СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

“O’qituvchi – sinfxona sahnasidagi Rejissyordir”

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi rivojlanmoqda. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasida ham Prezidentimiz tomonidan ta’lim va tarbiyaga qaratilgan e’tibor juda kattadir.

So’nggi yillarda ta’lim tizimida kirib kelayotgan pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi pedagogik psixologik tushunchalar, interfaol metodlar qo’llash, ta’lim tizimini yaxshi tomonga tubdan o’zgartirdi.

Shu o’rinda o’qituvchi yuqorida aytilganlardan foydalanibgina qolmay, o’zi ham zamon bilan hamnafas pedagog bo’lishi kerak. Zamonaviy pedagog dars o’tish jarayonida “aktyor” emas, “rejissyor” bo’lish keragligini anglashi lozim. Hayotni sahna deb ataymiz. O’qituvchi uchun esa sinfxona – sahna, dars ishlanmalar esa ssenaridir. Ssenariy qanchalik yaxshi yozilgan va rejissyor uni mukammal sahnalashtirsa asar tomoshabinlar e’tiboriga tushadi. O’qituvchi ham zamonaviy metodlar bilan birgalikda ko’rgazmali qurollar, o’yinlar va yangicha ta’lim usullaridan foydalansamaqsadga muvofiq bo’ladi. Shu orqali pedagog o’quvchilarni fanga ijodkorlik nuqtai-nazari bilan qarashni va izlanuvchanlik hususiyatini oshiradi. Buning uchun interfaol usullarni bilishimiz kerak.

Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrga undovchi ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi metodlar tushuniladi. Interfaol metodlar ortiqcha kuch sariflamay qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. O’qituvchi o’quvchini faollikka chorlovchi savolllar orqali ijodkorlikka, izlanuvchanlik va chaqqonlikka undaydi. Savol berish orqali o’quvchifikrlashini va dars davomida uni faol qilishni ta’minlaydi.Interfaol metod va usullarni sanab o’tamiz: Aqliy hujum, klaster, mustaqil xat, Venn diagrammasi, harakatli ma’ruza, o’zaro ta’lim, muallifga savollar, BBB, debat, insert, sinkveyn va boshqalar. Bu metod va usullar o’quvchini guruh bo’lib ishlashga kommunikativlikka, o’zgalarni fikirlarini tinglay olishga, mulohaza qilishga qiziqishlarini kuchaytirishga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon talabidan kelib chiqib o’quvchini o’z-o’zini tarbiyalaydigan o’zi mustaqil izlanib, bilimlarni egallaydigan darajaga olib chiqish interfaol metodlarni asosiy maqsadidir.

04.03.2020 16:02


Рекомендуем курсы ПК и ПП