СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi

Категория: Биология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Respublika Ilmiy Online Konferensiyasi maqolasi»

OITS KASALLIGINING YUQISH YO‘LLARI VA UNING OLDINI OLISH

Batirova Shahnoza Adambay qizi

Xiva shahar 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

biologiya fani o‘qituvchisi

Xiva, Xorazm, O‘zbekiston


Annotatsiya: Ushbu maqola “1-dekabr Xalqaro  OITSga  qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan ushbu kasallik turining yuqish yo‘llari va uning oldini olish borasida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: biologiya, oits, oitsga qarshi kurash, 1-dekabr, maktab, pedagogika.


1-dekabr Xalqaro  OITSga  qarshi kurash kuni”

Kasallik haqida qisqacha ma’lumot: Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) — OIV infektsiyasi fonida rivojlanadigan holat bo‘lib, CD4+ limfositlar miqdorining kamayib ketishi, ko‘plab opportunistik infektsiyalar, noinfektsion va o‘smali kasalliklar rivojlanishi bilan xarakterlanadi va sindrom OIV-infektsiyaning so‘nggi bosqichi sanaladi. Mazkur sindrom AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) tomonidan 1981-yilda birinchi marta tavsiflab berilgan. Uning qo‘zgatuvchisi (odam immunotanqislik virusi) esa 1980-yillarning boshlarida ta’riflangan.

OIV infektsiya - sekin rivojlanuvchi kasallik bo‘lib, virus tomonidan chaqiriladi. Virus yuzasida CD4 retseptorlarga ega immunitet hujayralari, T-helperlar, monositlar, Langergans hujayralari, makrofaglar, dendrit hujayralari va mikrogliya hujayralarini shikastlaydi. Natijada insonning immuniteti zaiflashadi, immunitet tanqisligi sindromi rivojlanadi, bemor organizmi infektsiyalar, o‘smalardan himoyalana olmay qoladi. Normal immunitetga ega bo‘lgan insonlarga xos bo‘lmagan ikkilamchi kasalliklar rivojlanadi. O‘z vaqtida shifokorga murojaat qilinmasa, bunday ikkilamchi kasalliklar virusning turiga qarab o‘rtacha 9-11 yildan keyin bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi. OITS bosqichida o‘rtacha umr davomiyligi taxminan “9” oyni tashkil etadi. Antiretrovirus terapiya o‘tkazilganda bemor hayotining davomiyligi 70-80 yilga yetadi.

Kasallik rivojlanishining asosiy sabablari: OIV bir odamdan boshqasiga qon yoki jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Virus antiretrovirus terapiya (ART) bo‘lmaganda rivojlanadi. ART odam immunotanqislik virusining o‘sishini sekinlashtiradi yoki oldini oladi. Virusning rivojlanish darajasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lgan holda, har bir bemor uchun keng farq qiladi:

OIV:

  • Jinsiy aloqa (bu infektsiyalangan jinsiy suyuqliklar bilan aloqa qilganda yuzaga kelishi mumkin. Infeksiyalanish vaginal, oral va anal kabi himoyalanmagan jinsiy aloqa vaqtida sodir bo’lishi mumkin)

  • Perinatal (ona tug’ruq paytida, homiladorlik paytida, shuningdek, emizishda virusni bolasiga yuqtirishi mumkin)

  • Qon quyish ( hozirgi vaqtda qon quyish orqali OIV yuqtirish xavfi rivojlangan mamlakatlarda juda ehtiyotkorlik bilan tekshiruv va ehtiyot choralari tufayli juda past. Shu bilan birga, giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar yoki bemorning qoni bilan zararlangan shpritslarni qayta ishlatish oqibatida kasallik yuqish xavfi juda yuqori) orqali yuqadi.

Kasallik ya’ni Virus quyidagi hollarda yuqmasligi fanda aniqlanib, o‘z isbotini topgan:

Ko‘p hollarda OITS belgilari bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar yoki parazitlarning rivojlanishi sababli yuzaga keladi. Ushbu holatlar odatda tanani infektsiyadan himoya qiladigan sog‘lom immun tizimiga ega bo‘lganlar insonlarda rivojlanmaydi. Dastlabki belgilari ya’ni OIVga chalingan ko‘plab odamlarda OITS alomatlari va belgilari bir necha oy yoki hatto yillar davomida uchramaydi. Boshqalarda esa gripp va hsamollashga o‘xshash alomatlar rivojlanishi mumkin, ular odatda virus yuqganidan 2-6 hafta o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Kasallikning boshlang‘ich belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi: Isitma, varaja qilish, bo‘g‘im va mushaklar og‘rishi, tomoq og‘rishi, terlash (ayniqsa tunda), bezlarning kattalashishi, qizil toshmalar toshishi, charchoq va zaiflik, vazn yo‘qotish.

So‘nggi bosqichlarda esa, bemor davolanmasa virus insonning infektsiyalar bilan kurashish qobiliyatini zaiflashtiradi. Odam organizmi jiddiy kasalliklarga qarshi kurasha olmaydi. Hatto oddiy shamollash ham juda og‘ir shaklda kechadi va aynan shu bosqich OITS deb ataladi.

OIV/OITSni davolashni antiretrovirus terapiya va opportunistik infektsiyalarning simptomatik terapiyasiga ajratish mumkin. Infektsiyalanish erta muddatlarda aniqlanganda antiretrovirusli davolanish juda muhimdir – bu hayot sifatini yaxshilaydi, umr ko‘rish davomiyligini uzaytiradi. Shuningdek 2013-yil iyun oyida chop etilgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti yo‘riqnomalariga muvofiq yuqtirish xavfini kamaytiradi.

VIRUS YUQISHINI OLDINI OLISH uchun quyidagi choralar tavsiya qilinadi:

  • Himoyalanmagan jinsiy aloqa - prezervativsiz jinsiy aloqa (vaginal, oral va yoki anal) - jinsiy yo‘l bilan yuqadigan OIV va boshqa tanosil kasalliklari bilan kasallanish xavfini oshiradi.

  • Igna almashish - intravenoz (vena ichiga) narkotiklardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda OIV yuqishining asosiy sabablaridan biri sanaladi. Ignalarni almashib foydalanish OITS va gepatit C kabi boshqa xavfli virusli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ignadan foydalanishdan u toza, foydalanilmagan, o‘ramidan ochilmaganligiga e’tibor berish kerak.

  • Tanaga ta’siri - OIV zararlangan qon ta’siri xavfini kamaytirish va oldini olish uchun ehtiyot choralarini qo‘llash orqali nazorat qilinishi mumkin. Har qanday holatda ham sog‘liqni saqlash xodimlari barerlardan (qo‘lqoplar, niqoblar, ko‘zoynaklar, qalqonchalar va xalatlar) foydalanishlari darkor. Qon yoki boshqa tana suyuqliklari bilan aloqadan so‘ng terini darhol va to‘liq yuvish kasallanish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

  • Homiladorlik - ayrim ARV preparatlari tug‘ilmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin. Biroq, samarali davolash rejasi OIV infektsiyasini onadan bolaga yuqishini oldini oladi. Bolaning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish zarur. Kesarcha kesishtalab qilinishi ehtimoli mavjud. Ushbu virus bilan kasallangan onalar bolalarini emizmasliklari kerak.

  • Ta’lim - sog‘liqni saqlash ta’limi insonlarga kasallik yuqish yo‘llari va xavf omillarini tushuntirishi kasallikning odini olish uchun muhim hisoblanadi.

Hulosa qilib aytganda, zamon talabi bo‘lgan “Sog‘lom hayot” shioriga amal qilib, bilim izlab, odatiy turmushimizni toza va ozoda ravishda tashkil etsak, bizdan keyingi avlodni “Sog‘lom” va “Benuqson” o‘sishiga zamin yaratgan bo‘lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 06.11.2020 yildagi PF-6108 sonli farmoni. https://lex.uz/docs/5085999

  2. www.jspi.uz

  3. www.med360.uz

  4. www.google.uz