MAVZU: Elektr maydon. Kulon qonuni. Elektr maydonning bajargan ishi. Potensiallar ayirmasi. |
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti |
Mashg’ulot rejasi | 1.Kulоn qоnuni. Elеktr zаryadining sаqlаnish qоnuni. 2.Zaryadlangan jism atrofida va ichidagi maydon kuchlanganligi. 3. Elеktr maydon bajargan ishi. Potensiallar farqi. 4. Potensiallar farqi bilan maydon kuchlanganligi orasidagi bog`liqlik. |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Elektr maydon haqida bilim va malakalrni shaklantirish; |
Pedagogik vazifalar: Kulon qonuni tajribasini ochiib berish; Potensiaallar farqi va maydon kuchlaanganligi haqida tushuntirish; Potensiallar farqi bilan maydon kuchlanganligi orasidagi bog`liqlikni asoslab berish;; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Kulon qonuni tajribasini ochib beradilar; Potensiaallar farqi va maydon kuchlaanganligi haqida bilimga ega bo’ladilar; Potensiallar farqi bilan maydon kuchlanganligi orasidagi bog’liklikni asoslab berishadi; Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar; |
O’qitish usullari | Ta’limiy o’yin: “FSMU” va “Baliq skeleti usullari”; Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot; |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar; |
O’qitish shakli | Kichik guruhlarda ishlash |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida |
“Elektr maydon. Kulon qonuni. Elektr maydonning bajargan ishi. Potensiallar ayirmasi” mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (15 minut) | 1.1 Mavzuning nomi, maqsadi va rejasini e’lon qiladi. (1-Ilova) Mavzuga oid tayanch iboralar bilan tanishtiradi 1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi.(2-Ilova) 1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; 1.4 O’quvchilarning diqqqatini jalb qilish va “Ma’naviy ong” ini mustahkamlash uchun “Intellektual o’yin” o’tkazildadi. (3-Ilova) | Tinglaydilar; Aniqlashtiradilar; Savollar beradi; Yozib oladilar Savollarga javob beradilar |
2-bosqich Asosiy (55 minut) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini uyga berilgan “Bum” o’yini yordamida tekshiradi; (4-Ilova) 2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (5-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Asosiy ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini aytadi; 2.3 Mavzuni “Baliq skeleti” usuli yordamida mustahkamlaydi; “Baliq skeleti” usuli uchun guruhlarga ekspert varag’ini tarqatadi, yo’nalish beradi va taqdimotini tashkillashtiradi; (6-Ilova) O’yin qoidasi va shrti bilan tanishtirib, taqdimotini tashkillashtiradi | “Bum” o’yinida ishtirok etadilar; Eshitadilar, yozadilar; savollar beradilar; Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 minut) | 3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi; 3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi. Uyga vazifa: Mavzu bo’yicha nazorat savollariga tayyorlanib kelish; Asosiy qoidalarni yozib kelish; | Tinglaydilar Vazifani yozadilar; |
1-Ilova
2-Ilova
1-Slayd
Nimalar baholanadi? Nazariy bilimlar; Amaliy ko’nikma va malakalar; Xulq- atvor va shaxsiy fazilatlar. | |
2-Slayd
Qachon baholanadi? Mashg’ulot jarayoni boshida, ma’naviy ongi Uyga vazifaga tayyorgarligi Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlashda |
3-Slayd
“A’lo” baho: Mashg’ulot jarayonidagi mavzu mazmunini chuqur va to’la egallab olgani, o’quv materialidagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’rganiladigan bilimlarni mazmun jihatidan ajrata bilganligi, o’qituvchi tamonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikirlab javob qila olgani, aytilgan ta’rif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni to’g’ri usulda, ijodiy, ishonchli va bexato bo’lishi. |
4-Slayd
“ Yaxshi” baho: Mashg’ulot jarayonidagi o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv materialining mazmunini chuqur va to’la o’zlashtirgani, o’rganilgan tushunchalar ta’riflarini to’la bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bo’lganligi, lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yo’l qo’yilganligi. |
5-Slayd
“Qoniqarli” baho: Mashg’ulot jarayonidagi oquv materialidagi asosiy bog’lanish va qoidalarni o’rganganligi, tushunganligi, lekin tushunshalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo’l qo’yilishi, aytadigan fikirni bayon eta olmasligi. Javobda birlik yo’qligi. Javob to’g’ri bo’lsa ham, u alohida, tarqoq fikirlardan iborat bo’lishi. Javob berishda ikkilanish borligi, ko’p hollarda ta’lim beruvchining yordami bilan javob berishi. |
6-Slayd
“ Qoniqarsiz” baho: Mashg’ulot jarayonidagi tizimsiz, tarqoq bilimlarga ega bo’lganligi. Nazariy-amaliy topshiriqlar mazmunini bir- biridan farqini bilmasligi. Javob berish mazmunida qo’pol xatolarga yo’l qo’yishi. |
7-Slayd
Ma’naviya saboqlari bo’yicha: 1 ta rag’bat yoki 1 ta jarima kartchkalariga ega bo’lishlari mumkin;
Uyga berilgan vazifani ”Bum” o’yini yordamida mustahkamlashda 4 taguruh o’quvchilari maxsimum 5 ta rag’bat va 5 ta jarima kartchkalariga ega bo’lishlari mumkin;
Yangi o’tilgan mavzuni “Baliq skeleti” usuli yordamida mustahkamlashda yozilgan javoblarga qarab, har bir to’g’ri javob uchun 1 tadan «Rag’bat” karchkasiga, noto’g’ri javob uchun 1 tadan “Jarima” kartchkalariga ega bo’ladilar;
MAHG’ULOT JARAYONIDA BAHOLASH MEZONI
TO’PLANGAN “RAG’BAT” KARTCHKALARI BO’YICHA BAHOLASH:
Har bir guruhdan eng ko’p “Rag’bat” kartchkasiga ega bo’lgan 2 tadan o’quvchilar : “5” baho
“Jarima” kartchkalari bo’lmagan har bir o’quvchi uchun kamida 2 ta “Rag’bat” kartchkasi bo’lgan o’quvchilarga: “4” baho
“Rag’bat” kartchkasi va“Jarima” kartchkasi teng miqdorda bo’lgan, daftari to’liq yozilgan o’quvchilarga “3” baho, Qo’shimcha savolga javob bersa “4” baho
Faqat “Jarima” kartchkalariga ega bo’lgan o’quvchilarga qo’shimcha savol berilib, savolga javob bersa “3” baho, javob bermasa “2” baho
“Rag’bat” kartchkasi “Jarima” kartchkasidan 1 taga ko’p bo’lsa, o’quvchidan quyidagi variantlar so’raladi:
1)Hech qanday shartsiz o’quvchi baholanmaydi;
2) O’qituvchi tomonidan beriladigan qo’shimcha 1ta savolga javob bersa-“4” baho, 2 ta savolga javob bersa “5” baho; Javob bera olmasa-“3” baho
3-Ilova
“INTELLEKTUAL MASHQ” NING BORISHI:
4 ta guruh uchun “Intellektual mashq” savollari tuziladi. Jami Guruhda 30 nafar o’quvchi bo’lsa, 34 ta savol tuziladi. Bu savollrdan har bir guruh uchun tuzilgan savollarning birida “Bonus” deb yoziladi va har bir guruhdan qolgan 1 tadan savolga o’qituvchi tomonidan javob beriladi.
Savolar kichik guruhlardagi o’quvchilar soniga qarab doskaga lepuchkali qog’ozlarning ortiga yozilib yopishtiriladi.
Masalan, 1-kichik guruhda 7 nafar o’quvchi bo’lsa, 8 ta savol doskaga yopishtiriladi, shundan 1 nafar “Bonus” ni tanlagan o’quvchiga to’g’ridan to’g’ri “Rag’bat” kartchkasi beriladi, oxirida qolgan savolga o’qituvchi tomonidan javob beriladi.
Shu tarzda qolgan guruhlarda ham tashkillashtiraladi.
INTELLEKTUAL MASHQ SAVOLLARI |
1-kichik guruh uchun: |
1 | Hayotdan hafa bo’lganingzida qanday yo’l tutasiz? |
2 | 4 misra she’r yod oling |
3 | Mashg’ulot shiorini ayting. |
4 | 130-Sonli qaror nima haqida? |
5 | Davr muammosi |
6 | O’zbekiston yangiliklari |
7 | Bonus |
8 | “laboroatoriya ishi” so’zining ingliz tilidagi tarjimasi |
2-kichik guruh uchun: |
1 | Farzandlik burchingiz? |
2 | Bugungi kun dars jadvalingiz |
3 | 85-Sonli qaror nima haqida? |
4 | Fizika fani o’qituvchingizning to’liq ismi sharifi? |
5 | Davr talabi |
6 | Uy manzilingizni to’liq ayting. |
7 | Oxirgi o’qigan kitobingiz? |
8 | Bonus |
3-kichik guruh uchun: |
1 | 1875-sonli qaror nima haqida? |
2 | Guruh rahbaringizning to’liq ismi sharifi? |
3 | Kollej ichki tartib qoidalaridan ayting |
4 | Prezident asarlaridan ayting |
5 | Bonus |
6 | Ertangi kun dars jadvalingiz? |
7 | Kutubxonadan olgan kitoblaringiz? |
8 | 2015 yil qanday yil deb e’lon qilingan? |
4-kichik guruh uchun: |
1 | Fizika kitobining muallifi? |
2 | Yoshlarga oid davlat siyosti haqida nimalarni bilasiz? |
3 | O’zingizni tanishtiring. |
4 | Dunyo yangiliklari |
5 | Ko’cha harakati qoidalaridan ayting |
6 | Bonus |
7 | Kollej direktorining to’liq ismi sharifi |
8 | “Axborot” ko’rsatuvi qachon qaysi kanalda qay vaqtda bo’ladi? |
Zaxira uchun savollar |
1 | Mustaqillik yutuqlari |
2 | Mashg’ulotlar nechchi daqiqadan va tanaffuslar oralig’i? |
3 | Katta tanaffus qancha vaqt va nechchidan nechchigacha? |
4-Ilova
“BUM” o’yinining borishi: Doska oldiga xar bir guruhdan bittadan vakil, ya’ni 4 ta o’quvchi chiqariladi va ketma-ketlikda turib, sanoq sonlarini aytishadi va xar 3 ga bo’linadigan son kelganda son nomini aytmasdan, “BUM” deb murojaat etishlarini ta’kidlaydi. Agarda biror o’quvchi o’yin shartini buzsa, adashsa, o’sha o’quvchi o’yindan chetlashtirilib, mavzu bo’yicha savol beriladi. Shu zaylda o’yin davom etadi va oxirida qolgan o’quvchiga 3 ta “Rag’bat” kartchkasi berilib, savolga javob bersa, yana bitta “Rag’bat” kartchkasi beriladi, savolga javob bera olmasa, “Jarima” kartchkasi beriladi. O’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar esa, o’yin davomida cheetlashtirilganda berilgan savolga javob berishsa, “Rag’bat”-kartchkasi, javob bera olmasa, “Jarima” kartchkasi beriladi. 1-O’yindan chetlashtirilgan o’quvchiga to’g’ridan to’g’ri “Rag’bat” kartchkasi berilmaydi, faqat savollarga javob bersagina oladi,; 2-O’yindan chetlashtirilgan o’quvchiga 1 ta “Rag’bat” kartchkasi; 3-O’yindan chetlashtirilgan o’quvchiga 2 ta “Rag’bat”kartchkasi; 4-O’yindan chetlashtirilgan o’quvchiga esa, 3 ta “Rag’bat” kartchkasi to’g’ridan to’g’ri beriladi. |
“BUM” o’yinida o’yindan chetlashtirilgan o’quvchilar uchun savollar:
1-O’yindan chiqqan o’quvchi uchun savolar:
1. Issiqlik mashinasi deb nimaga aytiladi?(Yoqilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilmaga)
2. Birinchi bug’ dvigateli kim tomonidan ixtiro qilingan? (Rossiyada 1765-yilda I.Polzunov tomonidan yaratilgan)
3. Issiqlik mashinasining FIK nimaga bog’liq?(isitkich va sovitkichning temperaturalariga)
4. Issiqlik mashinasining FIK 1 dan yuqori bo’lishi mumkinmi?(Yo’q)
2-O’yindan chiqqan o’quvchi uchun savolar (+1 “Rag’bat”)
1. Eng keng tarqalgan sovitish mashinasi? (Xojalik muzlatkichlari)
2. issiqlik dvigatellariga nimalar kiradi? (Bug’ mashinasi, bug’ turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar)
3. Reaktiv dvigatellarning FIK qancha? (60 % gacha)
3-O’yindan chiqqan o’quvchi uchun savolar: (+2 “Rag’bat”)
1. Ichki yonish dvigateli tabiatni ifloslaydimi? (Ha)
2. Yoqilg’ining ko’p ishlatilishi Yerdagi temperaturga ta’sir qiladimi va qanday? (Ha, Yerning temperaturasi ortadi)
4-O’yindan chiqqan o’quvchi uchun savolar: (+3 “Rag’bat”)
1. Sanoat korxonalarining qurilishiga qanday talablar qo’yilgan? (Havoga zaxarli gaz chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari tozalash qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan, ko’kalamzorlashtirish ishlari kengaytirilgan.
5-Ilova
1-Slayd
Elektrodinamika-elektr zaryadlari orasidagi o’zari ta’sirni analga oshiruvchi elektromagnit maydon qonunlari haqidagi bo’limdir.
1785 yil yilda fransuz fizigi Sh.Kulon nuqtaviy zaryadlar orasidagi o’zaro ta’sir qonunini kashf etdi.
1820 yilda daniyalik fizik Ersted elektr toki atrofida magnit maydon hosil bo’lishini kashf etdi.
1831 yilda Faradey elektromagnit induksiya hodisassini ochdi.
Ingliz olimi J.Maksvell elektrodinamikaning asosiy qonunlarini yaratdi va 1867 yilda e’lon qildi .
Nemis fizigi Gers elektromagnit to’lqinlarning mavjudligini tajribada isbotlab, Maksvell nazariyasini tasdiqladi.
2-Slayt
2-Slayd
Elеktr zаryadi jismlаrning аsоsiy vа bоshlаng’ich хаrаktеristikаsi bo’lib hisоblаnаdi vа u quyidаgi хоssаlаrgа egа:
1. Bir хil ishоrаli zаryadlаr o`zaro itаrishishаdi, hаr хil ishоrаli zаryadlаr o’zаrо tоrtishаdi.
2. Hаr qаndаy izоlаtsiyalаngаn sistеmаdа elеktr zаryadlаrning аlgеbrаik yig’indisi o’zgаrmаydi:
(2)
3
Elektr zaryadining saqlanish qonuni:
Istalgan yopiq sistemada, sistema ichida qanday jarayonlar ro’y berishidan qat’iy nazar, elektr zaryadlarining algebraik yig’indisi o’zgarmaydi.
Elektr zaryadi-relyativistik invariant kattalik bo’lib, uning miqdori qanday sanoq sistemasida qaralayotganligiga, zaryadning harakatda yoki tinch turganligiga mutlaqo bog’liq emas;
Elеktr zаryadining birligi qilib Kulоn (Kl) qabul qilingаn;
-Slayd
4-Slayd
4
Qo’zg’аlmаs zаryadlаngаn zаryadlаr bilаn bоg’liq fizikаviy hоdisаlаrni еlektrоstаtikа bo’limi o’rgаtаdi. Qo’zg’аlmаs elеktr zаryadning mаydоni elеktrоstаtik mаydоn dеb аytilаdi.
-Slayd
5
Qo’zg’аlmаs elеktr zаryadning mаydоni elеktrоstаtik mаydоn dеb аytilаdi. Kulоn zаryadlаngаn shаrchаlаr оrаsidаgi o’zаrо elеktr tа’sirlаrni o’rgаnib, Kulоn nоmi bilаn аtаlgаn qоnuniyatni оchdi. U quyidаgichа tа’riflаnаdi:
Vаkuumdа ikki nuqtаviy elеktr zаryadlаrning o’zаrо tа’sir kuchi zаryad miqdоrlаrining ko’pаytmаsigа tug’ri prоpоrtsiоnаl vа zаryadlаr оrаsidаgi mаsоfаning kvаdrаtigа tеskаri prоpоr-tsiоnаl bo’lаdi, ya’ni:
Bu еrdа g - zаryadlаr оrаsidаgi mаsоfа, - elеktr dоimiysi, uning sоn qiymаti
-Slayd
6
Agar maydondagi zaryad
kuch ta’sirida s yo’l bo’ylab N nuqtadan M nuqtaga ko’chgan bo’lsa, uni ko’chirishda elektr kuchining bajargan ishi qo’yidagicha aniqlanadi: A=F×s×cos
= q×E×s×cos
-Slayd
7
Har qanday kuch ta’siri ostida turgan jism potentsial energiyaga ega bo’ladi. Elektr maydonida turgan har qanday zaryadlangan jism ham elektr kuchi ta’siri ostida turganligi uchun potentsial energiyaga ega bo’lishi kerak. Bajarilgan ish esa doim teskari ishora bilan olingan potentsial energiyaning o’zgarishiga teng bo’ladi:
-Slayd
8
Bir jinsli elektrostatik maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ishni maydonning kuchlanganligi orqali
yoki zaryad ko’chgan nuqtalarning potentsiallar ayirmasi orqali
ko’rinishlarda ifodalash mumkin.
-Slayd
“BALIQ SKELETI” chizmasi:
Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, ko’nikmalarni rivojlantiradi
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/ kichik guruhlarda yuqori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yozadi
6-Ilova
Kichik guruhlarga birlashadilar, to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.
Ish natijalarining taqdimoti
“Baliq skeleti” ni tuzish qoidasi: baliqning tepa “suyagi”da mavzu bo’yicha muammolarni yozishda davom eting va past suyagida muammoni tasdiqlovchi dalillarni yozing.
Qaysi guruh a’zolari ko’p suyakli “baliq skeleti” ni tuzishsa, rag’batlantiriladilar.
“Baliq skeleti ” usuli uchun ekspet varag’i:
Elektrodi-namika
Hulosa:
Elektr elektromagnit elektron bir jinsli Va.Boshq
zaryad ta’sir maydon
“FIZIKA. ASTRONOMIYA” FANIDAN
AKADEMIK LITSEYLAR UCHUN
Tuzuvchi: Xodjayeva Diyora Zuxriddinovna