СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi»

MAKTABLARDA MATEMATIKA FANINI TASHKIL ETISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Goipova Roxat Atabayevna

Xiva shahar 14-son maktabning

matematika fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston


Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari matematika darslarini tashkil etishda yangi, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda samara beradigan usullardan foydalanish, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holdan matematika fanini tashkil etishda samara beradigan g‘oyalar yaratish, o‘quvchilarni qiziqtiradigan va yangi uslubdagi g‘oyalarga tayangan holda matematika fanini rivojlantirishga samarali hissa qo‘shadigan g‘oyalar hususida qisqacha so‘z keltirib o‘tamiz.

Kalit so‘zlar: matematika, innovatsion texnologiyalar, interfaol usul, o‘qituvchi, darslik, innovatsiya, texnologiya, ilm-fan, maktab.


Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ bobolarimiz qo‘ygan. Bu bizning qonimizda bor”

Sh.Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari aytganlaridek bugungi zamonaviy texnologiyalarning asosini tashkil etuvchi omillarning yaratilishida o‘zbek allomalarining qo‘shgan hissasi beqiyos desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni his qilishning o‘zi bir baxt. Shunday ekan faqat qalb bilan his qilibgina qolmay, uni rivojlantirish, o‘qish, izlanish, yangiliklar yaratish ustida ish olib borish bizning asl maqsadimizga aylanib bormoqda.

Hayotimizning har bir jabhasida matematika uchraydi. Chunki, busiz yashashning imkoni yo‘q. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, tug‘ilishimiz bilan bizni qaysi sanada dunyoga kelganligimizni o‘zigina aniq faktlar asosida matematika hodisasi yuz berishining asosi bo‘la oladi. Maktabgacha bo‘lgan davrda esa har birimiz kamida o‘n raqamigacha sanashni o‘rganib olishimiz va pul bilan hech bo‘lmaganida bir marta bo‘lsayam muomala qilishimizning o‘zi hayotimizdagi matematik tushunchani rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitishga keladigan bo‘lsak, zamonaviy va jahon standartlariga mos asbob uskunalar bilan jihozlangan maktablarimiz har bir o‘quvchi yoshlarni qiziqishini ortib borayotganidan dalolat beradi. O‘qituvchilar esa bunga mos ravishda har bir dars jarayonini yangicha ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilar bilan ishlash tizimini turli qo‘shimcha detallar, krossvordlar, rebuslar va yana bir qator kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini mazmunli qilib o‘tkazishlari bilim olish sifatini yaxshilabgina qolmay, o‘quvchilardagi dars mashg‘ulotlariga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirishga hizmat qilishi mumkin.

Demak, har bir pedagog o‘z ish uslubidan kelib chiqqan holda shaxsiy yoki oilaviy budjetiga ortiqcha harajat talab qilmaydigan uslublardan foydalangan holda shaxsiy bilimini o‘quvchilarga o‘rgatishning eng soda va aniq usulini o‘ylab ish ko‘rishi kerak. Chunki, har bir fanda bo‘lgani kabi matematika fanining darsliklarida ham o‘rganish uchun yetarlicha ma’lumotlar berilgan. Shunday ekan ma’lumotlar bor.

O‘ylaymizki, bizgacha yetib kelgan ya’ni saqlanib qolgan ma’lumotlarni o‘quvchi yoshlarimizga yetkazib berishda o‘z bilim va ko‘nikmalarimizdan foydalangan holda yuksak cho‘qqilarni zabt etadigan va ota - bobolarimizning munosib izdoshlari bo‘lib yetishadigan o‘quvchi yoshlarni zamonaviy texnologiyar yaratishlari uchun ularga kerakli darajada bilim va bu intilishlarni yuzaga chiqarishlari uchun qo‘limizdan kelganicha yordam berishda davom etsak, yana huddi shu Al-Xorazmiy bobomiz Algoritm tushunchasini kirib kelishiga sababchi bo‘lganidek kelajakda ham huddi shunga o‘xshagan o‘zbek farzandlarining dunyo ilmiga tamal toshini qo‘yishadi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika institutiga tashrifidagi nutqi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 sonli farmoni. https://lex.uz/docs/5085999

  3. Mirziyoyev Sh.M. ““Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq”” – T., 2016

  4. Mirziyoyev Sh.M. ““Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq forovonligining garovi” - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 – dekabr” – T., 2016

Internet manbalari:

  1. www.google.uz

  2. www.library.ziyonet.uz

  3. www.gazeta.uz