Просмотр содержимого документа
«9-sinf "Tarqatma materiallar"»
Toshkent shahar Yashnobod tumani 216-maktab matematika fani o’qituvchisi
Muminova Navbahorning
9-sinflarda
PISA-xalqaro baholash dasturi mavzusida o’tgan ochiq dars taqdimoti
Jadvalda avtomobillarga qo‘yiladigan soliq stavkalari keltirilgan.
(2013 yil 1 yanvar)
| Avtomobil quvvati (ot kuchi) | Soliq stavkasi (zed) |
| 70 dan kichik | 0 |
| 71-100 | 12 |
| 101-125 | 25 |
| 126-150 | 35 |
| 151-175 | 45 |
| 175-200 | 50 |
| 201-225 | 65 |
| 226-250 | 75 |
| 250 dan yuqori | 150 |
Quvvati 179 ot kuchiga teng bo‘lgan avtomobil uchun qancha soliq to‘lanadi?
UNIVERSITETGA YO‘L
Saidov G‘azalkentdan Toshkentdagi universitetga o‘qishga qatnaydi. Universitetda dars soat 9:30 da boshlanadi. Quyidagi jadvalda G‘azalkentdan ertalabki elektrpoyezdning jo‘nash va yetib borish vaqtlari ko‘rsatilgan.
| G‘azalkentdan jo‘nash vaqti | Toshkentga kelish vaqti |
| 6:35 | 7:59 |
| 7:05 | 8:23 |
| 7:28 | 8:30 |
| 7:34 | 8:57 |
Vokzaldan universitetgacha 35 daqiqada yetib borish mumkin. Saidov darsga kechikmasligi uchun eng kamida soat nechida elektropoyezdga chiqishi kerak?
TADBIRKOR
Tadbirkor ish yuzasidan Andijondan Toshkentga uchrashuvga borishi kerak. Uchrashuv soat 10:00 ga belgilangan. Jadvalda shu yo‘nalishda qatnaydigan kechki poyezdlarning ro‘yxati keltirilgan.
| Poyezd nomeri | Jo‘nash vaqti | Yetib kelish vaqti |
| 038A | 00:43 | 08:45 |
| 020Y | 00:54 | 09:00 |
| 016A | 01:00 | 08:38 |
| 030A | 01:10 | 09:37 |
Vokzaldan uchrashuv joyigacha yarim soatda yetib borish mumkin. Tadbirkor uchrashuvga kechikmasligi uchun eng kamida qaysi poyezdga chiqishi kerak?
JARIMA
Jadvalda belgilangan tezlikdan oshib ketgan tezliklar va ularga qo‘yiladigan jarima summasi keltirilgan.
| Oshirilgan tezlik km/soat | 20 gacha | 21-40 | 41 va undan yuqori |
| Jarima summasi(so‘m) | 223000 | 1115000 | 2007000 |
1-savol:Belgilangan tezlik 80 km/soat bo‘lgan yo‘lda 105 km/soat tezlikda yurgan haydovchi qancha jarima to‘lashi kerak?
IMTIHON
Imtihondan o‘tish uchun 35 ta bilet tayyorlangan. Azizbek shu biletlarning 14 tasiga tayyorlanmagan.
1-savol:
Unga aynan tayyorlangan biletlari tushishi ehtimollik darajasini toping.
CHO‘NTAK FONARLARI
O‘rtacha har 100 ta cho‘ntak fonarlari orasidan 16 tasi nosoz chiqishi mumkin.
1-savol:
Shular orasidan ishlaydigan cho‘ntak fonarini sotib olish ehtimollik darajasini aniqlang.
Karima yaqinda haydovchilik guvohnomasini oldi. Endi u oʻziga mashina sotib olmoqchi. Quyidagi jadvalda mahalliy mashina sotuvchisi taklif etayotgan toʻrt xil mashina haqida ma’lumot berilgan.
| Mashina rusumi: | Alfa | Betta | Gamma | Delta |
| Ishlab chiqarilgan yili | 2003 | 2000 | 2001 | 1999 |
| E’lon qilingan narxi (zedda) | 4800 | 4450 | 4250 | 3990 |
| Bosib oʻtgan masofasi (km) | 105 000 | 115000 | 128 000 | 109 000 |
| Dvigatel sig‘imi (litrda) | 1,79 | 1,796 | 1,82 | 1,783 |
1-savol:
Karima quyidagi barcha talablarga javob beradigan mashina sotib olishni xohlaydi:
Mashinaning bosib oʻtgan masofasi 120 000 kilometrdan oshmasligi kerak;
U 2000-yilda yoki undan keyinroq ishlab chiqarilgan boʻlishi kerak;
Mashinaning e’lon qilingan narxi 4500 zeddan yuqori boʻlmasligi kerak;
Qaysi mashina Karimaning talabiga toʻliq javob beradi?
PIYOLA
Buvimning 40 ta piyolasi bor: 7 ta qizil rangda, qolgani
ko‘k rangda. Buvim ixtiyoriy bittasiga choy quyib ichadi.
1-savol:
Choy quyilgan piyolaning ko‘k rangda bo‘lishi
ehtimolligini aniqlang.