СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Тело и импульс силы. Закон сохранения импульса.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

 Вес, эластичность и сила трения.

Просмотр содержимого документа
«Тело и импульс силы. Закон сохранения импульса.»

MAVZU: Jism va kuch impulsi. Impulsning saqlanish qonuni. Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlari.

Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30-32 nafar

Mashg’ulot shakli

Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti

Mashg’ulot rejasi

1. Jism va kuch impulsi. Jismlar yopiq sistemasining ta’rifi.

2. Impulsning saqlanish qonuni-Nyutonning 2- va 3- qonuni sifatida;

3.Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlarining bajargan ishi.

4.To’la mexanik energiya. Energiyaning saqlanish qonuni.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Jism va kuch impul’siga oid bilimlarni shakllantirish. O’g’irlik, elastiklik, va ishqalanish kuchlariga oid malakalarini shakllantirish;

Pedagogik vazifalar:

  • Jism va kuch impul’si haqida tushuncha berish;

  • Jismlar yopiq sistemasini tavsiflash;

  • Impul’sning saqlanish qonunini tushuntirish;

  • Og’irlik, elastilik, ishqalanish kuchlarini asoslarini ochib berish;

  • To’la mexanik energiya va energiyaning ahamiyati haqidagi bilimlarni berish;

  • Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi;

  • Jismlar yopiq sistemasini tasniflaydilar;

  • Impul’sning saqlanish qonuni haqida ma’lumotga ega bo’ladilar;

  • Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchklarining asoslarini tartibli ravishda ochib beradilar;

  • Energiyaning tadbiqini o’rganadilar;

  • Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar;

O’qitish usullari

Tushuntirish, yo’riqnoma berish, kitob bilan ishlash; “Baliq skeleti” va “Insert” grafik organayzerlari;

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar;

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Frontal, jamoaviy;

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya;

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: tezkoso’rov;



Jism va kuch impulsi. Impulsning saqlanish qonuni. Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlari” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

  1. inut)

1.1 Mavzuning nomi, maqsadi, rejasi

bilan tanishtiradi. Mavzuga oid “Tayanch iboralar” ni aytadi. (1-Ilova)

1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari

bilan tanishtiradi.

1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi;

Tinglaydilar;

Yozadilar;


Aniqlashtiradilar;

Tinglaydilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini “Tezkor savollar” orqali tekshiradi. (2-Ilova) Savollarni o’qiydi va o’z tanlovi asosida o’quvchilardan so’riydi;

2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.

2.3 Mavzuni “Baliq skeleti” usuli yordamida mustahkamlaydi. Usulning texnologiyasi bilan tanishtiradi va xar bir qator uchun bittadan topshiriq ekspert varag’ini tarqatadi; (4-Ilova) Qatorlar bo’yicha faoliyatni nazorat qiladi (ekspert varag’i 1-partadan oxirgi partagacha tartib bo’yicha uzatiladi) va xar bir qatordan bittadan lider saylab, taqdimotini tashkillashtiradi

Javob beradilar;





Eshitadilar, yozadilar;








O’z navbati kelganda “Baliq skeletini” to’ldiradi; Qatorni qo’llab-quvvatlaydi; Taqdimotda qatnashadilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, o’quvchilar diqqatini jalb qiladi.

3.2 O’quvchilarni baholaydi;

3.3 Mustaqilishlash uchun vazifa beradi;

Vazifa:Mavzu bo’yicha asosiy hulosalarini “Insert usulida” muhokama qilish; Vazifa yo’riqnomasi bilan tanishtiradi. (5-Ilova)

Tinglaydilar




Yozadilar;

Kitob bilan ishlaydilar;



1-Ilova

Mavzu: Jism va kuch impulsi. Impulsning saqlanish qonuni.

Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlari.







Rеja:

Reja:

1. Jism va kuch impulsi. Jismlar yopiq sistemasining ta’rifi.

2. Impulsning saqlanish qonuni-Nyutonning 2- va 3- qonuni sifatida;

3.Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlarining bajargan ishi.

4.To’la mexanik energiya. Energiyaning saqlanish qonuni.


Tayanch tushunchalar:

Yopiq sistema; yopiq sistemada impul’sning saqlanish qonuni; reaktiv harakat; energiya; to’la mexanik energiya, to’la mexanik energiyaning saqlanish qonuni;

MASHG’ULOT SHIORI:

Aytur so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt. (Navoiy)





2-Ilova

TEZKOR SAVOLLAR:

  1. Gazning hajmi qanday aniqlanadi?

  2. Suyuqlik idishning shaklini olishiga sabab nima?

  3. Suyuqlikning bosimi deb nimaga aytiladi?

  4. Paskal qonuni?

  5. Arximed kuchi nima?

  6. Oqim deb nimaga aytiladi?

  7. Uzlusizlik tenglamasi qanday?

  8. Bernulli tenglamasi nimani isbotlaydi?

3-Ilova

Makon va zamonda ro’y beradigan barcha jarayonlarni ma’lum tartibga solib universal qonunlar saqlanish qonunlari deyiladi.

1-Slayd





Fazoning bir jinsligi deyilganda, uning barcha nuqtalarining teng kuchliligi tushuniladi.



Fazoning izotropligi deylganda, uning barcha yo’naishlarining teng kuchliligi tushuniladi.







Tashqi kuchlar ta’sir etmaydigan mexanik sistemaga yopiq sistema deyiladi. Impulsning saqlanish qonuni yopiq sistemada qaraladi.

2-Slayd



Yopiq sistema uchun impulsning saqlanish qonuni:

Yopiq sistemaning impul’si saqlanadi, ya’ni vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.







Vaqtning bir jinsliligi deylganda, uning har bir onining teng kuchliligi tushuniladi.









Nyutonning ikkinchi qonunidan ma'lumki, jismning mexanik harakatini o'zgartirish uchun unga boshqa jismlar tomonidan ta'sir bo'lmog'i kerak. Boshqacha aytganda, bu jismlar o'rtasida energiyalar almashuvi ro'y beradi. Mexanikada ana shunday energiya almashuvini tavsiflash uchun mexanik ish tushunchasi kiritilgan va u fizikada A harfi bilan belgilanadi.

Mexanik ish deb, kuchning shu kuch ta'sirida ro'y bergan ko'chishga skalyar ko'paytmasiga teng bo'lgan kattalikka aytiladi.

3-Slayd













Mexanik energiya deb, mexanik harakatlarning va o'zaro ta'sirlarning miqdoriy o'lchoviga aytiladi. Sistemaning holatiga qarab kinetik va potensial energiyalar bo'ladi.

Sistemaning kinetik energiyasi deb, uning mexanik harakat natijasida oladigan energiyasiga aytiladi

Jismlar sistemasining potensial energiyasi deb, ularning bir-biriga nisbatan joylashuviga va ular orasidagi o'zaro ta'sir kuchlarining harakteriga bog'liq bo'lgan energiyaga aytiladi.

Sistemaning to'la mexanik energiyasi deb, uning kinetik va potensial energiyalarning yig'indisiga aytiladi: E=Ek +Ep



4-Slayd

















Energiyaning saqlanish qonini:

Energiya hech qachon yo'qolmaydi ham, pay do ham bo'lmaydi. U faqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin. Yopiq sistemada to'la energiya saqlanadi.

5-Slayd





Hali tabiatda energiyaning saqlanish qonuni bajarilmagan jarayon ma'lum emas!









BALIQ SKELETI” chizmasi:

Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi.

Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, ko’nikmalarni rivojlantiradi

Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/ kichik guruhlarda yuqori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yozadi

4-Ilova







Kichik guruhlarga birlashadilar, to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.





Ish natijalarining taqdimoti



Mashg’ulot “Guruhlarda ishlash” shaklida bo’lmaganligi bois, o’quvchilar individual ishlashadi. 3 ta qatordan bittadan “lider” tayinlanib, qatorlari bo’yicha ma’lumotlarni jamlab, taqdimot qiladilar!















Baliq skeleti” ni tuzish qoidasi: baliqning tepa “suyagi”da mavzu bo’yicha muammolarni yozishda davom eting va past suyagida muammoni tasdiqlovchi dalillarni yozing.

Qaysi qator ko’p suyakli “baliq skeleti” ni tuzishsa, rag’batlantiriladilar.











Baliq skeleti ” usuli uchun ekspet varag’i:


Saqlanish qonunlari

Hulosa:



Yopiq Impul’s Energiya Va.Boshq

Sistema?







INSERT” jadvali:

Mustaqil o’qish vaqtida olgan ma’lumotlarni tizimlashtirishni ta’minlaydi, olingan ma’lumotlarni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish. Avval o’zlashtirgan ma’lumotlarni bog’lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.


Insert jadvalini to’ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida o’zlari to’ldiradilar

5-Ilova



O’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o’zlari tizimlashtiradilar-jadval ustunlariga “kiritadilar” Matnda belgilangan quyidagi belgilarga muvofiq:

  • -Men bilgan ma’lumotlarga mos;

“-” – Men bilgan ma’lumotlaga zid;

“+” –Men uchunyangi ma’lumot;

“?” –Men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash to’ldirish talab etiladi;























Insert” jadvali uchun ekspert varag’i:

Uyga vazifa: “Jism va kuch impulsi. Impulsning saqlanish qonuni.

Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlari.” Mavzusini

“Insert” jadvalida muhokama qiling.

-

+

?