СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Определение модуля Юнга.

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Определение модуля Юнга.

Просмотр содержимого документа
«Определение модуля Юнга.»

21-MAVZU: 5-Laboratoriya ishi. Yung modulini aniqlash.


Laboratoriya mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti-2 soat

O’quvchilar soni-30 nafar.

Mashg’ulot shakli

Amaliy, laboratoriya mashg’uloti.

Mashg’ulot tuzilishi

1. Mavzuga kirish.

2. Tayanch bilimlarni faollashtirish.

3. Ishni bajarish uchun tayyorlash.

4. Guruhlarda laboratoriya ishini bajarishni tashkillashtirish.

5. Guruhlarda ish faoliyatini boshqarish.

6. Hulosa va hisobot tayyorlash

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Yung modulini aniqlash bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Yung modulini aniqlash bo’yicha

faoliyatni rejalashtirish va tashkillashtirish;

  • Elastiklikning ahamiyatini ochib

berish;

  • Yung modulini aniqlash uchun

qo’llaniladigan jihozning qismlarini tushuntirish;

  • Yung modulini aniqlashni o’rgatish;

  • Yung modulini aniqlash

mumkinligini isbotlash.

O’quv faoliyatini natijalari:

  • Yung modulini aniqlash

bo’yicha bajariladigan ishlar mohiyatini biladilar;

  • Elastiklikning ahamiyatini

ochib bera oladilar;

  • Yung modulini aniqlash uchun

qo’llaniladigan jihozning qismlarini biladilar;

  • Yung modulini aniqlaydilar;

  • Yung modulini aniqlash

bo’yicha hisobot tayyorlaydilar.

O’qitish usullari

Laboratoriya usuli, yo’riqnoma berish.

O’qitish vositalari

Laboratoriya jihozlari: Shtativ, qisqichi bilan, bir jinsli rezina ip, shtangensirkul, chizg’ich, doska, slaydlar, ish varaqasi, yo’riqnoma;

O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

Jihozlar bilan mashg’ulot, guruhlarda ishlash;

O’qitish shart-sharoitlari

Fizka fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga moslashgan o’quv xonasi.

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki so’rov: Savollar va o’quv topshiriqlari bo’yicha suhbat

Yozma: Hisobot yozish.





Yung modulini aniqlash”

Mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich

O’quv mashg’ulotiga kirish

(10 daqiqa)

1.1 Mashg’uotning mavzusi va maqsadi bilan tanishtiradi. Laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlarni aytadi; (1-Ilova)

1.2 Mavzu bo’yicha rejalashtirilgan o’quv natijalarini aytadi.

1.3. Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. (1-Mavzu, 2-ilova)


Tinglaydilar;


Aniqlashtiradilar;

Savollar beradi;

Yozib oladilar;

2-bosqich

Asosiy

(60 daqiqa)

2.1 Guruh o’quvchilarining (4 ta kichik guruh) mashg’ulotga tayyorgarligini tekshiradi; (2-Ilova) Xar bir guruh uchun tayyorlangan savollarni beradi. Ishni bajarishga tayyorliklarini tekshiradi;

2.2. Laboratoriya ishini bajarishda muhim joylariga o’quvchilar e’tiborini kuchaytiradi; Qurilmaning ishlashi va tuzilishi haqida ma’lumot beradi.

2.3. Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha guruhli faoliyatni tashkillashtiradi, “Ishni bajarish tartibi” yo’riqnomasi (3-Ilova) bo’yicha laboratoriya ishini bajarishini aytadi. O’quv topshirig’ini tarqatadi. (4-Ilova) Guruhlarda laboratoriya ishini bajarilish jarayonini nazorat qiladi.

2.4. Laboratoriya ishi natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkillashtiradi;

2.5. Guruhli ish natijalarining tanlangan taqdimotini tashkillashtiradi;

Savollarga javob beradilar;

Tinglaydilar;



Qurilma bilan tanishadilar;



Laboaratoriya ishini bajaradilar;

Hisoblaydilar, yozadilar;

Taqdimot qiladilar, tinglaydilar;

3-Bosqich

Yakuniy


(10 daqiqa)

3.1 Olingan natijalarni umumlashtiradi, yakun yasaydi;

3.2 Mashg’ulotda guruhli ish natijalariga baho beradi. O’quvchilarning faoliyatini baholaydi;

3.3 Laboratoriya mashg’ulotining natijalarini izohlab beradi; Maqsadga erishganlik darajasini aniqlaydi;

3.4 Uyga vazifa beradi: Bajarilgan 5-laboratoriya ishi bo’yicha hulosa yozish va bajariladigan 6-laboratoriya ishining yo’riqnomasini rasmiylashtirish;

Tinglaydilar, yozadilar;



Savollar beradilar;


Tinglaydilar, yozadilar;



Mavzu: Yung modulini aniqlash.



1-Ilova





Ishning maqsadi:

Jismlarning cho‘zilish deformatsiyasini o‘rganish va Yung (elastiklik) modulini aniqlash.











Mashg’ulotga tayyorgarlikni tekshirish uchun savollar:

1-Guruh uchun: Laboratoriya ishining mavzusi, maqsadi va kerakli jihozlarning nomlarini ayting. Mavzu bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarining qaysilariga rioya qilish kerak? (Izoh: Yo’riqnomada va adabiyotlarda “Texnika xavfsizligi qoidalari” barcha laboratoriya mashg’ulotlari uchun berilgan)

2-Guruh uchun: Laboratoriya ishini bajarish uchun muhim bo’lgan nazariy asoslarini ayting.

3-Guruh uchun: Ishni bajarish tartibini ayting.

4-Guruh uchun: Laboratoriya ishida natijaga erishish uchun hisoblash formulalarini yozing va izohlang.



2-Ilova










3-Ilova

Ishni bajarish bo’yicha yo’riqnoma

  1. Rezina ip shtativ qisqichiga mahkamlanadi.

  2. Rezina ipning ikkinchi uchiga ilgak o‘rnatiladi.

  3. Rezina ipning uzunligi chizg‘ich yordamida o‘lchanadi (l0).

  4. Rezina ipning diametri shtangensirkul yordamida o‘lchanadi (d).

  5. Massasi aniq bo‘lgan yuklardan biri rezina uchidagi ilgakka osiladi. (Osilgan yukning og‘irligi son jihatidan ipda yuzaga kelgan elastiklik kuchining kattaligiga teng bo‘ladi, ya’ni F=mg).

  6. Yuk osilgandan so‘ng rezina ipning uzunligi chizg‘ich yordamida o‘lchanadi (l).

  7. l=l-l0 ifodaga ko‘ra rezina ipning mutlaq uzayishi hisoblanadi.

  8. Yuklar sonini oshirib tajriba takrorlanadi.

  9. ifodaga ko‘ra rezina ipning nisbiy uzayishi hisoblanadi.

  10. ifodaga asosan rezina ipning ko‘ndalang kesim yuzasi hisoblanadi.

  11. ifodaga ko‘ra rezina ipda yuzaga kelgan mexanik kuchlanish hisoblanadi.

  12. ifodaga ko‘ra Yung moduli hisoblanadi.



4-Ilova

Guruhlar uchun o’quv topshirig’i


O’quv topshirig’i

1-Topshiriq mazmuni: Elastiklik modulini aniqlash qurilmasini ishlash prinsipini o’rganing.

2-Topshiriq mazmuni: Elastiklik modulini aniqlash qurilmasini ish holatiga tayyorlang.

3-Topshiriq mazmuni: Yo’riqnoma asosida ishni bajaring. Olingan natijalarni

“Ishchi daftarga” yozing.

4-Topshiriq mazmuni: Olingan natijalar asosida ma’lumotlarni 1-jadvalga

kiriting.

Eslatma: Elastiklik modulini aniqlash qurilmasini laboratoriya ishlari qo’llanmasidan foydalanib, qurilma tuzilishi bilan solishtiring. 19-betga qarang.







4.1-Ilova

1-jadval

Yuklar

l0

l

l

ε

d

S

σ

E

1 ta









2 ta









3 ta