СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi»

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA MUSIQA MADANIYATI DARS MASHG‘ULOTLARINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘TKAZISH

Avezova Noila Jumaniyazovna

Xiva shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

oliy toifali musiqa fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston



Annotatsiya: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish – “Musiqa madaniyati” fani misolida.

Kalit so‘zlar: musiqa, musiqa madaniyati, maktab, pedagogika, ilm-fan, yangi g‘oyalar, innovatsiya.

Bugungi kunda har bir o‘qituvchi - pedagog o‘zining ish uslublarida yangicha zamonaviy pedagogik texnologiyalardan va kundalik hayotimizni “Ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan texnikalar”dan foydalangan holda dars olib borish ustida izlanishlar olib bormoqda deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hususan, Xiva shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining jonkuyar fidoiy o‘qituvchilari ham yangicha g‘oyalar yaratib, o‘z ish uslublarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o‘quvchi yoshlarga bilim berib kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, asosan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va barcha ta’lim muassasalarida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktab o‘quvchilariga ta’lim berish sifatini yaxshilash ham aynan shu yo‘nalish bo‘yicha olib borilsa yuksak marralarni zabt etilishiga imkon yaraladi. Misol tariqasida Musiqa madaniyati fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fanda o‘quvchilar asosan:

  • O‘zbek xalq cholg‘ularini;

  • Milliy mumtoz musiqamizni;

  • Yevropa klassik musiqasini;

  • Mashxur chet el va o‘zbek kompozitorlarini;

  • Turli milliy xalq qo‘shiqlari va yana bir qancha zamonaviy ashula va qo‘shiqlarni o‘rganar edilar.

Yangi “Milliy dastur” asosida esa yuqorida keltirilgan mavzular asosidagi darslar qaytadan o‘rganilib, ularning orasidan muhim deb topilgan mavzularga e’tibor qaratilib yangi dastur asosida yaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:

  • Jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash;

  • Mavzu bo‘yicha umumiy ma’lumot berishdan iboratligi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga bir qancha qulayliklar yaratib berishi va berilgan mavzuni qiziqarli hamda, tezda esda saqlab qolinishiga sabab bo‘ladi va umumiy jihatdan ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

Musiqa fanini o‘rganish o‘quvchilarga judayam zavq beradi. Bu esa bizni o‘z ish uslubimizni yanada mukammallashtirib, bilimimizni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga undaydi.

Musiqa sinf xonasida keng imkoniyatlardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun quyidagi cholg‘u asboblari va zamonaviy texnologiyalar:

  • Klavishli cholg‘u asboblari (fortepiano, elektr pianino, sintezator);

  • Milliy cholg‘u asboblar (qashqar rubobi, doira);

  • Dvd pleer;

  • Karaoke disklari;

  • Ovoz kuchaytirgich va akustik kolonkalardan foydalanib o‘z dars mashg‘ulotlarimizni olib borsak, bolalarning musiqa faniga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otib, ularda vatanga bo‘lgan mehr hissini shakllanishiga yordam bergan bo‘lamiz. Bu vazifani qanchalik uddalay olganimizni esa ularning qo‘shiq va ashulalarni jo‘shib kuylashlaridan bilib olishimiz mumkin.

Misol qilib aytadigan bo‘lsak, musiqa fanini bitta cholg‘u asbobini chalib, bolalarni kuylatish orqali ularga dars mashg‘ulotida berilgan qo‘shiqni yodlatishimiz mumkin. Huddi shu uslubni zamonaviy texnologiyalar (karaoke musiqalar, turli ovoz kuchaytirish asboblari) bilan mujassamlashtirish natijasida esa, ulardagi jo‘shqinlikni yanada shiddat bilan o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlari uyg‘onadi. Bu esa bizdan o‘z ish uslubimizda yanada rivojlantirishni, kompyuterlardan foydalanib bolalar musiqalarini mavjud bo‘lmagan karaokelarini yaratishni, ularni turli cholg‘u asboblari yordamida boyitishni, har bir darsda turlicha yangiliklar orqali o‘quvchilar qiziqishlarini uyg‘otishga yordam beradigan barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz zarurligini anglatadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 06.11.2020 yildagi PF-6108 sonli farmoni. https://lex.uz/docs/5085999

  2. Mirziyoyev Sh.M. ““ERKIN VA FAROVON, DEMOKRATIK O‘ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq”” – T., 2016

  3. Internet manbalari: www.google.uz., www.library.ziyonet.uz.