HISOBOT
Men Solihova Ra’no Bakhronovna. Men 2021 yilning oktyabr oyidan Vobkent tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida 1 ish manba bilan 2021 – 2022 o’quv yiliga uslubshunos vazifasiga tayinlandim. Mening kuratorligimga 10 nafar to’garak rahbari buyruqlashtirib berildi. Bular:
Samadova Gulhayo – “Yosh pazanda” to’garagi
Mahmudova Farida – “Do’ppido’zlik” to’garagi
Zoirova Nasiba – “Munchoqli bezak” to’garagi
Qo’ziyeva Dilorom – “Mental arifmetika” to’garagi
Tursunova Ozoda – “Munchoqli bezak” to’garagi
Ochilova Mohira – “Bichish tikish” to’garagi
Halimjonova Nigina – “To’qish” to’garagi
Vohidova Nodira – “Floristika” to’garagi
Muhidova Dilfuza – “Kashtachilik” to’garagi
Tosheva Shaxnoza – “Yosh pazanda” to’garagi
O’tgan oylar davomida men shu biriktirilgan to’garak rahbarlari bilan ish olib bordim. Ularning ish faoliyatlarida uchrayotgan qator kamchiliklarni bartaraf etishga erishdim. To’garak rahbarlariga meyoriy hujjatlarni shakllantirishda va yuritishda uslubiy – amaliy yordam ko’rsatib keldim.
To’garak a’zolarini to’garaklarga jalb etish uchun avvalo ularning qiziqishlarni anketalar orqali aniqlashga erishdim.
To’garak rahbarlariga turli mahalliy va ommaviy tadbirlarda ishtiroki ta’minlash bo’yicha faol ishlarni amalga oshirdim.
Maktabda va boshqa hamkor tashkilotlarda tashkil etilgan yarmarka va tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlashga erishdi.
Shuningdek, biriktirilgan to’garaklar faoliyati joyida o’rganildi. Shu bois, oyida kamida 8 – 9 ta to’garaklar mashg’uloti muntazam tahlil qilib borildi.
To’garak rahbarlari uchun, ularning mashg’ulot jarayonini takomillashtirish va yanada rivojlantirish borasida ishlar olib bordim, jumladan, u
larning bergan talabnomasi asosida mashg’ulotlari sifatini oshirish uchun zarur xom – ashyo bilan ta’minlanishiga erishdim. Moddiy texnik bazalarini mustahkamlash borasida tarmoq to’garaklarning maktab direktorlari b
ilan turli suhbatlar tashkil etdim.
T
o’garak rahbarlari bilan turli oqsayotgan yoki yangi bo’lgan mavzularda o’quv seminarlar tashkil etdim va to’garak rahbarlari ishtirokini ta’minladim.
To’garak rahbarlarini metodik ta’minlanishiga erishish uchun turli mavzu va formatdagi metodik ishlanmalar ishlab chiqdim. Jumladan:
1. “MTTM metodisti” mavzusida metodik tavsiyanoma;
2. “Robototexnika tarixi” mavzusida mashg’ulot ishlanma;
3. “Baxolash mezonlari va shakllari” mavzusida uslubiy tavsiyanoma;
4. “Suyuq taomlar” mavzusida namunali mashg’ulot ishlanmasi;
5. “Munchoqli bezakda hajmli ishlar” mavzusida master klass ishlanmasi;
6. “Malaxitli sandiqcha” ertakli mashg’ulot ishlanmasi va hokazolar.
Albatta ishlab chiqiqlgan ishlarimni xalqaro platformalarda e’lon qilib, chop etdim. Buning uchun tegishli Tashakkurnomalar, sertifikatlar va diplomlar egasi bo’ldim.
Bundan tashqari INFOUROK RF ta’lim portalida tashkil etilgan kuzgi o’quvchilar o’rtasidagi xalqaro olimpiyadida maktabning “Floristika” to’garagi a’zosi Bahronov Bexruzjon Bekzododvichni tayyorlab, faxrli 2 – o’rinni egallashga erishdik. 78683 nafar o’quvchi orasida egallangan ushbu 2 – o’rin chinakkamiga faxrdir.
Shuningdek yana ikki nafar to’garak a’zosini qishki xalqaro bilimlar bellashuviga tayyorlab kelinmoqda. Yanvar oyida o’tkaziladigan olimpiyadada ishtirok etib, faxrli o’rin egallaymiz deb umid qilaman.
Xozirda dolzarb hisoblanayotgan jabhalardan biri bu – tadbirkorlikdir. Menga biriktirilgan to’garak rahbarlari ham byudjeddan tashqari mablag’ toppish uchun ARTSHOP.ITSM.UZ platformasida o’zlari tayyorlagan mahsulotlarni sotuvga qo’yish bilan birga savdo va ko’rgazma yarmarkalarda ham ushbu an’anani davom etib kelishmoqda.
M
aktab binosi, tumandagi umumta’lim maktablari binosi yoki boshqa tashkilotlarda tashkil etilgan seminaru – tadbirlarda o’z yarmarkamiz bilan ishtirok etishimiz biz uchun odatdir.