СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi»

INGLIZ TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Allabergenova Intizor Kadamovna

Xiva shahar 1-sonli

umumiy o‘rta ta’lim maktabining

ingliz tili fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston



Annotatsiya: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Interfaol usullardan foydalangan holdan ingliz tili fanlarini tashkil etishda samara beradigan g‘oyalar yaratish.

Kalit so‘zlar: interfaol usul, ingliz tili, innovatsiya, texnologiya, ilm-fan, maktab.

So‘nggi yillarda chet tillarini o‘rganish inson hayot omiliga aylanib ulgurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu esa yangi texnologiya va uslublarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, ayniqsa, ingliz tili fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida tinimsiz izlanishlar olib borishlarini talab etadi. Odatiy uslubda biz maktab o‘quvchilariga oddiy shaklda shunchaki og‘zaki bo‘lgan misollar orqali o‘z fikrimizni bayon etib uni o‘quvchilar ongiga singdirishimiz odatiy an’analarga aylanib ulgurgan. Bugungi kunda aynan o‘sha eski ish uslublaridan foydalanmasdan yangi davr talabi bo‘lgan texnikalardan foydalangan holda, turli slaydlar, video mashg‘ulotlar, qiziqarli boshqotirmalar va yana bir qancha yangi g‘oyalar asosida o‘quvchilar bilan ish olib borishimiz ularni bu fanga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otibgina qolmay, ularni ko‘z va quloq orqali qabul qilgan ma’lumotlarini o‘z hotirasida mustahkam saqlab qolinishiga yordam beradi. Darslarda turli inglizcha krossvordlar, qiziqarli mashqlar va yana bir qator interfaol usullardan foydalansak, ta’lim oluvchilar kelajakda o‘z olgan bilimlarini hayotga tatbiq etishlari mumkin.

Interfaol usullarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Usul mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu bousdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir usul yordamida mavzu mazmuni to‘laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o‘zlashtirishga imkon tug‘diradi. Interfaol usullarni tanlashning yana bir mezoni ularning o‘quvchilar o‘quv imkoniyatlariga to‘liq mos kelishi, ya’ni samarali o‘quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir.

Interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning o‘qitish usullari nazariyasi va amaliyoti bilan o‘qitish jarayonining qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol usullarni tanlash mezonlaridan keyingisi - ularning o‘quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. Darvoqe, o‘qitishning yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha usullarni talab etadi. Misol uchun debat usuli ikki o‘quvchi o‘rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha o‘quvchilarning ishtiroki zarur bo‘ladi

Reja bo‘yicha mavzuni oldindan tayyorlangan videomaterial (slayd, qisqa videorolik, multfilm)larni videoproektor yoki elektron doskalardan foydalanish orqali o‘quvchilarga ko‘rsatib, o‘sha paytning o‘zida ularni ushbu o‘quv darsiga bo‘lgan diqqatlarini oshirib, yanada qiziqarli ravishda dars olib borish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. So‘ng esa o‘quvchilarni turli rag‘batlantirish usullari bilan ularning keyingi mashg‘ulotgacha bo‘lgan davrda ushbu darsning hotirada saqlanib qolishini ta’minlashga va shunga o‘xshagan yana bir qancha interfaol usullar orqali yuksak natijalarga erishishimiz mumkin.

Yurtimizda bugungi kunda ta’lim tizimiga e’tibor qaratilayotgan bir paytda ingliz tilini o‘qitish uslubi va dars mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida o‘qituvchilar zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g‘oyalar, turli maktablar yo‘nalishlarining har xil uslublarini o‘rganishi, allaqachon ma’lum bo‘lgan uslublardan emas, balki bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib ulgurgan interfaol usullardan foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning yangicha fikrlash va bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga hizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:


  1. Mirziyoev Sh.M. ““ERKIN VA FAROVON, DEMOKRATIK O‘ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq”” – T., 2016

  2. Mirziyoev Sh.M. ““QONUN USTUVORLIGI VA INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH – YURT TARAQQIYOTI VA XALQ FAROVONLIGINING GAROVI” – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 – dekabr” – T., 2016

  3. Internet manbalari: www.google.uz., www.library.ziyonet.uz