СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

1- режа глоссарий

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

1- режа глоссарий

Просмотр содержимого документа
«1- режа глоссарий»

1- glossariy

Ariya — opera, oratoriya yoki kantataning parchasi (bir qismi) bo‘lgan, ovoz va orkestr uchun mo‘ljallangan asar.

Romantizm (frans. romantizm) — badiiy oqim bo'lib, XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida dastlab Germaniya, Avstriya, Angliya adabiyotida, keyinroq musiqa va boshqa san'at turlarida hakllangan.

Veberning «Sehrli mergan», «Evrianta», «Oberon» operalari Germaniyadagi opera san'atining keying! rivojini ham belgilab berdi.

Veberning «Evrianta» operasi keng qamrovli tarixiy-afsonaviy romantik operaning yangi toifasini shakllantirdi.

Veberning «Oberon» operasi fantastik obrazlar olami bilan romanticopera janrini boshlab berdi.

Klavesin (frans.clavecin, lot. clavis – kalit (shundan klavisha kelib chiqqan) – torli klavishali-tirnama musiqa cholg‘usi (kichik royalga o‘xshash ko‘rinishda). Klavishalar bosilganda torlar pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamida tirnaladi. Muloyim, mayin jaranglaydigan sadoga ega. 16-a.dan ma'lum bo‘lib, takomillashib kelgan. Zamonaviy estrada musiqasida undan keng foydalaniladi.

Konsert — orkestr jo‘rligida ma'lum cholg‘u asbobi uchun mo‘ljallangan yirik asar.

Klavir — opera yoki simfonik musiqa partiturasining fortepianoda (yoki fortepiano jo‘rligida kuylash) ijro etish uchun qayta o‘girilishi.

Kuy (qad. turk. «kuch», xitoycha «syuy» - ohang so‘zidan, ruscha. «melodiya» yun. melodia - kuylash, ko‘shiq, ashula) - musiqa da bir ovozli tuzilma, badiiy tugallangan fikr, asosiy ifoda vositasi.

Opera (ital. opera - asar) - yirik musiqali sahna asari. Organ (lot. organum, yun. organon - qurol, asbob) - murakkab tuzilishga ega eng yirik damli klavishli musiqa cholg‘u asbobi. Turli tizimlashgan qator (100 atrofida) trubalar, elektromotor yordamida havo haydovchi va o‘tkazuvchi mexanizmlar, qo‘l va oyoq uchun bir nechta klaviaturalar, pedallar, registrlar va boshqa moslamalardan iborat. Organ uchun alohida zallar ko‘rilgan. Organning kelib chiqishi mil. av.3-a. dagi gidravlos cholrusidan hisoblanadi.

Uning zamonaviy kurinishi 16-a.ga kelib, Rarbiy yevropada 18-a.gacha organ san'atining yuksalish davri bulgan. Bunga sabab buyuk organ maktablari va uning ustozlari A. va J. Gabrieli, J. Freskobaldi (Italiya), J. Titluz, F. Kuperen va L. Klerambo (Fransiya), A. de Kabeson, X. Kabamiles (Ispaniya), J. Bull, G. Pyorsell (Angliya), Ya. P. Svelink (Niderlandiya), S. Sheydt, V. Lyubek, D. Bukstexude va I. S. Bax (Germaniya) va k. b. kompozitorlar organ uchun asarlar yaratganlar. Uzbekistonda organ uchun G. Mushelning Syuitasi, organ va violonchel uchun poma va b. Uzbekistan davlat konservatoriyasi organ sinfi ustozlari va ijrochilari R. Karimova, M. Aminova va b. tanilgan.

Polifoniya (yun. poli - kup, phone - tovush) - ikki va undan ortik,, nisbatan mustatsil kuy va ovozlar uyg‘unlashuviga asoslangan ko‘povozli musiqa turi. Maxsus musika ta'limi muassasalarida o‘qiladigan fan.

Prelyudiya (lot. praeludium, praeludo - oldindan ijro etaman) - cholg‘u pesa. Asosiy qismdan oldin yoki alohida ijro etiladigan kichik pesa. Prelyudiya hamda fuga turkumlari va alox;ida prelyudiyalar yaratiladi.

Pesa (frans. piece) - yorqin ifodaviy mazmuni, aninq badiiy nomi, erkin shakldagi, ixcham hajmli cholg‘u musiqa asari.

Simfoniya (yun. symfonia - ohangdoshlik) – orkestr musiqasining yetakchi janri. 17-a.da simfoniya atamasi yevropa mamlakatlarida turli ma'noda qullanilgan edi. 18-a. o‘rtasida simfoniya alohida janr sifatida shakllandi. Simfonik musiqaning oliy va eng yirik shakli bulib, Vena klassik maktabining kompozitorlari I. Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven ijodida aniq 4 qismli sonata-simfonik turkumi (sikli): (1 - allegro, 2 - andante, 3 - menuet yoki skerso, 4 - rondo mustax;kam urnashdi. 19-a. kompozitorlaridan F. Shubert, G. Bermozg, I. Brams, A. Dvormak, S. Frank, A. Brukner, G. Maler, A.Borodin, P. Chaykovskiy, A. Skryabin va b. simfoniya rivojiga ulkan qissa qo‘shganlar. 20-a. kompozitorlari N. Myaskovskiy, D. Miyo, S. Prokofev, Ya. Sibelius, P. Xindemit, D. Shostakovich, I. Stravinskiy, B. Martinu, A. Oneger, A. Shnitke va b. ijodida simfoniya yangi boskichga ko‘tarildi. O‘zbekiston kompozitorlari G. Mushel, M. Ashrafiy, B. Zeydman, Ik. Akbarov, B. Gienko, R. X,amroev, S. Jalil, T. Kurbonov, M. Tojiev, M. Maxmudov, M. Bafoev, N. Riyosov va b. ijodida muhim o‘rin tutadi. Kichik xajmdagi simfoniya - simfonietta deb ataladi.