MAVZU: Mexanik to’lqinlar. Tovush to’lqinlari. Tovush tezligi. |
Nazariy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi |
Mashg’ulot vaqti-2 soat | O’quvchilar soni-30-32 nafar |
Mashg’ulot shakli | Nazariy-to’liq o’quv mashg’uloti; Amaliy-bilimlarni tizimlashtirish; |
Mashg’ulot rejasi | 1. Mexanik to’lqinlar. 2. Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar. 3. To’lqin uzunligi, uning tebranish davri va chastotasiga bog’liqligi. 4. Tovush to’lqinlari. Tovush tezligi, qattiqligi va balandligi |
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mexanik to’lqinlar to’g’risida bilimlarni shakllantirish. To’lqinlarni hosil bo’lishi va qo’llanilishi haqidagi bilim va malakalarni shakllantirish; |
Pedagogik vazifalar: To’lqin turlarini yoritish; To’lqinlar fizikasiga oid ma’lumotlarni berish; Mavzu savollari bo’yicha izohlash va shakllantirish jarayonini tashkil qilish. | O’quv faoliyatini natijalari: Mavzuni maqsadi, vazifalari, o’quv jarayonida tutgan o’rnini yoritib beradi; To’lqin turlarini farqlaydilar; To’lqinlarni o’rganilishin asosida vujudga kelgan sohalar va ularning amalaiyotda tutgan o’rnini yoritib beradilar; Mavzu asosida hulosalar chiqaradilar; |
O’qitish usullari | Tushuntirish, yo’riqnoma berish, taqdimot. “FSMU” va “Nilufar guli”-grafik organayzerlari; |
O’qitish vositalari | Ma’ruzalar matni, doska, slaydlar, tarqatma materiallar; |
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli | Kichik guruhlarda ishlash; |
O’qitish shart-sharoitlari | Texnik vositalardan foydalanishga va kichik guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya; |
Qaytar aloqaning usul va vositalari | Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot; Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida |
“Mexanik to’lqinlar. Tovush to’lqinlari. Tovush tezligi”
Mavzusidagi nazariy mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchi |
1-bosqich O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa) | 1.1 Mavzuning nomi va rejasini e’lon qiladi. Mavzuga oid tayanch iboralar bilan tanishtiradi; (1-Ilova) 1.2 Mashg’ulotda baholash mezonlari bilan tanishtiradi. 1.3 Mashg’ulot shiori asosida ma’naviyat saboqlarini beradi; | Tinglaydilar; Yozib oladilar Aniqlashtiradilar; Tinglaydilar; |
2-bosqich Asosiy (60 daqiqa) | 2.1 O’quvchilarning o’tilgan mavzu bo’yicha egallagan bilimlarini uyga berilgan vazifa bo’yicha “FSMU” usuli orqali tekshiradi. (10-Mavzu, 4-Ilova asosida) Guruhlarga (4 ta kichik guruh) berilgan vazifa bo’yicha ma’lumotlarini umumlashtirishlarini va taqdimot qilishlarini aytadi; Taqdimotni tashkillashtiradi; 2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida (3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha hulosalar qiladi; eng asosiylariga e’tibor qaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.3 Mavzuni “Nilufar” guli chizmasi usuli bilan mustahkamalaydi. Usulning mohiyati bilan tanishtiradi; O’quv topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi; (4-Ilova) Guruhlar faoliyatini nazorat qiladi; taqdimotni tashkillashtiradi; | Guruhlarda ishlaydilar; Taqdimot qiladilar; Eshitadilar, yozadilar; savollar beradilar; Guruhlarda ishlaydilar; Taqdimot qiladilar; |
3-Bosqich Yakuniy (10 daqiqa) | 3.1 Mavzuni rejasi asosida hulosa qilib, eng muhim ma’lumotlarga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. 3.2 Guruhdagi ish jarayonini baholaydi 3.3 Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi. Vazifa: Mavzuga “Nilufar” guli usuli asosida tayyorlanib kelish; | Tinglaydilar Vazifani yozadilar; |
1-Ilova
Mavzu: Mexanik to’lqinlar. Tovush to’lqinlari. Tovush tezligi.
Rеja:
Reja:
1. . Mexanik to’lqinlar.
2. Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar.
3. To’lqin uzunligi, uning tebranish davri va chastotasiga bog’liqligi.
4. Tovush to’lqinlari. Tovush tezligi, qattiqligi va balandligi
Tayanch tushunchalar:
To’lqinlar; to’lqin xarakteristikalari; to’lqinning qaytishi va sinishi; tovush tezligi; tovushning intensivligi; tovushning qattiqligi;
MASHG’ULOT SHIORI:
Adolatga intilish, xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos muhim xususiyatdir.
I.A.Karimov
2-Ilova
1-Slayd
Mexanik to’lqin deb, mexanik tebranishlarning elastik muhitda tarqalish jarayoniga aytiladi.
To’lqinlar tebranish va tarqalish yo’nilishining o’zaro munosabatiga qarab ikki turga bo’linadi: bo’ylanma va ko’ndalang
Bo’ylama to’lqin deb, muhit zarralari harakati tebranish tarqalishi bo’ylab bo’ladigan to’lqinga aytiladi.
Ko’ndalang to’lqin deb, muhit zarralari harakati tebranish tarqalish yo’nalishiga ko’ndalang bo’lib tarqaladigan to’lqinga aytiladi.
To’lqin sirti deb, bir hil fazada tebranayatgan nuqtalarning geometrik o’rniga aytiladi.
To’lqin uzunligi deb ataluvchi kattalik- muhitning hususiyatiga va tebranish chastotasiga bog’liq ravishda to’lqin sirtining, ya’ni to’lqin fazasining bir davr ichida siljishni xarakterlaydi.
To’lqin uzunligi deb, bitta nurda yotgan bir xil fazada tebranayotgan qo’shni nuqtalar orasidagi masofaga aytiladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.
2-Slayd
3-Slayd
Tebranishlarning fazalar farqi o’zgarmas bo’lgan to’lqinlar kogerent to’lqinlar deb ataladi.
Ikkita kogerent to’lqinlarning qo’shilish xodisaiga to’lqin interferensiyasi deb ataladi.
Tovush deb, insonning eshitish organida tovush sezgisini uyg’otuvchi bo’ylama mexanik to’lqinlarga aytiladi.
4-Slayd
Quyidagi to’rtta shart bajarilganda inson tovushni eshitadi.
Tovush manbai mavjud bo’lishi.
Tovush manbai va quloq orasuda elastik muhitning bo’lishi.
Tovush manbaining tebranish chastotasi 20Gs bilan 20 kGs orasida bo’lishi.
Tovush to’lqinlarining quvvati eshitish organida tovush sezgisini hosil qilishga yetarli bo’lishi kerak.
3-Slayd
5-Slayd
4-Slayd
6-Slayd
Tovush asosiy topnining chastotasi (v0) qancha katta bo’lsa tovushning balandligi shuncha yuqori bo’ladi
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to’rt burchak markazida avval asosiy muammoni yozadilar. Uning yechish g’oyalarini esa, markaziy to’rtburchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rtburchaklarga yozadilar. Markaziy to’rtburchakning atrofida joylashgan sakkizta to’rtburchaklarga yozilgan muammolarni, atrofida joylashgan sakkizta to’rtburchaklarning markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning har biri o’z navbatida yana bir muammodek ko’riladi;
3-Ilova
“NILUFAR GULI” chizmasi:
Muammoni yechish vositasi. O’zida nilufar guli ko’rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to’qqizta katta to’rt burchaklar tashkil etadi.
Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko’nikmalarini eivojlantiradi va faollashtiradi.
Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (G’oya, vazifa) yozadilar, so’ngra kichik muammolarni ularning xar biridan esa, kichik muammoni batafsil ko’rib chiqish “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan xar bir g’oyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin
Ish natijalarini taqdimoti
“Nilufar” guli chizmasini tuzish qoidalari:
Amaliy nuqtai nazardan barcha g’oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.
Sizga katta qog’oz varag’i zarur bo’ladi. Doimo o’zingiz mushoxadalaringiz natijasini bir varaq qog’ozda ko’rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa, sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.
“Nilufar” guli chizmasi uchun ekspert varag’i:
4
2
3
2
9
3
6
5
1
8
4
5
6
7
7
9
8
1
-To’lqinlarlarga xos tushunchalarni ayting?!