma'lumki, xo`jalik ishlarini yuritish, mahsulot ishlab chiqarish masalalari bevosita bozor munosabatlari bilan uzviy bog`langandir. Chunki bozordagi talab va taklifni o`rganmasdan ishlab chiqariladigan mahsulot o`z egasini topmasdan, ya'ni bozorda sotilmasdan to`xtab qoladi. Bu esa xo`jalik yoki korxonani iqtisodiy tomondan inqirozga olib keladi. Shu jumladan bu hol xalq hunarmandchiligi sohalariga ham tegishlidir. Hozirgi paytda xalq hunarmandlari ichki bozor va eksport uchun ko`plab turli xil ko`rinishdagi mahsulotlarni ishlab chiqarmoqdalar. Ayniqsa, kundalik ehtiyoj uchun zarur bo`lgan idish-tovoqlar (kulochilik), kiyim-kechaklar, poyabzallar (tikuvchilik, to`quvchilik), gilam va boshqa poyondozlar (to`quvchilik), o`ymakorlik va naqqoshlik usullarida ishlangan qutichalar, stol, stul, kursi, sandiq, darvoza va shu kabilar xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Yurtimizga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar o`z yurtlariga esdalik sifatida nimanidir olib ketishni xohlaydilar. Bunda ularga qutichalar, zardo`zlik buyumlari, ko`za, lagan, cholg`u asboblari, uy-ro`zg`or buyumlari va boshqa shu singari bejirim va chiroyli ishlangan buyumlar, ayniqsa, ma'qul keladi. Keyingi paytda respublikamizda teriga rangli rasm ishlash san'ati ham rivojlandi. Hunarmandlar bozordagi taklif va talabni hisobga olgan holda mana shunday mahsulotlarni ichki bozor va eksport uchun ko`plab ishlab chiqarmoqdalar, respublikamizning dovrug`ini yanada kengroq yoyishga xizmat qilmoqdalar.
IV. Darsni yakunlash.
1. Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash.
Hunarmandalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan buyumlarni klaster usulida ifodalash.
2. Uyga vazifa berish. Uylarida qanday hunarmandchilik buyumlari borligini aniqlab kelish.
Ish o`rnini yig`ishtirish.
Xulosa
Xulosa tarzida quyidagilarni bayon etishimiz mumkin. Sinf dars tizimi ta’lim-tarbiyaning samaradorligini ta’minlovchi eng muhim faoliyat turi hisoblanadi. Namunaviy dars ishlanmalari bilan olib borilgan mashg’ulotning esa samaradorligi yuqori bo’lishiga erishiladi.
Tadqiqotchilarning fikricha o`quv mashg`ulotlarining 50% samaradorligi o’quvchilarning aqli, qobiliyati, layoqati, eshitish, ko’rish, idrok qilish kabi shaxsiy fazilatlariga bog’liq. 25%i qiziqishi, moyilligi, intilishi kabi xislatlariga va 25 %i o’qituvchining qay darajada sharoit yaratib bera olganligiga bog’liq. Ikkinchi tomondan dars samaradorligi o’quvchilar faqat eshitganda va tinglaganda 5% ni, ko’rib turganda 10%ni, eshitib, ko’rib idrok qilganda 15 foizni va hokazo odatiy hollarda 75: gacha natijani ko’rsatadi. Biroq ko’rgazmali vositalar, tarqatma materiallar, didaktik materiallardan foydalanilganda 80-90%ni tashkil etar ekan.
Har ikki holatni taqqoslab, xulosalash borasida bir qator xulosa va tavsiyalarni aytib o’tish mumkin.
- Namunali, umuman dars ishlanmalari shunday tayyorlanishi kerakki, unda mavzuni yoritib bera oladigan barcha sharoit va ma’lumotlar aks ettirilsin;
- Dars ishlanmasi o’quvchilarning yosh va psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olib, mahalliy sharoitlarga moslashtirib tuzilsin-ki, unga o’quvchilarning qiziqishi yuqori bo’lsin;
- Dars ishlanmasida mavzuning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda ma’lumotlar, interfaol usullar, xronologik va texnologik xaritalar, trening mashg’ulotlari, rolli o’yinlar va darsning bir qator zamonaviy ko’rinishlari aks ettirilishi kerak-ki, bular darsning maqsadiga, ya’ni samaradorlikka erishishni kafolatlasin.
Ushbu maqsadlarni ijobiy hal etish o’qituvchilardan tinimsiz izlanish, mehnat, dars ishlanmalarini doimiy yangilab borish, zamon talablariga mos ishlanmalar yaratish kabi masalalarni ijobiy hal etish vazifalarini samarali tashkil etish va bajarishni talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O’zbekiston, 1997.
2. Davlatov K., Vorobyev A.I., Karimov K. Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. -T.: O’qituvchi, 1992.
3. Boltayev S.A., Magdiyev O.Sh., Sattorov V.N., Avazboyev O.I. Mehnat va kasb ta’limi metodikasidan o’quv mashg’ulotlar. Uslubiy qo’llanma. 2002.
4. Sharipov S.Sh., Abralova M. Maktablar o’quv ishlab chiqarish uchun xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalari. -T.: Respublika ta’lim markazi, 2002.
5. Avazboyev O.M., Isyanov R.G. Odilboyev H. Mehnat ta’limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. T.: TDPU, 1995.
6. 5-6-7-8-9-sinflar darsliklari. Respublika ta’lim markazi. – T.: 2011.
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………………… | 3 |
Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablari. Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha………………………………………... |
4 |
Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar. Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari…………………………………………………………... |
7 |
Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati. Baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati………………………………. |
9 |
Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari…………………………………………………………………………………. |
11 |
Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar………………………………………………………………………………… |
16 |
Xulosa……………………………………………………………………………………... | 18 |
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………………………………... | 19 |
Pardayev Zafar Shukurovich
MEHNAT TA’LIMI MASHG’ULOTLARI UCHUN NAMUNALI DARS ISHLANMALARI
(umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma)
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.
Samarqand shahar, Boysunqur ko‘chasi 3-uy