СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Тема: Романтизм

Категория: Искусство

Нажмите, чтобы узнать подробности

XIX век. Эпоха романтизма в музыке

Просмотр содержимого документа
«Тема: Романтизм»

4-mavzu. Romantizm

Reja:


1. XIX asr. Musiqada romantizm davri.

2. Romantik musiqa maktabi uchun Fransuz revolyusiyasining ahamiyati.

3. Romantik estetikaning asosiy tamoyillari.

4. Turli milliy madaniyatlarda romantizmning kо‘rinishlari.

5.Musiqiy romantizm namoyandalari F.Shubert,

6. E.T.Gofman ijodi. K.M.Veber ijodi.


Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.


Asosiy adabiyotlar:

  1. Галущенко И.Г. История музыки народов мира. Вып.3. Т., “Мусиқа”. 2008.

  2. История зарубежной музыки. Выпуск 1-6, М.-СПб., 1986-2001. И т.-535 б., II т. –277 б., III т. – 533 б., ИВ т. – 529 б., В т. – 448 б.

  3. История русской музыки. Выпуск 1-4, М., 1981-1987. Iт.-623 б., II т.- 580 б., III т.-486 б., IVт.-525 б.

Internet saytlari:

www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali

http://www.uzbeknavo.uz- O‘zbeknavo EB

http://www.uzbekteatrskm.uz- “O‘zbekteatr” IICHB

http://www.muz-urok.ru/ Noti,knigi o muzike, uchebniki po muzike.

http: //lib-notes.orpheusmusic.ru/news

www.compozitor.spb.ru/

www.sanat.orexca./rus/

http://yontheatre.uz/istoriya/

http://classic.manual.ru/ - Klassik musiqa namunalari

http://opera-class.com/index.html


1.XIX asr. Musiqada romantizm davri.

Romantizm (frans. romantizm) - badiiy oqim bo'lib, XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida avval Germaniya, Avstriya, Angliya adabiyotida, keyinchalik esa musiqa va boshqa san'atlarda shakllangan.

Romantizmning yetakchi tamoyili, san'atkorning ijodiy tasavvuri orqali yaratiladigan kundalik turmush va orzularning, mavjudlik va oliy, ideal dunyoning bir-biriga keskin qarshi qo'yilishidir. Musiqadagi romantizm adaboyitdagi romantizm bilan uzviy (genetik) bog'langan. Kompozitor-romantiklar adabiy asarlar, tasviriy san'at asarlari, o'zlarining shaxsiy syujetlaridan ilhomlanib asarlar yaratganlar.

Buning ustiga musiqadagi romantizm - bu hodisalarning, yo'nalishlarning juda keng doirasidir.Musiqa ijodida qahramonning ichki olami yetakchi mavqe tutadi. Bu mavzu Shubertning kamer romanslaridan boshlab Berliozning mahobatli simfoniyalari hamda Vagnerning musiqiy dramalarigacha butun romantizm san'atida qizil ip bo'lib o'tadi.

Romantizm adabiyotida qahramon va uni o'rab turgan muhit orasidagi konflikt katta ahamiyat kasb etadi. Yolg'izlik motivi o'sha davr yozuvchilarining ko'plarida: Bayrondan Geynegacha, Stendaldan Shamissogacha asosiy o'rin egallagan. Musiqa san'atida borliq bilan kelishmaslik romantik kompozitorlarga xos oliy darajadagi xususiyat bo'lib qoladi. Romantizm san'atining umumiy yo'nalishlaridan bin mahalliy madaniyatga qiziqishning ortib XIX asr xalq musiqa san'ati an'analariga tayanadigan milliy musiqa maktablarning gullab-yashnashi bilan e'tiborlidir. Rossiya, Polsha, Chexiya, Norvegiyaning milliy madaniyati jahon maydonida o'zlarining mustaqil milliy maktablari bilan namoyon bo'ldilar. Ularning ko'plari umumyevropa musiqasi rivojida yetakchi rol o'ynadi.


ROMONTIZM IJODKORLARI

Klassitsizm zamonida klassik simfoniya klassitsizm estetikasiga xos bo'lgan ob'ektiv obrazlarni aks ettiradi. Simfonik turkum tarkibi tugallanganligi bilan xarakterlanadi. Qismlar ichida materiallarning joylashtirilishida asosiy e'tibor mavzuning rivojlanishi yagonaligiga hamda kompozitsiyaning alohida qismlarga njrnlih lurishiga qaratiladi. Komantiklnr ijodida simfoniya hamda simfonik musiqaning ahamiyati saqlanib qoldi. Biroq romantiklarning yangicha estetik tafakkuri an'anaviy simfonik shakllarning o'zgarishiga hamda rivojlanishda yangicha cholg'u tamoyillarining paydo bo'lishiga olib keldi. Olamni lirik qabul qilish - romantik musiqa mazmunining eng muhim qirrasidir.*Ushbu sub'ektiv jihat rivojlanishning uzluksizligida aks etgan. Motivlar almashinishining to'lqinli holati, mavzularning variatsiyali o'sib o'tishi romantiklardagi rivojlanish usullarini muayyanlashtiradi. lntim-lirik ifodalar obraziari cholg'u musiqasidagi yangi shakllarni yuzaga keltirdi: lirik poeziya kayfiyatiga muvofiq keladigan erkin, bir qismli fortepiano pyesalari, simfonik poemalar shu yo'sinda yuzaga kelgan.



XIX asr cholg'u musiqasida klassik janrlarning bir muncha o'zgarganligi, sof romantik janrlarning paydo bo'lishi kuzatiladi. Turkumli simfoniya jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Unda lirik kayfiyat ustunlik qila boshladi (Shubertning«Tugallanmagan simfoniya»si). Musiqaning lirik tabiati bir mavzulilikka intilish (Berliozning «Fantastik simfoniya»si) hamda rivojlanishning uzluksizligida namoyon bo'ladi. Musiqiy romantizmning yangi yo'nalishlari XIX asrning 40-yillarida List tomonidan kashf etilgan janr - simfonik poemada nisbatan izchil tarzda mujvassamlashgan Simfonik poemalarning eng yorqin tarzda ajralib turadigan xususiyati dasturiylik bo'lib, u zamonaviy poeziya va adabiyot bilan bog'liq edi.

List yaratgan ko'pchilik simfonik poemalarning nomlari alohida adabiy asarlar bilan bog'liq» («Mazepa» Bayron asari bo'yicha, «Tog'larda eshitilgan sadolar» Gyugo asari bo'yicha, «Prelyudi» Lamartini asari bo'yicha) Poemaga xos shakl hosil qiluvchi tamoyillar sifatida bir qismlilik yagona mavzulilik, go'zal variativlik, turli tematik qo'shilmalar orasidagi o'tishlarning izchilligi ko'zga tashlanadi. Shu bilan birga, simfonik poema klassik turkumli simfoniya tarkibini takrorlamagan holda uning tamoyillariga tayanadi. Bir qismli shakl doirasida umumlashtirilgan holda sonataviylik asoslari: o'zaro zid obrazlarning, ikkita tonal va mavzu markazining mavjudligi, sayqallanganlik, takroriylik, turkumlilik alomatlari yaratilgan. Shunday qilib, simfonik poema mavzuviylikning yangicha qurilishiga tayanib turib, bir qismli shakl doirasida oldingi davrlardagi musiqiy ijodkorlik yaratgan asosiy musiqiy prinsiplarni saqlab qoldi. XIX asrning birinchi yarmida g'arbiy Yevropa musiqiy san'atining eng muhim fazilatlaridan biri shu bo'ldiki, u milliy-romantik maktablarni shakllantirdi, ular o'z muhitlarida jahonning eng yirik kompozitorlarini dunyoga keltirdi.

Nemis xalq-milliy operasining yaratuvchisi Karl Mariya Veber bo'ldi. Veber o'z ijodi hamda ko'pqirrali ijtimoiy-musiqiy faoliyati bilan milliy san'atning obro' va ahamiyatini ko'rsatishga harakat qildi. Uning eng yaxshi uchta operasi

«Sehrli mergan», «Evrianta», «Оеgоp» Germaniyadagi opera san'atining keyingi rivojlanish yo'llarini belgilab berdi.

Karl Mariya Veber 1786-yil 18-dekabrda nemis shaharchasi Golshtinida musiqachi va teatr antrepreneri oilasida dunyoga kelgan. Uning bolaligi va o'smirligi otasining unchalik katta bo'lmagan teatr truppasi bilan birgalikda Germaniya shaharlari bo'ylab sayohatlarda o'tgan. Veber na umumiy, na musiqiy tizimli ta'lim olgan emas. Veberning abbat Fogler va Mixail Gaydndan olgan musiqa darslari undagi ijrochilik va ijodiy qobiliyatlarning o'sishiga imkon berdi. Veber o'n yetti yoshida pianinochi sifatida konsertlar berar, uchta operaning muallifi ("Sevgi va mayning kuchi", "Soqov o'rmon qizi", "Peter Shmol va uning qo'shnilari") edi.

XIX asr Italiya musiqasining qirralari o’sha davrdagi Italiya xalqining milliy ozodlik harakatlari xususiyatlari bilan aniqlanadi. Italiyaga Ispaniya, Frantsiya va Avstriya mamlakatlarining bosqinchilik siyosati juda katta salbiy zarar yetkazib, xalq ozodlik harakatining keskin tus olishiga sabab bo’ldi. Frantsuz burjua revolyutsiyasining g’oyailari Italiya xalqini bosqinchilar (Napoleon) siyosatiga qarshi qo’zg’otdi. 1820 yillardagi dastlabki ozodlik harakatlari 1830-40-yillarga borib keskin tus oldi va 1848 yilda konli to’qnashuvlarga aylandi. Karbonariya (kumiriylar) harakati bostirilgan bo’lsada, 1871 yilda keskin harakatlar natijasida Italiya mustaqil davlat bo’ldi. Adabiyotda klassitsizm cheklashlari doirasidan romantizm oqimi kutilib, hayot bilan hamdard adabiy asarlar yaratildi. Musiqada bu jarayon bir oz kechikib amalga oshgan bo’lsada, cholg’u musiqasi yutuqlari, xususan genial musiqachi (skripkachi) N.Paganini ijodiy faoliyati Italiyada inqirozga yo’z tutgan «Seria» (jiddiy) operaning yangilanishi va unda milliy ozodlik g’oyailarining aks etishiga olib keldi. Bunday tubdan yangi bosqichga ko’tarilgan jiddiy opera spektakllarini Djoakkino Antonio Rossini va Djuzeppe Verdi yaratdi. Bu ikkala opera kompozitorlarining ijodi natijasida Italiya musiqa madaniyati jahon musiqasi madaniyati darajasiga ko’tarildi.




ROMANTIZM IJODKORLARI

Rossini Djoakkino Antonio

29 fevral 1792 yil Pezaroda tugilgan. 13 noyabr Parij yaqinidagi Passi shahrida vafot qilgan. Italiyalik kompozitor, dirijyor, pianinochi, skripkachi va violenchelchi. Uning otasi orkestr ijrochisi, onasi opera ashulachisi bo’lganligi sababli uning musiqa ta`limi yoshligidan boshlangan bo’lsada o’zilishlar bilan davom etdi. O’spirin yoshida sobor xorida kuyladi. Klavesinda jo’r bo’lib yurdi. 1806-10-yillarda Boloniya musiqa litseyida violenchel sinfida o’qidi.



14 yoshida kompozitor sifatida tanila boshlandi. 18 yoshida Italiyada kompozitor sifatida mashxur bo’ldi. U 1816 yili 20 kun davomida «Seviliya Sartaroshi» (Sevil’skiy Siryo’l’nik) operasini yozib jahonga mashxur bo’ldi. 1822 yilga qadar Italiyada, keiynchalik Venada, Londonda, Parijda yashadi. Parijda Italiya operasi deb nomlangan truppani 2 yil davomida boshqardi. 1829 yilda xalq vatanparvarligi ruhida yaratilgan «Vilgelm Tell» operasidan keyin, opera ijodiga qaytmadi. 1848-53 yillarda Italiyada yashadi. 1855 yildan keyin butunlay Parijga ko’chib bordi.


Rossini musiqasi xalqchil, milliy ozodlik ruhi bilan sug’orilgan, yengil, ustalik (virtuozlik) talab etadigan, yoqimli melodiyalarga boy musiqadir.

Ijodiy merosi 40 ga yaqin operalar, ulardan Ipak zinapoya (Shelkovaya lestnitsa) (1812), «Tankred» (1813), «Seviliya sartaroshi» (Sevil’skiy Siryo’l’nik) (1816), «Vilgelm Tell» (1829) va boshqalar) Tantanali messalar va boshqa diniy asarlar, 2 ta simfoniya, fortepiano uchun sonatalar, turli asboblar uchun har xil asarlar. Bellini Vinchentso (1801 yilda tug’ilgan Katanida (Sitsiliya), 1835 yil Parij yaqingi Pyuto shaharchasida vafot etgan). Neapol konservatoriyasida ta`lim olgan. Italiyalik kompozitor. Italiyaning turli shaharlarida musiqiy faoliyat ko’rsatgan, teatrlarda har xil lavozimlarda ishlagan. 1833 yildan Parijga ko’chib keladi. Asosan opera kompozitori hisoblanadi. Musiqalari lirik, romantik, melodiyalari samimiy, yoqimli va jozibalidir. Uning musiqa asarlarida Italiya xalq qo’shiqlari ruhi yorqin seziladi.

Buyuk Rossini bilan mashxur Verdi ijodi orasida Italiya musiqa san`atida ikkita kompozitor Vinchentso Bellini va Gaetano Donitsetti faoliyat ko’rsatgan bo’lsalarda, ularning ijodiy yutuqlari o’zlaridan oldingi Rossini va o’zlaridan keyingi Verdi ijodiga tenglasha olmadi.

Bellini asosan opera kompozitori edi. Unnig asosiy operalari («Adelson va salovini», «Bianka bilan Fernando», «Pirat», «Chujestranka», «Zaira», «Kapuletti bilan Montekki», «Somnabula», «Norma», «Puritane» va boshqalar, jami 11 ta) Rossini asarlari ta`sirida yaratilgan bo’lib, ularda ko’proq lirik kayfiyat uyg’otuvchi musiqa materiali ishlatilgan.

Bellini «Izmena» nomli kantata, 5 ta simfoniya, goboy va orkestr uchun kontsert, diniy asarlar va qo’shiqlar yozgan. Ammo u hayotdan bevaqt (34 yoshda) ketishi bu talantli kompozitorning ijodiy g’oyailarining royobga chiqmay kelishiga sabab bo’ldi.

Gaetano Donitsetti taniqli kompozitor, dirijer va pedagog bo’lgan. U 1797 yili Italiyaning Bergamo shahrida tug’ilgan va 1848 yili shu shaharda vafot etgan. U Boloniya shahrida S.Mayer va S.Matte kabi ustozlardan musiqa ta`limini olgan. 1834-39 yillarda Neapol konservatoriyasining direktori va kompozitsiya boyicha professori lavozimida ishlagan. Umrining turli davrlarida Parij va Vena shaharlarida ishladi. 1842 yilda Avstriya saroy kompozitori unvonini oldi. 1844 yildan keyin ijrochilik bilan birga kompozitorlik faoliyatini ham kasalligi sababli to’xtatdi.

Donitsetti asosan opera sohasida ijod qilgan. Uning ijodi juda sermahsul bo’lib, yilida 5 tagacha opera yaratgan. Unnig operalari va ulardagi asarlari janrining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Kompozitorlik texnikasining mukammalligi, spektakllar mazmunining xilma-xilligi va teatrbopligi Donitsetti operalarining katta muvaffaqiyat qozonishiga sabab bo’ldi.

Ammo uning ayrim asarlari haddan tashqari yengil xarakterliligi, bachkanaligi, yo’nalishining aniq chegarasi bo’lmaganligi, melodrama xususiyatining ustunligi sababli tanqidchilar va keng musiqa ahlining tanqidiga duch keldi.

Donitsettining ijodiy merosi: 71 ta opera «Anna Boleyn», «Lyubovniy napitok» («Sevgi ichimligi»), «Lukretsiya Borjia», «Luchiya di Lammermur», «Doch polka» («Polk qizi»), «Favoritka», «Don Paskuale» va boshqalar, 2 ta rekviem, messalar, 5 ta kantata, 13 ta simfoniya, kvartet va kvintetlar, xor va qo’shiqlar.

Juzeppe Verdining hayoti va ijodiy faoliyati. Juzeppe Verdi 1813-yilning 10- oktyabrida Busseto shaharchasi yaqinidagi Le-Ronkole qishlog`ida dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo`lib, oilani ancha qiyinchilik bilan tebratardi. Verdi yeti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to`lqinlantiradiki, u ota-onasidan musiqadan dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo`lida o`qiydi va spinet chalishni o`rganadi. O`n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o`qitish uchun Busseto shahriga jo`natadi. Yakshanba kunlari u o`z qishlog`iga borar, u yerda vafot etgan Baystrokkining o`rnida organchi bo`lib ishlardi.

1831- yilda Verdi Milanga keladi. Milan shimoliy Italiyaning eng katta shahri, Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir haqiqat kutar edi: Milan konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqatsizlikni ko`rsatadi.

Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o`qituvchini izlash bo`ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani tanladi. U ham Verdi bilan shug`ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi. Uning dastlabki qilgan ishi “La Skala” spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib bergani bo`ldi.

Ko`plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtipokida o`tar edi. Yosh Verdining mashhur qo`shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlarida, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining repetitsiya va konsertlariga ham borib turardi.





Iogannes Brams

Buyuk nemis kompozitori, dirijyor, pianist Iogannes Brams 1833 yili Gamburg shahrida tugilgan. 1897 yili Venada vafot etgan. 14 yoshidan pianist sifatida kontsertlar bergan. Germaniyaning Detmold, Vena va boshqa shaharlarida dirijyor bo’lib ishlagan. Ijodi: «Nemischa rekviem», «Rinaldo» kantatasi, vokal simfonik asarlar, 4 ta simfoniya fortepiano uchun sonatalar, variatsiyalar, 4 daftardan iborat venger raqslari, xor va romanslar, 200 dan ziyodroq qo’shiqlar.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!