СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Для руководителей кружка Гимнастики

Категория: Всем учителям

Нажмите, чтобы узнать подробности

разработка плана по физре

Просмотр содержимого документа
«Для руководителей кружка Гимнастики»

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI






"BADIIY GIMNASTIKA" TO‘GARAGI

O‘QUV DASTURI























TOSHKENT-2021


Muallif: M.X. Xojieva- Buxoro viloyati Olot tuman

"Barkamol avlod" bolalar maktabi uslubchisi



Taqrizchi: Y.K.Akbarov - Maktabdan tashkari ta’lim, sport va

turizmni tashkil etish boshqarmasi yetakchi

mutaxassisi.






































Ushbu o‘quv dastur Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashining 2021 yil 23 iyuldagi 1-sonli navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.

BADIIY GIMNASTIKA” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI


KIRISH


Qadimgi Yunonistonda butun jismoniy madaniyat gimnastika deb atalgan: kurash, atletika, ot minish, tosh ko‘tarish, yugurish, suzish va boshqalar. Bundan tashqari, ushbu sport turlarining barchasi Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan.

Xitoy doimo muvozanat, bo‘g‘imlarni cho‘zish va kuchni rivojlantirishga alohida e’tibor bergan.

Badiiy gimnastika – qizlar va o`g`il bolalar uchun eng nafis sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu sport turi ularda nafosat, chiroyli qomat va shu bilan birga chidamlilikni oshiradi.  

“Badiiy gimnastika” to‘garagiga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi.

Ushbu o‘quv dasturida berilgan mavzular va mavzuga oid soatlar miqdori (216 soatdan chiqmagan holda) hududning va to‘garaklarga jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 25% foizgacha o‘zgartirilishi mumkin.

"BADIIY GIMNASTIKA" TO‘GARAGI O‘QUV REJASI


T/r

Mashg‘ulot mavzulari

Nazariy soat

Amaliy soat

Jami soat

Kirish. Gimnastikaning vujudga kelish tarixi.

3


3

Badiiy gimnastika mashg‘ulotlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari.

3


3

Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari.

1

5

6

Gimnastikaning turlari.


3

3

Saf mashqlari.


24

24


a) Saf mashqlarining tasnifi.


9

9

b) Saflanish usullari.


6

6

v) Asosiy mashqlar.


9

9

Gimnastika atamalari.

1

5

6

Umum rivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar.

1

5

6

Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarning atamalari.


6

6

Mashqlarni yozib borish qoida va usullari.

1

5

6

Gimnastika mashqlarini o‘rgatish usullari.

1

5

6

Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanish- ning oldini olish.

1

2

3

Umumrivojlantiruvchi mashqlar.

2

16

18

a) Mashqlarning tasnifi.


3

3

b) Bo‘yin va gavda mushaklari uchun mashqlar.

1

5

6

v) Oyoq mushaklari uchun mashqlar.

1

2

3

Butun tana mushaklari uchun mashqlar.


6

6

Oraliq nazorat ishi.


3

3

Amaliy mashqlar. Mashqlarning ta’rifi.


9

9

Yurish, yugurish va raqsga xos qadam tashlash bo‘yicha mashqlar.


12

12

Muvozanat saqlash mashqlari.


9

9

To‘p bilan bajariladigan mashqlar.

1

11

12

Emaklab o‘tish mashqlari.


6

6

Akrabatik mashqlar.


15

15

Arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlar.


12

12

Halqa bilan bajariladigan mashqlar.



12

12

Lenta bilan bajariladigan mashqlar.


12

12

Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar.


12

12

Yakuniy nazorat ishi


3

3

Jami:

15

201

216





  1. Kirish. Gimnastikaning vujudga kelish tarixi.

Mamlakatimizga badiiy gimnastika XX asrning o‘rtalaridan kirib kelgan.

Hozirda badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish mamlakatimizning barcha hududlarida ommalashmoqda. Sportchi-qizlarimiz jahon va Osiyo chempionatlarida munosib ishtirok etmoqdalar. Bugungi kunda muntazam ravishda yosh toifalari bo‘yicha chempionat va mamlakat birinchiliklari o‘tkazilmoqda.




  1. Badiiy gimnastika mashg‘ulotlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari.

Gimnastika mashg‘ulotlari oldidan o‘quvchilarga to`garakning maqsadi va vazifalarini aniq qo‘yish, shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish.


3.Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari.

Gimnastika to`garagida mashqlarni bir me’yorda bajarish, bolalar faoliyatini aniq uyushtirish orqali, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoitni yuzaga kelishi, mehnat qobiliyatini oshirish borasida yuqori va ko‘tarinki muhit yaratilishi haqida.

Amaliy mashg‘ulot: Uslubiy xususiyatlarga asoslanib turli jismoniy mashqlarni bajarish.


4.Gimnastikaning turlari

Amaliy mashg‘ulot: Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, estetik gimnastika, jamoa gimnastikasi, sirk gimnastikasi, akrobatika gimnastikasi turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish.


5. Saf mashqlari.

Amaliy mashg‘ulot: Saf mashqlari - saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish usullari, orani ochish va yaqinlashtirish usullaridan iborat. Saf mashqlari yordamida jamoa bo‘lib harakat qilish, ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi. Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundaki, ular kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi.

6.Gimnastika atamalari.

Gimnastika atamalari – gimnastika mashqlari, gimnastika jihozlari, jihozlarining nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo‘llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) tarkibi, shuningdek, atamalar shartli (belgilab qo‘yilgan) qisqartirishlarning, mashqlar yozish shakllarining tuzilishi hamda ishlatilishi qoidalarini tushuntirish.

Amaliy mashg‘ulot: Turli xil xarakatlar asosida mashqlar bajarish.


7. Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlar atamalari.

Dastlabki holatlar - mashqlar ijrosi boshlanishidagi turish va boshqa holatlar. Turishlar: asosiy turish (AT)lar saf turishiga mos kelishi.

Turishning quyidagi turlari: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng kerib turish, oyoqlarni chalishtirib turish (bunda oyoq kaftlari juftlanadi) va oyoqlar keng, erkin turish lozimligi haqida tushuncha.

Amaliy mashg‘ulot: Erkin mashqlar bajarish usullari.


8. Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarning atamalari.

Amaliy mashg‘ulot: Tutish - gimnastika jihozida ushlash usuli.

Osilish gimnastika jihozida shug‘ullanuvchining elkalarini tutish nuqtasidan past bo‘lgan holat. Aralash osilish: cho‘qqayib osilish, turgan holatdan bukilib osilish, yotib osilish, turib osilish mashqlarini bajarish.


9. Mashqlarni yozib borish qoida va usullari.

Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi: gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari uchun belgilangan yozish tartibi, yozishda qo‘llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish.

Amaliy mashg‘ulot: Bir vaqtda bajariladigan turli xil mashqlarni bajarish.

10. Gimnastika mashqlarini o‘rgatish uslullari.

Gimnastika mashqlari jarayonida hal etiladigan vazifalar, harakat tarkibini, uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi.

Amaliy mashg‘ulot: Gimnastika mashg‘ulotlarida turli mashqlar bajarish.

11.Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish.

Mashg‘ulotlar yomon tashkil etilishi o‘quvchilarning jarohatlanishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan o‘quvchi yoshlarga shikastlanishni oldini olish choralarini takidlab o‘tish.

Amaliy mashg‘ulot: Gimnastika mashg‘ulotlarida muhofaza qilish va yordam ko‘rsatish gimnastika mashqlari o‘rganish.

12. Umumrivojlantiruvchi mashqlar.

Mashqlarning tasnifi, bo‘yin va gavda mushaklari uchun, oyoq mushaklari uchun hamda butun tana mushaklari uchun mashqlar haqida.

Amaliy mashg‘ulot: Umumrivojlantiruvchi mashqlarni qoidalarga asosida bajarish.

13. Oraliq nazorat ishi.

Amaliy mashg‘ulot: O‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha oraliq nazorat ishi.


14. Amaliy mashqlar. Mashqlarning ta’rifi.

Amaliy mashg‘ulot: Barcha mashqlar kuch, egiluvchanlik, tezlik, chaqqonlik, mushaklarni bo‘shashtirish, gavdani tik tutishni rivojlantirish mashqlariga bo‘linadi.

Umumtakomillashtiruvchi mashqlar harakatlar majmui sifatida foydalaniladi. Bu kompleksga kiritilgan mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir qiladi. Ular tananing turli qismlari turli yo`unalish, o‘zgaruvchan tezlik va mushaklar zo‘riqishi bilan bajariladi. Kompleksdagi mashqlar soni, gigienik gimnastika uchun- 8 tadan 15 tagacha, jismoniy tarbiya (gimnastika) darsining tayyorlov qismida — 10-15 ta, atletik gimnastika uchun 5 tadan ortiq.


15.Yurish yugurish va raqsga xos qadam tashlash bo‘yicha mashqlar.


Amaliy mashg‘ulot: Yurish va yugurish mashqlari qo‘l va oyoqlarning erkin harakatini ta’minlaydi. Mashg‘ulot davomida bolalar engil qadamda, oyoq uchida, tovonda, yarim o‘tirgan, o‘tirgan holda katta qadamda yurishni o‘zlashtirib olishlari zarur. Ushbu harakatlarni qo‘lning turli holatlarida tutib bajarishni o‘rganish.


16.Muvozanat saqlash mashqlari.

Amaliy mashg‘ulot: Muvozanat saqlashning zarur sharti, umumiy og‘irlik markazining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Tayanch maydoni
qanchalik katta bo‘lsa, muvozanat shunchalik turg‘un bo‘ladi.
Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega, bo`lib, ularni bajarayotganda bel hamda butun gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi.

Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o‘rindig‘i, yakka xoda), turgan joyda va harakatda bajariladi.

Amaliy mashg‘ulot: Arg‘amchida sakrash mashqlari; turli mushak guruhlarini, shu jumladan tananing muammoli joylarini (sonlar, dumba, qorin) faollashtirish mashqlarini bajarish.



17.To‘p bilan mashq.

Bolalar koptok bilan muntazam ravishda turli o‘yinlar o‘ynaydilar, u bolalardagi ishtiyoqni faollashtirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. To‘p bilan mashqlar metinlikka va boshqa yuqorida sanab o‘tilgan barcha salohiyatlarni shakllanishiga olib kelishi haqida suxbat.

Amaliy mashg‘ulot: To‘pni ushlab olish, uzatish, tashlanish, tutish, koptokni urish, yumalatish va aylantirish qoidalariga asoslangan xolda mashqlar bajarish.


18.Emaklab o‘tish mashqlari


Amaliy mashg‘ulot: Emaklab o‘tish mashqlari odamning harakat apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish tizimlariga katta tayanch beradi. Emaklab o‘tish mashqlarini akrobatika yo‘lakchasida yoki erkin mashqlar gilamida o‘rganish.


19.Akrabatik mashqlar.

Amaliy mashg‘ulot: Akrobatika mashqlari quyidagi turlarga bo‘linadi: akrobatik sakrashlar, aralash juftliklar mashqi, qizlar guruhli mashqlari; batut (sakragich) ustida mashqlarini bajarish.

20.Arg‘amchi bilan bajariladigan mashqlar.

Amaliy mashg‘ulot: Arg‘amchida sakrash mashqlari turli mushak guruhlarini, shu jumladan tananing muammoli joylarini (sonlar, dumba, qorin) faollashishiga yordam beradi. Arg‘amchi bilan sakrash nafaqat foydali, balki qiziqarli ekanligini mashqlar orqali kuzatish.

21. Halqa bilan bajariladigan mashqlar

Amaliy mashg‘ulot: Halqa yordamida turli xil mashg‘ulotlarni bajarish.

Mashg‘ulot davomida koordinatsiya saqlashga alohida e’tibor qaratish.


22. Lenta bilan bajariladigan mashqlar

Amaliy mashg‘ulot: Lentada mashq bajarish foydali va turli ko‘rinishga egadir. U bolalarda ritmni his qilish, aniq harakat koordinatsiyasini olish, chaqqonlik va boshqa jismoniy sifatlarni shakllantiradi. Lenta yordamida harakatlanishning asosiy tavsiflari shuki, turli sur’atlarni amalga oshirishda o‘ziga xos quvvat beradi.

23. Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar.


Amaliy mashg‘ulot: Buyumlarsiz mashqlar bajarayotganda prujinasimon harakatlar, «to‘lqinlar», aylanish va muvozanatni saqlashdan foydalanish maqsadga muvofiq bo`lib, mazkur mashqlarni o‘zlashtirishda jismoniy ko‘nikmalar va koordinatsiya qobiliyatlari takomillashadi, harakatlanish ko‘nikmalari shakllanadi.


24. Yakuniy nazorat ishi.

Amaliy mashg‘ulot: O‘quv yili davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha yakuniy nazorat ishi.